Ayb – fuqarolik-huquqiy javobgarlik asosi sifatida
Fuqarolik huquqi nazariyasida ayb masalasi boʻyicha ham yagona
yondashuv mavjud emas. Odatda repressiv huquq sohalarida ayb
2
54
huquqbuzar tomonidan oʻzi sodir aytgan harakat oqibatlariga nisbatan
ruhiy-psixik munosabati sifatida qaraladi. Bunda eng asosiysi huquqbuzar
bunday harakatni sodir etishni atayin xohlagan yoki xohlamaganligi,
shunday oqibatlar kelib chiqishini istagan yoki istamaganligi va bu istak va
xohish uning qilmishini sabablantiruvchi omil boʻlgan yoki boʻlmaganligi
(qasddan yoxud oʻz harakati va uning oqibatlariga nisbatan beparvolik va
oʻz-oʻziga ishonishga, ehtiyotsizlikka yoʻl qoʻyib, huquqbuzarlik sodir
etganligi) hisoblanadi.
Fuqarolik huquqida ayb masalasidagi umumiy yondashuv shundan
iboratki, qarzdor yoki zarar yetkazuvchi oʻzini aybsizligini isbotlab berishi
lozim. Bunday isbotlashda ruhiy-psixik munosabat emas, balki
qarzdorning amaliy harakatlari birinchi oʻringa chiqadi. Masalan FKning
3
33-moddasiga koʻra agarda qarzdor majburiyatni lozim darajada bajarish
uchun oʻziga bogʻliq boʻlgan hamma choralarni koʻrganligini isbotlasa, u
aybsiz deb topiladi. Lekin ba’zi holatlarda fuqarolik-huquqiy javobgarlikni
qoʻllashda ayb qarzdorning ruhiy psixik holati sifatida namoyon boʻlishi
mumkin. Masalan, FKning 889-moddasi 2-qismida shartnomada nazarda
tutilgan saqlash muddati yoki omonat saqlovchining talabiga koʻra ashyoni
qaytarib olishi shart boʻlgan vaqt tugagach, yuk topshiruvchi
saqlanayotgan ashyoni qaytarib olmasa, omonat saqlovchi bundan buyon
ashyo yoʻqolganligi, kam chiqqanligi yoki shikastlanganligi uchun
qasddan harakat qilgan yoki qoʻpol ehtiyotsizlik qilgan taqdirdagina javob
berishi belgilangan.
Fuqarolik qonun hujjatlarida qarzdor yoki zarar yetkazuvchini
aybdor yoki aybdor emasligini belgilash uchun muayyan normalarda
qoʻshimcha me’zonlar ham qoʻllaniladi. Masalan, gʻamxoʻrlik,
ehtiyotkorlik, tejamkorlik, hamkorlik, oqilonalik, insoflilik, boshqa
subyektlar manfaatlarini hisobga olgan holda harakat qilish (vakillik,
ishonchnoma, yuridik shaxs rahbarining yuridik shaxs nomidan harakat
qilishi, sugʻurta munosabatlarida toʻliq axborot berish masalasi), ayb
darajasini hisobga olish (yetkazilgan ma’naviy zararni undirishda) va shu
kabilar.
Aybning javobgarlik hajmiga ta’sir koʻrsatish holati FKning
1
004-moddasida nazarda tutilgan.
Do'stlaringiz bilan baham: |