Toshkent davlat yuridik



Download 2,11 Mb.
bet100/157
Sana04.06.2022
Hajmi2,11 Mb.
#636578
1   ...   96   97   98   99   100   101   102   103   ...   157
Bog'liq
Loyiha toshkent davlat yuridik universiteti (1)

1


4-MAVZU. UMUMIY MULK HUQUQI


Umumiy mulk huquqi tushunchasi va turlari. Umumiy mulk
huquqining rejimi. Umumiy mulkdan ulush ajratish va uni taqsimlash.
Imtiyozli sotib olish huquqi.


Umumiy mulk huquqi tushunchasi va turlari


Ikki yoki undan ortiq shaxsning egaligida boʻlgan mol-mulk ularga
umumiy mulk huquqi asosida tegishli boʻladi.


Mol-mulkka boʻlgan mulk huquqi alohida bir shaxsga (fuqaro,
yuridik shaxs, davlat, ma’muriy-hududiy tuzilma) tegishli boʻlsa, mulk bir
subyektli hisoblanadi. Shunga muvofiq, bu holda mulkdorga qarshi turgan
barcha uchinchi shaxslar, ushbu shaxsning mulkdan foydalanish, unga
egalik qilish va uni tasarruf etish bilan bogʻliq vakolatlarini amalga
oshirishga toʻsqinlik qiluvchi barcha xatti-harakatlardan oʻzlarini tiyishlari
kerak. Agar mol-mulkka nisbatan mulk huquqi ikki yoki undan koʻproq
shaxsga tegishli boʻlsa, umumiy mulk vujudga kelib, bu holda uni
ishtirokchilarining barcha uchinchi shaxslar bilan tashqi munosabatlaridan
tashqari, ushbu mulk ishtirokchilarining oʻrtasida ichki munosabatlar ham
mavjud boʻladi. Bunday shaxslar (sherik mulkdorlar) oʻrtasidagi ichki
munosabatlarni tartibga solish zaruriyati umumiy mulk instituti deb
ataluvchi, mulkdorlarning oʻzlariga tegishli umumiy mulkka egalik qilish,
undan foydalanish va uni tasarruf etish bilan bogʻliq vakolatlarini amalga
oshirishda sherik mulkdorlarning irodasini muvofiqlashtirishga
moʻljallangan huquqiy normalar tizimini yuzaga keltirdi.


Umumiy mulkning barcha turlariga taalluqli oʻziga xos xususiyatlar
boʻyicha quyidagilarni qayd etish mumkin:





birinchidan, u ikki yoki undan koʻproq shaxsga tegishli, ya’ni koʻp


subyektlidir;





ikkinchidan, uning predmetini umumiy toifaga kiruvchi muayyan


bir mol-mulk tashkil etadi;





uchinchidan, umumiy mulkchilikda sherik mulkdorlarning barcha


uchinchi shaxslar bilan tashqi munosabatlaridan tashqari, ularning
oʻrtasida ichki munosabatlar ham mavjud boʻladi.
Yuridik adabiyotda bir necha shaxsga tegishli mulkni belgilash
uchun ayrim payt “jamoa mulki” singari atama ishlatiladi, bu esa huquqiy
jihatdan uncha toʻgʻri emas, chunki “jamoa mulki” tushunchasida gap
mulkni huquqiy subyekt yaxlitligini tashkil etuvchi biron jamoaga tegishli


1


85





ekanligi toʻgʻrisida borishi faraz qilinadi. Vaholanki, koʻp subyektli mulk
munosabatlarida gap mulkning yagona huquq subyektini tashkil
etmaydigan bir necha shaxsga tegishli ekanligi xususida boradi. Buning
ustiga ayrim hollarda jamoaviy deb yuridik shaxslarga tegishli mulk
tushuniladi.
FKning 216-moddasi ikkinchi qismga muvofiq umumiy mulkning
ikki xil: ulushli va birgalikdagi turlari farqlanadi. Har bir ishtirokchining
ulushi belgilangan mulk ulushli boʻladi, demak-ki, ulushlar belgilanmagan
mulk birgalikdagi hisoblanadi.
Qonun faqat qat’iy belgilangan hollardagina birgalikdagi mulk
munosabatlari vujudga kelishiga yoʻl qoʻyadi. Sababi shuki, birgalikdagi
mulk ishtirokchilari tomonidan vakolatlarni amalga oshirish juda oʻziga
xos boʻlib, ular tomonidan FK va maxsus qonunchilik qoidalarining
qoʻllanilishi ular oʻrtasidagi munosabatlarning yuqori darajada ishonchli
deb faraz qilinadi. Aynan shuning uchun ham qonun, birgalikdagi mulkni
ulushli mulkka aylanishiga ruxsat bersa ham, umumiy qoida boʻyicha
buning teskarisiga yoʻl qoʻymaydi.
Qayd etish lozimki, birgalikdagi mulkda mol-mulkning umumiyligi
ulushli mulkka nisbatan koʻproq darajada ifodalangan. Buni, birgalikdagi
mulk ishtirokchilari (er-xotin, dehqon xoʻjaligi a’zolari va h. ) oʻrtasidagi
munosabatlar ancha ishonchli va barqaror xususiyatga egaligi bilan
tushuntirish mumkin. Ammo bu birgalikdagi mulkda umuman ulush
yoʻqligini anglatmaydi. Bu masaladagi farq shundan iboratki, ulushli
mulkdagi har bir ishtirokchining ulushi, odatda, avvaldan belgilangan,
birgalikdagi mulkda esa ulush faqat umumiy mulk taqsimlanganda yoki
ajratilganda, ya’ni birgalikdagi mulk munosabatlari tugatilgan paytda
aniqlanadi. Bu holda ham ulushli, ham birgalikdagi (yuqorida koʻrsatilgan
holatlarda) mulkdagi ulushlar, qonun yoki shartnomada oʻzgacha tartib
belgilanmagan boʻlsa, teng deb faraz qilinadi.


Umumiy birgalikdagi mulk oʻz vazifasini oʻzgartirmagan holda
taqsimlanishi mumkin boʻlmagan (boʻlinmaydigan ashyolar) yoki qonunga
koʻra taqsimlanishi mumkin boʻlmagan mol-mulk ikki va undan ortiq
shaxs mulkiga oʻtgan paytda vujudga keladi.
Mol-mulkka nisbatan umumiy mulkchilik, uning boʻlinmaydigan
mol-mulkligidan, qonunga binoan boʻlinishi mumkin boʻlmagan mol-
mulkligidan yoki boʻlinadigan mol-mulkligidan qat’i nazar vujudga kelishi
mumkin. Basharti mol-mulk vazifasini oʻzgartirmagan holda taqsimlanishi
yoki qonunga koʻra taqsimlanishi mumkin boʻlmasa, unga nisbatan
umumiy mulkchilik mol-mulkka xos boʻlgan funkstional sifatlar yoxud


1


86





uning huquqiy rejimi oqibatida paydo boʻladi. Mol-mulk boʻlinuvchi
sirasiga kirsa, unga nisbatan umumiy mulkchilik faqatgina qonun yoki
shartnomada nazarda tutilgan holatlardagina vujudga keladi.
FK umumiy ulushli va umumiy birgalikdagi mulkni ta’rifiga ham,
vujudga kelish asoslariga ham turlicha yondashadi. Umumiy ulushli
mulkning vujudga kelish asoslari toʻla-toʻkis aniqlanmagan. U qonunda
toʻgʻridan-toʻgʻri nazarda tutilgan holatlarda ham, tomonlarning kelishuvi,
sudning qarorida nazarda tutilgan holatlarda ham, shuningdek, umumiy
ulushli mulk paydo boʻlishiga sabab boʻladigan boshqa vaziyatlar ta’sirida
ham vujudga kelishi mumkin.


Umumiy ulushli mulk ishtirokchilarining doirasi qonun bilan
cheklanmagan. Ular mulkchilikning turli shakllarini turli birikmada
ifodalashlari mumkin. Fuqarolar, fuqarolar va yuridik shaxslar oʻrtasida,
yuridik shaxslar, ma’muriy-hududiy tuzilmalar, fuqarolar va hokazolar
oʻrtasida umumiy ulushli mulkchilik boʻlishi mumkin. Jumladan, meros
mol-mulkning qisman egasizlik holatida bir tomondan davlat mulkchiligi,
ikkinchi tomondan esa fuqarolar va yuridik shaxslar mulkchiligi vujudga
kelishi mumkin. Bu holda qonun mulkchilikning turli shakllarini
ifodalovchi subyektlarning umumiy mulkchiligini majburiy toʻxtalishini
talab etmaydi. Aksincha, umumiy ulushli mulkchilik faqat qonunda
nazarda tutilgan holatlardagina vujudga kelishi mumkin, bunda qonun
tomonidan uni ishtirokchilarining doirasi ham qat’iy belgilangan.
Oʻz navbatida, mol-mulkka nisbatan birgalikdagi mulkchilikning
paydo boʻlishi faqat qonunda belgilangan hollardagina mumkin (er-
xotinning, dehqon xoʻjaligi a’zolarining birgalikdagi mulki). Mol-mulkka
birgalikdagi mulk huquqi birgalikdagi mulk ishtirokchilarining kelishuviga
binoan, kelishuvga erishilmagan taqdirda esa, sudning qarori bilan ulushli
mulkchilik huquqiga almashtirilishi mumkin. Bunda har bir mulkdorning
mulk huquqidagi ulushi belgilanishi lozim.
Birgalikdagi mulk ishtirokchilari oʻrtasidagi yaqin aloqalari bilan
ulushlidan ajralib turadi. Birgalikdagi mulk ishtirokchilari ulushga haqli
emaslar. Shu sababli umumiy mulkning bunday shaklini ayrim payt
ulushsiz deb ham atashadi. Birgalikdagi mulk ishtirokchilari oʻz
huquqlarini uchinchi shaxslarga umumiy mulkchilik rejimini
toʻxtatmasdan berishga haqli emaslar. Shunday qilib, birgalikdagi mulk
ishtirokchilarining tarkibi tasarrufli bitimlar asosida oʻzgarishi mumkin
emas. Birgalikdagi mulk ishtirokchilarining doirasi qonunda aniq
belgilangan.


1


87





Birgalikdagi mulk ishtirokchisining tasarruf imkoniyatlari ulushli
mulkka nisbatan sezilarli darajada cheklangan. U nafaqat oʻz huquqlarini
boshqaning tasarrufiga oʻtkazishi, balki, boshqa ishtirokchilar bilan
munosabatlarini ulushli mulk munosabatlariga oʻzgartirmasdan turib
birgalikdagi mulk ajratilishini yoki taqsimlanishini ham talab qilishga
haqli emas. Bunda birgalikdagi mulk ishtirokchilari kelishuv yoʻli bilan
uni ulushli mulk sifatida qayta tuzishga, shakllantirishga haqli. Qayta
tuzish toʻgʻrisida ham, ulushlarning miqdori toʻgʻrisida ham kelishuvga
erishilmagan taqdirda qaror sud tomonidan qabul qilinadi.



Download 2,11 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   96   97   98   99   100   101   102   103   ...   157




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish