Toshkent davlat yuridik



Download 2,11 Mb.
bet111/157
Sana04.06.2022
Hajmi2,11 Mb.
#636578
1   ...   107   108   109   110   111   112   113   114   ...   157
Bog'liq
Loyiha toshkent davlat yuridik universiteti (1)

olinadigan majburiyatlar ijobiy mazmunli majburiyatlardir.
Agar majburiyat boʻyicha qarzdor muayyan harakatni qilishdan
saqlanishga burchli, kreditor harakat qilishdan saqlanishini talab etish
huquqiga ega boʻlsa bunday majburiyat salbiy mazmunli majburiyat
hisoblanadi. Masalan, nashriyot shartnomasi boʻyicha muallif shartnoma kuchda
boʻlgan davrda oʻz asarini boshqa nashriyotga topshirishdan saqlanish
majburiyatini olsa, nashriyot muallifning boshqa nashriyot bilan shartnoma
tuzishdan saqlanishini talab etish huquqini oladi.


2


. Bir tomonlama va ikki tomonlama majburiyatlar. Majburiyatda


qatnashuvchilarning birida faqat talab qilish huquqi (yoki huquqlari),
ikkinchi tomonda esa faqat majburiyat (majburiyatlar) boʻlsa, bunday
majburiyatlar bir tomonlama majburiyatlar hisoblanadi. Masalan, qarz
shartnomasi. Qarz shartnomasi boʻyicha qarz bergan shaxs qarzning qaytarilishini
talab qilish huquqiga ega boʻlsa, qarzdor oʻz zimmasiga olgan qarzini qaytarishga
burchlidir.


Huquqiy munosabatda qatnashuvchilarning har qaysisi ham huquq,


ham majburiyatga (qator huquqlar va majburiyatlarga) ega boʻlsa, bunday
majburiyatlar ikki tomonlama majburiyat hisoblanadi. Ikki tomonlama
majburiyatlarga oldi-sotdi, ijara, pudrat kabi shartnomalarni misol qilib
koʻrsatish mumkin. Masalan, oldi-sotdi munosabatida sotuvchida sotilgan narsani
topshirish majburiyati boʻlsa, oluvchida sotib olingan narsaning qiymatiga yarasha
haq toʻlash majburiyati boʻladi va aksincha. Aksariyat majburiyatlar ikki tomonlama
majburiyatlardir.


3


. Muayyan harakatni bajarishga qaratilgan va muqobil maj-


buriyatlar. Agar huquqiy munosabat boʻyicha kreditor qarzdordan
muayyan bir harakat qilinishini, masalan, ma’lum ishning bajarilishini,
biror-bir ashyoning topshirilishini yoki ma’lum summa pul toʻlanishini
talab qilish huquqiga ega boʻlsa, bunday majburiyat muayyan harakatni


2


12





bajarishga qaratilgan majburiyat hisoblanadi. Agar huquqiy munosabatda
kreditorning talabi boʻyicha qarzdor bir necha harakatlardan birini
bajarishga majbur boʻlsa, bunday majburiyat muqobil majburiyat sanaladi.
Muqobil majburiyat boʻyicha huquqiy munosabatda bir necha harakat
koʻrsatilgan boʻlsa ham, majburiyatning mazmunini qarzdorning faqat
birgina majburiyati va kreditorning shu majburiyatning bajarilishini talab
qilishga boʻlgan huquqi tashkil etadi. Huquqiy munosabatda nazarda
tutilgan harakatlardan birining bajarilishi bilan majburiyat ijro etilgan
hisoblanadi. Muqobil majburiyatning bajarilishi toʻgʻrisidagi qoida
FKning 250-moddasida berilgan. Mazkur moddada koʻrsatilishicha, agar
qarzdor ikki yoki bir necha harakatlardan birini bajarishga majbur boʻlsa,
qonun, shartnoma yoki majburiyatning mohiyatidan boshqacha tartib
anglashilmasa, tanlash huquqi qarzdor ixtiyorida boʻladi. Oʻzbekiston
Respublikasining bir qator qonun hujjatlarida qaysi majburiyatning
bajarilishi lozimligini tanlash huquqi kreditorga berilganligi koʻrsatiladi.
Xususan, ularda sotilgan ashyoning sifati lozim darajada boʻlmaganda, sotib oluvchi
oʻz xohishi bilan ana shu ashyoni boshqa sifatli ashyoga almashtirish yoki xarid
bahosini tegishli darajada kamaytirishni yoxud sotuvchining shu ashyodagi
kamchiliklarni haq olmay tuzatib berishini yoki shu kamchilikni tuzatish uchun
oluvchining qilgan xarajatlarini toʻlashni yo boʻlmasa shartnomani bekor qilib,
oʻziga yetkazilgan zararning toʻlanishini talab qilishga haqli boʻladi, deb
koʻrsatiladi. Bu qoida boʻyicha qarzdor sifatidagi sotuvchi tomonidan bajarilishi
lozim boʻlgan harakatlardan birini tanlash huquqi kreditorga, ya’ni sotib oluvchiga
beriladi.


4


. Shaxsiy tusga ega boʻlgan majburiyatlar va shaxsiy tusga ega


boʻlmagan majburiyatlar. Ba’zi majburiyatlar huquqiy munosabatda
qatnashuvchilarning har qaysisi yoki birining shaxsi bilan qat’iy bogʻliq


boʻlishi mumkin. Masalan, topshiriq shartnomasi boʻyicha vujudga keladigan
majburiyat vakilning (topshiriqni bajaruvchining) ishonchli shaxs boʻlishiga qarab
belgilanadi. Bunday shaxsiy xarakterga ega boʻlgan majburiyatlarning bajarilishini,
agar qonun yoki shartnomada boshqacha hol belgilanmagan boʻlsa, boshqa shaxsga
oʻtkazilishiga yoʻl qoʻymaydi, kreditor ham boshqa shaxs bilan almashinishi mumkin
emas. Bunday majburiyatlar, odatda, qarzdor yoki kreditorning vafot etishi bilan
bekor boʻladi.


Aksariyat huquqiy munosabatlarda majburiyatning kim tomonidan


bajarilishi ahamiyatga ega boʻlmaydi. Masalan, qarz shartnomasi boʻyicha
majburiyatning fuqaro G. tomonidan ham yoki uning uchun fuqaro B. tomonidan
ham bajarilishi mumkin. Bunday shaxsiy xarakterga ega boʻlmagan majburiyatlar
boʻyicha kreditor ham, qarzdor ham boshqa shaxs bilan almashinishiga yoʻl
qoʻyiladi. Bunday majburiyatlar boʻyicha kreditor yoki qarzdorning vafot etishi
majburiyatning bekor qilinishi uchun asos boʻlmaydi.


2


13





Umumiy qoidaga binoan, majburiyatlar FKda nazarda tutilgan
asoslarda vujudga keladi. Ammo, bunday majburiyatlarning vujudga
kelishi qonunda nazarda tutilmagan boʻlsa-da, lekin fuqarolik qonun
hujjatlarining umumiy mohiyati va mazmuniga zid boʻlmagan fuqarolar va
yuridik shaxslarning harakatlari asosida ham vujudga kelishi mumkin
(FKning 8-moddasi 1-qismi).


FKning


234-moddasida


belgilanganidek,


majburiyatlar


shartnomadan, ziyon yetkazish natijasida hamda fuqarolik qonunlarida
nazarda tutilgan boshqa asoslardan kelib chiqadi. Fuqarolik qonunlarida
nazarda tutilgan boshqa asoslar tarkibiga davlat organlari va fuqarolarning
oʻzini oʻzi boshqarish organlarining hujjatlari, sud qarori, turli voqea
hodisalarni kiritish mumkin.


Majburiyat_taraflari'>Majburiyat taraflari


kreditor


qarzdor


Muayyan bir harakatni
qilinishini yoki undan
saqlanishining talab etishga
haqli bo'lgan taraf


Muayyan bir harakatning
qilishga yoki harakatning
qilishdan saqlanishga majbur
bo'lgan taraf


Majburiyat subyektlari


Majburiyatda qatnashuvchi taraflarning biri majburiyatni bajarilishini
talab qiluvchi subyekt – kreditor, ikkinchisi, ya’ni majburiyatni bajaruvchi
subyekt – qarzdor deb ataladi. Majburiyat aynan ushbu ikki subyektning
oʻzaro munosabatidan vujudga keladi. Shu sababli ular majburiyat
munosabatlarining asosiy subyekti sifatida e’tirof etiladilar.
Majburiyatda qarzdor va kreditor boʻlib ishtirok etuvchilar, fuqarolik
huquqlari va majburiyatlariga ega boʻla oladigan shaxslar boʻlishlari
kerak. Majburiyatga oid munosabatlarda kreditor va qarzdor sifatida
fuqarolar, yuridik shaxslar, shuningdek, ba’zi hollarda Oʻzbekiston
Respublikasi ham subyekt boʻlib ishtirok etishi mumkin.


Majburiyatning alohida turlarida taraflar turlicha nomlanishi
mumkin. Masalan, oldi-sotdi shartnomasida sotuvchi va xaridor, energiya


2


14





ta’minoti shartnomasida energiya bilan ta’minlovchi va abonent (iste’molchi), pudrat
shartnomasida pudratchi va buyurtmachi, haq evaziga xizmat koʻrsatish
shartnomasida ijrochi va buyurtmachi, transport ekspeditsiyasi shartnomasi boʻyicha
ekspeditor va mijoz, vositachilik shartnomasida vositachi va komitent, kompleks
tadbirkorlik litsenziyasi (franshizing) shartnomasi boʻyicha bir taraf kompleks
litsenziar ikkinchi taraf kompleks litsenziat, delikt munosabatlarida zarar
yetkazuvchi va jabrlanuvchi va h.k. Lekin ularning birini qarzdor, ikkinchisini esa
kreditor sifatida tushunmaslik lozim. Jumladan, har bir taraf bir vaqtning oʻzida
kreditor yoki qarzdor boʻlib qolishi mumkin.


Fuqarolik huquqida aksariyat majburiyatlarda (shartnomalarda)
qatnashuvchi shaxslar bir vaqtning oʻzida ham kreditor, ham qarzdor


boʻlib hisoblanadi. Masalan, oldi-sotdi shartnomasida sotuvchi sotilgan narsani
topshirish yuzasidan qarzdor, uning summasini talab qilib olish yuzasidan kreditor
hisoblanadi va aksincha, sotib oluvchi mol-mulkni talab qilib olish yuzasidan
kreditor, uning summasini toʻlash yuzasidan qarzdor hisoblanadi. Binobarin, majbu-
riyatda ishtirok etayotgan taraflarda, ya’ni kreditor va qarzdorda ham talab qilish
huquqi, ham majburiyat boʻlsa, bunday majburiyatlar (ikki tomonlama
shartnomalar) murakkab majburiyatlar, deb ham yuritiladi.
Odatda, har bir majburiyatda ikki taraf – kreditor va qarzdor
qatnashadi. Ammo ba’zi hollarda majburiyatda kreditor yoki qarzdor
tarafida yoxud har ikki tarafda ham bir necha shaxslar ishtirok etishlari
mumkin. Bunday majburiyatlar koʻp shaxsli majburiyatlar hisoblanadi.
Masalan, bir mol-mulk ikki shaxs tomonidan sotib olinganida sotuvchi huzurida
uning summasini toʻlash yuzasidan qarzdor tomonidan ikki shaxs qatnashadi.
Majburiyatda koʻpchilik boʻlib qatnashuvchi shaxslar faol va nofaol
ishtirokchilarga ajratilishi mumkin. Majburiyatda koʻpchilik boʻlib
kreditor tarafida qatnashuvchi shaxslar – faol ishtirokchilar deb, qarzdor
tarafida qatnashuvchi shaxslar esa – nofaol ishtirokchilar deb ataladi. Agar
majburiyatda qatnashuvchi shaxslar har ikki tarafda ham koʻpchilik boʻlib
ishtirok etsa – aralash ishtirokchilar deb ataladi.
Koʻp shaxslar ishtirok etgan majburiyatlar ulushli va sherik
majburiyatlarga boʻlinadi.
Ulushli majburiyatlarda qatnashuvchi kreditorlarning har biri
qarzdordan tegishli ulushining bajarilishini talab qilish huquqiga ega
boʻlsa, ulushli qarzdorlardan har biri oʻziga tegishli ulushni bajarishga
majbur boʻladi.


FKning 251-moddasida koʻrsatilganidek, agar ulushli majburiyatda
bir necha kreditor yoki bir necha qarzdor ishtirok etsa, basharti qonundan
yoki shartnomadan boshqacha tartib anglashilmasa, u holda har bir
kreditor majburiyatni boshqalar bilan teng ulushlarda talab qilishga haqli,
har bir qarzdor esa bu talabni bajarishi shart.


2


15





Ulushli majburiyatga ikki fuqaro tomonidan ulushlarga boʻlinib
qurilgan uy-joyning sotilishida sotuvchilardan har biri oʻz ulushiga
nisbatan tegishli haqni talab qilish yuzasidan kreditor boʻlishini misol qilib
koʻrsatish mumkin.


Yuridik shaxslar oʻrtasida ham ulushli majburiyatlar vujudga kelishi


mumkin. Masalan, bir necha tashkilot birgalashib uy-joy qurganida,
tashkilotlarning har biri oʻz ulushiga yarasha uy-joyni boshqarish va undan
foydalanish huquqiga ega boʻladi.


Ulushli majburiyatlarda faol ishtirokchi boʻlgan kreditorlardan har


biri qarzdordan faqat oʻziga tegishli ulushnigina talab qilish huquqiga ega
boʻlsa, qarzdorlardan har biri oʻziga tegishli ulushda majburiyatni
bajarishga majbur boʻladi.
Kreditorlardan biriga majburiyatning qarzdorlardan biri tomonidan
oʻz ulushiga yarasha bajarishi ulushli majburiyatni butunlay bekor
qilmaydi. Bunday majburiyat, to boshqa kreditorlarning talablari
qondirilguncha yoki boshqa qarzdorlar oʻz ulushlariga yarasha
majburiyatlarini bajarguncha saqlanib qoladi.
Kreditorlar va qarzdorlar koʻpchilik boʻlgan taqdirda kreditorlardan
har biri qarzdordan qarzni boshqalar bilan teng ulushda talab qilishga haqli
va qarzdorlarning har biri esa boshqalar bilan teng ulushda majburiyatini
bajarishga majbur boʻladi.
Sheriklik majburiyatlarga asosan, kreditor majburiyatning toʻla
hajmda bajarilishini, sherik qarzdorlarning har qaysisidan majburiyatning
butunlay bajarilishini talab qilishga haqli.
Yuqorida berilgan ta’rifga koʻra, sheriklik majburiyatlarida
qatnashuvchilar sifatida qarzdor bitta-yu, kreditorlar bir nechta boʻlishi
yoki bir necha kreditor va bir necha qarzdor boʻlishi mumkin.
Sheriklik asosida majburiyat olganlar – sherik qarzdorlar boʻlsa,
sheriklik asosida talab qilish huquqiga ega boʻlganlar – sherik kreditorlar
deb ataladi.
Sheriklik majburiyatining mazmunini sheriklik majburiyati va
sheriklikka oid talab qilish huquqlari tashkil etadi. Masalan, bir necha
shaxs bir kishiga yoki tashkilotga ziyon yetkazganlarida qonun boʻyicha
sheriklik majburiyati belgilanadi. Bir necha vorislarga qarashli, ulushli va
boʻlinmagan uy-joy bir fuqaro tomonidan sotib olinganda, sheriklikka
asoslangan talab qilish huquqi vujudga keladi.


Sheriklik majburiyatida kreditorlarning talablari yoki qarzdorlarning
majburiyatlari ulushlarga boʻlinmaydi. Ammo kreditorlardan biri yoki bir
nechtasi qarzning qisman bajarilishini talab qilish huquqiga ega boʻladi.


2


16





Sheriklik (solidaritet) asosida belgilanadigan majburiyatga koʻra,
qarzdorlardan biri tomonidan majburiyat bajarilmaganida, uning uchun
boshqa sherik qarzdorlar javobgar boʻlishadi va aksincha, sherik
qarzdorlar bajarmagan majburiyatning bajarilishini bunday qarzdorlarning
biridan ham toʻla talab qilishi ham mumkin.
FKning 252-moddasida koʻrsatilganidek, qarzdorlarning sheriklik
majburiyati belgilanganida, kreditor majburiyatni qarzdorlarning
barchasidan birgalikda, shuningdek har qaysisidan ayrim-ayrim holda toʻla
yoki qisman bajarilishini talab qilishga haqlidir.
Sherik qarzdorlarning biridan toʻla qanoat hosil qilmagan kreditor
ololmagan narsasini boshqa sherik qarzdorlardan talab qilishga haqli.
Sherik qarzdorlar to majburiyat toʻla bajarilgunga qadar, qarzdor boʻlib
qolaveradi.
Sherik qarzdorlarning har biri kreditorning talablariga qarshi
e’tirozlarini bildira oladi. Chunonchi, qarzning ilgari toʻliq yoki qisman
toʻlanganligini koʻrsatishlari mumkin. Ammo sheriklik majburiyat
boʻlgani holda, qarzdor kreditorning talablariga qarshi boshqa
qarzdorlarning kreditorga nisbatan boʻlgan, mazkur qarzdor ishtirok
etmagan, munosabatlarga asoslangan e’tirozlarini qoʻya olmaydi (FKning


2


53-moddasi).


Masalan, sheriklik majburiyatda kreditor G. sherik qarzdorlari A. va V.lardan


biri aytaylik, V. boshqa bir oddiy majburiyatda qarz shartnomasi boʻyicha G.ning
kreditori boʻlsa, bunday holda oʻzaro hisoblashishni faqat V.gina talab qila oladi.
Binobarin, unga nisbatan sheriklik majburiyati yuzasidan talablar qoʻyilganida,
faqat uning oʻzigina e’tirozlar bildira oladi. Boshqalar bunday huquqqa ega boʻla
olmaydi.
Sheriklik majburiyatining qarzdorlardan biri tomonidan toʻla
bajarilishi, boshqa qarzdorlarni kreditorga nisbatan majburiyatni
bajarishdan ozod qiladi.
Sheriklik majburiyatini bajargan qarzdor, qonun yoki shartnomalarda
boshqacha tartib belgilab qoʻyilmagan boʻlsa, majburiyatni bajargan
qarzdor oʻz ulushini chegirib tashlab boshqa qarzdorlarga teng ulushlarda
regress talab qoʻyish huquqiga ega boʻladi. Majburiyatini bajargan
qarzdorga toʻlanmagan haq bu va boshqa qarzdorlar zimmasiga teng
ulushlarda tushadi (FK 254-modda).
Agar sheriklik majburiyatda kreditorlar bir nechta boʻlsa, u holda
sherik talablar vujudga keladi va sherik kreditorlarning har qaysisi
qarzdorga nisbatan toʻla hajmda talab qoʻyishga haqli boʻladi. Bunday
sheriklik talablarga faol sheriklik deyiladi. Sheriklik talablariga binoan,
qonun yoki shartnomada boshqacha hol koʻrsatilmagan boʻlsa, qarzdor
kreditorlarning biriga majburiyatni toʻla hajmda bajarishi mumkin,


2


17





kreditor esa qabul qilib olishga majbur. Sherik kreditorlardan har biri ham
qarzdordan majburiyatning toʻla hajmda bajarilishini talab qilishga haqli.
Bunday talab qoʻyilganda majburiyatni solidar kreditorlardan biriga
nisbatan toʻla bajarish qarzdorni majburiyatni boshqa solidar kreditorlarga
nisbatan bajarishdan ozod qiladi (FK 255-modda, 3-band).
Sheriklik talablar koʻpincha birgalikdagi faoliyatdan, sherik
mualliflikdan va boshqa ba’zi huquqiy munosabatlardan kelib chiqishi
mumkin. Sherik kreditorlardan har birining harakati bilan boshqa
kreditorning manfaatiga ziyon yetkazmasligi kerak. Chunonchi, sherik
kreditorlardan birining qilgan harakati qarzdorlardan birini majburiyatning
muayyan qismini bajarishdan ozod qilishga qaratilgan boʻlsa ham, bu
qarzdor sherik kreditorlar huzurida majburiyatni toʻla bajarishdan ozod
boʻlmaydi.
Qarzdor sherik kreditorlarning biri tomonidan qoʻyilgan talabga
qarshi oʻzining boshqa sherik kreditorlar bilan boʻlgan, mazkur kreditor
ishtirok etmagan munosabatlarga asoslangan e’tirozini qoʻya olmaydi.
Masalan, pudrat shartnomasi boʻyicha, pudratchi bir necha jamoa
xoʻjaligining buyurtmasiga binoan stadion qurishi kerak boʻlib,
keyinchalik shu jamoa xoʻjaliklarining biridan buyurtmani kechiktirib
bajarishga muhlat olgan boʻlsa, qolgan jamoa xoʻjaliklarining
buyurtmasini oʻz vaqtida bajarishi uchun qoʻygan talabiga kechiktirib
bajarish uchun olgan muhlatini qarshi qoʻya olmaydi.
Majburiyatning qarzdor tomon sherik kreditorlaridan birining toʻla
hajmda bajarilishi, uni boshqa kreditorlarga nisbatan bajarishdan ozod
qiladi.
Qarzdordan majburiyatning ijrosini qabul qilib olgan sherik kreditor,
basharti ular oʻrtasidagi munosabatlardan boshqacha tartib anglashilmasa,
boshqa kreditorlarga tegishli boʻlgan ulushlarni toʻlashi shart
(FK 255-modda).
Aralash sheriklik majburiyatlarda bir vaqtning oʻzida bir necha
kreditor va qarzdor shaxs ishtirok etadi. Bunday majburiyatlarni bajarish
tartibiga faol va sust sheriklik majburiyatlarini bajarish deyiladi. Masalan,
shaxsiy mulk huquqi asosida uy-joyga ega boʻlgan bir necha fuqaro
ta’mirlovchi brigada bilan pudrat shartnomasi tuzgan boʻlsa, ulardan har
biri majburiyatning toʻla hajmda bajarilishini brigadaning har qaysi
a’zosidan talab qilishga haqli.
Tashkilotlar yuridik shaxs sifatida mustaqil mulkiy javobgarlikka ega
boʻlib, xoʻjalik hisobi asosida ish olib borganliklari sababli, har qaysi
tashkilot majburiyatini bajarmaganligi uchun oʻzicha alohida javobgar


2


18





boʻladi. Lekin ayrim hollarda aralash sheriklik majburiyati asosida ham
javobgarlik belgilanishi mumkin. Masalan, turli tashkilotlarga qarashli
avtomashinadan bir necha fuqaroga ziyon yetkazilsa, birgalikdagi aralash
sherik javobgarlik belgilanishi mumkin.


Qoʻshimcha (subsidiar) majburiyatlar faqat qarzdorlar tarafida
vujudga keladi. Majburiyat asosiy qarzdor tomonidan bajarilmaganida,
kreditor uning bajarilishini qoʻshimcha qarzdordan talab qilishga haqli.
Subsidiar javobgarlik asoslari FKning 329-moddasida nazarda tutilgan.
Bunga asosan, qonun hujjatlari yoki majburiyat shartlariga muvofiq, asosiy
qarzdor boʻlgan boshqa shaxsning javobgarligiga qoʻshimcha ravishda
boʻlgan (subsidiar javobgarlik) shaxsga talablar qoʻyishdan oldin kreditor
asosiy qarzdorga talab qoʻyishi kerak. Agar asosiy qarzdor kreditorning
talabini qondirishdan bosh tortsa yoki kreditor undan qoʻyilgan talabga
oqilona muddatda javob olmagan boʻlsa, bu talab subsidiar javobgar
boʻlgan shaxsga qoʻyilishi mumkin. Kreditor asosiy qarzdorga boʻlgan oʻz
talabini qondirilishni subsidiar javobgar shaxsdan talab qilishga haqli
emas, basharti bu talab asosiy qarzdorga muqobil talabni hisobga oʻtkazish
yoki mablagʻlarni asosiy qarzdordan nizosiz undirib olish yoʻli bilan
qondirilishi mumkin boʻlsa, subsidiar javobgar shaxs oʻziga kreditor
tomonidan qoʻyilgan talabni qondirilishdan oldin, bu haqda asosiy
qarzdorni ogohlantirishi, bordi-yu bunday shaxsga nisbatan da’vo
qoʻzgʻatilgan boʻlsa, asosiy qarzdorni ishda qatnashishga jalb qilish kerak.
Aks holda, asosiy qarzdor oʻzining kreditorga qarshi e’tirozlarini subsidiar
javobgar shaxsning regress talabiga qarshi qoʻyish huquqiga ega.
Sheriklik majburiyati boʻyicha boshqalar uchun majburiyatni ba-
jargan qarzdor regress (qaytarma) da’vo huquqiga ega boʻlsa, qoʻshimcha
majburiyatni uchinchi shaxsga nisbatan bajargan qarzdor, agar qonun yoki
shartnomalarda boshqacha hol belgilanmagan boʻlsa, shu bajarilgan
narsani qaytarib olish huquqiga ega boʻlmaydi. Masalan, ota-onalar
farzandlikka olganlar, vasiylar, homiylar, voyaga yetmagan bolalarning
harakati natijasida yetkazilgan zararni uchinchi shaxsga toʻlaganlarida
mazkur haqni qaytarib olish huquqiga ega emaslar.
Qoʻshimcha majburiyat qonun yoki shartnomalarda koʻrsatilgan
taqdirdagina vujudga keladi. Chunonchi, qonunda aytilishicha, oʻn toʻrt
yoshdan oʻn sakkiz yoshgacha boʻlgan voyaga yetmagan oʻsmir
tomonidan yetkazilgan ziyon uchun ularning ota-onalari, vasiy va
homiylari qoʻshimcha javobgardirlar. Qoʻshimcha majburiyatga yana bir
misol qilib, toʻgʻridan-toʻgʻri shartnomada koʻrsatilgan boʻlsa, boshqa
shaxs majburiyatining butunlay yoki qisman bajarilishi uchun uning kre-


2


19





ditori oldida javobgarlikni oʻz zimmasiga olgan kafilning qoʻshimcha
javobgarligini koʻrsatish mumkin. Ammo bu holda majburiyatni bajargan
kafil regress (qaytarma) da’vo qilish huquqiga ega boʻladi.



Download 2,11 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   107   108   109   110   111   112   113   114   ...   157




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish