urushi yoki suv toshqini oqibatida majburiyatni bajarmasligi tegishli mahalliy
meteokuzatuv stansiyalari ma’lumotlari asosida tasdiqlanadi.
Tashqi savdo bitimlari va xalqaro shartnomalar shartlariga muvofiq
Oʻzbekiston Respublikasi hududida boshlangan yengib boʻlmaydigan
kuchlar (fors-major) holatlarini tasdiqlash tartibi mavjud. Mazkur tartib
nizom asosida ya’ni Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining
2
005 yil 15 fevraldagi 63-son qarori bilan tasdiqlangan “Yengib
boʻlmaydigan kuchlar (fors-major) holatlarini tasdiqlash tartibi
toʻgʻrisida”gi Nizom asosida tartibga solinadi.
2
59
Mazkur nizomga koʻra yengib boʻlmaydigan kuchlar (fors-major)
holatlari - bu tomonlarning irodasi va faoliyatlariga bogʻliq boʻlmagan
tabiat hodisalari (zilzila, koʻchki, boʻron, qurgʻoqchilik va boshqalar) yoki
ijtimoiy-iqtisodiy holatlar (urush holati, qamal, davlat manfaatlarini
koʻzlab import va eksportni taqiqlash va boshqalar) sababli yuzaga kelgan
sharoitlarda tomonlarga qabul qilingan majburiyatlarni bajarish imkonini
bermaydigan favqulodda, oldini olib boʻlmaydigan va kutilmagan
holatlardir.
Yengib boʻlmaydigan kuchlar oqibatida shartnoma tomoni
majburiyatlarni bajarishi uchun imkoniyat boʻlmaganda shartnoma
tomoni yengib boʻlmaydigan kuchlar (fors-major) holatlari tasdigʻini
olish uchun Oʻzbekiston Respublikasi Tashqi iqtisodiy aloqalar,
investitsiyalar va savdo vazirligiga murojaat qilishi mumkin.
Yengib boʻlmaydigan kuchlar holatlarini tasdiqlash manfaatdor
tomonning yengib boʻlmaydigan kuchlar holatlari koʻrsatilgan yozma
arizasi asosida vazirlik tomonidan tegishli sertifikat berish yoʻli bilan
amalga oshiriladi.
Fors-major holatlari roʻy berganda qarzdor darhol kreditorni bu
haqda xabardor qilishi va taraflar fors-major holatlari oqibatlarini
yumshatish boʻyicha hamkorlik qilishlari shart. Fors-major holatlari
oqibatida roʻy bergan moddiy zararlarga nisbatan status-kvo (qanday
boʻlsa shunday qolsin) holati joriy etiladi, ya’ni kreditor qarzdordan
majburiyatni ijro etilmasligi oqibatida yetkazilgan zararni qoplanishini
talab eta olmaydi.
Majburiyatni buzganlik uchun javobgarlikdan ozod qilish (zarar
yetkazganlik uchun javobgarlikdan ozod qilish) asoslaridan biri boʻlib
kreditorni (jabrlanuvchi)ning aybini mavjudligi hisoblanadi. Ularni
qoʻllash asoslari ushbu darslikning keyingi qismlarida batafsil koʻrib
chiqilgan.
Mantiqan olganda majburiyatlarni ijro etilmasdan bekor boʻlish
asoslari FKning 346, 348, 349, 350, 351, 352-moddalarida nazarda tutilgan
boʻlib, ular shuningdek tadbirkorlik subyektining bankrotligi va
belgilangan tartibda umidsiz qarz majburiyatlar boʻyicha ham
javobgarlikdan ozod qilish holatlari mavjud. Bu haqda batafsil keyingi
paragraflarda bayon etiladi.
2
60
Do'stlaringiz bilan baham: |