Toshkent davlat yuridik


Regress (qaytarma) majburiyat



Download 2,11 Mb.
bet113/157
Sana04.06.2022
Hajmi2,11 Mb.
#636578
1   ...   109   110   111   112   113   114   115   116   ...   157
Bog'liq
Loyiha toshkent davlat yuridik universiteti (1)

Regress (qaytarma) majburiyat


Regress atamasi qadimgi Rim huquqida vujudga kelgan boʻlib, oʻsha
davrlarda bu atama bugungi kundagi vazifani bajargan. Regress – lotincha





regressus” soʻzidan olingan boʻlib, “orqaga harakat” degan ma’noni


anglatadi1. “Regress” atamasi (“progress” – “oldinga harakat” atamasiga
qarama-qarshi oʻlaroq) soʻzma-soʻz tushunilganda “orqaga harakat,
qaytarma” ma’nolarini ifodalaydi. Shu sababli koʻpchilik vaziyatlarda





regress talabi” oʻrniga uning sinonimi boʻlgan “qaytarma talab” atamasi


qoʻllaniladi. “Regress” fuqarolik huquqida “qaytarish” tushunchasini,


1


Ўзбекистон юридик энциклопедияси. –Т. Адолат, 2010.-B.381.


2


22





masalan, birov uchun toʻlangan pulning qaytarish toʻgʻrisidagi talabni
bildiradi. Qaytarma majburiyat sheriklik va qoʻshimcha majburiyatlarni
bajarishdan kelib chiqadi. Sherik qarzdorlardan biri kreditorga nisbatan
majburiyatni toʻla hajmda bajarib, keyinchalik ular uchun toʻlangan
summani, qilingan ish xarajatlarini qolgan qarzdorlardan qaytarma talab
asosida qoplata oladi. Odatda fuqarolik-huquqiy munosabatlarda regress
majburiyatlar asosiy majburiyatni qarzdor oʻrniga uchinchi shaxslar
bajarganda yoki uchinchi shaxsning aybi bilan majburiyat bajarilmagan
hollarda yuzaga keladi.
Regress majburiyat oʻziga xos quyidagi belgilari bilan ta’riflanadi:
a) regress majburiyat asosiy majburiyatning hosilasi hisoblanadi;
b) unda ishtirok etuvchilarning bittasi yoki barchasi asosiy
majburiyatning subyektlaridan hisoblanadi;
v) asosiy majburiyatni regress majburiyat taraflaridan biri tomonidan
bajarilishi yoki regress majburiyatning oʻzini vujudga kelishi, unda
ishtirok etuvchi shaxslarning harakati yoki harakatsizligi bilan bogʻliq.
Regress majburiyat boʻyicha qatnashuvchi kreditor regredient deb
ataladi. U albatta asosiy majburiyatda qatnashuvchi hisoblanadi. Regress
majburiyat boʻyicha qarzdor “regressatom” deb nomlanadi. Regressatom
asosiy majburiyatda qatnashgan yoki qatnashmagan boʻlishi ham mumkin,
lekin asosiy majburiyatning bajarilishi yoki bajarilmasligi uning muayyan
harakatlarni amalga oshirishi yoki oshirmasligiga, shuningdek regredient
uchinchi shaxs oldidagi vazifasini bajarilishiga bogʻliq1.
Qaytarma (regress) majburiyat deb, bir taraf ikkinchi taraf uchun
uchinchi shaxs oldida bajargan majburiyatni qaytarish toʻgʻrisida talab qila
olish huquqiga aytiladi. Regress (qaytarma) talabda ham boshqa
majburiyatlar singari ikki taraf ishtirok etadi. Masalan, qarz shartnomasiga
asosan, qarzdorlardan biri qarzni toʻla hajmda toʻlasa, qarz majburiyati
bekor boʻladi. Lekin boshqa qarzdorlar uchun qarzni toʻlagan qarzdor
ulardan tegishli summani undirish uchun qaytarma talab qila oladi. Agar
majburiyatni toʻla hajmda bajargan qarzdor bu toʻgʻrida boshqa sherik
qarzdorlarini ogohlantirmasa, sherik qarzdorlar majburiyatni bajarmagan
boʻlsa, zarar koʻrgan qarzdor qolgan qarzdorlarga nisbatan qaytarma da’vo
qoʻzgʻata olmaydi. U faqat kreditorga nisbatangina uning asossiz olganini
qaytarishi toʻgʻrisida da’vo qila oladi. Qaytarma talab uchinchi shaxsga
nisbatan qilingan xarajatning umumiy miqdoridan oshmasligi kerak.
Qaytarma majburiyat xoʻjalik tashkilotlari oʻrtasidagi munosa-
batlarda koʻproq tarqalgan. Chunonchi, mahsulot yetkazib beruvchi
tashkilotdan sotib oluvchi tashkilotga mahsulot sifatsiz boʻlgani uchun
jarima toʻlaganida, bunday sanksiyaga (jarima) tortilishi mahsulot


1


Раҳмонқулов Ҳ. Мажбурият ҳуқуқи. –Т. ТДЮИ, 2005. –B.46.


2


23





tayyorlovchi tashkilotning shartnoma shartlarini buzganligi sababli
vujudga kelganligi koʻrsatilib, keyinchalik bu jarima summasining oʻziga
qaytarilishi toʻgʻrisida mahsulot tayyorlovchi tashkilotga qaytarma da’vo
qoʻzgʻata oladi.
Binobarin, qaytarma da’vo tashkilotlar oʻrtasida har bir xoʻjalik
yurituvchi subyektning oʻz majburiyatiga nisbatan javobgarligini oshiradi
va u muayyan ahamiyatga ega boʻladi.



Download 2,11 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   109   110   111   112   113   114   115   116   ...   157




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish