Toshkent davlat yuridik


Majburiyatdagi shaxslarning



Download 2,11 Mb.
bet112/157
Sana04.06.2022
Hajmi2,11 Mb.
#636578
1   ...   108   109   110   111   112   113   114   115   ...   157
Bog'liq
Loyiha toshkent davlat yuridik universiteti (1)

Majburiyatdagi shaxslarning oʻzgarishi


Kreditorning oʻzgarishi majburiyatga oid huquqiy munosabatlarda
muayyan subyektlar oʻrtasida vujudga keladi. Majburiyatni bajarishda
ishtirok etayotgan taraflar oʻrinlarini boshqa shaxs bilan almashinishlariga
qonun boʻyicha yoʻl qoʻyiladi. Majburiyatda qatnashuvchi kreditor ham,
qarzdor ham boshqa shaxslar bilan almashinishlari mumkin.
Kreditorning almashinishi deb, majburiyatda ishtirok etayotgan
kreditor oʻz oʻrnini boshqa shaxs bilan almashinishiga aytiladi.
Kreditorning talab qilish huquqini boshqa shaxsga oʻtkazilishiga, agar bu
qonun yoki shartnomaga zid boʻlmasagina yoki talab kreditorning shaxsi
bilan bogʻliq boʻlmasagina yoʻl qoʻyiladi. Fuqarolik huquq nazariyasida
kreditorning oʻzgarishi “sessiya”, sobiq kreditor esa “sedent” deb
nomlanadi. Agar talab kreditorning shaxsi bilan chambarchas bogʻlangan
boʻlsa, masalan, FKning 314-moddasida koʻrsatilganidek, alimentlar va
hayotga yoki sogʻliqqa yetkazilgan zararni toʻlash toʻgʻrisidagi
talablarning boshqa shaxsga oʻtishiga yoʻl qoʻyilmaydi.
Ba’zi hollarda, talab qilish huquqini oʻtkazishga shartnoma boʻyicha
ham yoʻl qoʻyilmaydi. Masalan, umrbod ta’minlash sharti bilan uy-joy
(kvartira)ni boshqa shaxsga bergan shaxs oʻzining talab qilish huquqini
boshqa shaxsga oʻtkaza olmaydi. FKning 318-moddasida koʻrsatilishicha,
kreditorning majburiyat boʻyicha huquqlari boshqa shaxsga quyidagi
hollarda oʻtadi:


1
2


) kreditor huquqlaridagi universal huquqiy vorislik natijasida;
) kreditor huquqlarini boshqa shaxsga oʻtkazish toʻgʻrisidagi


sudning qaroriga muvofiq;


3


) qarzdorning majburiyati ushbu majburiyat boʻyicha qarzdor


boʻlmagan kafil yoki garovga qoʻyuvchi tomonidan bajarilishi oqibatida;


4


) sugʻurta holati boshlanishi uchun javobgar boʻlgan qarzdorga


nisbatan kreditor huquqlarining sugʻurta qiluvchiga subrogatsiyasi (oʻtishi)
natijasida;


5


) qonunda nazarda tutilgan boshqa hollarda.


Talab qilish huquqini boshqa shaxsga oʻtkazgan kreditor bu huquqni
tasdiqlaydigan hujjatlarni ana shu shaxsga topshirishga majbur.
Chunonchi, kreditor qarzdordan tilxat olgan boʻlsa, mazkur hujjatga talab
qilish huquqining oʻtkazilganligini yozib, uni yangi kreditorga topshirishi


2


20





lozim. Dastlabki kreditor yangi kreditor oldida unga oʻtkazilgan talabning
qarzdor tomonidan bajarilmaganligi uchun javob bermaydi, dastlabki
kreditor yangi kreditor oldida qarzdor uchun oʻz zimmasiga kafolatini
olgan hollar bundan mustasno (FK 321-modda).
Kreditorning huquqlari boshqa shaxsga oʻtishi uchun, agar qonun
yoki shartnomada boshqacha tartib nazarda tutilmagan boʻlsa, qarzdorning
roziligi talab qilinmaydi. Agar qarzdor kreditorning huquqlari boshqa
shaxsga oʻtganligi haqida yozma ravishda xabardor qilinmagan boʻlsa,
yangi kreditor shu tufayli kelib chiqqan oʻzi uchun noqulay oqibatlar
xavfini oʻz zimmasiga oladi. Mazkur holda majburiyatning dastlabki
kreditorga nisbatan bajarilishi tegishli kreditorga nisbatan bajarish deb
hisoblanadi (FK 313-modda).
Ba’zi hollarda normativ hujjatlarning oʻzida ham talab qilish
huquqini umumiy qoida sifatida oʻtkazishga yoʻl qoʻyilmasligi, masalan,
temir yoʻl ustavining 172-moddasida temir yoʻl korxonasiga talab,
shikoyat yoki da’vo qoʻzgʻatish huquqini boshqa tashkilotga yoki fuqaroga
oʻtkazishga yoʻl qoʻyilmasligi koʻrsatilishi bilan birga, qanday hollarda bu
qoidadan istisnolar boʻlishligi ham aytilgan.
Qarzdor majburiyat boʻyicha huquqlar yangi kreditorga oʻtganligi
haqida ogohlantirish olgan paytda dastlabki kreditorga qarshi e’tirozlarni
yangi kreditorning talabiga qarshi qoʻya oladi (FK 317-modda). Masalan,
majburiyatning qisman bajarilganligini yoki qarz hujjatida koʻrsatilgan
summaning olinmaganligini koʻrsatib, oʻz e’tirozlarini yangi kreditor
talabiga qarshi qoʻyish huquqiga ega.


Qarzdorning almashinishiga kelsak, majburiyatda qatnashayotgan
qarzdor ham oʻz oʻrnini boshqa shaxs bilan almashish huquqiga ega.
Qarzdor almashgani tufayli, yangi qarzdor majburiyatli boʻlib qolishiga –
qarzning (majburiyatning) koʻchirilishi deyiladi.


Qarzdorning oʻz qarzini boshqa shaxsga oʻtkazishiga faqat kre-
ditorning roziligi bilan yoʻl qoʻyiladi (FK 322-modda). Qarzdor uchun
qaysi kreditorga nisbatan majburiyatni bajarishning farqi yoʻq boʻlsa ham,
kreditor uchun kim yangi qarzdor boʻlishining ahamiyati bor. Avvalo,
kreditorning yangi qarzdorning mulkiy holati, ish qobiliyati hamda
majburiyatni bajarishga qodir boʻlish-boʻlmasligi qiziqtiradi. Agar,
masalan, yuqori malakali usta ishni bajarishni oʻz shogirdiga
topshirmoqchi boʻlsa, kreditor ish manfaatlarini koʻzlab, bunga rozi
boʻlmasligi ham mumkin. Dastlabki qarzdor boshqa shaxsga majburiyatini
oʻtkazganida, kreditorga nisbatan majburiyatni bajarishdan butunlay ozod
boʻladi. Uning barcha majburiyati yangi qarzdor zimmasiga oʻtadi.
Kreditor bilan dastlabki qarzdor oʻrtasidagi munosabatlarga
asoslangan barcha e’tirozlarni yangi qarzdor kreditorning talabiga qarshi


2


21





qoʻya oladi, jumladan, yangi qarzdor ham dastlabki qarzdor kabi
majburiyatning qisman bajarilganligini yoki qarzning qisman
toʻlanganligini yoxud hujjatda koʻrsatilganga qaraganda kamroq summada
olinganligini aytib, e’tirozlarini bildira oladi.
Kreditor yangi qarzdordan majburiyatni toʻla hajmda bajarishni talab
qila oladi, chunki majburiyatni koʻchirishda uning mazmuni oʻzgarmaydi.
Masalan, qarz shartnomasida qarzdor almashsa, kreditor yangi qarzdordan
toʻla hajmda toʻlanishini talab qila oladi.
Agar kafil yoki garovga qoʻyuvchi yangi qarzdor uchun javobgar
boʻlishiga rozilik bermasa, kafillik yoki uchinchi shaxs tomonidan berilgan
garov qarzning boshqa shaxsga koʻchirilishi bilan bekor boʻladi.
Qarzni (majburiyatni) koʻchirish, koʻpincha fuqarolarning oʻzaro
munosabatlarida qoʻllaniladi. Ammo majburiyat qarzdorning shaxsi bilan
bogʻliq boʻlsa, qarzni koʻchirish mumkin emas.
Yozma shaklda tuzilgan bitimga asoslangan talab qilish huquqini
oʻtkazish va qarzni (majburiyatni) koʻchirish oddiy yozma shaklda
qilinishi lozim. Agar bitim notarial tasdiqlangan va davlat roʻyxatidan
oʻtkazilgan boʻlsa, u holda ushbu tegishli shaklga rioya qilingan holda
amalga oshiriladi. FKning 323-moddasida qarzni ham, majburiyat
boʻyicha ijroni ham bir paytda boshqa shaxsga oʻtkazish qoidalari nazarda
tutilgan. Bunga asosan qarzdorni qarzni toʻlash majburiyatidan ozod
qilmagan holda qarzni yoki uning bir qismini boshqa shaxsga oʻtkazishga
ruxsat beriladi. Bu holda har ikkala qarzdor majburiyatning bajarilishi
uchun sherik (solidar) javobgar boʻladi.


Qarzdorning uchinchi shaxs bilan shartnomasi asosida, uchinchi
shaxs majburiyatining bajarilishi boʻyicha kreditor oldida emas, balki faqat
qarzdor oldida burchli boʻladi.



Download 2,11 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   108   109   110   111   112   113   114   115   ...   157




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish