Toshkent davlat yuridik



Download 2,11 Mb.
bet94/157
Sana04.06.2022
Hajmi2,11 Mb.
#636578
1   ...   90   91   92   93   94   95   96   97   ...   157
Bog'liq
Loyiha toshkent davlat yuridik universiteti (1)

Xususiy mulk huquqi subyektlari va obyektlari


FKning 208-moddasiga muvofiq, fuqarolar oʻzlariga tegishli mol-
mulkning xususiy mulkdorlaridir va shu sababli ular oʻzlariga qarashli
mol-mulkka nisbatan oʻz xohishlariga koʻra qonunga va boshqa huquqiy
hujjatlarga zid boʻlmayldigan har qanday harakatlarni sodir etishlari
mumkin. Xususiy mulk subyekti sifatida har qaysi fuqaro, ham shaxsiy
tarzda, ham umumiy ulushli mulk asoslarida xususiy mulk subyekti
sifatida faoliyat koʻrsatishi mumkin. Fuqarolarning xususiy mulki ishlab
chiqarishda ishtirok qilishdan olingan daromadlar, mehnat qilish huquqini
boshqa xil tarzda tasarruf etish, tadbirkorlik faoliyati, oʻz xoʻjaligini
yuritish va kredit muassasalariga, aksiyalarga va boshqa xil qimmatli
qogʻozlarga sarmoya qilingan vositalardan olingan daromadlar, mulkni
meros huquqi boʻyicha qoʻlga kiritish va qonunga xilof boʻlmagan boshqa
asoslar hisobiga yaratiladi va koʻpaytiriladi.
Amaldagi qonunchilik fuqarolarga, xususiy mulk huquqi asosida
ularga tegishli har qanday mulkdan, ham shaxsiy iste’mol uchun, ham
tadbirkorlik faoliyatini yuritish uchun foydalanish huquqini beradi, mazkur
holat fuqarolar huquq layoqatining mazmunida tadbirkorlik faoliyati,
shuningdek qonun tomonidan ta’qiqlanmaydigan har qanday faoliyat bilan
shugʻullanish huquqi elementlarida oʻz mujassamini topgan. Fuqarolar
tadbirkorlik bilan yakka tartibda yoki yuridik shaxs tashkil etgan holda
shugʻullanishlari mumkin (“Tadbirkorlik faoliyati erkinligining kafolatlari
toʻgʻrisida” gi Qonunining 6-7-moddalari). Xususiy tadbirkorlik yakka
tadbirkor tomonidan mustaqil tarzda, ishchilarni yollash huquqisiz, mulk
huquqi boʻyicha oʻziga tegishli mol-mulk asosida va shuningdek, mol-
mulkka egalik qilishga va undan foydalanishga yoʻl qoʻyadigan boshqa xil
ashyoviy huquq asosida amalga oshiriladi. Fuqarolarning birgalikdagi
tadbirkorlik faoliyati, yuridik shaxsni tashkil qilmagan holda oila
tadbirkorlik shaklida, oddiy shirkat yoki dehqon xoʻjaligi koʻrinishida
amalga oshirilishi mumkin. Tadbirkorlik faoliyatining subyektlari oʻzlari
ishlab chiqargan mahsulotning (bajargan ishlarning xizmatlarning) va
ularni sotishdan olinadigan daromadlarning (foydaning) mulkdorlaridir.
Tadbirkorlik faoliyati subyektlarining, ishlab chiqarish sarf-xarajatlarining
qoplanishidan, soliqlar, yigʻimlar va barcha majburiy toʻlovlar
toʻlanishidan qolgan daromadlari (foydasi), sud tartibida majburiy tarzda
qarzlarni undirish hollaridan tashqari, ularning oʻz xohishi bilan tasarruf
etiladi (“Tadbirkorlik faoliyati erkinligining kafolatlari toʻgʻrisida” gi
Qonunining 20-moddasi).


1


70





Fuqarolar xususiy mulki huquqining obyektlari deb yer uchastkalari,
turar joy uylari, xonadonlar, dala hovlilar, garajlar, uy-roʻzgʻor ashyolari,
shaxsiy iste’mol ashyolari, pul mablagʻlari, qimmatli qogʻozlar va
shuningdek, korxonalar hamda ishlab chiqarish uchun moʻljallangan
boshqa xil mulkiy majmualar, binolar, inshootlar, transport vositalari,
ishlab chiqarishning boshqa vositalari tan olinadi. Mol-mulkning miqdori
va qiymati, agarda u mulk sifatida qonunga yoki shartnomaga muvofiq
olingan boʻlsa, cheklanmaydi.
Xoʻjalik shirkatlari va jamiyatlari, kooperativlar, jamoat
birlashmalari, jamoat fondlari va boshqa nodavlat yuridik shaxslar yuridik
shaxslarning xususiy mulk huquqi subyektlari deb tan olinadi.
Ishtirokchilar, ta’sischilarning ulushlari, xoʻjalik faoliyatidan olingan
daromadlar va boshqa qonun tomonidan yoʻl qoʻyilgan asoslar boʻyicha
olingan mol-mulklar nodavlat yuridik shaxslar mol-mulki shakllanishining
asoslaridir. Davlatga tegishli yuridik shaxslardan (unitar korxonalar, davlat
korxonalari) farqli ravishda, mazkur yuridik shaxslarning mulki ularga
xususiy mulk huquqi asosida tegishlidir.
Qonun tomonidan koʻzda tutilgan hollardan tashqari, yuridik
shaxslarning xususiy mulki tasarrufida muomaladan chiqarilmagan har
qanday koʻchmas va koʻchar ashyolar boʻlishi mumkin.
Amaldagi fuqarolik qonunchiligi boʻyicha, barcha yuridik shaxslar,
yuritayotgan faoliyatining maqsadiga bogʻliq holda tijorat va notijorat
toifalarga boʻlinadi. Tijorat yuridik shaxs sifatida oʻz faoliyatining asosiy
maqsadi sifatida foyda olishni koʻzlagan tashkilot tan olinadi, notijorat
tashkilot deb esa shunday maqsad sifatida foyda olishni maqsad qilib
qoʻymagan tashkilot hisoblanadi.
Yuridik shaxslarning shakliga qarab, yuridik shaxsning mulkiga
nisbatan ta’sischilar (ishtirokchilar) huquqlarining xususiyati ham farq
qiladi. Xoʻjalik shirkatlarida va jamiyatlarida hamda kooperativ
(shirkat)larda ta’sischilar (ishtirokchilar) yuridik shaxsning mulkiga
nisbatan hech qanday ashyoviy huquqlarga ega emas va faqat majburiyat
huquqlariga egadirlar. Ta’sischilar (ishtirokchilar)ning ulushlari hisobiga
yaratilgan mulk, va shuningdek xoʻjalik shirkati tomonidan faoliyat
yuritish jarayonida ishlab chiqarilgan va sotib olingan mol-mulk, mulk
huquqi asosida unga tegishlidir. Barcha ustav fond bitta yagona jismoniy
yoki yuridik shaxsga (masalan, 100%li davlat ishtirokidagi AJ yoki bitta
shaxs tomonidan yaratilgan MChJ) tegishli boʻlishiga qaramay, tijoratchi
yuridik shaxslarning mulki ta’sischilarga emas, balki mulk huquqi asosida
faqat shu yuridik shaxslarga tegishli boʻladi. Ta’sischilarga mulk huquqi
asosida faqat aksiyalar va tegishli yuridik shaxslarning ustav fondlaridagi
ulushlari tegishlidir.


1


71





Fuqarolar va yuridik shaxslarning xususiy mulkida muomaladan
chiqarilgan ashyolardan tashqari har qanday koʻchar va koʻchmas ashyolar
boʻlishi mumkin.
FKning 210-moddasiga koʻra, belgilangan tartibda ajratib berilgan
yer uchastkasida qurilayotgan yangi uy-joyga mulk huquqi davlat
roʻyxatidan oʻtkazilgan paytdan boshlab vujudga keladi.
Bir yoki bir necha shaxslar tomonidan qurilayotgan uy-joy qurilishi
tamom boʻlguncha va roʻyxatdan oʻtkazilguncha mahalliy hokimiyat
organlarining ruxsatisiz boshqa shaxsga berilishi mumkin emas.
Davlatga qarashli uy-joy (kvartira)ga mulk huquqi qonun hujjatlarida
nazarda tutilgan xususiylashtirish tartibida vujudga keladi.
Kooperativ uy-joyga, kvartiraga, garajga, chorboqqa va boshqa
binolarga mulk huquqi kooperativ a’zosi pay badallarini batamom toʻlab
boʻlganidan keyin vujudga keladi.
Koʻp xonadonli (kvartirali) uydagi kvartira mulkdoriga oʻziga
tegishli xonalar bilan birga uydagi umumiy mol-mulkka nisbatan ulushli
mulk huquqi ham tegishlidir. FKning 211-moddasining birinchi qismiga
koʻra koʻp kvartirali uyda umumiy mulk obyektlari boʻlib, ushbu uyning
umumiy xonalari, jumladan ustun, toʻsin, devor konstruksiyalari,
kvartiralararo zinapoyalar maydonchalari, zinalar, liftlar va boshqa
shaxtalar, yoʻlaklar, texnik qavatlar, yertoʻlalar, cherdaklar va tomlar, uy
ichidagi injenerlik va kommunikatsiyalar tarmoqlari, bino ichida yoki
tashqarisida joylashgan, bir necha binolarga, kvartiralarga xizmat qiluvchi
mexanik, elektr, texnik-sanitariya va boshqa qurilmalar va uskunalar
hisoblanadi. Ushbu obyektlar koʻp kvartirali uylarga xizmat qilish
vazifalarini bajarishga moʻljallangan boʻlib oʻziga xos tarzda yagona mol-
mulk majmuasini tashkil etadi. Koʻp kvartirali uydagi umumiy mol-mulk
va ushbu umumiy mol-mulkning alohida qismlari mulk huquqining
mustaqil obyektlari boʻlib hisoblanmaydi va begonalashtirishga yoʻl
qoʻyilmaydi.
Koʻp xonadonli uydagi umumiy mulk yagona, boʻlinmas obyektni
tashkil etishini va umumiy ulushli mulk tarkibida mavjud ekanligini
ta’kidlash lozim. Koʻp xonadonli uydagi xonadon mulkdorida qonunga
muvofiq, uydagi oʻzi sotib olgan xonadonga mulk huquqining paydo
boʻlishi paytida umumiy mulk huquqidagi umumiy mulkning ulushli
huquqi paydo boʻladi.
Koʻp xonadonli uyda umumiy mulk huquqidagi umumiy mulkning
ulushli huquqi muhim ahamiyatga ega. FKning 211-moddasining ikkinchi
qismidagi me’yorlar qaydlovchi xususiyatga egadir, chunki mazkur


1


72





qismda uyning umumiy mulki tarkibida mulk huquqidagi mulkdorlarga
tegishli ulushlarning miqdori va mulkdorlar oʻrtasida uyni tutish va
mazkur mulkni saqlash boʻyicha sarf-xarajatlarni taqsimlash tartibi
turarjoy qonunchiligi tomonidan belgilanishi aniq koʻrsatilgan.



Download 2,11 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   90   91   92   93   94   95   96   97   ...   157




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish