Toshkent davlat yuridik



Download 2,11 Mb.
bet119/157
Sana04.06.2022
Hajmi2,11 Mb.
#636578
1   ...   115   116   117   118   119   120   121   122   ...   157
Bog'liq
Loyiha toshkent davlat yuridik universiteti (1)

necha chorakka boʻlib, bahor va yoz fasllarida yetkazib berilishi xoʻjalik hisobida ish
koʻruvchi savdo tashkilotini qanoatlantirmasligi mumkin. Bunday hollarda
boshqacha tartib qonun hujjatlarida, shartnomada nazarda tutilgan boʻlmasa yoki
ish muomalasi odatlaridan yoxud majburiyatning mohiyatidan anglashilmasa,
kreditor majburiyatning qismlarga boʻlib bajarilishini qabul qilmaslikka haqli (FK


2


39-modda). Bunday ijroni kreditor qabul qilmasa, qarzdor majburiyatni lozim


darajada bajarmagan yoki butunlay bajarmagan hisoblanadi.


Ba’zi hollarda ikki tomonlama majburiyatlarda kimning eng avval


oʻz majburiyatini ijro etishi lozimligi ma’lum boʻladi. Masalan, vositachilik
shartnomasi boʻyicha vositachi avval oʻz majburiyatini bajaradi, narsani sotadi,
keyin xizmat haqini oladi; chakana savdo magazinida oluvchi tovarning qiymatini
avval toʻlaydi, keyin molni oladi va h.k. Agar taraflardan biri oʻz majburiyatini avval
bajarishi noma’lum boʻlganda, agar qonun, shartnoma yoki majburiyat mohiyatidan
boshqacha hol anglashilmasa, shartnoma yuzasidan olingan oʻzaro majburiyatlar bir
vaqtda bajarilishi lozim boʻladi.


Yuqorida keltirilgan qoida dispozitiv xarakterda boʻlganligi tufayli


majburiyatning avvalo kim tomonidan bajarilishi, masalan, sotilgan
narsaning topshirilishi yoki pulning toʻlanishi oʻzaro kelishuv boʻyicha
ham belgilanishi mumkin.


Nazorat uchun savollar:


1


.Majburiyatlarni bajarish qanday ahamiyatga va undan koʻzlangan
maqsad oʻrtasidagi nisbatni tahlil qiling?
. Majburiyatlarni bajarish tamoyillari tizimi, ularni tasniflash
mezonlari va bundan tasniflanishning amaliy ahamiyatini yoriting?
.Avtobus Oʻzbekistonning qadimiy joylari boʻylab uyushtirilgan


2


3


sayohat davrida Buxoroga kelganda buzilib qoldi. Natijada Xiva shahrini
tomosha qilishga vaqt qolmadi. Sayohatdan soʻng sayohlar tomonidan
sayohatni uyushtirgan sayyohlik firmasiga e’tiroz bildirildi, ammo hech
qanday natijaga erishib boʻlmadi.
Bu vaziyatda sayyohlik firmasi toʻgʻri harakat qilganmi? Sayyohlar
talabi toʻgʻrimi? Bu sharoitda ularga qanday maslahatlar bersa boʻladi?


4


. Fuqaro Zoirov bir oy oldin 50. 000 soʻmga sotib olgan tuflisini


oyoq kiyim ustaxonasiga poshnasining bir qatlam rezinasini almashtirish
uchun topshirdi va ish haqi uchun 3000 soʻm toʻlashni kelishib oldi. Usta
tuflini 3 soat ichida tuzatib berishini aytdi. Zoirov tuflini kelishilgan
muddatdan soʻng olib ketgani kelganida tufli yoʻqolgani ma’lum boʻldi.
Ustaxona esa unga yoʻqolgan tuflini oʻrnini qoplashdan bosh tortdi.


2


34





Ustaxonaning harakatlari toʻgʻrimi? Zoirov qanday huquqlarga ega
va ularni qay tartibda amalga oshirishi mumkin? Javobingizni amaldagi
qonun hujjatlaridan kelib chiqib asoslantiring.


1


8-MAVZU. MAJBURIYATLARNING BAJARILISHINI


TA’MINLASH


Majburiyatlarning bajarilishini ta’minlash tushunchasi. Neustoyka.
Garov. Ushlab qolish. Kafillik. Kafolat. Zakalat.


Majburiyatlarning bajarilishini ta’minlash tushunchasi


Majburiyatning bajarilishini ta’minlash qarzdor tomonidan olingan
va uning zimmasida boʻlgan vazifani bajarishga majbur qiladigan chora
boʻlib hisoblanadi. Majburiyat bajarilishini ta’minlashning tabiati shu bilan
izohlanadiki, qarzdor zimmasida boʻlgan majburiyat belgilangan muddatda
bajarilmasa yoki boshqacha tarzda buzilsa, kreditorda ziyonlarni
undirishga boʻlgan huquqdan tashqari majburiyatning obyektini tashkil
etgan harakatni qilishga qarzdorni majbur qiladigan boshqa mulkiy ta’sir
choralarini qoʻshimcha ravishda tatbiq etilishini talab qilish huquqi
vujudga keladi.
Qoʻshimcha majburiyatlar asosiy majburiyatning bajarilishini
ta’minlashga xizmat qiluvchi usullardan tashkil topadi. Ular qarzdorni
asosiy majburiyatni bajarishga majbur qiluvchi va u bajarilmagan taqdirda
kreditorning talablarini qanoatlantiruvchi huquqiy vosita (chora)lardan
hisoblanadi1.
Majburiyatni ta’minlashning u yoki bu usulining oʻziga xos
xususiyatlarini va uning muayyan vaziyatlarga nisbatan qoʻllash
imkoniyatlarini hisobga olish kerak. Darhaqiqat, neustoyka va zakalat bir
vaqtning oʻzida fuqarolik huquqiy javobgarlik chorasini ifoda etadi va ular
sifatida qarzdorni, haqiqatda javobgarlikni qoʻllash xavfi ostida
majburiyatlarni tegishli usulda bajarishga undaydi, negaki neustoyka yoki
penyani belgilangan miqdorda undirish kreditordan unchalik jiddiy sa’yi-
harakatlar sarflanishini talab qilmaydi, masalan, qachonki ularning xajmini
asoslash va isbotlash lozim boʻlgan zararlarni qoplash holatida2.
Majburiyatlarning bajarilishini ta’minlash fuqarolik muomalasida
ishtirok etuvchi qarzdorning oʻz zimmasiga olgan yoki unga yuklatilgan


1
2


Раҳмонқулов Х. Мажбурият ҳуқуқи (умумий қоидалар). –Т.: ТДЮИ, 2005 й. -81 б.
Ўзбекистон Республикаси Фуқаролик кодексига шарҳ. 1-жилд. Адлия вазирлиги. – Т.: “Vektor-Press, 2010. –


6


18 б.


2


35





vazifani bajarishga qaratilgan huquqiy profilaktik choradir. Bunday
profilaktik choraning asosiy maqsadi qarzdorni asosiy majburiyat boʻyicha
majburiyatini bajarishga qaratilgan. Ya’ni, asosiy majburiyat bajarilmagan
yoki lozim darajada bajarilmagan taqdirda kreditorning huquq va
manfaatlari qoʻshimcha ta’minot usullari asosida ta’minlanadi. Bunday
usullar har qanday holda majburiyat huquqiy munosabatlarda kreditorning
tavakkalchilik xavfini kamaytirish barobarida uni erkin va faol harakat
qilishga undaydi. Qolaversa, bunday usullar asosan kreditor manfaatlarini
himoya qilish uchun xizmat qiladi.
Majburiyatlarning bajarilishi har xil usul bilan ta’minlanadi. Mazkur
usullar yo qonun bilan belgilanishi yoki shartnomaga asoslangan boʻlishi
mumkin. Fuqarolik qonun hujjatlarida majburiyatning bajarilishini
ta’minlash neustoyka, garov, qarzdorning mol-mulkini ushlab qolish,
kafillik, kafolat, zakalat hamda qonun hujjatlari yoki shartnomada nazarda
tutilgan boshqa usullar bilan ta’minlanishi mumkin (FK 259-modda).
Ushbu usullardan hech qaysisi oʻzicha mustaqil ravishda qoʻlla-
nilmaydi. Bularning hammasi biror-bir majburiyatning mavjud boʻlishini
nazarda tutgan holda, mazkur majburiyatning bajarish maqsadlarini
koʻzlab belgilanadi. Bunda shartnoma boʻyicha belgilangan majburiyat –
asosiy majburiyat boʻlib, uning bajarilishini ta’minlash usuli esa
qoʻshimcha majburiyat hisoblanadi. Chunonchi, mahsulot yetkazib berish
yoki pudrat shartnomasidan kelib chiqadigan asosiy majburiyatning
amalga oshirilishini ta’minlaydigan qoʻshimcha majburiyat hisoblanadi.



Download 2,11 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   115   116   117   118   119   120   121   122   ...   157




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish