Mulk huquqini e’lon
qilish, huquqini tan
olish to’g’risida da’vo
Negator da'vo
Vindikatsion vanegatorda’volar
Amaldagi fuqarolik qonunchiligi boʻyicha vindikatsion da’vo, ya’ni
egalik qilmayotgan mulkdorga tegishli mol-mulkni oʻzga shaxsning
qonunsiz egaligidan talab qilib olish mulk huquqini himoya qilishning
asosiy ashyoviy-huquqiy usullaridan hisoblanadi. Mulk huquqini himoya
qilish usuli sifatida vindikatsion da’vo qadim tarixga ega boʻlib, uning
ildizlari Rim xususiy huquqida namoyon boʻladi. Vindikatsiya-lotincha
“
vimdicere” soʻzidan olingan boʻlib, “kuch qoʻllanish toʻgʻrisida e’lon
qilaman” ma’nosini anglatadi. Bu orqali mulkdor oʻz mol-mulkini qidirish
va qaytarib olish boʻyicha huquqini amalga oshirgan-qayerda oʻz mol-
mulkimni topsam, shu yerda uni vindikatsiya qilaman (ubiremmeam invenio,ibivindico). Mazkur huquq tizimi boʻyicha vindikatsion da’vo
orqali bevosita mulkdorning egaligi himoya qilingan.
FKning 228-moddasida ham mazkur da’vo nazarda tutilgan.
Moddaning mazmunidan bunday da’voni faqatgina boshqa shaxsning
qonunsiz egaligida boʻlgan mol-mulkning mulkdori berishi mumkinligi
anglashiladi. Toʻgʻri, FKning 232-moddasi mulkdor boʻlmagan titulli
egalik qiluvchilarga ham mol-mulkni oʻzga shaxsning egaligidan talab
qilib olish huquqini beradi.
Vindikatsiya da’vosi boʻyicha javobgar boʻlib qonunsiz egalik
qiluvchi shaxs hisoblanadi. Qonunsiz egalik qilish – tegishli huquqiy
asoslarsiz mol-mulkni egallab olishdir. Faqatgina oʻzboshimchalik bilan
mulkni oʻzlashtirib olgan (oʻgʻirlagan, topilmani, qarovsiz chorva
hayvonlarini oʻzlashtirib olgan) shaxsnigina emas, balki mol-mulkni
tasarruf etish vakolatiga ega boʻlmagan shaxsdan sotib oluvchini ham
qonunsiz egallovchi deb hisoblanadi. Bunda, qonunsiz egalik qiluvchining
harakatlari albatta aybli boʻlishi shart emas. Mulkka nisbatan egalik
obyektiv jihatdan qonunsiz ekanligi muhimdir.
Vindikatsiya da’vosi doirasida mulk egaligi titulini (rutba)ni
isbotlash faqat ashyoning qay yoʻsinda da’vogar mulkiga aylanganligi
asoslarini aniqlashdan iborat boʻlmay, balki javobgarning egaligi qay
tarzda vujudga kelganligi shart-sharoitlarini ham oʻrganishdan iboratdir.
Jumladan, agar mulk egasi nizoli mol-mulkni u begonalashtirish
toʻgʻrisidagi bitim asosida (masalan, oldi-sotdi) yoki mulkni vaqtinchalik
foydalanish uchun oʻtkazilganligi asosida (masalan, ijara) qoʻlga
2
01
kiritganligini koʻrsatsa, ana shu bitim sud tomonidan baholanishi shart.
Agar bitim haqiqiy boʻlsa, shuning oʻzi vindikatsiya da’vosini asossiz deb
topish uchun asos boʻladi, zero bunda javobgarni qonunsiz egalik qiluvchi
deb e’tirof etib boʻlmaydi.
Da’vogar ashyoga nisbatan oʻz egalik huquqini isbotlash bilan bir
vaqtning oʻzida javobgarning ana shu mol-mulkka nisbatan egaligini
keltirib chiqargan bitimning haqiqiy emasligiga oid vajlarni ham keltirishi
shart. Ammo agar da’vogar koʻrsatayotgan asoslar bitimning nizoli
ekanligidan dalolat bersa (masalan, mulk javobgar tomonidan kimoshdi
savdosida sotib olingan), sud bir vaqtning oʻzida vindikatsiya da’vosini
ham, nizoli bitimini haqiqiy emas deb topish toʻgʻrisdagi da’voni ham
koʻrib chiqishi mumkin. Agar nizolashuv huquqiga ega boʻlgan shaxslar
tomonidan nizoli bitimni haqiqiy emasligini e’tirof etish toʻgʻrisida da’vo
arizasi kiritilmasa, vindikatsiya da’vosi ham qanoatlantirilmaydi.
Vindikatsiya da’vosi yordamida faqat muayyan xususiy alomatlari
bilan belgilanadigan mol-mulk (ashyo), qolaversa, qonunsiz egallovchida
asl (natura) holida mavjud boʻlgan mol-mulkka boʻlgan huquq himoya
etilishi mumkin. Noqonuniy egalik ostida boʻlgan, ammo ish koʻrib
chiqiladigan kunda mavjud boʻlmagan mol-mulkka noqonuniy egalik qilib
turgan shaxsga nisbatan keltirilgan da’vo qanoatlantirilmaydi. Agar mulk
yoʻq qilib yuborilgan boʻlsa, mulk egasi uning qaytarilishini talab eta
olmaydi, u faqat mulkning yoʻqotilishi sababli koʻrilgan zararni qoplash
toʻgʻrisida talab qoʻyishi mumkin.
Vindikatsiya da’vosini bildirish uchun da’vogar va javobgar oʻrtasida
nizoli ashyo yuzasidan majburiyatli munosabatlar mavjud emasligi muhim
shartlardan biri hisoblanadi. Mulk egasi majburiyatli munosabatlarga ega
boʻlgan shaxs tomonidan mulkning qaytarilishini talab qilingan da’vo
majburiyat huquqlari me’yorlariga muvofiq ravishda hal etilishi darkor.
Masalan, agar javobgar mol-mulkka ijara shartnomasi asosida egalik
qilayotgan boʻlsa, vindikatsiya da’vosini qanoatlantirish mumkin emas.
Vindikatsiya da’volariga nisbatan umumiy da’vo muddati tatbiq
etiladi. Shu boisdan mulk huquqi bilan bogʻliq nizolarni hal etishda mulk
huquqini vujudga keltiruvchi egalik muddatini qoʻllash bilan bogʻliq
boʻlsa, egalik huquqini vujudga keltiruvchi muddatining hisobi koʻrsatib
oʻtilgan uch yillik muddat tugamasidan avval boshlanmasligini unutmaslik
lozim.
Egalik huquqini vujudga keltiruvchi muddat boʻyicha mol-mulkka
nisbatan uzoq muddatli ruhiy munosabatni ifodalovchi halol egalik
qilishdan farqli oʻlaroq, insofli egalikka olish, odatda, oluvchi tomonidan
2
02
oʻz xatti-harakati orqali hech kimning huquqlarini buzmayotganligini bir
zumda baholash orqali sodir boʻladi. Holbuki, nizoli mol-mulkni egalikka
olish yuzasidan bitim tuzilishi vaqt jihatidan choʻzilib ketgan boʻlsa
(masalan, bevosita shartnoma tuzish oldidan uzoq vaqtli bahslashuvlar
yoki muzokaralar olib borilganda), oluvchiga ana shu davr ichida ma’lum
boʻlib qolgan bitim toʻgʻrisidagi har qanday axborot egalikka olish
tasnifiga ta’sir koʻrsatadi. Xususan, agar nizoli mol-mulk yuzasidan haq
toʻlab olinadigan bitim tuzilayotgan paytda oluvchi unga nisbatan uchinchi
shaxslarning da’volari mavjudligini bilgan boʻlsa va keyinchalik
oʻrnatilgan tartibda ana shu da’volarning qonuniy ekanligi isbotlansa,
bunday xaridorni insofli egalikka oluvchi deb e’tirof etilmaydi.
Shunday egalikka olishni insofli deb hisoblash mumkinki, unda
egalikka oluvchida mol-mulkning begonalashtirilishi bilan bogʻliq
bitimning noqonuniyligi toʻgʻrisida ishonchli ma’lumotlar boʻlmaydi
(bilmagan), ayni chogʻda bu bitimning qonuniyligiga bitim tuzilayotgan
shart-sharoit orqali fuqarolik munosabatida ishtirok etayotgan har qanday
oqil insonda shubha tugʻilishi mumkin emasligi ochiq oydin koʻrinib
turgan (bilishi mumkin boʻlmagan) holat mushtarak keladi. Mol-mulkni
nomutanosib darajada arzon narxda bitim asosida sotib olinishi va bu
bitimning atrofdagilardan yashirin holda bajarilishi yoki avvaldan
begonalashtirayotgan shaxsga tegishli emasligi aniq koʻrinib turgan mol-
mulkning egalikka olinishi va h.k. insofsiz deb tasniflanishi lozim. Sotib
olishning ana shunday noinsof shart-sharoitlari har bir muayyan holatda
sud tomonidan egalikka oluvchining shaxsiyatini, unda bitimning shart-
sharoitiga oid ma’lumotlar boʻlgan yoki boʻlmaganligini va h.k. sinchiklab
tahlil qilinishini talab etadi. Agar egalikka oluvchi yuridik shaxs
hisoblangan holatda (faqat ayrim jamoat va diniy tashkilotlarni istisno
etganda), mol-mulkning egalikka olinishida ehtiyotsizlik sababli yoʻl
qoʻyilgan noinsoflikka oid shubhalarni rad etish maqsadida maxsus
huquqiy ma’lumotlarning yoʻqligini, bozordagi sharoit toʻgʻrisidagi
ma’lumotlarni va h.k. vaj qilib koʻrsatish amaliy jihatdan ahamiyatga ega
emas.
FKning 231-moddasida mulkdor oʻzining qonunsiz egalikdagi mol-
mulkini talab qilib olishga haqli boʻlmagan shart-sharoitlar koʻsatib
oʻtilgan. Bunday cheklov savdo muomalasining boshqa qatnashchisi –
insofli egalikka olgan shaxsning manfaatlarining himoya qilinishini
ta’minlash uchun kiritilgan.
Mulkdorning da’vosini sudda rad etilishi uchun insofli egallovchi
quyidagilarni isbotlashi talab etiladi:
2
03
-
bu mol-mulkni sotish huquqiga ega boʻlmagan uchinchi shaxsdan
sotib olayotganini bilmagani va bilishi mumkin boʻlmaganligini;
ashyoni haq toʻlab olganligini;
-
Nizoli mulkni mulkdorning, yoki mol-mulk egalikka oʻtkazib
berilgan shaxsning egaligidan ularning ixtiyoridan tashqari (yoʻqolgan,
oʻgʻirlangan va sh.k.) chiqib ketganligi isbotini topgan holatlar bundan
istisno etiladi.
Bunday taomillarni koʻchmas mulkka nisbatan qoʻllanilishi ancha
mushkul. Xususan, koʻchmas mulkni uning tabiiy xususiyatlariga koʻra
yoʻqotish mumkin emas. Biroq, koʻchmas mulkni qalbakilashtirilgan
hujjatlar orqali oʻzlashtirilishi, mulkning oʻzini esa mulkdorning nomidan
sotilishini; voyaga yetmagan shaxsning mol-mulki uning ixtiyoriga xilof
ravishda uning qonuniy vakili tomonidan sotilishini; koʻchmas mol-mulkni
vorislar tomonidan bu mulkka nisbatan boshqa merosxoʻrlarning
huquqlarini hisobga olmasdan sotib yuborilishini; yuridik shaxs rahbari
tomonidan yuridik shaxsga tegishli koʻchmas mol-mulkni oʻz vakolatlarini
suiiste’mol qilgan holda sotib yuborilishini – mazkur holatlarning
hammasini mulkdordan yoki u mol-mulkini bergan shaxsdan ularning
ixtiyoridan tashqari, boshqacha yoʻl bilan ularning egaligidan chiqib
ketgan holatlar deb hisoblanadi. Binobarin, bunday holatlarda koʻchmas
mol-mulk mulkdorga hatto insofli egalikka oluvchidan ham qaytarib olib
berilishi mumkin.
Negator da’vo oʻz nomini lotincha ifodadan olgan boʻlib, u inkor
etish ma’nosini anglatadi. Da’vogar javobgarning servitutini inkor etadi:
axir aynan servitut oʻz ashyosiga ega boʻlgan mulkdorni boshqa shaxsning
servitut huquqi egasi uchun noqulayliklarni keltirib chiqaradigan, mulk
huquqini toʻlaqonli amalga oshirishiga cheklovlarni joriy etadi va bunga
koʻnikishga majbur etadi. Shu sababli javobgar servitutni tan olmagan
holatlarda, da’vorgar undan oʻz mol-mulkidan foydalanishiga
toʻsqinliklarni toʻxtatilishini talab etib chiqqan. Zamonaviy qonunchilikda
negator da’vo deganda nafaqat mulkdor bilan unga toʻsqinlik qiluvchi
huquq buzuvchi oʻrtasida servitut mavjud boʻlgan holatlar, balki keng
doirali boshqa vaziyatlar ham qamrab olinadi.
Negator da’vo ham xuddi vindikatsiya da’vosi kabi
himoyalanishning ashyoviy vositasi hisoblanadi. Buning ma’nosi shuki,
agar taraflar oʻrtasida shaxsiy (majburiyatli) huquqiy munosabatlar ochiq-
oydin mavjud boʻlsa, xuddi shu narsa tegishli nizoni hal etishning asosi
boʻlib xizmat qiladi. Nizo faqat taraflar oʻrtasida boshqa hech qanday
aloqadorlik mavjud boʻlmagan va faqatgina javobgar tomonidan ashyoga
2
04
koʻrsatilgan ta’sirning qonuniyligi ustida nizolashilayotgan holatda koʻrib
chiqilishi mumkin.
Negator da’vo binolardagi umumiy foydalaniladigan turar-joy va
noturar-joy egalari boʻlgan qoʻshnilar oʻrtasida oʻrtadan devor urilganligi
va shunga oʻxshash qurilish ishlari olib borilganligi natijasida umumiy
xonalardan foydalanishda toʻsqinlik vujudga kelishi sababidan tugʻilgan
nizolarni hal etishda qoʻllaniladi. Ayni vaqtda negator da’vo vositasida
faqat toʻsqinliklarni yoʻqotish chorasini koʻrish mumkin, ammo barcha
foydalanuvchilarning huquq va majburiyatlarini koʻzda tutadigan
qandaydir tartib oʻrnatishning iloji boʻlmaydi. Negator da’vodan umumiy
foydalanishda boʻlgan obyektlar boʻyicha xarajatlarni taqsimlash, javobgar
zimmasiga qandaydir sarf-xarajatlarni yuklash uchun ham qoʻllab
boʻlmaydi.
FKning 231-moddasida mulkdorga egalik qilishdan mahrum
etmaydigan toʻsqinliklardan himoyalanish imkonini taqdim etadi. Mana
shunday da’vo negator da’vo deb ataladi va mol-mulkdan foydalanish va
tasarruf etish haq-huquqlarini himoyalashga yoʻnaltirilgan boʻladi. Bunday
ishlarda da’vogar mulkning egasi boʻlsa, javobgar esa – noqonuniy xatti-
harakatlari tufayli mulkdorni oʻz mol-mulkidan foydalanish va tasarruf
etish huquqidan mahrum etgan shaxsdir.
Negator da’vo yer uchastkasi, turar-joy va noturar-joy xonalari va
sh.k. boʻyicha qoʻshni boʻlgan shaxsning noqonuniy xatti-harakatlaridan
himoyalanishning yagona vositasi, desak mubolagʻa boʻlmaydi. Masalan,
agar qoʻshni qurayotgan binosini qoʻshni tomondagi yer uchastkasini
yorugʻlikdan butkul toʻsib qoʻyadigan holatda koʻtarsa, uning noqonuniy
xatti-harakatidan negator da’vo yordamida himoyalanish mumkin.
Mol-mulkni tasarruf etishdagi (ba’zan foydalanishdagi) toʻsiqlarni
bartaraf etishga qaratilgan da’voning yana bir turi mol-mulkni band
solishlikdan (xatlovga olishdan) ozod etish toʻgʻrisidagi nizolardir. Mol-
mulkka band solish faqat bevosita qonunda koʻrsatilgan holatlarda
da’voning ijrosini ta’minlash yoki undiruvni qarzdorning mol-mulkiga
qaratishda qoʻllaniladi.
Koʻpincha xatlovga boshqa shaxslarga mansub boʻlgan mol-mulk
ham qoʻshilib ketadi. Koʻpincha bunday boshqa shaxslar er yoki xotin
boʻlib, turmush oʻrtogʻining shaxsiy mulki yoki oʻrtadagi umumiy mol-
mulkdagi ulushni tasarruf etish huquqiga ega boʻlmaydi.
Bu turdagi da’volarni mol-mulkdan foydalanish huquqidan mahrum
boʻlgan mulkdorlar (boshqa ashyoviy huquq egalari) tomonidan
kiritiladigan mol-mulklarni xatlovdan ozod etish borasidagi da’volar bilan
2
05
tenglashtirib boʻlmaydi. Bunday da’vo vindikatsiya da’vosi sifatida
tasniflanadi.
Negator da’volarga da’vo muddati tatbiq etilmaydi. Chunki
huquqlarning buzilishi mavjud ekan, buzilishni bartaraf etishni talab qilib
da’vo bildirish huquqi ham saqlanib qoladi. Huquq buzilishi toʻxtashi bilan
da’vo bildirish huquqi ham bekor boʻladi, zero shikoyat predmeti yoʻq
boʻlgan hisoblanadi. Ammo huquqlarning buzilishi natijasida yetkazilgan
zararni qoplashni talab etish huquqi saqlanib qoladi.