Toshkent davlat yuridik


Ommaviy (davlat) mulkining



Download 2,11 Mb.
bet98/157
Sana04.06.2022
Hajmi2,11 Mb.
#636578
1   ...   94   95   96   97   98   99   100   101   ...   157
Bog'liq
Loyiha toshkent davlat yuridik universiteti (1)

Ommaviy (davlat) mulkining manbalari


Ommaviy mulk subyektlari – bu umuman olganda Oʻzbekiston
Respublikasi (respublika mulki) yoki tegishli ma’muriy–hududiy
tuzilmalar (munitsipal mulk)dir. Bunda, Oʻzbekiston Respublikasi FK


1


78





ommaviy mulki obyektlarining doirasini cheklanmaganligini unutmaslik
kerak. Uning tarkibida har qanday mol-mulk mavjud boʻlishi mumkin.
Munitsipal mulk obyektlarining doirasi birmuncha torroq. Uning tarkibiga,
xususan, respublika mutloq mulki obyektlari kirishi mumkin emas.
Huquqni belgilash yoʻsinida respublika va munitsipal ommaviy
mulkini chegaralash masalasi hal qiluvchi ahamiyatga egadir. Bugungi
kunda Oʻzbekiston Respublikasining qonunchiligida respublika va
munitsipal ommaviy mulki obyektlarini chegaralashning har tomonlama
tartibini belgilaydigan maxsus hujjat mavjud emas.


Mazkur me’yoriy-huquqiy hujjatning mavjud boʻlmaganligi sababli
umumiy va turdosh masalalarni tartibga soluvchi hujjat lardan foydalanish
lozim.


Ommaviy mulk turlari


Oʻzbekiston Respublikasi FKning 214-moddasi birinchi qismida
respublika mulki obyekti sifatida tasarruf etiladigan mulk obyektlarining
roʻyxati keltirilgan.
Bunda, yerning va tabiat zahiralarining maxsus rejimi oʻrnatilgan.
Mazkur rejimning ayni holatdagi mohiyat mazmuni barcha yerlar hamda
fuqarolarning va yuridik shaxslarning yoki munitsipal mulkning tarkibiga
topshirilmagan barcha tabiiy zahiralar respublika mulki deb e’lon
qilinganligida namoyon boʻladi.
Boshqacha qilib aytganda, yerga va boshqa tabiiy zahiralarga
respublika mulki prezumpsiyasi oʻrnatilgan. Mazkur qoida tomonidan
yerga va boshqa tabiiy zahiralarga, ularning faqat davlat tomonidan
toʻgʻridan toʻgʻri-yoʻl qoʻyilgan darajada xususiy va munitsipal mulk
obyekti boʻlishlari mumkinligi mazmunida, xususiy mulk sifatida ma’lum
cheklanishlar oʻrnatilgan.
Yerdan tadbirkorlik faoliyatidagi koʻchmas mulk obyekti sifatida
foydalanish, uning maqsadli vazifasi inobatgan olingan holda amalga
oshirilishi lozim. Oʻzbekiston Respublikasi Konstitutsiyasining


5


5-moddasiga muvofiq, yer va boshqa tabiiy zahiralardan oqilona


foydalanish lozim va ular davlat tomonidan muhofaza qilinadi.


Yer uchastkasi tushunchasi Yer kodeksida va 1998-yil 28-avgustdagi
Oʻzbekiston Respublikasining “Davlat yer kadastri toʻgʻrisida” gi
Qonunida mujassamlangan. YKning 10-moddasiga muvofiq, yer
uchastkasi yer munosabatlarining obyekti sifatida – belgilangan
chegaralarga, maydonga, joylanish hududiga, huquqiy rejimiga va davlat
yer kadastrida aks ettiriladigan boshqa tavsif belgilariga ega boʻlgan yerlar


1


79





fondining bir qismini tashkil etadi.


Oʻzbekiston Respublikasining 1994-yil 23-sentyabrdagi “Er osti
boyliklari toʻgʻrisida”gi Qonuniga muvofiq, yer zamini - bu tuproq
qatlamidan pastroqda joylashgan yer poʻstlogʻining bir qismi, uning
mavjud boʻlmaganligi holida esa yer yuzasining yoki geologik oʻrganish
va oʻzlashtirish imkoniyati chegarasida boʻlgan suv obyektlari tubining
pastrogʻida joylashgan yer poʻstlogʻining qismidir. Yer zamini
uchastkalari sotib olinish, sotish, xadya qilish, meros, omonat, garov
obyektlari boʻlishi yoki boshqa koʻrinishda tortib olinishi mumkin emas.
Oʻzbekiston Respublikasi “Yer osti boyliklari toʻgʻrisida»gi
Qonunining 31-bandiga muvofiq, yer mulkdorlari va yerdan
foydalanuvchilar oʻzlariga berilgan yer uchastkalari hududi chegaralarida
litsenziya olinmagan tarzda, qonunchilikda belgilangan shartlar asosida
foydali qazilmalarning davlat balansi tomonidan zahiralari royʻxatga
olinmagan, umumiy tarqalgan foydali qazilmalarni qazib olish va
oʻzlarining xoʻjalik va maishiy ehtiyojlari uchun portlash ishlarini
qoʻllamay yer ostki inshootlarni qurilishini amalga oshirish huquqiga
egadirlar.


Boshqa xil foydali qazilmalardan foydalanishga nisbatan, qat’iy
litsenliyalash tartibi joriy qilingan. Xususan, Oʻzbekiston Respublikasining


2


001 yil 7 dekabrdagi №312-II sonli “Mahsulotning taqsimotiga oid


bitimlar toʻgʻrisida” gi Qonuniga muvofiq, “chet ellik sarmoyadorga,
toʻlov asosida va ma’lum muddatga shartnomada koʻrsatilgan yer
uchastkasida foydali qazilmalaning konlari qidiruvi, tekshirilishi va qazib
olinishiga va mazkur ishlarini olib borish uchun alohida huquq berilishi
mumkin, sarmoyador esa, oʻz navbatida koʻrsatilgan ishlarni oʻz hisobidan
va oʻzining tavakkal qilishi asosida amalga oshirish majburiyatini oʻz
zimmasiga oladi”.
Respublika mulki tarkibida ma’lum shartlarda oʻzga shaxslarning
mulkiga oʻtishi mumkin boʻlgan mulk ham mavjud. Mazkur toifaga,
masalan, respublika budjeti mablagʻlarini, oltin zahirani, valyuta
jamgʻarmasini va boshqa davlat jamgʻarmalarini, va shuningdek,
korxonalarni hamda davlatning budjet yoki boshqa mablagʻlari hisobiga
yaratilgan yoxud sotib olingan intellektual faoliyat natijalari bilan teng
ravishda boshqa har xil mulk majmualarini kiritish lozim.


Respublika mulki huquqi vujudga kelishi asoslari orasida, oʻziga hos
manba’larni, ya’ni soliqlar koʻrinishidagi yoki boshqa har xil majburiy
toʻlov tushumlarining manba’larini (masalan, davlat budjetdan tashqari


1


80





jamgʻarmalariga qilinadigan ajratmalarni) koʻrsatish darkor.


Davlat budjeti, shuningdek, mol-mulkning musodara qilinishi, ya’ni
huquqbuzarlik uchun jazo chorasi sifatida mol-mulkning majburiy
toʻlovsiz davlat mulki tarkibiga olib qoʻyilishi hamda rekvizitsiya (ya’ni
favqulodda vaziyatlarda mulkdordan rekvizitsiyalangan (olib qoʻyilgan)
mol-mulkning qiymatining qoplanishi bilan, davlat va ijtimoiy manfaatlar
uchun mulkdor mulkini majburan olib qoʻyish) vositalari hisobidan ham
toʻldirilishi mumkin.
Shunday tarzda, mulk respublika mulki tarkibiga nafaqat umumiy
(umumfuqarolik) usullari orqali, balki xususiy mulkchilik munosabatlari
uchun hos boʻlmagan maxsus usullarda, ya’ni soliqlar, tushumlar va boj
toʻlovlari va shuningdek, rekvizitsiya, musodara hamda natsionalizatsiya
yordamida ham mol-mulk tushishi mumkin.


Ommaviy mulkni vujudga kelishining asosi sifatida turarjoylarni
egasiz deb tan olinishi xizmat qilishi mumkin. Xususan, 2006-yil


2


1-yanvardagi 8-son bilan tasdiqlangan Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar


Mahkamasining “Egasiz turarjoylarini aniqlash, roʻyxatga olish va davlat
mulkiga aylatirish tartibi toʻgʻrisida”gi Nizomi egasiz uy-joylarni davlat
mulkiga aylantirish tartibini nazarda tutadi.
Ommaviy huquqiy tuzilmalar mulk huquqining bekor qilinishi uchun
maxsus asos ham, ya’ni xususiy mulk huquqi paydo boʻlishining alohida,
mustaqil asosi boʻlgan xususiylashtirish mavjuddir.


FK 214-moddasining beshinchi qismida respublika mulki tarkibidan
chiqarish asosi ya’ni qonun tomonidan belgilangan tartibda ommaviy mulk
toifasidan xususiy mulkka oʻtish imkoniyatiga ishora qilinadi. Mazkur
holatlarning eng koʻp tarqalgan koʻrinishlaridan biri xususiylashtirishdir.
Bunda, muomaladan chiqarilgan, davlatning alohida mol-mulkidan
tashqari, maxsus qonun tomonidan belgilangan xususiylashtirish obyektiga
har qanday koʻchmas mulk kiritilishi mumkin. Koʻchar mol-mulkning
ommaviy huquqiy tuzilmalardan xususiy shaxslarga oʻtishi, qoida
boʻyicha, mulkning tasarruf etish boʻyicha an’anaviy fuqarolik - huquqiy
bitimlar tartibida, eng avvalo fuqarolik qonunchiligi qoidalariga muvofiq
tuziladigan va rasmiylashtiriladigan oldi-sotdi shartnomalari asosida
amalga oshiriladi. Bu oʻrinda ommaviy huquqiy tuzilmalarga qarashli
aksiyadorlik jamiyatlarning aksiyalari bundan mustasno boʻladi va ular
fuqarolarning hamda yuridik shaxslarning mulkiga nafaqat fuqarolik
qonunchiligida nazarda tutilgan umumiy tartibda, balki xususiylashtirish
toʻgʻrisidagi qonunchilik tomonidan belgilangan maxsus tartibda ham


1


81





olinishlari mumkin.
Ommaviy mulk toifasidan xususiy mulk tarkibiga korxonalar


(mulkiy majmualar), turarjoy binolari, xonadonlar, yer uchastkalari kabi
obyektlarning oʻtishi maxsus qonunlar tomonidan nazarda tutilgan.
Mazkur qonunlar, shuningdek, mulk huquqining rasmiylashtirilishi bilan
birga, shunday oʻtishning shartlari va tartibini ham belgilaydi. Shu
sababdan, Oʻzbekiston Respublikasi FKning mulk huquqining qoʻlga
kiritilishi va bekor qilinishi toʻgʻrisidagi umumiy qoidalari faqat
xususiylashtirish toʻgʻrisidagi qonunchilikda maxsus koʻrsatmalar mavjud
boʻlmaganligi shartidagina mazkur munosabatlarga taalluqli boʻladi.
Aslida bu, maxsus qonun umumiy qonundan ustuvorligi toʻgʻrisidagi
umumiy qoidaga muvofiq, xususiylashtirish munosabatlari Kodeks
qoidalarining ta’siri doirasidan qisman chiqarilganligini bildiradi.
FK 215-moddasining ikkinchi qismiga muvofiq, mahalliy davlat
hokimiyati organlari yoki ular tomonidan vakolatlangan organlar
munitsipal mulk huquqining subyektlari deb e’lon qilingan.
Munitsipal mulk huquqining subyektlari, odatda, murakkab tizimli
tuzilmalar boʻlib, oʻzining ma’muriy-boshqaruv, ijtimoiy-madaniy, tezkor-
xoʻjalik kabi organlarining keng tarmogʻi orqali faoliyat yuritadilar, ammo
faqat ular bilan cheklanib qolmaydilar.
Bunda, munitsipal mulkning huquqiy rejimini vujudga kelishi mol-
mulkni davlatdan ma’muriy-hududiy tuzilmalarga berishning qonun
tomonidan tartibga solingan jarayoni doirasida sodir boʻladi.


Bu holda Oʻzbekiston Respublikasi 1993-yil 2-sentyabrdagi





Mahaliy davlat hokimiyati toʻgʻrisida” gi Qonunning 8-moddasi ikkinchi
qismining normalariga tayanish lozim, unda quyidagicha koʻrsatilgan:
Xalq deputatlari viloyat, tuman, shahar Kengashining mol-mulki, budjet





mablagʻlari, budjetdan tashqari fondlarning va aniq maqsadga qaratilgan
fondlarning mablagʻlari viloyat, tuman, shahar mulkidir. Viloyat, tuman,
shahar ahamiyatiga ega boʻlgan muhandislik infrastrukturasi obyektlari va
boshqa obyektlar, korxonalar va birlashmalar, xalq ta’limi, sogʻliqni
saqlash, ijtimoiy ta’minot, fan va madaniyat muassasalari, viloyat, tuman,
shahar mablagʻi hisobidan tashkil etilgan yoki sotib olingan, shuningdek,
ulushbay asoslarda tashkil etilgan yoki sotib olingan yoxud xalq
deputatlari viloyat, tuman, shahar Kengashiga boshqa manbalardan bepul
berilgan qimmatli qogʻozlar va moliya aktivlari viloyat, tuman, shahar
mulki boʻlishi mumkin”.


Obyektlar respublika mulkidan keyinchalik munitsipal mulk qilib
berilganda, shuningdek, mol-mulk mulkdorining barcha huquqlari va


1


82





uning erkin xohish bildirishiga rioya qilingan holda oʻtkazishning tegishli
huquqiy tartibiga rioya qilish zarur. Respublika mulkini munitsipal mulk
tasarrufiga oʻtkazishning oldi-sotdi va boshqa sh.k. shakllari ham mavjud
deb hisoblash mumkin. Ammo bu masalalar beistisno xususiy mulk
bitimlarining fuqarolik - huquqiy konstruksiyalari doirasida hal
qilinmasligini hisobga olish muhimdir. Ommaviy manfaatlarni hisobga
olgan holda bunda mazkur ommaviy mulk obyektlarining maxsus huquqiy
rejimi qoʻllanishi lozim.
Shu sababdan mazkur munosabatlar maxsus huquqiy tartibot obyekti
sifatida yuzaga chiqishi mumkin. Jumladan, Oʻzbekiston Respublikasi
Vazirlar Mahkamasining 2002-yil 9-avgustdagi 287-sonli “Toshkent
shahar hokimligining munitsipal mulk obyektlarini sotish toʻgʻrisida” gi
Qarorida Toshkent shahar hokimligiga tegishli mol-mulkni sotish tartibini
nazarda tutadi.


Umuman olganda, munitsipal mulk huquqining obyekti boʻlgan mol-
mulk, respublika mulkini tashkil etuvchi mol-mulk qaysi guruhlarga
boʻlinsa, xuddi shunday boʻlinadi:





xoʻjalik yuritish va operativ boshqarish huquqida munitsipal
korxona va muassasalarga biriktirilgan mol-mulk;
munitsipal korxona va muassasalarga biriktirilmagan, munitsipal





budjetni, munitsipal uy-joy fondini tashkil etuvchi mol-mulk va b.
Birinchi guruhdagi mol-mulk asosan ijtimoiy (ta’lim, tibbiyot,
madaniyat) va ishlab chiqarish ahamiyatiga ega. Ikkinchi guruhga
kiradigan mol-mulk esa aholining tegishli ma’muriy-hududiy birlik
hududida yashashi bilan bogʻliq ehtiyojlarini qondirishi, shuningdek,
mahalliy oʻz-oʻzini boshqaruv organlarining faoliyatini moliyaviy va
moddiy jihatdan ta’minlashi lozim.
Munitsipal mulk sirasiga kiradigan mol-mulk oʻzining tur, miqdor va
narx holati boʻyicha, tabiiyki, respublika mulk huquqining obyekti boʻlgan
mol-mulkka mos kelmaydi. Koʻrsatilgan parametrlar boʻyicha u anchayin
cheklangan va oʻziga xosdir, chunki mahalliy ahamiyatga ega davlat
vazifalarini hal etishga moʻljallangan.



Download 2,11 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   94   95   96   97   98   99   100   101   ...   157




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish