Toshkent davlat yuridik



Download 2,11 Mb.
bet101/157
Sana04.06.2022
Hajmi2,11 Mb.
#636578
1   ...   97   98   99   100   101   102   103   104   ...   157
Bog'liq
Loyiha toshkent davlat yuridik universiteti (1)

Umumiy mulk turlari


Ulushli mulk (mol-mulk
mulkdorlardan har birining mulk
huquqidagi ulushi aniqlab
qo'yilgan bo'ladi)


Birgalikdagi mulk (ulushlari
aniqlab qo'yilmagan)


Umumiy mulk huquqining rejimi


FKning 217-moddasi 1-qismiga koʻra, agar ulushli mulk
ishtirokchilarining ulushlari qonun asosida belgilanishi mumkin boʻlmasa
hamda uning barcha ishtirokchilarining kelishuvi bilan belgilab qoʻyilgan
boʻlmasa, ulushlar teng deb hisoblanadi. Bu qoida umumiy ulushli mulk
ishtirokchilari ulushlari tengligining prezumpsiyasini mustahkamlaydi.
Ammo, bu prezumpsiya rad qilinishi mumkin, chunki ulushlar, basharti
qonun asosida aniqlanishi mumkin boʻlmasa hamda umumiy ulushli
mulkning barcha ishtirokchilarining kelishuvi bilan belgilanmagan boʻlsa
teng hisoblanadi.


Qonun chiqaruvchi tomonidan umumiy ulush huquqidagi


ulushlarning


tengligi


prezumpsiyasini


ishlatilishi


fuqarolik


qonunchiligining umumiy tamoyili–fuqarolik-huquqiy munosabatlarni
tartibga solishda oqillik va adolat talablariga rioya qilishning
koʻrinishlaridan biridir. Umumiy ulushli mulk munosabatlarining
ishtirokchilariga kelishuvga erishish orqali odatiy tartibni oʻzgartirish
hamda umumiy mulk huquqidagi ulushlarning oʻzgacha miqdorlarini
belgilash imkoni taqdim etilgan.


1


88





Ulushlar tengligining prezumptsiyasi tom ma’noda umumiy ulushli
mulkka nisbatan mustahkamlangan boʻlsa ham, u umumiy birgalikdagi
mulkka nisbatan ham, qachonkim u ajratilgan yoki taqsimlangan holatda
barchaning yoxud faqat ajralayotgan sherik mulkdorning ulushini aniqlash
zarurati vujudga kelganda amal qilaveradi. Bu xulosa Oila kodeksining er-
xotinning umumiy birgalikdagi mulkiga doir, shuningdek, dehqon xoʻjaligi
a’zolarining umumiy birgalikdagi mulkiga doir normalarida oʻz tasdigʻini
topadi.
Kelishuv bilan ulushni aniqlash tartibi belgilab qoʻyilishi mumkin.
Bu holda u barcha ishtirokchilar uchun majburiy boʻlib qoladi va ular
ulush miqdorini kelishuvda koʻrsatilganidan boshqacha tarzda hisob-kitob
qilishga haqli emaslar.
Basharti ulush miqdorining umumiy mulk obyektiga qoʻshilgan
hissaga bogʻliqlik sharti toʻgʻridan-toʻgʻri qayd etilmagan boʻlsa, ammo
taraflarning munosabatlari shunday shartni faraz qilsa, u holda ulush
miqdori kiritilgan hissani e’tiborga olib tegishli kelishuvga erishish yoʻli
bilan, erishilmagan taqdirda esa sud tomonidan belgilanadi.
Bundan tashqari, ulushlar tengligi prezumpsiyasidan chekingan holda
umumiy ulushli mulk ishtirokchilarining kelishuviga muvofiq ularning
ulushlari har bir shaxsning umumiy mol-mulkni vujudga keltirish va
orttirishga qoʻshgan hissasiga muvofiq aniqlanishi belgilab qoʻyilishi
mumkin. Ushbu hissa nafaqat umumiy mulkni tashkil etish paytida, balki
uning mavjudligi va faoliyatining keyingi bosqichlarida ham unga
kiritilgan moddiy, mehnat va oʻzga qoʻyilmalarni hisobga olib aniqlanishi
mumkin. Bunday vaziyat, taraflar oʻz hissalarini birlashtirib, umumiy
xoʻjalik maqsadiga yetish uchun birgalikda harakat qilishni boshlaydigan
oddiy shirkat shartnomasini tuzishda yuzaga keladi. Birgalikdagi faoliyat
mobaynida har bir ishtirokchining umumiy mulkka qoʻshgan hissasi
sezilarli darajada oʻzgarishi mumkin.


Ulushlarning miqdorini aniqlash toʻgʻrisidagi umumiy qoidalarni
rivojlantirgan holda Oʻzbekiston Respublikasi FK 217-moddasining
uchinchi qismi bunda umumiy mulkka ajralmas yoki ajraladigan
yaxshilashlar kiritilganini hisobga olishni taklif etadi.
Yaxshilash deganda qonun chiqaruvchi mol-mulkning qiymatini
oshirgan yoki uning iste’mol xususiyatlarini qulaylashtirgan oqilona va
oʻrinli oʻzgartirishlarni tushunadi.
Ajratib olinadigan deb ashyodan unga sezilarli ziyon yetkazmasdan
ayirib olish mumkin boʻlgan yaxshilashlar tan olinadi. Basharti bunday
ajratib olish zararni yetkazsa uning boshlangʻich holatiga nisbatan


1


89





ashyoning yomonlashuvi muqarrar boʻlsa, yaxshilashlar ajratib
olinmaydigan deb hisoblanadi.


Agar ulushli mulk ishtirokchisi belgilab qoʻyilgan tartibga amal
qilgan holda umumiy mol-mulkni oʻz hisobidan ajratib olish mumkin
boʻlmaydigan tarzda yaxshilagan boʻlsa, u mol-mulk qiymatining ortishiga
mutanosib ravishda oʻz ulushining tegishli darajada koʻpaytirilishini talab
qilishga haqli boʻladi. Bundan xulosa shuki, belgilab qoʻyilgan tartibga
amal qilinmagan boʻlsa (masalan, mol-mulkka yaxshilash kiritish uchun
barcha sherik mulkdorlarning roziligi olinmagan boʻlsa), sherik mulkdor
oʻz ulushi miqdorini koʻpaytirilishiga haqli boʻlmaydi. Yaxshilashlar
ajratib olinadigan boʻlsa, sherik mulkdor yaxshilash kiritish uchun
umumiy mulkning boshqa ishtirokchilarini roziligini soʻrashi shart emas,
chunki yaxshilashlar umumiy mulkka ziyon yetkazmasdan ajratib olinishi
mumkin boʻladi. Ajratib olinadigan yaxshilashlarning taqdiri barcha sherik
mulkdorlarning roziligi boʻyicha aniqlanadi. Ular yaxshilashni kiritgan
shaxsga umumiy mulkdagi ulushlarni oʻzgartirmagan holda tegishli
kompensatsiya toʻlash; yaxshilashni kiritgan sherik mulkdorning ulushini
koʻpaytirish va h.k. toʻgʻrisida kelishib olishlari mumkin. Bunday kelishuv
boʻlmasa ajratib olinadigan yaxshilashlar ularni kiritgan shaxsning
mulkiga oʻtadi.
Ulushli mulkdagi mol-mulk uning barcha ishtirokchilarining
kelishuvi bilan tasarruf etiladi. Amaldagi FK ulushli mulkchilikdagi mol-
mulk hamda ushbu mol-mulkka nisbatan mulk huquqi ulushini tasarruf
etishning turli tartibi belgilangan. Jumladan, birinchi holatda umumiy
mulkni barcha ishtirokchilarining roziligi talab qilinsa, ikkinchi holda esa
ulushli mulk mulk ishtirokchisi ulushini oʻz ixtiyoriga koʻra tasarruf qilishi
mumkin. Mol-mulkni tasarruf qilish deb unga nisbatan har qanday
bitimlarni tuzish, shuningdek, mol-mulkka nisbatan oʻzga tasarrufiy xatti-
harakatlarni (uni oʻzgartirish, qayta qurish, mulkdan voz kechish, mol-
mulkni buzish va sh.k.) sodir etishga aytiladi.


Umumiy mulkni tasarruf etishda: umumiy mulk huquqining bir
ishtirokchisi – bitta ovoz tamoyili amal qiladi. Ulushni miqdori inobatga
olinmaydi; barcha sherik mulkdorlarning bir ovozdan qabul qilgan qarori
zarur boʻladi. Kelishuv boʻlmagan taqdirda nizo sherik mulkdorlardan
istalgan birining da’vosi bilan sudda hal etilishi mumkin.
Umumiy qoida boʻyicha, ulushni tasarruf etish uchun boshqa sherik
mulkdorlarning roziligi talab etilmaydi. Ulushli mulkning ishtirokchisi oʻz
xohish-ixtiyori bilan mulk huquqidagi ulushini sotishi, sovgʻa qilishi,
vasiyat qilib qoldirishi, garovga berishi yoki boshqacha tarzda tasarruf


1


90





qilishi mumkin. Haq olib tasarrufdan chiqarishda ulushli mulk
ishtirokchilari tomonidan ulushni imtiyozli sotib olish huquqi amal qiladi.
Ishtirokchilardan biri tomonidan umumiy ulushli mulkdagi mol-
mulkni tasarruf qilishga oid bitimlar yoki oʻzga harakatlarning sodir etishi
boshqa ishtirokchilarning roziligi boʻlmaganda bunday bitimlarning oʻz-
oʻzidan haqiqiy emasligiga olib keladi, shu bilan u birgalikdagi mulk
boʻlgan mol-mulkka nisbatan sodir etilgan bitimlarning nizoli ekanligini
nazarda tutuvchi fuqarolik normasi qoidasidan farqlanadi.
Agar umumiy mulkni tasarruf qilish, avvalo, uchinchi shaxslar bilan
bitimlar tuzishni nazarda tutsa, umumiy mulkka egalik qilish va undan
foydalanish ishtirokchilar oʻrtasidagi mol-mulkning oʻziga, uning foydali
xususiyatlarini chiqarib olishga, ashyo ustidan hukmronlik qiliishga doir
munosabatlarni qamrab oladi.
Bunda umumiy mulkchilikda boʻlgan mol-mulkka egalik qilish va
undan foydalanish, shuningdek, uni tasarruf etish ham barcha
ishtirokchilarning kelishuviga koʻra, ulardan hech boʻlmasa birining
e’tirozi boʻlgan taqdirda esa sud belgilagan tartibda amalga oshiriladi.
Mol-mulkka egalik qilish uning ustidan toʻliq jismoniy nazoratdan
iboratdir. Mol-mulkni qoʻriqlash, turarjoyda istiqomat qilish yoki
turarjoyga moʻljallanmagan binoda turish egalikning shakllari boʻlishi
mumkin. Egalik barcha ishtirokchilar tomonidan umumiy kelishuvga
muvofiq amalga oshiriladi. Barcha ishtirokchilarning ashyoga teng
erishuvi (foydalanishi) kelishuvda nazarda tutilishi shart emas. Agar hech
boʻlmaganda bitta ishtirokchi umumiy rozilik bilan ashyoni nazorat
qilayotgan boʻlsa, egalik amalga oshirilyapti deb hisoblanishi mumkin.
Shunga muvofiq, uchinchi shaxslar tomonidan egalikning buzilishi
ishtirokchilardan istalgan biri tomonidan huquqbuzarga qarshi qaratilgan
egalikni (mulk huquqini) himoyalash toʻgʻrisida da’vo kiritish huquqini
beradi.
Ulushli mulkning ishtirokchilari umumiy mulkdan yaxlit holda yoki
uning ayrim qismlaridan foydalanishlari va unga egalik qilishlari mumkin.
Tanlov, odatda, umumiy mulk huquqi obyektiga bogʻliq boʻladi.
Boʻlinmas ashyolar yagona birlik sifatida ishlatiladi. Masalan, bir yoki bir
necha qishloq xoʻjalik tovarlari ishlab chiqaruvchilarning umumiy mulki
sifatida xarid qilingan murakkab texnika har bir sherik mulkdor tomonidan
mulk huquqidagi ulushiga muvofiq muayyan vaqt ishlatiladi. Umumiy
ulushli mulkdagi xonadonga ega oila a’zolari xonalardan bir qismini
alohida (masalan, yotoqxona, kabinet va x.k.), boshqa qismidan esa
(vannaxona, oshxona, karidor va x. k.) birgalikda foydalanadilar.


1


91





Ishtirokchilar tomonidan egalik mulkdorlar sifatida amalga
oshiriladi, shu sababli ular, oʻzlari uchun egalik qilgan holda, bir paytning
oʻzida ashyodan foydalanish huquqini amalga oshirmoqda, uni saqlash
boʻyicha majburiyatlarni bajarmoqda va boshqa jihatlardan ham oʻzlarini
uning mulkdori sifatida tutishyapti deb faraz qilinadi. Demak, mol-mulkni
ishtirokchiga (ulush egasiga) egalikka yoki foydalanishga ajratish bir
paytning oʻzida shu mol-mulkka nisbatan mulkdorning barcha huquqlarini
alohida kelishuvsiz amalga oshirishni bildiradi. Ammo ashyodan foydani
unga egalik qilmasdan ham chiqarib olishning imkoni boʻlsa, bu holda
foydalanish alohida kelishuv predmetiga aylanishi mumkin.
Sherik mulkdorlar ulushlarining miqdori nafaqat umumiy mulkka
egalik qilish va undan foydalanishda, hosil, mahsulot va daromadlarni
taqsimlashda, balki uni saqlab turish, asrash xarajatlarni koʻtarishda ham
jiddiy ahamiyat kasb etadi. Har bir sherik mulkdor oʻz ulushiga mutanosib
ravishda umumiy mulkni saqlash boʻyicha xarajatlarda ishtirok etishi
shart.



Download 2,11 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   97   98   99   100   101   102   103   104   ...   157




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish