2-bobga
maktablarimizning moddiy bazasi keng rivojlantirilishi, darsliklar, ta`lim standartlari va o`quv dasturlari muntazam takomillashtirilib borilishi, shuningdek, o`qituvchining kasbiy tayyorgarligi, mahorati va bilimdonligi, zamonaviy pedagogik texnologiyalar, interfaol usullarni nemis tili darslarda qo`llay olishi ham juda muhimdir. U o`quvchiga puxta bilim berishi, erkin, ijodiy fikrlash, ko`nikma, malakalarini hosil qila olishi ham zarur. Takomillashtirilgan standartlar, yangi o`quv dasturlari boshlang`ich sinflardanoq o`quvchini erkin fikr yuritish orqali muloqotga kirisha olish qobiliyatini shakllantirishga, so`z boyliklarini oshirishga, o`qish texnikasini yaxshi egallashga, chiroyli va savodli yozish ko`nikmasini hosil qilishga, nutq madaniyatini yuksaltirishga e`tibor qaratishni taqozo etmoqda. Shu bois ham ta`lim jarayonini insonparvarlashtirish, liberalizatsiya qilish (erkinlashtirish) demokratizatsiyalashtirish, bolaga samimiy va do`stona munosabatda bo`lish, hamkorlik va ijodkorlikda tashkil etishni taqozo etmoqda. Qisqa qilib aytganda, o`quv jarayoni markazida o`quvchi shaxsi va qadri, ma`naviyati turmog`i lozim. O`quv jarayoni o`quvchi shaxsi, uning ma`naviyatiga qaratilgan va yo`naltirilgan bo`lishi talab etilmoqda.
Shuni e`tiborda tutish kerakki, shaxsga qaratilgan ta`lim o`quvchining o`quv-biluv mehnatini tashkil etishni harakatlantiruvchi, uning qiziqish, xohish, talab- istaklarini ro`yobga chiqaruvchi kuch bo`lib xizmat qiladi. O`quvchi shaxsiga qaratilgan ta`lim, o`quvchining faolligini oshirish, mustaqil, ijodiy fikrlashga o`rgatish, mustaqilligini, erkinligini ta`min etish, qiziqishlari asosida (motivatsiya) ish yuritish, ichki imkoniyatlarini ishga solish, o`z qiziqishlari orqali qo`shimcha ta`lim olishga yo`llash, o`z-o`zini rivojlantirishni o`z ichiga oladi. Kichik yoshdagi bolalarni o‘qitish va tarbiyalash o‘ziga xos hususiyatga ega. Bu hususiyat ularning fiziologik va psixologik alomatlarga ko‘ra ta’limni yangicha asosida qurilganligi, ta’lim bilan o‘yinning uyg‘unlikda, o‘zaro muntazamlikda olib borishi bilan ifodalanadi. O‘yin bola hayotning uzviy qismidir. O‘yin orqali bola bilim va ma’lumot oladi. Atrofdagi muhit bilan, tabiat hodisalari, manzaralari, buyumlar, qush va
hayvonlar, o‘simliklar dunyosi bilan tanishadi. O‘yin jarayoonida bola faqat
tashqi muhit hodisalari bilan tanishib, uni his etib qolmasdan balki bu voqea-
hodisalarga nisbatan o‘z munosabatini bildiradi. Uning yaxshi va yomonligini,
maqbul yoki nomaqluldigini, yoqimli yoki yoqimsizligini farq qilishga o‘rgatib
boradi.
Bolalarning o‘yin dunyosi naqadar boy va xilma-xildir. O‘yin bobida bola
ijodkor mavjudotdir. Bolalar aqliy va jismoniy faoliyatini tashkil qilish va
rivojlantirishda mazmunli garammatik o‘yinlar bilan bir qatorda didaktik o‘yinlar
alohida ahamiyat kasp etadi.
Dadaktik o‘yinlar bolalarning ma’naviy va axloqiy kamolida, ularning
mukammal inson bo‘lib kamol topishida g‘oyat katta tarbiyaviy ta’sir qudratiga
ega. O‘yin timsolida bolalar jamoa bo‘lib yashashga, uyushqoqlikka, birgalikda
ijod qishga, hamkorlikda ishlashga va mustaqillikka o‘rganadilar. Axloqiy sifatlari
va tushinchalari, vazifalari tarkib topadi. O‘yin qoidalariga qat’iy rioya qilishga,
intizomga o‘rganadilar. Ularda do‘stlik, inoqlik his- tuyg‘ulari rivojlanadi.
Ularning estetik zavqlari, o‘sadi, turli kasbu-korlarga bo‘lgan qiziqishi ortadi,
dunyoqarashi shakllana boshlaydi.
Didaktik o‘yinlar asosan ta’lim jarayonini bolalarning yosh hususiyatlari
va tayyorgarliklariga qarab samarali tashkil qilishga, ularga bilim va ma’lumot
berishni yengillashtirishga, ta’limda ko‘rgazmalikni ta’minlashga qaratilgan
bo‘lib, bolalarni o‘quv materiallari bilan ortiqcha band qilib qo‘ymaslik,
toliqtirmaslik va zerektirmaslik imkoniyatini yaratadi, dastur materiallarini
o‘zlashtirishda qulaylik tug‘diradi. Didaktik o‘yinlar bolalarning aqliy faoliyatini,
ongini o‘stirishga, ularning fikriy tashabbuskorligini o‘stirishga xizmat qiladi.
O‘quvchilarning his-tuyg‘ularini shakllantirishga, ayniqsa ularning sezgi a’zolari
faoliyatini faollashtirishga yordam beradi. Bola miyasini «mashq» qilishga,
tafakkurini teranlashtirishga o‘rgatadi.
Didaktik o‘yinlar xilma-xil materilalr asosida tashkil qilinadi.
Qo‘g‘irchoqlar, o‘yinchoqlar, maxsus rang-barang rasm va kartochkalar, turli
kubik va buymlar, geometrik shakllar, sanash va hisoblash asboblari, tabiiy
materiallar ana shular jumlasidandir. O‘quvchilarning nutq jumlasidandir.
O‘quvchilarning so’z boyligini o‘shirishga mo‘ljallangan ko‘p o‘yinlar ham
ko‘rgazmali materiallarga asoslangandir.
Didaktik o‘yin mazmuni o‘z ichiga asosan quyidagi uch omilni oladi.
1. O‘yinning vazifasi
2. O‘yin harakati
3. O‘yin qoidasi
1. Har bir didaktik o‘yinda ma’lim didaktik maqsadga qaratilgan vazifa
qo‘yiladi. Bu vazifa bolalarga bilim va ma’lumot berishni ko‘zda tutadi. Har bir
didaktik o‘yin bolalardan ma’lum vazifani bajarishni talab qiladi. Bu vazifani
bajarish maqsadida bola o‘zining fikrlash qobiliyatini aktivlashtiradi, oldingi
olgan bilim va tushunchalari esga tushirishga harakat qiladi.
2. Didaktik o‘yinning yana bir muhim hususiyati borki, bu o‘yin harakatidir.
O‘yin harakati bolalarni o‘ziga jalb qilishi bilan ularning faoliyatini
faollashtiradi. O‘yin harakati esa o‘yin mazmuniga ko‘ra turlichadir. O‘yin
harakati ayrim vaqtlarda musobaqalashtirish bilan bog‘langan bo‘lsa ayrim
vaqtlarda esa o‘z navbatida o‘tkazib yubormaslik bilan bog‘langan bo‘ladi.
O‘yin harakati o‘ynovchi bolalarning ko‘p-ozligiga qarab yengillashadi. Bola
oz bo‘lsa o‘yin harakati soddalashadi. Bundan tashqari o‘yin harakatini
bolalarning yoshiga va bilim doirasiga qarab ham murakkablashtirib boriladi.
3. Didaktik o‘yin hamma vaqt ma’lum o‘yin qoidasiga bo‘ysunadi. O‘yinda
qatnashuvchi bolalar o‘yin qoidasiga rioya qilashlari bilan o‘z oldilariga
qo‘ygan vazfiani bajaradilar. Didaktik o‘yindagi harakat o‘yin qoidasi bilan
bog‘liq boladi. O‘yin qoidasi bolaning o‘yinda o‘zini qanday tutish, nimani
qanday tutish, nimani qanday bajarish lozimligini ko‘rsatadi.
O‘yin qoidasi didaktik o‘yinda o‘yinni tashkil qilish tartibidan iborat bo‘lib,
qoidaga rioya qilash orqali maqsadga erishiladi. Masalan: bolalarni sanoqqa
o‘rgatish maqsadida bolalarga shunday to‘shiriq berish mumkin. Masalan:
yerga bitta qizil, ikkita ko‘k marjonni taqish. Bu vazifani bajarishda o‘yin
qoidasiga rioya qilmasa, albatta u noto‘g‘ri chiqishi, kutilgan natijani bermasligi
mumkin.
Yangi bitta qizil marjon o‘rniga ikkita taqib qo‘yilsa, o‘yin qoidasi buziladi.
Shunga o‘xshash boshqa o‘yinlar ham ma’lum o‘yin qoidasiga rioya qilingan
holda o‘ynaladi. Bolaning o‘yin qoidasiga rioya qilishi faqatgina uning oldiga
qo‘yilgan ta’limiy vazifani yoki maqsadni bajarish uchun muhim bo‘lmay, balki
tarbiyaviy maqsad xam asosiy rolni o‘ynaydi. Bolaga bilim berishda
intizomlilikni tarbiyalashda ham o‘yin doidasiga amal qilish muhim ahamit
kasb etadi.
4. Xar bir didaktik o‘yin o‘zining ma’lum yakuni natijasiga ega o‘yinda ma’lum
13
kutilgan natijaga erishish esa o‘yin qoidasiga rioya qilish, vazifani bajarish orqali
amalga oshiriladi. O‘yin shunday yakunlanadiki, bolalar o‘yindan ma’naviy ozuqa
oladilar, ularda ma’lum darajada bilim beiladi, yangi bir narsaga o‘rgatiladi.
Bolalar esa xar bir qiziqarli o‘yindan so‘ng o‘zlarini xursand, hushchaqchaq
sezadilar, ularning ehtiyoji qoniqtiriladi. O‘yin oxirida o‘yin jarayonida vazifani,
o‘yin qoidasini yaxshi namunali bajargan bolalar rag‘batlantiriladi, ulaning
faoliyatlari alohida qayd qilib o‘tiladi.
Didaktik o‘yinlar orqali bolalar atrof-muhitni to‘g‘ri tushunib anglay
boshlaydilar. Bolalarga beriladigan didaktik o‘yinlar ularning atrof-muhitdan olgan
taasurotlarini, tushunchalarini mustaxkamlash va chuqur anglashga yordam beradi.
Shu bilan birga yangi bilimlarni o‘zlashtirish va so‘z bilan ifodalash vositasi bo‘lib
xizmat qiladi. Bolalar bu xildagi o‘yin mazmuniga ko‘ra narsalarning hamma
hususiyatlarini o‘rganadilar. Turli narsalar haqida to‘la ma’lumotlar oladilar.
Narsalarning hususiyatlari, sovuq-issiqqa chidamliligi, ishlatilish joyi, rangi
shakli, mazasi, qanday materialdan ishlanganligi haqida tushunchalar olishga
muvaffaq bo‘ladilar. Masalan “Magazin” o‘yinini olaylik. Bu o‘yinning qoidasiga
14
muvofiq bola o‘zi istagan narsaning tashqi ko‘rinishini ta’riflab berishi kerak. Shu
tariqa bolaga uning nomi aytiladi, bola tasdiqlaydi, ya’ni senga ayniqsa kerakmi? –
Ha, ayniqsa, deb javob beradi, bola mazkur o‘yinchoqdan amalda foydalanish
yo‘llarini o‘zlashtirib oladi va bu o‘yin bolaning fikrlash qobiliyatini o‘sishga yordam
beradi. Demak, bolalar aqliy faoliyatining rivojlanishi va nutqning o‘sishida muhim,
xayot asosiy manba bo‘lib xizmat qiladi.
Tabiat xodisalari, ijtimoiy voqealik, mexnat va turmush shart-sharoitlari bilan
tanishtirish orqali bolalarning oqliy tarbiyasi amalga oshirib boriladi. Bola hayotidagi
turli voqea-xodisalarni ko‘radi. Kuzatadi. Ammo har bir ko‘rgan voqea xodisani
to‘g‘ri tushunavermaydi. Chunki hayotda bunday narsalarni shunchalik ko‘r ko‘rish,
kuzatish mumkinki, natijada bola o‘z oldiga aniq bir maqsad qo‘yishda ojizlik qiladi.
Bu masalada albatta unga kattalarning yordami talab etiladi. Kichik yoshdagi
bolalarning o‘sishida o‘yinning ahamiyatini ta’riflab, N.K.Krupskaya: “Bolalar uchun
o‘yin juda katta ahamitga ega. O‘yin ular uchun bilib olish, o‘yin ular uchun ish
mehnat, o‘yin ular uchun tarbiyaning jiddiy formasidir” degan edi. Bu fikrlardan
ko‘rinib turibdiki, bolalarga bilim berishda, tarbiyaviy vazifalarni amalga oshirishda
15
o‘yindan keng foydalanishimiz ta’lim tarbiya ishini muvaffaqiyatli amalga oshirish
imkonini yaratib beradi.
Didaktik o‘yin ham huddi boshqa o‘yinlar kabi bolalarda xushchaqchaqlik
tuyg‘usini uyg‘otish vositasi hisoblanadi. Natijada bola muvaffaqiyatga erishishga
intiladi, faol harakat qiladi. Bolalarning tashabbuskorligi ortib, o‘yin davomida
ko‘tarinki ruh bilan harakat qiladilar, bu intilish natijasida esa vazifani topshiriqni
bajara olish imkoniyatiga ega bo‘ladilar. Juda tortinchoq, har bir narsaga birdaniga
aralashib keta olmaydigan bola o‘yinda birinchi marta o‘yin qoidasini bajarish bilan
xursand bo‘lganidan ovozini qattq chiqarib yuboradi.
Didaktik o‘yinda bolalar oldiga qo‘yiladigan vazifa sekin asta
murakkablashtirilib boriladi. O‘yin vazifasini murakkablashtirish bolalarning hayot
tajribasiga, ularning olgan bilim va ko‘nikmalaniga dastur talab tarbiya asoslangan
xolda amalga oshirilib boriladi.
Didaktik o‘yinlaning hususiyati shundaki, u bolalarning faolligini,
tashabbuskorligini oshiradi, ularni mustaqillikka, o‘z kuchiga ishonishga
o‘rgatadi. Shuningdek, o‘yinda bolaning iroda va xarakteri shakllana
boradi. Bola rostgo‘ylik, to‘g‘rilikka o‘rganadi. Jamoa bo‘lib ishlashga,
harakat qilishga odatlanadi. Shunday qilib, didaktik o‘yinning ham aqliy,
16
ham ahloqiy tarbiyadagi tutgan o‘rni benihoyatdir. O‘yinni tanlashda avvalo
uning g‘oyaviy mazmuniga, ma’naviy va ahloqiy qimmatiga ahamit beriladi.
O‘yinning maqsadi va vazifasi ta’lim va tarbiya maqsadiga mos kelishi lozim.
Didaktik o‘yinlarni tanlashda o‘quvchilarga bilim va tarbiya berishning
quyidagi tartib qoidalariga rioya qilindi.
1. O‘yinlarni tanlash va ulardan foydalanish o‘quvchilarning yosh hususiyatlari
va bilmi saviyasi hisobga olinadi.
2. Tanlangan har bir o‘yin o‘quvchiga sistemali bilim berishi, malaka va 3. ko‘nikmalar hosil qilishi bilan birga ularning barkamol bo‘lib
yetishishga va
ruhan tetik o‘sishiga qaratilgan bo‘ladi.
4. Didaktik o‘yinlarni tanlashda ta’limning aniq maqsad va vazifalari asos qilib
olinadi. O‘yinlar ma’lum mazmunini aniqlashtirishning muhim vositalaridandir.
5. Didaktik o‘yinlarni tanlashda o‘yinning ta’lim jarayoni bilan
uyg‘unlashtirishga, ta’lim tarbiya jarayonining samaradorligini oshirishga,
o‘quvchiga, o‘quvchilarning aktivligi, tashabbuskorligi va ijodiy qobiliyatini
o‘stirishga alohida ahamiyat beriladi. Har bir o‘yin o‘quvchilar uchun “xayot
tajribasi” bo‘lib qolmasdan, ularni mustaqil fikrlashga, his-tuyg‘ularni
rivojlantirishga da’vat etadigan bo‘lishi zarur.
17
6. Didaktik o‘yinlarni tanlashda har bir sinfning saviyasi, o‘ziga xos hususiyatlari,
maktabning shart-sharoitlari, imkoniyatlari hisobga olinadi, chunki bir
sharoitda yaxshi natija bergan o‘yin, o‘ziga bir shart-sharoitda yaxshi samara
bermasligi mumkin.
7. Didaktik o‘yinlarni tanlash va tashkil qilishda, yangi o‘yinlarni kashf
etishda o‘qituvchining pedagogik tayyorligi, mahorati, metodik saviyasi,
o‘yinga bo‘lgan shaxsiy munasabati va izlanishlari alohida ahamiyat kasb
etadi. O‘qituvchilarning chinakam ijodiy ishi. U yosh avlod qalbini kashf
etadi. Unga sayqal beradi. O‘qituvchi bolalar ma’naviy dunyosini, o‘yin
xazinasi hamisha ardoqlab, to‘ldirib turadi. Bolalarning o‘yin qobiliyatini
rivojlantirib beradi. O‘yinlar bolalarni zeriktirmaydi, ularning lug‘at
boyligi o‘z-o‘zdan ortib boradi, nutq rivojlanadi, diqqat faollashadi, fikr
doirasi kengayadi, ijodiy izlanish kamol topadi. Muhimi darsda katta
samaradorlikka erishiladi, hech kim zerikmaydi. Bolalar o‘ynar ekanlar,
beixtiyor olgan bilimlarini, uquvlarini mustahkamlaydilar va
takomillashtiradilar.
O’yin metodi — ta`lim jarayonida o`qituvchi va o`quvchilar o`rtasidagi
faollikni oshirish orqali ularning o`zaro harakati, ta`siri ostida bilimlarni
o`zlashtirishni kafoiatlash, shaxsiy sifatlarni rivojlantirishga xizmat qiladi. Ushbu
usullarni qo`llash dars sifati va samaradorligini oshirishga yordam beradi. Uning
22
asosiy mezonlari — norasmiy bahs-munozaralar o`tkazish, o`quv materialini erkin
bayon etish, mustaqil o`qish, o`rganish, seminarlar o`tkazish, o`quvchilarni
tashabbus ko`rsatishlariga imkoniyatlar yaratilishi, kichik guruh, katta guruh, sinf
jamoasi bo`lib ishlash uchun topshiriq, vazifalar berish, yozma ishlar bajarish va
boshqalardan iborat.
O’yin metodi bu — o`zaro guruh faolligi, ya`ni, bunda o`quv-biluv jarayoni
o`zaro suhbat tariqasida, dialog shaklda (kompyuter aloqasi) yoki o`qituvchi-
o`quvchilarning o`zaro muloqotlari asosida kechadi.
Interfaollik — o`zaro faollik, harakat, ta`sirchanlik, o`quvchi-o`qituvchi, o`quvchi-
o`quvchi (sub`yekt-sub`yekt) suhbatlarida sodir bo`ladi. Interfaol metodlarning
bosh maqsadi — o`q jarayoni uchun eng qulay muhit vaziyat yaratish orqali
o`quvchining faol, erkin, ijodiy fikr yuritish, uni ehtiyoj, qiziqishlari, ichki
imkoniyatlarini ishga solishga muhit yaratadi. Bunday darslar shunday kechadiki,
bu jarayonda bironta ham o`quvchi chetda qolmay, eshitgan, o`qigan, ko`rgan
bilgan fikr- mulohazalarini ochiq-oydin bildirish imkoniyatiga ega bo`ladilar.
O`zaro fikr almashish jarayoni sodir bo`ladi. Bolalarda bilim olishga havas,
qiziqish ortadi, o`zaro do`stona munosabatlar shakllanadi.
23
Interfaol ta`lim o`z xususiyatiga ko`ra didaktik o`yinlar orqali, evristik (fikrlash,
izlash, topish) suhbat-dars jarayonini loyihalash orqali, muamoli vaziyatni hosil
qilish va yechish orqali, kreativ-ijodkorlik asosida, axborot kommunikatsion
texnologiyalar yordamida amalga oshirish metodlarini o`z ichiga oladi.
Axborot kommunikatsion texnologiyalar asosida ta`lim o`z navbatida kompyuter
dasturlari yordamida o`qitish, masofadan o`qitish, internet tarmoqlari asosida
o`qitish, media-ta`lim metodlaridan iborat.
Boshlang`ich ta`limda o`quvchilarning yosh xususiyatlari, savodxonlik darajalari,
shaxsiy tabiatlariga ko`ra didaktik o`yinlar orqali, evristik suhbatlar
loyihalashtirish asosidagi metodlar keng qo`llanilmoqda. Agar o`qitish jarayonida
har bir o`quvchi o`zining o`zlashtirish imkoniyati darajasida topshiriqlar olib
ishlaganida u yuqori sifat va samaradorlikni ta`minlagan bo`lar edi. Bunday holatni
faqat tabaqalashtirilgan ta`lim orqaligina amalga oshirish mumkin.
Didaktik o`yinli metodlar: o`quvchi faoliyatini faollashtirish va jadallashtirishga
asoslangan. Ular o`quvchi shaxsidagi ijodiy imkoniyatlarni ro`yobga chiqarish va
rivojlantirishning amaliy yechimlarini aniqlash va amalga oshirishda katta
ahamiyatga ega. Bu metod o`quvchini ichki imkoniyatlarini ishga tushishiga,
24
o`ylashga, erkin fikr yuritishga, muloqotga, ijodkorlikka yetaklaydi. Ayniqsa, unda
atrof-muhit, hayotni bilishga qiziqish ortadi, uchragan qiyinchilik, to`siqlarni,
qanday yengish va tanqidiy fikrlash ko`nikmalarini shakllantiradi.
Ta`lim-tarbiya jarayonida asosan o`quvchilarda ta`lim olish motivlarini, ularni turli
yo`nalishlardagi qobiliyat qiziqishlarini oshiradigan, biror kasbga moyilliklarini
ko`rsatadigan, didaktik o`yinlardan foydalanish maqsadga muvofiqdir.
I.2. O’yin va uning turlari: o’yin nazariy, amaliy, jismoniy, rolli, ishchanlik va
boshqa
yo`nalishdagi turlarga ajratiladi. Ular o`quvchilarda tahlil qilish, mantiqiy fikrlash,
tadqiq qilish, hisoblash, o`lchash, yasash, sinash, kuzatish, solishtirish, xulosa
chiqarish, mustaqil qaror qabul qilish, guruh yoki jamoa tarkibida ishlash, nutq
o`stirish, til o`rgatish, yangi bilimlar olish faoliyatlarini rivojlantiradi.
Umumiy o`yinlar nazariyasiga ko`ra, mavjud barcha o`yin turlarini tasniflashda
ularni funksional, mavzuli, konstruktiv, didaktik, sport va harbiy o`yinlarga
ajratiladi. Didaktik o`yin turlarini tanlashda,quydagi mezonlarga rioya qilish
yaxshi natijalar beradi:
— ishtirokchilarning tarkibi bo`yicha, ya`ni o`g`il bolalar, qiz bolalar yoki aralash
25
guruhlar uchun o`yinlar;
— ishtirokchilarning soni bo`yicha: yakka, juftlikda, kichik guruh, katta guruh,
sinf jamoasi, sinflararo va ommaviy tarzdagi o`yinlar;
— o`yin jarayoni bo`yicha — fikrlash, o`ylash, topag`onlik, harakatlar asoslangan,
musobaqa va boshqalarga yo`naltirilgan;
— vaqt me`yori bo`yicha — dars, mashg`ulot vaqtining reja bo`yicha ajratilgan
qismi, o`yin maqsadiga erishguncha, g`oliblar aniqlanguncha davom etadigan
o`yinlar.
— ishchaniik o`yini darsi — mavzu bo`yicha masalalarni hal etish jarayonida
o`quvchilarning faol ishtirok etishini ta`minlash orqali yangi bilimlarni
o`zlashtirish mashqi;
— rolli o`yin darsi- mavzu bo`yicha masalalarni o`rganishda o`quvchilarga
oldindan ma`lum rollarni taqsimlash va dars jarayonida shu rollarni bajarishlarini
tashkil etish asosida bilimlarini mustahkamlash;
— boshqa darslarga doir va integratsiyalash uchun qulay bo`lgan mavzular
bo`yicha tashkil qilingan dars bo`lib, o`quvchilarning turli fanlarga qiziqishlarini
orttirib, ta`lim jarayonidagi faollikni ta`minlaydi. Bularning bari o`quvchilarga
26
fanlararo bog`liqlikni o`rgatish orqali ularda olam tuzilishining ilmiy asoslarini
to`liq idrok etish va ilmiy dunyoqarashlarini shakllantirish, ijodiy tafakkurlarini
rivojlantirishga xizmat qiladi.
Darslarni nechog`li qiziqarli, foydali va samarali tashkil etish o`qituvchilarning
ijodkorligi, tashabbuskorligiga bog`liq. Xulosa qilib aytganda, o`qituvchi faqat
o`qitibgina qolmay, o`quvchini mustaqil mutolaa qilish orqali ta`lim olish
ko`nikmalarini shakllantirishi,o`quvchilarni darslik, qo`llanma, internet xabarlari,
manbalarni tahlil qilish orqali bilim olishga o`rgatishi, o`quvchi ta`lim jarayonida
eshitib, ko`ribgina qolmay, balki dars mavzusi, mazmunini o`rganishda uni faol
ishtirokchisiga aylanishini ta`minlashi zarur. Agar o`qituvchi interfaol ta`lim
mazmunini va mohiyatini, uning metodlarini o`qib-o`rganib, o`zlashtirib, o`z
pedagogik faoliyatiga joriy qila olsa, takomillashgan Davlat ta`lim standartlarini va
modernizatsiya qilingan o`quv dasturlarini to`la o`zlashtirishlarini kafolatlaydi,
sifat va samaradorlikka erishishni ta`minlaydi.
Demakki, har bir o`qituvchi o`z o`quvchisini dars jarayonida faollashtira olsa,
bolalarning o`qish, o`zlashtirish, bilim, ko`nikma, malakalarni egallash darajasi
yuqori ko`rsatkichlarni tashkil etadi.
27
Boshlang’ich sinflarda ko’proq bolalarning yoshini, bilim saviyasini
hisobga
olishni unutmaslik kerak. Ularni oddiy, oson va vaqtni kam oladigan turlaridan
boshlab, didaktik o‘yinlar o‘tkazishdan oldin asta-sekin murakkablashtirib borish
yaxshi natija beradi. Bunday ish tutish, bir tomondan bolalarning dunyoqarash va
ongini kengaytirsa, boshqa tomondan, ularning bayon etish qobiliyatini
kuchaytiradi, mustaqil ishlash ko‘nikmalarini rivojlantiradi.
O‘qituvchi bunday interfaol metodlarni mavzu asosida ma’lum maqsaddan
kelib chiqqan holda tanlay olishi zarur.
Sinf o‘quvchilari bir necha guruhga ajratiladi. O‘qituvchi biron predmet yoki ish
quroli rasmini o‘quvchilarga ko‘rsatadi.
Masalan: chinor, terak, olma daraxtlarining bargini ko‘rsatib,
1. Uzoq umr ko‘ruvchi daraxt qaysi?
2. Qaysi daraxt meva beradi?
3. Jonli predmetni toping?
4. Qaysi hayvon tez chopa oladi?
va shu kabi savollar beradi.
O‘quvchilar tasvirda yashiringan sonlarni topish orqali ularni eslab qolish va qo‘l
harakatini to‘g‘ri daftarga,
ishlatishga o‘rganadilar. Ular o‘ynab yurganda yerga,
28
boshqa joylarga tasvirni chizish orqali ham sonlarni. Yoki mavzuni eslab qolish
ko‘nikmalarini egallaydilar.
“So‘zning o‘rnini topish” o‘yini.
O‘yinni o‘tkazishdan oldin o‘qituvchi yozuv taxtada yoki kartochkada she’riy
parchalarni yozib tarqatadi. Kartochkadagi ayrim so‘zlar tushirib qoldiriladi.
O‘qituvchi o‘quvchilardan so‘zlarning o‘rnini topib yozishni talab etadi.
Bunday o‘yinlarni o‘tkazish o‘quvchilarni mantiqiy fikrlashga va lug‘at boyligini
oshirishga yordam beradi. Namuna:
Bog‘
...........
Dala
...........
yashnaydi,
bilan.
yashnar
bilan.
Uy
.........
Tog‘
.........
yashnaydi,
bilan.
yashnaydi
bilan.
O‘quvchilar ochiq qolgan so‘zlar o‘rniga mos keladigan to‘g‘ri javobni topib
yozishlari kerak (bog‘bon, dehqon, bola, lola).
29
Sahnalashtirilgan darslar o‘quvchilarni mustaqil fikrlashga, hayotda o‘zini tuta
bilishga, ayrim o‘quvchilar uchun ko‘rish orqali mavzuni anglab olishda yordam
beradi..
«Kim savodxon» o‘yini.
O‘quvchilarga imlosi qiyin so‘zlarni to‘g‘ri yozib berish topshiriladi.
Masalan: dar__, ros__, samarqan__, pas__, go‘sh__, es__lik, darax__, mar__.
S pas__
o‘zlar guruhlarga mana shunday kartonga tayyorlab topshiriladi. Har bir guruhga
berilgan so‘z bir xil bo‘lishi kerak.
Qaysi guruh a’zolari berilgan so‘zni to‘g‘ri yozib ko‘rsatsa, shu guruh a’zolari g’olib hisoblanadi.
Ularning olgan ballari doskaga yozib boriladi va o‘yin shu tarzda davom ettiriladi.
O‘yin oxirida qaysi guruh ko‘p ball to‘plagan bo‘lsa, shu guruh a’zolari «Kim
savodxon» o‘yinini g‘olibi bo‘ladi.
Xulosa. Har qanday pedagogik yangilik zaminida biron –bir g’oya yotadi.
Pedagogik texnologiya qanday qilib, qanday usullar bilan o’qitilsa, natija yaxshi
bo’ladi, «o’quvchilarning dars jarayoniga faol qatnashishi ,darsga qiziqishi
ortadi»- degan savolga javob beradi.Darslarning qanchalik samaradorli bo‘lishi
albatta birinchi o‘rinda, biz pedagoglarga o’qituvchilarning dars o’tishlariga
bog‘liqdir. Demak, biz bugun ilg’or pedagogic texnalogiyalardan foydalanib dars
30
o’tishimiz zarurdir.
I.3. Til o’rganish va o’rgatishda o’yinlarning ahamiyati.
O`zbekiston Respublikasi Prezidenti I.A.Karimov “Toki hayot davom etar ekan,
ta`lim ham, zamon o`rtaga qo`yayotgan yangi-yangi talablarga ko`ra muttasil
ravishda o`zgarib-yangilanib boraveradi. Faqat biz sohadagi dastlabki qadamlarni
to`g`ri qo`ya olsak, poydevorni mustahkam qilib barpo etsak, men shunga
ishonamanki, bugungi avlod esa bizning qilgan ishlarimizni ehtirom va
minnatdorchilik tuyg`usi bilan eslaydi”, deb e`tirof etadi.
Darhaqiqat, O`zbekistonning milliy istiqlolga erishish, ijtimoiy va siyosiy
sohada sodir bo`layotgan tub o`zgarishlar ta`lim tizimini, jumladan, maktabgacha
yoshfagi bolalarga ta`lim-tarbiya berish, ularni aqliy, ma`naviy, jismoniy jihatdan
rivojlantirish va maktabga tayyorlash jarayonini yangilashni taqoza etmoqda.
“Ta`lim to`g`risida”gi Qonunning 26 moddasida “O`qitishning ilg`or
shakllari va yangi pedagogik texnologiya .. o`quv jarayoniga joriy etilsin” deyilgan
bo`lsa, “Kadrlar tayyorlash milliy dasturi”da: “Ta`lim berishning ilg`or pedagogik
texnologiyalarini, zamonaviy o`quv-uslubiy majmualarini yaratish va o`quv tarbiya
jarayonini didaktik jihatdan ta`minlash” talab etiladi.
31
Texnologiya yunoncha ikkita “texno”, ‘logiya” so`zlaridan tashkil topgan
bo`lib, mohirlik, ustalik to`g`risidagi ta`limot degan ma`noni anglatadi. Yangi
pedagogik texnologiya esa shu paytgacha ta`lim-tarbiya berishda foydalanib
kelgan an`anaviy uslublardan voz kechgan holda yangi, qildiradigan, ijodiy
izlanishga chorlaydigan uslublar yig`indisidan mohirlik bilan foydalanishlar.
Maktabgacha ta`lim tizimida predmetli yo`nalish mavjud edi. Predmetli
ta`lim maktabgacha ta`lim muassasalarida o`zining mazmuniga ko`ra tobora
murakkablashib, maktab ta`limiga yaqinlashib boradi. Natijada bolaning o`yin
faoliyatiga asoslangan rivojlanish jarayoni uning ruhiy rivojlanishi bilan
nomuvafiq murakkab ta`lib jarayoni bilan almashtirildi. Bu holat
tarbiyalanuvchilarning dastur vazifalarinin o`zlashtirishlariga ham o`zining salbiy
ta`sirini o`tkazdi.
Shu bois, bugungi kunda maktabgacha ta`lim muassasalarida bolalarning
faoliyatlari oila sharoitiga yaqinlashtirilib, 2-3 yo`nalish uyg`unlashtirilib turli xil
o`yinlardan foydalanish orqali tashkil qilinmoqda. Bir yo`nalishdan ikkinchi
yo`nalishga o`tishda qiziqarli “Aldarko`sa”, “Bilmasvoy”, “Afandi”, “yalmog`iz”,
“dehqon bobo”, “Qimmatxon” kabi va shu obrazlar yordamida bog`lanib, didaktik
o`yinlaridan foydalaniladi.
Bugungi kunda maktabgacha ta`lim sohasida xalqaro aloqalarga keng o`rin
32
berilib rivojlangan mamlakatlar, jumladan, Germaniya, Gollandiya tajribalari
o`rganilib, xududiy va milliy xususiyatlarimiz hisobga olingan holda, ijobiy
qo`llanilmoqda.
Mariya Motessori ilmiy izlanuvchan, tabiatshunos, vrach, psixolog Italiya
yashab ijod etgan, Gollandiyada
vafot etgan. Uning maktabgacha tarbiya sohasida pedagogik faoliyatini butun
dunyo xalqlari biladi. U bolalar bilan
ishlash jarayonida bolalarga xos bo`lgan psixologik xususiyatlarni: ularning
qobiliyatlari, qiziqqishlari, bilim
darajalarini o`rgandi. Shularga asoslanib didaktik o`yinlar va didaktik materiallar
yaratdi. Uning fikricha pedagogika
bolaga yordam bermaydi balki, tarbiyachiga yordam beradi. Haqiqatdan ham
shunday. O`rgatish uslubi bolalarning
istagi, qiziqishi, mushohada qilishi bilan bog`lanmas ekan, bu uslubning samarasi
to`g`risida o`ylamasa ham bo`ladi.
Biz o`rganib qolgan eski uslubga nazar tashlaydigan bo`lsak, bolalarning istak
hohishini hisobga olmasdan
hammasini yig`ib, majburlab gapimizni eshitishi, xuddi shunday qilib hikoya qilib
berish, namunadagiday rasm
chizish talab qilinar edi. Bunday holat bolani chegaralab uning erkin harakat
33
qilishiga to’sqinlik qilar edi.
Erta yoshda xorijiy tilni o’rganishda bolaga uning yaxlitligicha va asosiy
ehtiyojlarini etiborga olgan holda yondashish lozim.Yangi til va madaniyatni
intensiv o’rganish davri bilan bir qatorda bolaga mulohaza qilish va fikrni bir
joyga jamlashni rivojlantirish hamda motorik ehtiyojlarni to’la qondirish uchun
tinchlik davrlari berilishi lozim.
Quyida sanab o’tilgan tamoyillar darsning kechish jarayonini belgilab beradigan
omillarga bog’liq, shu tufayli ular oldingi bo’limlarda aytib o’tilgan jihatlarni o’z
ichiga oladi. Mazkur tamoyillarning har biri o’ziga hos tarzda xorijiy tillarni
o’rganishni erta yoshdan boshlashning muvaffaqiyatli amalga oshishi uchun bir xil
darajada muhim ahamiyatga ega.
Bola o’rganish jarayoning markazida turishi shart.
Tarbiyachi yoki o’qituvchi bolalarning o’qishga bo’lgan individual jismoniy va
hissiy ehtiyojlari bilan tanishishi, ularni e’tiborga olishi hamda erta yoshda xorijiy
tillarni o’rganish doirasida bu orqali ularning emotsional. Ijtimoiy va motorik
kompetentsiyalarini rivojlantirishi kerak .
Darsning maqsadi, mavzulari, mazmuni va o’quv shakillari bolaning dunyoqarashi
34
va tajribalari bilan bog’liq holda ifodalanishi lozim. Ular bolaning kundalik hayoti
uchun bevosita ahamiyatga ega bo’lishi va ulardan foydalanish imkoniyatini
berishi lozim. Bolaning rivojlanish holatiga qarab eshitilgan va gapirilgan nutq ,
ayniqsa dastlabki bosqichlarda o’rganish predmeti sifatida oldingi o’rinda turadi.
O’qish va yozish tayyorlov maktablarida va boshlang’ich maktabning dastlabki
yillarida vaqti-vaqti bilan oz-ozdan o’rgatib borilishi zarur. Til bilimlari
spiralsimon progress shaklida o’rgatilishi lozim. Til o’rganish mazmunini yetkazib
berish bilan uzviy bog’laydigan konsepsiyalar ochiq shakildagi darslar o’tish
imkonini beradi, masalan tilni fanlararo o’rganish.
Bolalar guruh ichida erishadigan individual yutuqlarni inobatga olishlari va bir-
birlariga nisbatan o’zaro hurmatni shakllantirish lozim.
Bolalar dars jarayonida topshiriqlarni belgilashda ishtirok etishlari lozim.
Ular guruh ichidagi muloqot jarayonida bir-birlarini qo’llab-quvvatlashlari kerak.
Yosh chet tili o’rganuvchilarning o’quv jarayoni o’yin va harakatlarga
yo’naltirilgan bo’lishi kerak.
O’quvchilar qoidalar va ular orasidagi o’zaro bog’liqliklarni misollar yordamida
o’rganishlari, taqlid qilishlari va lozim bo’lsa o’zlari ham topishlari ( induktiv yoki
o’zi topib o’rganish ) kerak.
35
Har bir o’quvchi tipiga optimal imkoniyat berish uchun ( ko’psensorli tarzda
eshitish, ko’rish, ushlab his qilish, hid bilish, o’qish. Harakatlanish, gapirish,
yozish va chizish orqali sezgi organlari bilan yaxlit o’rganish ) mashg’ulotning
barcha davrlarida imkon qadar turli o’quv kanallaridan foydalanishi lozim.
O’quv jarayoni misollar va ko’rgazmali qurollar yordamida yengillashtirilishi
lozim, kichik bosqichli va ichki differtsiya asosida tuzilgan vazifalar materialni
tushunish va uni amalda qo’llashga yordam beradi.
Darsda ijtimoiy shakl turlari ( yakka tartibda ishlash, sherik bolib ishlash, kichik
guruh bo’lib ishlash, katta guruh bo’lib ishlash ) va mashg’ulot shakli turlarini (
,,bekatlar uslubi’’ bo’yicha o’rganish, o’quv senariylari, loyihaviy ishlar ) tez-tez
o’zgartirib turishi orqali darsda bir xillikdan chekiniladi, bu orqali o’quvchilarning
qiziqishlari ortadi va ular fikrini bir joyga jamlashni rivojlantiradi.
Erta yoshda xorijiy tillarni o’qitish jarayonida bola gapirishga majbur qilinmaydi,
balki u masalan, chet tilidagi bazi so’zlarni taqlid qilgan yoki ona tilidagi
gaplarga kiritgan holda dastlab tinglaydi, tushunadi, qabul qiladi va ko’pincha
ma’lum bir vaqt o’tganidan so’ng unga javob qaytaradi.
Tarbiyachi yoki o’qituvchi darsda imkon qadar faqat chet tilida gapiradi, ammo,
bolalar unga ona tillarida bildiradi.
murojat qilganlarida ularni tushunganligini
36
Imkon qadar ko’proq chet tili, zaruryatga qarab ona tili- bu kichik yoshliylar uchun
mo’ljallangan chet tili darsining asosiy tamoyili hisoblanadi.
aniq malumotga ega bo’lishi hamda ba’zi o’quvchilarning individual tarzda ko’p
tilliligi, aniqrog’i umuman qancha tillarni bilishni e’tiborga olish va imkoniyatiga
qarab ulardan darsda foydalanishi lozim. Qulay vaziyatlarda bolaning ona tili yoki
hattoki bolaga tanish bo’lgan boshqa tillarning o’xshash yoki farqli tomonlarga
e’tiborini qaratish orqali bolaning lingvistik ongi rivojlantirilishi mumkin.
O’qituvchi darsda har bir o’quvchining darsga ishtiroki to’g’risida bevosita o’z
fikrini bildirishi kerak bola haqida ijobiy fikr bildirish uni yanada rag’batlantiradi.
Bolaning diqqat –etibori va fikrini bir joyga jamlashni rivojlantirish maqsadida joy
bilan bog’liq sharoitlarni yaratish uchun chet tili darslari imkon qadar
o’zgartirilmaydigan o’quv joyida masalan, muqim xonada yoki muqim o’quv
burchagida olib boriladi.
Bolaning til o’rganishda uning yaxlit rivojlanishini diqqat markazida ushlab
turish uchun o’quv jarayoning yuqorida aytib o’tilgan metodik –didaktik
tamoyillarni tegishli tarzda inobatga olgan holda ish olib borish kerak.
II-Bob. Til talimida didaktik o’yinlar.
II.1. Didaktik o’yin va ularning maqsad vazifalari. 37
Kichik yoshdagi bolalarga chet tilini o’rgatishda asosiy vazifa tarbiyachilar va
o’qituvchilar zimmasiga tushadi. Ular bola uchun ota-ona singari eng muhim
kishilar bo’lib, ta'lim muassasalarida kerakli muhitni yaratish va bolalarga xos
hayot tarzini shakllanishida muhim rol o’ynaydilar. Tarbiyachi yoki o’qituvchi
ko’p tomonlama va o’ta maxsus talablarga qanchalik malakali yondashsa,
bolalarning til o’rganish jarayoni shunchalik muvaffaqiyatli amalga oshadi.
Xarakatli ŏyinlar fanining asosiy maqsad va vazifalari xarakatli ŏyinlarini tashkil
qilish, ŏyinga
raxbarlik qilish, ŏyinlarni ŏtkazish xamda maxsus kŏnikma va malakalarini
rivojlantirishdan iborat.
Bu kurs bŏyicha talabalar qŏyiladigan talablar quyidagilardan iboratdir.
-Eng avvalo talaba xarakatli ŏyinlarini bolani yoshiga mos xolda ŏyinlarni
tanlashni, bolalarni yosh xususiyatlarini e'tiborga olishni darsning qismiga moslab
ŏyinlarni ŏtkazishini va qaysi ŏyinlar orqali bolani jismoniy sifatlarini
rivojlantirishini xamda xarakatli ŏyinlarni amalda qŏllashni bilish lozim.
Xarakatli ŏyinlar fanni boshqa fanlar bilan aloqasi. Xarakatli ŏyinlarni
ŏrgatishda bolaninig yosh xususiyatlarini e'tiborga olib psixologiya, fizilogiya va
pedagogika fanlariga murojat qilish lozim.
«Aqliy hujum» - g'oyalarni generatsiya (ishlab chiqish) qilish metodidir. 38
«Aqliy hujum» metodi biror muammoni yechishda o'quvchilar tomonidan
bildirilgan erkin fikr va mulohazalarni to'plab, ular orqali malum bir yechimga
kelinadigan eng samarali metoddir. Aqliy hujum metodining yozma va og'zaki
shakllari mavjud. Og'zaki shaklida o'qituvchi tomonidan berilgan savolga
o'quvchilarning har biri o'z fikrini og'zaki bildiradi. O'quvchilar o'z javoblarini
aniq va qisqa tarzda bayon etadilar. Yozma shaklida esa berilgan savolga o'qu
vchilar o'z javoblarini qog'oz kartochkalarga qisqa va barchaga ko'rinarli tarzda
yozadilar.
«Interfaol» - interfaol atamasi inglizcha interact - o'zaro ta'sirlanish (yoki
interaction - o'zaro ta'sir) so'zidan olingan bo'lib, biror faoliyat yoki muammoni
o'zaro muloqotda, o'zaro muomalada, o'zaro baxs-munozara, farqlash asosida,
hamjihatlik bilan hal qilish ma'nosini anglatadi.
«Bumerang» - bu texnologiya dars davomida o'quv materialini chuqur va yaxlit
holatda o'rgani, ijodiy tushunish, erkin o'zlashtirishga yo'naltirilgan. U o'z ichiga
og'zaki va yozma shakllarni qamrab oladi va har bir ishtirokchini turli
topshiriqlarni bajarishi, navbati bilan o'quvchi yoki o'qituvchi rolida bo'lishi,
kerakli ballni to'plashga imkon beradi.
«Evristik» - (haqiqatni topish) yo'naltiruvchi savollar berish yo'li bilan ta'lim
39
berish tizimi. Topqirlik, faollikni rivojlantirishga hizmat qiluvchi, o'quv –
izlanish ta'lim metodi. Optimallashgan tafakkurni rivojlantiradi.
«Kreativ» - (ijodiy) tadqiqot xarakteriga, xususiyatiga ega bo'lib, o'quvchilarda
maqsadga yo'naltirilgan ijodiy tafakkurni jadal rivojlantiradi.
«Hamkorlikda o'qitish» guruhlarda ishlash darsi - o'quvchilarning bir nechta
guruhlarga bo'linib, vazifalar bajarishini tashkil etish orqali bilimlarni
mustahkamlash mashqi.
«Muammoli vaziyat yaratish texnologiyasi» - O'qituvchi o'quvchilarga dars
mavzusi bilan bog'liq ziddiyatli holatni tushuntiradi va uni yechish yo'lini topishni
taklif qiladi. Bu texnologiyaning asosiy g'oyasi bilimlarni o'quvchilarga tayyor holda
berish emas, ular tomonidan dars mavzusiga tegishli muammolar bo'yicha o'quv –
tadqiqotlarini bajarish asosida o'zlashtirilishini «Musobaqa darsi» -o'quvchilarning
o'zaro musobaqlashuvini tashkil etish orqali bilimlarni mustahkamlashdan iborat.
«Ijod darsi» - o'quvchilarning mustaqil ijod etishlarini tashkil etish darsi.
«Sinov darsi» - o'quvchilarning o'zlashtirishlarini turli shakllarda sinash orqali
tashkil qilinadigan dars.
«Umumlashtirish darsi» - ilgari o'tilgan mavzular bo'yicha olingan bilimlarni
umumlashtirish mashqlarini o'tkazish darsi.
40
«Haqiqatni izlash darsi» - dars mavzusiga doir ayrim masalalar yuzasidan
o'quvchilarning mustaqil fiklar bildirishini tashkil etish orqali haqiqatni aniqiash
va mavzuni o'zlashtirishlarini ta'minlash darsi.
Ta'lim jarayonida didaktik o'yinli texnologiyalar didaktik o'yinli dars shaklida
qo'llaniladi. Ushbu darslarda o'quvchilarning bilim olish jarayorii o'yin faoliyati
bilan uyg'unlashtiriladi. SHu sababli o'quvchilarning bilim olish faoliyatio'yin
faoliyati bilan uyg'unlashgan darslar didaktik o 'yinli darslar deb ataladi.
Inson xayotida o'yin faoliyati orqali quyidagi vazifalarni amalga oshiradi:
o'yin orqali shaxsning ma'lum bir faoliyatga bo'lgan qiziqishi ortadi.
Kommunikativ - muloqot madaniyatini egallashga yordam beradi.
SHaxsning o'z iqtiori, qiziqishi, bilimi va o'zligini namoyon etishga imkon
yaratadi.
hayotda va o'yin jarayonida yuz beradigan turli qiyinchiliklarni yengishga
tayyorlaydi, mo'ljalni to'g'ri olish ko'nikmalarini hosil qiladi.
o'yin jarayonida ijtimoiy normalarga mos xulq-atvorni egallash, kamchiliklarga
barham berish imkoniyati yaratiladi.
SHaxsning ijobiy xislat va fazilatlarini shakllantirishga zamin tayyorlaydi.
lnsoniyat uchun ahamiyatli bo'lgan qadriyatlar tizimi, ayniqsa, ijtimoiy,
ma'naviy-madaniy, milliy va umuminsoniy qadriyatlarni o'rganishga e'tibor
qaratiladi.
O'yin ishtirokchilaridajamoa muloqot madaniyatni rivojlantirish ko'zda 41
tutiladi.
O'yin bilan bog'liq faoliyat o'zining to'rtta xususiyati bilan ajralib turadi:
Erkin rivojlantiruvchi faoliyatning vujudga kelishi (Bunda o'yin ishtirokchilari
rollarni, vazifalarni tanlash, o'z faoliyatidan ko'ngli to'lishi nazarda tutiladi).
Ijodiy muhitni tarkib topishi (o'yin ishtirokchilari tegishli ijodiy va mustaqil
faoliyatga ega bo'ladilar).
his-hayajonli vaziyatning paydo bo'lishi (o'yin davomida musobaqa, raqobat,
hamkorlik, o'zaro yordam vujudga keladi).
O'yin davomida belgilangan qonun-qoidalarga qat'iy amal qilinishi (o'yin
mazmuni, borishi, mantiqiy ketma-ketligi, vaqt balans iva h.k.).
O'yin tarkibiga quyidagi masalalar kiradi:
a)o'yinning syujeti;
b)muayyan rolla, vazifalar;
v) Ushbu rollarni amalga oshirish uchun bajariladigan amallar (usullar); g)
aniq o'yinlar yoki shartli ravishdagi o'yin vositalaridan foydalanish; d)
o'yin ishtirokchilari o'rtasidagi munosaat, muloqot. o yin faoliyat ining
tarkibi quyidagilardan tashkil lopadi:
1.O'yindan ko'zda tutilgan maqsadni aniqiash, loyihalash.
2.Ushbu maqsadni amalga oshirish yo'llarini belgilash.
3.Olingan natijalarni tahlil qilish.
4.O'yin strukturasiga tegishli o'zgartirishlar kiritish. 42
Didaktik o'yinli darslarning o'ziga xos xususiyatlari 1-jadvalda aks ettirilgan.
Didaktik o'yinli darslarni o'quvchilarning bilim olish va o'yin faoliyatining
uyg'unligiga qarab: syujetli-rolli o'yinlar, ijodiy o'yinlar, ishbilarmoniar o'yini,
konferentsiyalar, o'yin-mashqlarga ajratish mumkin.
O'quvtuvchi avval o'quvchilarni individual, so'ngra guruhli o'yinlarga tayyorlashi
va uni o'tkizishi ular muvaffaqiyatli chiqqandag so'ng, ommaviy o'yinlarga
tayyorlashi lozim. CHunki o'quvchilar didaktik o'yinli darslarda faol ishtirok
etishlari uchun zaruri bilim, ko'nikma va malakalarga ega bo'lishlari, bundan
tashqari, sinf jamoasi o'rtasia hamkorlik, o'zaro yordam vujudga kelishi lozim.
O'qituvchi didaktik o'yinli darslarni o'tkazishda quyidagi didaktik talablarga amal
qilishi lozim:
1. Didaktik o'yinli darslar dasturda qayd etilgan ta'limiy, tarbiyaviy,
rivojlantiruvchi maqsad va vazifalarni hal qilishga qaratilgan bo'lishi.
2. Muhim muammolarga bag'ishlanishi va ular o'yin davomida hal qilinishi.
3. Barkamol inson shaxsini tarbiyalash tamoyillariga, sharqona odob-ahloq
normalariga mos kelishi.
4. O'yin strukturasi mantiqiy ketma-ketlikda bo'lishi.
5. Mazkur darslarda didaktik printsiplarga amal qilinishi va eng kam vaqt
sarflangan holda ulkan samaraga erishish kerak. quyida biz didaktik o'yinli 43
darslarning
tavsifiga qisqacha to'xtalamiz.
Ijodiy o'yinlar
O'quvchilarning ijodiy izlanishi, mantiqiy fikrlashini rivojlantirish va qo'shimcha
bilim olishga bo'lgan ehtiyojlarini qondirishda ijodiy o'yinlar muhim ahamiyat
kasb etadi.
Ta'lim jarayonida vujudga keltirilgan muammoli vaziyatlarni o'quvchilar
guruhining o'zaro hamkorlikda avval o'zlashtirgan bilim, ko'nikma va
malakalarni ijodiy qo'llanish va izlanish orqali hal etishga zamin tayyorlaydigan
didaktik o'yinlami ijodiy o'yinlar deb atash lozim.
Mazkur didaktik o'yinli darslarda hamma o'quvchilar hamkorlikda ishlaydilar,
avval o'zlashtirgan bilimlarini yangi vaziyatlarda qo'llanib yangi bilimlarni
egallaydilar. Bu esa o'quvchilarning o'z bilimlariga, iqtidoriga ishonch uyg'otadi.
Natijada har bir o'quvchi sidqi dildan va jiddiy tayyorgarlikmuvaffaqiyatning
garovi ekanligini anglaydi va yanada ko'proq bilim olishga kirishadi.
Ishbilarmonlar o'yini
Jamiyatdagi ijtimoiy-iqtisodiy munosabatlarni aks ettirishga, o'qvchilarning
muayyan bilim, ko'nikma va malakalarini shakllantirishga qaratilgan hamda
kasbiy sifatlarini tarkib toptirish, ularni ongli ravishda kasbga yo'llash, ilmiy
44
dunyoqarashini kengaytirishga mo'ljallangan didaktik o'yinlarni ishbilarmonlar
o'yini deyiladi. Ishbilarmonlar o'yini ham boshqa o'yinlar kabi o'qituvchi va
o'quvchiiardan puxta tayyorgarlik ko'rishni talab etadi. O'qituvchi ishbilarmonlar
o'yinini uyushtirishda quyidagi vazifalami bosqichma-bosqich amalga oshirish
zarur:
1. O'yin mavzusini oldindan belgilashi.
2.Didaktik o'yinning maqsadi va vazifalari, borishi, mantiqiy ketma-ketligi,
3.o'quvchilar bajarishi lozim bo'lgan topshiriqlami aniqlash va rejalashtirish.
4.Didaktik o'yin davomida o'qvchilar oldiga qo'yiladigan o'quv-bilishga oid
5.muammoli vaziyatlar tizimini vujudga keltirish yo'llarini aniqlash va
6.loyihalash.
7.O'quvchilarni didaktik o'yinning maqsad va vazifalari bilan tanishtirish,
8.didaktik o'yin talab etadigan vazifalami taqsimlash, har bir o'quvchiga aniq
9.yo'llanma berish.
10.Mazkur o'quv-bilishga oid muammoli vaziyatlarni hal etishda o'quvchilarning
11.avvalgi mavzulardan o'zlashtirgan bilim, ko'nikma va malakalarini tanish,
12.odatiy va yangi kutilmagan vaziyatlarda qo'llanish imkoniyatlarini aniqlash.
O'quvchilarning didaktik o'yinga tayyorganlik faoliyatini kuzatish va nazorat
qilish.
45
Didaktik o'yinli darslarning muvaffaqiyati, avvalo o'quvchilarning mazkur
o'yinlarga puxta va qizg'in tayyorgarlik ko'risfilariga, o'qituvchining mazkur
faoliyatini tashkil etish hamda mohirlik bilan boshqarishiga bog'liq.
O'quvchilarning bunday o'yinga tayyorgarlik ko'rish faoliyati quyidagi
masalalarni bilishni:
1.Didaktik o'yinning maqsadi, vazifasi, olib borilish tartibi, qoidalari bilan
2.tanishishni.
3.Didaktik o'yin maqsadi va vazifasidan kelib chiqadigan muammoli vaziyatni
4.aniqlashni.
5.Muammoli vaziyatdan chiqishning samarali yo'llarini topishni.
Har bir o'quvchining o'zi bajarishj lozim bo'lgan vazifalami anglashi.
O'qituvchian kerakii yo'riqnoma va ko'rsatmalar olishni.
5. Turli bilim manbalaridan foydalangan holda muammoli vaziyatni hal etishning
optimal variantini tanlashni.
6. Didaktik o'yin ishtirokchilari o'rtasida o'zaro hamkorlik, o'zaro yordam va
o'zaro nazorat vujudga kelishini taqozo qiladi.
O’yin boshlang’ich sinf o’quvchisi uchun eng tabiiy holat bo’lib, u o’yin vaqtida
o’zini erkin sezishi, qo’rquv va tortinchoqlini unutishi mumkin. Didaktik o’yin
o’quvchining aqliy faolligini oshirish vositasi ham bo’lib, u o’quvchilardagi 46
psixologik holatlarini faollashtiradi va ta’lim jarayoniga qiziqishni orttiradi.
O’yin jarayonida o’quvchi qiyinchiliklarni “mardona” yengishga harakat qiladi,
umumiy o’yinga qiziqishi darsning psixologik holatini yengillashtiradi,
ko’tarinkilik hosil qiladi va g’alaba uchun birlashib harakat qilishga o’rgatadi.
Didaktik o’yinlar syujeti va mashq qilishga mo’ljallangan turlarga bo’linadi.
Syujetli o’yinlar oyinlar biror tanish bog’langan bo’lib, unda ro’llar taqsimlanadi.
Ularga “Telefon”, “Topni kimga oshiramiz”. “Telegraf” kabi o’yinlar kiradi.
O’yin mashqlarga esa, o’yin elementlarigina kiritilgan bo’lib, unda ko’proq
o’yinni shartli qabul qilishga to’g’ri keladi. Bunda biror o’yin qoidasiga harakati
kiritiladi. Bunday o’yinlarga misol qilib “Jim” o’yini “Matematik istafeta” kabi
o’yinlarni kiritish mumkin.
Mashq o’yinarini o’tkazish kamroq vaqt va harakatni talab qiladi, lekin syujjetli
ro’lli o’yinlar ko’proq qiziqish uyg’otadi.
O’yin texnalogiyalaridan tashqari interfaol metodlardan “Aqliy hujum”, “6x6x6”,
“Bahs-munozara”, “Savol bering”, “Kichik guruhlarda ishlash”, “Burchaklar
metodi”, “Kubiklar” kabilarni sanab o’tish mumkin. Bu metodlar sinfda
o’rganiladigan mavzular yuzasidan muammoli vaziyatlarni yaratishga, mavzuni
muhokama qilish asosida bahs – munozara orqali miammo yechimini topishda
47
yaqindan yordam beradi.
Chet tili o’qitish jarayonida yangi ta’lim texnalogiyalaridan foydalanish shaxs
komolotini taminlashga xizmat qiluvchi mustaqil fikr yuritish, o’z ustida ishlash,
faoliyatiga nisbatan ijodiy yondashish kabi xislatlarni ham shaklla nishga zamin
yaratadi. Shu yerda bu boradagi ichki imkoniyatlarni ochib berish haqida
yuritamiz.
1-5 sinflarda joriy etiladigan yangi texnologiya avvalo, fanlar orasidagi
bog’liklikni ta’minlash, ortiqcha qiyinchilikni bartaraf etish, o’quvchi faoliyatini
to’g’ri izga solish, vaqtdan unumli foydalanish, tashabbuskorlik va ijodkorlik
muhitini yaratish kabi qator maqsadlarni amalgam oshirish imkonini beradi.
Shunday ekan, o’qituvchi darsda turli pedagogik usullardan foydalansa,
o’qituvchi va o’quvchi o’rtasida to’siq yo’qoladi, bolalarning xarakteri kengroq
ochiladi; kuzatuvchanlik, xotira diqqati kuchayadi; chunki darsda majburiy bilim
berish bo’lmay, ilmni ixtiyoriy natijaga olib keladi. Buning uchun quyidagi
metodik usullarni tavsiya etaman.
Chet tili darslarida didaktik o’yinlardan foydalanishning
Pedagogik asoslari.
Didaktik o’yin- o’quvchilarga bilim berish maqsadida qo’llanadigan o’yin turi
48
bo’lib, unda bor ta’limiy maqsad o’yin shakli orqali amalgam oshiriladi. Didaktik
o’yin darsning umumiy maqsadlariga bo’ysindiriladi va ma’lum bir qonun-qoida
asosida o’tkaziladi. Bunday o’yinlardan o’quv materialini o’zlashtirishda,
mustahkamlashda, chuqurlashtirish va takrorlashda foydalaniladi. Bola o’yinda
ishtirok etish jarayonida bilim oladi, malka va ko’nikma hosil bo’ladi.
Didaktik o’yinlardan foydalanishdan maqsad uchun tabiiy bo’lgan o’yin vositasi
orqali ma’lum bir ta’limiy vazifalarni amalgam oshirishdir. O’yin orqali birinchi
navbatda bolalarning bilishga bo’lgan qiziqishlarini shakllantirish ko’zda tutiladi.
Didaktik o’yinning asosiy mohiyati shundaki, biror vazifani hai o’ilish bolalarga
o’yin tariqasida topshirilsa, bu bolalarni qiziqtiradi, beixtiyor diqqatini jalb
o’iladi, natijada ular ko’tarinki ruhda va faol jarayonda bu vazifani bajaradilar.
Didaktik o’yin dars jarayonida o’ziga xos ta’limiy, tarbiyaviy va
rivojlantiruvchi vazifalarni bajaradi.
Ta’limiy vazifasi yuqorida aytilgandek, o’yin orqali biror mawzu o’rganiladi,
takror lanadi yoki mustahkamlanadi. O’yin orqali bu vazifani sezdirmay bajarish
mumkin bo’ladi.
Tarbiyaviy tomoniga kelsak, o’yin jarayonida o’quvchilarda bahamjihatlik,
49
intizomlilik, tirishqoqlik, mehnatsevarlik, boshlangan ishni oxiriga yetkazish kabi
sifatlar tarkib topadi.
Umuman olganda didaktik o’yin darsning umumiy psixologik holatiga ham ijobiy
ta’sir qiladi. Erkinlik qo’rquvni yo’qotadi.Ko’tarinkil kayfiyati bilimlarni
egallashdagi qiyinchiliklarni yengishga yordam beradi.
Didaktik o’yilarning xususiyati shundaki, u bolalarning faolligini oshiradi, ularni
mustaqillikka o’z kuchiga ishonishga o’rgatadi.Shunungdek, o’yinda bolalarning
irodasi va xarakteri shakllana boradi. Bola rostgo’ylik, to’g’rilikka o’rganadi,
jamoda ishlash, harakat qilishga odatlanadi. O’zlashtirish qiyin bo’lgan mavzular
didaktik o’yin orqali oson o’zlashtiriladi.
Didaktik o’yinlardan muntazam va izchil foydalanish orqali bolalarda mustaqillik
qobiliyati o’sadi, fanga qiziqishi ortadi, ular kuzatishga, taqqoslashga, o’z
fikrlarini umumlashtirib, xulosalashga o’rganadilar. Bolalar o’yinda o’z bilim va
tajribalaridan ham foydalanadilar, chunki didaktik o’yin bolalarning amaliy
faoliyati hisoblanadi, ya’ni bolalar o’z bilimlarini o’yin jarayonida amalda
qo’llaydilar. Bu orqali ularning tushunchalari kengayadi, bilim, ko’nikma va
malakalari mustahkamlanadi. Bolalar o’yinda o’yin qoidasiga rioya qilish orqali
aniq vazifani balarishga harakat qiladilar. Buning uchun o’z diqqatini bir yerga
50
to’plash, kuzatuvchanlik, esda qoldirishi kabi faol aqliy faoliyat ham talab
qilinadi.
II.2. Didaktik o’yin va ularning shakillari.
Didaktik o’yinlarnig quydagicha shakillari mavlud;
Suyjetli- ro’lli o’yin va o’yin- mashqlar.
Syujetli- ro’lli o’yin biror syujetga asoslanadi, ro’llarga bo’linadi, o’yin xarakteri
va qoidasi bo’ladi. Masalan “kema marshrutini aniqla”, “Telefon”, “Telagraf”,
“To’p kimga beriladi?” kabilar.
O’yin- mashqlarda faqat alohida o’yin elementi kiritilgan bo’lib, yoki topishmoq,
biror qoida yoki o’yinning biror harakati olinadi. Bunday o’yinlarga ‘”Zanjir”,
“Jim”, “so’z tuzish”, “Doira ”, “Uychani to’ldir” kabilar kiradi. Bu tor o’yinlarni
tashkil qilish oson, uni o’tkazishca kamroq vaqt ketadi, lekin o’quvchilarda
syujetli- ro’lli o’yinlar o’yin- mashqlarga ko’ra ko’proq qiziqish uyg’otadi.
O’yindagi o’quvchilarning o’quv – bilish faoliyatiga ko’ra o’yinlarni yana bir
necha turga ajratish mumkin:
O’quvchi faqat ijrochi sifatida qatnashadigan o’yinlar: bunda o’quvchilar
namunada ko’rsatilganidek harakat qiladilar. Masalan: “kim ko’p so’z biladi”
o’yin kabi.
O’tilgan bor mavzuni esga olib, takrorlashni talab qiladigan o’yinlar. Bunda 51
masalan o’quvchilarning Grammatik malakalari mustahkamlanadi. Bunday
o’yinlarga “kop so’z yozish ”, “ leksik o’yinlar”, “pichirlab gapirish” o’yinlari
kiradi.
Biror bir narsani o’zgartirish bilan bog’liq bo’lgan o’yinlar. Bunday o’yinlarda
o’quvchilar berilgan masala va misolni ularga mantiqiy bog’liq bo’lgan boshqa
masala masala va misol bilan almashtiradilar. Masalan: “Matematik estafata”,
“Zanjir”, “Doiraviy misollar”, ya’ni bunday o’yinlarga o’z-o’zini va bir-birini
nazorat qilishga o’gattuvchi o’yinlarga o’yinlar ham kiradi: “Nazoratchilar”,
“Bilmasvoyni tekshirish” va hokazo.
izlanish va ijodiy talab qiluvchi o’yinlar 4 – guruhga kiritadi. Bunday
o’yinlarda o’quvchilardan topqirlik, mustaqillik, ijod qilish kabilar talab qiladi.
Masalan: “Topishmoqni top”, “Samalyatning yo’lini aniqla” kabi o’yinlar shular
jumlasidandir.
Chet tili darslari xususiyatidan kelib chiqib, o’yin – musobaqalarni va olimpiada
o’yinlarini ajratish mumkin. Musobaqa – o’yinida topshiriqlarni bajarishning tezligi
va to’g’riligi etiborga olinsa olimpiada o’yinlarida topshiriqning mazmuni, bajarilish
sifati birinchi o’yinga qo’yiladi.
52
Har bir didaktik o’yin o’z navbatida quyidagi komponentlardan tuziladi: o’yin maqsadi, qoidalari, jihozi, mazmuni, natijasi.
1. O’yin maqsadi unung qaysi ta’limiy, tarbiyaviy va rivojlantiruvchi vazifani
bajarishi bilan aniqlanadi. Maqsad o’quvchilarning bilimiga nisbatan aniqlanadi
va biror bilimlarni esga tushirish, foydalanish, bilib olish va boshqalar bilan
aniqlanadi.
2. O’yin qoidalari o’yinni olib borish va unga qatnashish tarkibini aniqlab beradi.
Qoidalar o’yin maqsadiga mos holda o’quvchilar faoliyatini tarkibga solish uchun
kerak bo’ladi.
3. O’yin mazmuni o’quvchilarning bajarishi kerak bo’lgan harakatlari bilan
aniqlanadi, matematika darslarida bu harakatlar ko’proq misol va masala
yechishdan iborat bo’ladi. O’yin jihozi o’yinni o’tkazish uchun kerak bo’gan
predmet – modellar, real va shartli predametlar, kartochka va ko’rgazmalardan
iborat.
4. O’yin natijasi qo’yilgan vazifaning bajarishi bilan aniqlanadi. Natija
5. o’quvchilarni qoniqtirish kerak.
Didaktik o’yinlarni o’tkazish qoidalari.
Didaktik o’yinlarni tanlashda o’quvchilarga bilim va tarbiya berishning quidagi
53
tartib – qoidalariga rioya qilinadi:
1. Didaktik o’yinlarni tanlash va ulardan foydalanishda o’quvchilarning yosh
xususiyatlari, pedagogik jihatdan tayyorgarligi va bilim saviyasi hisobga
olinadi.
2. Tanlangan har bir o’yin o’quvchilarga sistemali bilim berish, malaka va
ko’nikmalar hosil qilish bilan birga ularning barkamol bo’lib yetishishiga va ruhan tetik o’sishiga qaratilgan bo’ladi.
3. Didaktik o’yinlarni tanlashda ta’limning aniq maqsad va vazifalari asos qilib
olinadi. Didaktik oyinlar ta’lim mazmunini aniqlashtirishning muhim
vositalaridandir. U o’quvchilarda o’qish motivini, istagini rivojlantirishga
xizmat qiladi.
4. Didaktik o’yinlarni tanlashda ta’lim jarayoning samaradorligini oshirishda,
o’quvchilarning faolligini, tashabbuskorligi va ilodiy qobiliyatinu o’stirishga,
alohida ahamiyat beriladi. Har bir o’yin o’quvchilar uchun ularni mustaqil
fikrlashga, his- tuyg’ularini rivojlantirishga da’vat etuvchi vosita ham bo’lib
xizmat qilishi kerak.
5. D idaktik o’yinlarni tanlashda har bir sinfning kuchi, imkoniyatlari, o’ziga xos
xususiyatlari, maktabning shart- sharoitlari, o’qituvchi va sinf xonasi
imkoniyatlari ham hisobga olinishi kerak. Chunki biror sharoitda yoki sinfda
yaxshi samara bergan o’yin boshqa sharoit yoki sinfda kutilgan natijani
54
bermasligi mumkin.
6. Didaktik o’yinlarni tanlash va tashkil etishda, yangi o’yinlarni sinfdagi
sharoitga moslab o’zgartirishda o’qituvchining pedagogic tayyorgarligi,
mahorati, metodik bilim va tajribasi, o’yinga bo’lgan shaxsiy munosabati va
izlanishlari alohida ahamiyat kasb etadi. O’qituvchi tasbi chinakam ijodiy ish. U
bola qalbini kashf etadi. Unga sayqal beradi. O’qituvchi bolalar ma’naviy
dunyosini yangi va qiziqarli o’yinlar bilan boyitib boradi. Bolalarning o’yinga
bo’lgan qiziqishlaridan foydalanib, ularning qobiliyatlarini rivojlantirib boradi.
Didaktik o’yinlarni o’tkazish metodikasi.
O’quvchilarning fanga bo’lgan qiziqish va fan bo’yicha bilimlarining puxtaligi
o’qituvchining darsni tashkil qilish va fanni o’qitish metodikasiga bo’g’liq. Didaktik
o’yinlarni qo’llanishi darsda har bir o’quvchining faol ishtirok etishga erishishga
yordam beruvchi usullardan biridir. Didaktik o’yinlar turli shaklda va maqsadda
darsning turli bosqichlarida qo’llanadi. Meto’dikada boshlang’ich sinflar uchun
hamma mavzular bo’yicha o’yinlar taklif qilingan. O’qituvchining vazifasi darsning
55
maqsadiga moslab, o’quvchilarning imkoniyatlarini hisobga olgan holda o’yinni
tayyorlash va uni o’tkazishga tayyorgarlik ko’rish bo’ladi. O’quvchilarning qiziqishi,
zavqi, birgalikdagi harakati o’qituvchi mehnatiga mukofat bo’ladi.
Har bir o’yinni o’tkazishda quyidagi tartibga amak qilinadi:
o’qituvchi o’yin nomini va uning maqsadini e’lon qiladi.
O’quvchilarning vazifasini va o’yinning tartib – qoidalarini tushuntiradi;
Har bir o’quvchiga ro’llarni ( agar o’yin ro’lli bo’lsa ) bo’lib beradi. Ularni
guruhlariga ajratadi.
O’yin natijasi qanday baholanishi aytiladi;
Tartib – intizomni saqlashga oid ko’rsatma beriladi.
Agar o’yinda o’quvchilarning faqat bir qismi ishtirok etsa, qolgan o’quvchilarga
nazoratchi, hakam va kuzatuvchi vazifalari topshiriladi.
O’yinni musobaqa tarzida o’tkazish o’quvchilar faolligini oshiradi. O’yinni
jonlantiradi. O’qituvchi kamroq ball olga guruhga qo’shimcha topshiriq berib,
ballar sonini ko’paytirish, xatolarni tuzatish imkonini berish mumkin.
O’yin oxirida yakuniy xulosa va ballar aytiladi. Xatolar tahlil qilinadi, xato qilgan
o’quvchilarning keyingi safar e’tiborliroq bo’lishiga chaqiriladi. Hamkorlikda
ishlagan guruhda alohida tilga olinadi. O’yinlar guruxga va alohida o’yinchilarga
mo’ljallangan ham bo’lishi mumkin. O’yinni tshkil qilish, o’tkazish va unga
56
rahbarlik qilish o’qituvchidan katta mahoratni talab etadi. O’qituvchi har bir
o’yinni o’tkazish uchun alohida tayyorgarlik ko’radi. O’yinni tanlaydi, otkazish
rejasini tuzadi va jihozlarni tayyorlaydi. Eng asosiy e’tibor o’yinda sinfning har
bir o’quvchisi qatnashishiga qaratiladi. Agar o’yinda hamma o’quvchining
qatnashishning iloji bo’lmasa, o’yinni hamma o’quvchi o’ynab bo’lguncha ketma – ket qaytarishiga to’g’ri keladi. Aks holda o’quvchilarda ichki norozilik hissi
tug’ilishi mumkin. Didaktik o’yinlarning mojiyati ularni darsning hamma
bosqichlarda qo’llash imkonini beradi. Yangi mavzuni o’rganish davrida
qo’llanadigan o’yin biron mavzuni tushuntirish, qonun va qoidani keltirib
chiqarish va asoslash uchun xizmat qilishi kerak. Mavzuni mustahkamlash vaqtida
qo’llangan o’yin esa, o’tilgan mavzuni eslah va uni amalda qo’llashga qaratilgan
bo’lishi kerak.
O’qituvchi o’yinlarning harakat turiga qarab almashtirishi kerak. Bir gal o’quvchi
ijrochi bo’lsa, keyingi o’yinda ijodkor bo’lsin.
O’yin otkazilisida o’yinning maqsadi, mazmuni, harakatini rejalashtirishdan
tashqari o’yinni qanday boshqarish va yakunlashni jiddiy o’ylab ko’radi.
O’yinchilarni qanday qilib nazorat qilish, g’oliblarni rag’batlantirish yo’llari
rejalanadi. Masalan: o’yin qatnashchilari harakatlarini baholash uchun o’quvchilar
qizil va ko’k rangli signal kartochkalarini ko’rsatishlari yetarli bo’lishi mumkin.
57
Yoki alohida nazoratchilarni tayyorlash va ular yordamida o’yinni boshqarish ham
mumkin bo’ladi. Ayniqsa, musobaqa tarzida o’tkaziladigan o’yinlarni o’tkazish
tartibini o’qituvchi har tomonlama rejalash kerak. Bunday o’yinlarda
o’yinchilarning tezligi va ishni bajarish sifati tekshiriladi. Bunday vaqtda
o’qituvchi o’ziga yordamchilarni belgilashi maqsadga muvofiq bo’ladi. Kekin
o’yindan o’yinga o’tganda yordamchilarni almashtirib turishi, hamma
o’quvchilarning yordamchi ro’lida bo’lib ko’rishiga imkon berishi kerak. O’yin
davomida o’quvchilar xatoga yo’l qo’ysa, uni tezlik bilan tuzatish imkoni beriladi,
umumiy o’yin kayfiyatini buzmaslik uchun xatolarni o’yin yakunlangandan keyin
aytiladi, o’yinni to’xtatish bilan jazo berishga yo’l qo’yilmaydi.
Mavzuga mos ravishda darsda o’qituvchi bir va ikki didaktik o’yinni o’tkazishi
mumkin.
Masalan: “tarjima qil” mavzusida o’tkaziladigan o’yinlar yangi so’zlarni tez
topish, lug’atdagi o’rinni topish, predmetlarini ko’rsatish, bir-biriga taqqoslash,
so’z tartibini o’rganish maqsadlarda o’tkaziladi.
Bolalarni chet tilni o’rganishga tayyorlashda ishni “turli o’yinlar” o’tkazishdan
boshlash maqsadga muvofiqdir. Didaktik o’yinlar o’yin usullarini cheksiz
takrorlash va ozlashtirish, Masalan:
o’yinga turli narsalar kiritish imkonini beradi.
58
“Jim” o’yinining 5-7 xilini butun sinf bilan hamda ayrim bolalar bilan takrorlab
o’tkazish m
umkin. Yana “Nima o’zgardi?” tipidagi o’yin turli xil ko’rsatmali material bilan
o’tkaziladi. Natijada o’yin malakalarining mustahkam o’zlashtirishga imkon
tu’g’iladi.
O’yin paytida bolalar psixologiyasining individual xususiyatlari, ularda shartli
reflekslarning payda bo’lishi va ularning mustahkamligi yanada yaqqolroq
namoyon bo’ladi.
Didaktik o’yinlarning tarbiyaviy ahamiyati nimalardan iborat?
Didaktik o’yinlar hamjihatlik va imtizonlilikni tarbiyalashga yordam beradi,
chunki har bir o’yin shartlari va qoidalariga qat’iy va izchil rioya qilishni talab
etadi. Shulardan “So’zni kim tez yozadi?” “ topishmoq”, “so’zlar zanjiri”
o’yinlari va hokazo.
Darsda o’yinqaroqlik qilib o’tiradigan va o’qituvchini bitta dars davomida 10-15
martagacha tanbeh berishga majbur etadigan bolalar ham uchrab turadi. Biroq
o’yin otkaziladiga vaqtida bunday bolalarning xulq – atvori tamoman o’zgarib
ketadi. Ular darhol o’zlarini tutib oladilar, o’qituvchining o’yin qoidalarini
ko’rsatib berishini kutib o’tirmaydilar ham, qoidalarni o’zlari bajonu dil va
mustaqil bajaradilar. Didaktik o’yinlar jarayonida bolalarda uyushqoqlik, vaqtni
59
iloji boricha tejay bilishi hislatlari tarbiyalanadi.
Chet tili darslarida didaktik o’yinlardan, darsga oid she’rlardan foydalanish
o’quvchilar zehnini o’stirish, til o’rganish ko’nikmalarini oshirishga xizmat qiladi.
Do'stlaringiz bilan baham: |