Toshkent davlat yuridik



Download 2,11 Mb.
bet123/157
Sana04.06.2022
Hajmi2,11 Mb.
#636578
1   ...   119   120   121   122   123   124   125   126   ...   157
Bog'liq
Loyiha toshkent davlat yuridik universiteti (1)

Kafillik


Kafillik shartnomasiga asosan, bir taraf kafil, boshqa shaxs oʻz
majburiyatlarini toʻla yoki qisman bajarishi uchun uning kreditori oldida
javob berishni oʻz zimmasiga oladi (FK 292-moddasining, birinchi qismi).
Kafillikning asosiy funksiyasi boshqa ta’minlovchi usullar kabi
majburiyatni bajarilishi ta’minlashning oʻziga xos xususiyatiga ega boʻlib
qarzdor majburiyatni lozim darajada bajarishni ragʻbatlantirmasdan,
ehtimoliy yoʻqotishlar roʻy berganda kreditorning huquq va manfaatlarini
qoplash vositasi boʻlib xizmat qiladi. Kafillik akstessor belgiga ega boʻlib,
xususiy huquqiy ta’minlovchi chora sifatida shartnomaviy xarakterni
oʻzida namoyon etadi. Kafillik qat’iy pullik majburiyatdir.
Kafillik shartnomasi bir tomonlama konsensual va haq evaziga
tuziladigan shartnoma hisoblanadi. Kafillik shartnomasi tekinga tuzilishi
mumkin, agar bu haqda FKning 297-moddasiga muvofiq shartnomada
koʻrsatilgan boʻlsa. Lekin bunday boʻlishi kafilni yetkazilgan zararni
toʻlashni qarzdordan talab qilish huquqidan mahrum qilmaydi. 1
Majburiyatning bajarilishini ta’minlash usuli sifatida koʻriladigan
kafillikning mohiyati shundaki, kreditor asosiy majburiyat bajarilmagan
holda oʻz talablarini faqat asosiy qarzdorgagina qoʻymay, balki kafilga
nisbatan ham qoʻya oladi.
Kafillik shartnomasi yozma shaklda tuzilishi lozim. Bu holda taraflar
kafillik toʻgʻrisida alohida yozma shartnoma tuzishlari shart boʻlmaydi.
Kafillik belgilanishida kafil asosiy qarzdor tomonidan beriladigan tilxatda
qarzdor tomonidan majburiyatning lozim darajada bajarilishi
javobgarligini oʻz zimmasiga olganligini koʻrsatib belgi qoʻysa yoki
qarzdorning muayyan majburiyat yuzasidan kafil boʻlishini kreditor


1


Раҳмонқулов Х. Мажбурият ҳуқуқи. – Т.: ТДЮИ, 2005 й. – 128 б.


2


43





nomiga yozgan xatida bildirsa ham kifoya. Kreditor tomonidan da’vo bir
vaqtning oʻzida kafil va qarzdorga nisbatan qarzdor tomonidan asosiy
majburiyat bajarilmaganligi munosabati bilan taqdim etilib, solidar
javobgarlik toʻgʻrisidagi qoidalarni qoʻllash lozim boʻlgan hollarda,
bunday javobgarlik faqat kafil yoki faqat qarzdorga yuklatilishi mumkin
emas. Kafil va qarzdor kreditor oldida solidar javob berishlari kerak.
Kafillik asosiy majburiyatga qoʻshimcha xarakterda boʻlishi shundan
iboratki, kafillik bilan faqat asosiy talab ta’minlanishi mumkin. Agar
asosiy shartnoma uning shakliga rioya qilinmaganligi sababli yoki
shartnomada ishtirok etuvchi taraflarning muomalaga layoqatsiz boʻlishi
tufayli va boshqa shu kabi sabablar boʻyicha haqiqiy emas deb topilsa,
mazkur shartnomaga qoʻshimcha hisoblangan kafillik shartnomasi ham
oʻzining yuridik kuchini yoʻqotadi.
Kafilning javobgarligi hajmi asosiy majburiyat yuzasidan
qarzdorning javobgarligidan oshiq boʻlishi mumkin emas. Qarzdor qanday
hajmda javobgar boʻlsa, kafil ham shu hajmda javobgar boʻladi. Xususan,
kafillik shartnomasi bilan boshqacha hol belgilanmagan boʻlsa, foizlar,
zararlar va neustoykaning toʻlanishi uchun ham javobgar boʻladi.
Kafilning javobgarligi qarzdor tomonidan kafillik bilan ta’minlangan
majburiyatlarini bajarmasligi yoki lozim darajada bajarmasligi holatlarida
vujudga keladi. Bu holda, bajarmaslik yoki lozim darajada bajarmaslik
faqat majburiyatga nisbatan boʻlishi lozim. Odatda, kafil kreditor oldida
solidar javobgar boʻladi. Bunda qonunda yoki kafillik shartnomasida
kafilning subsidiar javobgar boʻlishi nazarda tutilishi mumkin. Bu esa oʻz
navbatida majburiyatlar subyektlarining huquq va manfaatlarini himoya
qilishga xizmat qiladi.


Kafolat


Kafolatga binoan bank, boshqa kredit muassasasi yoki sugʻurta
tashkiloti (kafil) boshqa shaxs (prinsipal)ning iltimosiga koʻra, kafil oʻz
zimmasiga olayotgan majburiyat shartlariga muvofiq prinsipalning
kreditori (benefitsiar) pul summasini toʻlash haqida yozma talabnoma
taqdim etsa, pulni unga toʻlash haqida prinsipalga yozma majburiyat
beradi (FKning 299-moddasi).


Bank kafolati xalqaro muomalada1 keng qoʻllanilib, Oʻzbekiston
Respublikasining Fuqarolik kodeksiga majburiyatni ta’minlashning yangi


1


Унифицированные правила по договорным гарантиям (редакция 1978:, публикация МТП. №325. Конвенция
ООН о независимых гарантиях и резервных аккредитивах от 11 декабря 1995 г.)


2


44





usuli sifatida kiritildi. Kafolat kafillikdan shuning bilan farqlanadiki,
bunda prinsipial (asosiy qarzdor)ning benefitsiar (kreditor)ga boʻlgan
talablari va e’tirozlari inobatga olinmaydi, shuningdek prinsipial va
benifistiar oʻrtasidagi shartnomaga nisbatan qoʻshimcha (akstessor)
majburiyat boʻlishidan qat’i nazar, ma’lum darajada mustaqil hisoblanadi.
Kafolat ushbu xususiyatlari bilan kreditor (benefitsiar) uchun uchinchi
shaxs kafilligiga nisbatan ancha afzal usul hisoblanadi.
Kafolatning mazmuni birinchi galda kafil (bank)ning oldindan
oʻrnatilgan, asosiy majburiyat bilan belgilangan summani berish
majburiyatidan iborat. Lekin beriladigan summa belgilangandan keyin
asosiy majburiyat bekor boʻlsa yoki u haqiqiy emas deb tan olingan
taqdirda ham, kafolat ushbu asosiy majburiyatga bogʻliq emas va oʻz
kuchini saqlashda davom etadi. Shu bilan ham asosiy majburiyatlar bilan
bogʻliq boshqa ta’minlovchi majburiyatlardan farq qiladi.
Kafolat koʻpincha kafillikning bir turi sifatida e’tirof etiladi. Kafolat
beruvchi subyektlar doirasi bilan kafillikdan tubdan farq qiladi. Kafolat
bajarilishi ta’minlanayotgan majburiyatdan mustaqil boʻlib hisoblanadi.
Bu holat shu bilan izohlanadiki, kafolat bilan ta’minlangan majburiyat
bekor boʻlsa yoki haqiqiy emas deb topilgan taqdirda kafil kafolat
boʻyicha majburiyatni bajarishdan ozod etilmaydi. Boshqacha aytganda,
har qanday holda kafolat oʻzining yuridik kuchini saqlab qoladi. Bu bilan
kafolat majburiyatni bajarishni ta’minlashning boshqa usullaridan farq
qiladi.
Kafolatning oʻziga xos xususiyatlaridan biri shundaki, bunda har
doim kafil sifatida bank, boshqa kredit muassasasi yoxud sugʻurta
tashkiloti qatnashadi. Koʻp hollarda kafil prinsipalga xizmat koʻrsatuvchi
tashkilot hisoblanadi. Shu sababli ham kafil prinsipalning bankda
saqlayotgan pul mablagʻlari hisobidan uning kreditorlari oldidagi
majburiyatini bajaradi. Biroq qonun buni shart qilib qoʻymaydi, shu
sababli ham kafil sifatida har qanday kredit muassasasi yoki kredit
tashkiloti boʻlishi mumkin.


Kafolatga xos xususiyat shundan iboratki, u orqali prinsipalning
benefitsiar oldidagi oʻz majburiyatini (asosiy majburiyatni) tegishli
darajada bajarilishi ta’minlanadi. Kafolat haq baravariga tuziladi. Kafolat
bergan bank (kredit muassasasi, sugʻurta tashkiloti)ga prinsipal tegishli
miqdorda haq toʻlaydi.
Kafolat asosiy majburiyatdan (ya’ni prinsipalning benefitsiar
oldidagi majburiyatidan), garchi kafolatda ushbu majburiyatga havola
qilinsa-da, mustaqil hisoblanadi.


2


45





Kafolat prinsipal tomonidan, kafolatda benefitsiar sifatida chiquvchi,
kreditor oldida oʻzining majburiyatlarini lozim darajada bajarishni
ta’minlashga qaratilgan. Kafolatni olish uchun prinsipal kafilga haq
toʻlaydi. Haq toʻlash miqdori u bilan tuziladigan kelishuvda belgilanadi va
kafolat summasiga hamda ta’minlanadigan majburiyatlar xususiyatiga
bogʻliq boʻladi. Agar kafolatda boshqacha tartib nazarda tutilmagan boʻlsa,
u kafil tomonidan chaqirib olinishi mumkin emas. Kafolat boʻyicha
benefistarga tegishli boʻlgan kafilga talab qoʻyish huquqi agar kafolatda
boshqacha tartib nazarda tutilmagan boʻlsa, boshqa shaxsga oʻtkazilishi
mumkin emas.
Agar kafolatda boshqacha tartib nazarda tutilmagan boʻlmasa, u
berilgan kundan e’tiboran kuchga kiradi. Benefitsiarning kafolat boʻyicha
pul summasini toʻlash haqidagi talabi kafolatda koʻrsatilgan hujjatlarni
ilova qilgan holda kafilga yozma ravishda taqdim etilishi lozim. Talabda
yoki unga ilovada benefistar prinsipalni ta’minlash uchun kafolat berilgan
asosiy majburiyatni buzishi nimadan iboratligini koʻrsatishi kerak.


Zakalat


Zakalat deb, shartnoma tuzayotgan taraflardan biri shartnomaning
tuzilganligini isbotlash va uning ijrosini ta’minlash yuzasidan beradigan
pul summasiga aytiladi. Ta’minlashning boshqa turlaridan farqli ravishda,
zakalat shartnoma tuzilganligini isbotlash va uning ijrosini ta’minlash
yuzasidan beriladigan pul summasidir.
Zakalat toʻgʻrisidagi kelishuv yozma ravishda tuzilishi kerak.
Mazkur talabga rioya qilinmasligi oqibatida, unda bu toʻlangan summa,
shartnoma boʻyicha berilishi lozim boʻlgan toʻlovlar hisobiga, boʻnak
sifatida toʻlangan deb hisoblanadi.
Zakalat uchta vazifani bajaradi. Xususan, zakalat berilib tuzilgan
shartnoma haqiqatan tuzilganligini isbotlovchi dalil hisoblanadi. Zakalat
shartnoma yuzasidan avvaldan toʻlab qoʻyiladigan pul summasi boʻlib,
tegishli toʻlovlar hisobiga muayyan summani toʻlagan taraf shartnomani
qisman ijro etgan hisoblanadi. Zakalat shartnomadan kelib chiqqan
majburiyatning ijro etilishini ta’minlash uchun belgilanadi. Zakalatning
mazkur vazifasi shu bilan ifodalanadiki, zakalat bergan taraf shartnoma
yuzasidan olgan oʻz majburiyatlarini bajarmaganida, bergan zakalatni
yoʻqotadi. Agar zakalat bergan taraf shartnomadan voz kechgan boʻlsa, bu
holda u bergan zakalatning qaytarib berilishini talab qila olmaydi. Agar


2


46





zakalat olgan taraf oʻz majburiyatlarini bajarmasa, u ikkinchi tarafga
zakalat summasini ikki baravar miqdorida toʻlashga majbur.
FKning 312-moddasi uchinchi qismida koʻrsatilganidek, shartno-
maning bajarilmasligi uchun javobgar boʻlgan taraf, agar shartnomada
boshqacha tartib nazarda tutilmagan boʻlsa, zakalat summasini hisobga
olgan holda, ikkinchi tarafga zararlarni toʻlashi shart.
Agar zakalat summasi zarar summasidan birmuncha koʻproq boʻlsa,
u holda faqat zakalatgina undiriladi. Agar majburiyatni bajarmaslik
natijasida koʻrilgan zarar zakalat summasidan ortiq boʻlsa, u holda zakalat
summasi ham, zararlarni qoplash uchun yetishmagan summa ham
undiriladi.
Zakalatning mohiyati shundan iboratki, agar shartnomaning
bajarilmasligi uchun zakalat puli bergan taraf javobgar boʻlsa, zakalat
ikkinchi tarafda qoladi va qaytarilmaydi. Lekin shartnomaning
bajarilmasligi uchun zakalat olgan taraf javobgar boʻlsa, u ikkinchi tarafga
zakalatni ikki baravar qilib qaytarishi shart.
Zakalat haqidagi kelishuv akstessor (qoʻshimcha) tusga ega boʻlib,
asosiy majburiyat vujudga kelmasa, zakalat haqidagi kelishuv ham mavjud
boʻlmaydi. Ta’minlovchi zakalat funksiyasi asosiy majburiyatni
bajarilishini ta’minlashga qaratilgan boʻladi. Zakalat va avans (boʻnak)
bir-biridan farq qiladi. Avans qarzdorga kelgusidagi toʻlovlar hisobidan
beriladi. Avans barcha hollarda toʻlov va dalil funksiyasini bajaradi. Biroq
zakalat kabi majburiyatni bajarilishini ta’minlash funksiyasini bajara


olmaydi.



Download 2,11 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   119   120   121   122   123   124   125   126   ...   157




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish