Bog'liq Loyiha toshkent davlat yuridik universiteti (1)
Elektronshartnomalarnituzishoʻzgartirishvabekorqilishasoslari vatartibi.Elektron shartnomalar bilan bog’liq munosabatlarni Oʻzbekiston
Respublikasining “Elektron tijorat toʻgʻrisida”gi qonuni tartibga soladi.
Axborot tizimlaridan foydalangan holda amalga oshiriladigan,
tovarlarni sotish, ishlarni bajarish va xizmatlar koʻrsatishga doir
tadbirkorlik faoliyati elektron tijoratdir.
Elektron tijoratni amalga oshiruvchi yuridik va jismoniy shaxslar,
shuningdek tegishli tovarlarning (ishlarning, xizmatlarning) xaridorlari
boʻlgan yuridik va jismoniy shaxslar elektron tijorat ishtirokchilaridir.
Elektron tijoratda axborot vositachilari ham ishtirok etishlari
mumkin. Elektron hujjat aylanishi bilan bogʻliq xizmatlar koʻrsatuvchi
yuridik va jismoniy shaxslar axborot vositachilaridir. Elektron tijorat
ishtirokchilari yuqoridagi qonun, boshqa qonun hujjatlarida, shuningdek
tuzgan shartnomalarida nazarda tutilgan huquqlardan foydalanadilar va
majburiyatlarni bajaradilar.
Elektron tijoratda ishtirok etish, agar qonun hujjatlarida boshqacha
qoida belgilanmagan boʻlsa, uning ishtirokchilariga nisbatan axborot
tizimlaridan foydalanmasdan amalga oshirilayotgan tadbirkorlik
3
01
faoliyatiga nisbatan qoʻshimcha talablar yoki cheklashlar belgilanishi
uchun asos boʻla olmaydi.
Qonun hujjatlarida elektron tijoratni amalga oshiruvchi yuridik yoki
jismoniy shaxs toʻgʻrisidagi axborotga nisbatan boshqa talablar ham
belgilanishi mumkin. Axborot vositachilarining xizmatlari shartnoma
asosida koʻrsatiladi.
Axborot vositachilari, agar elektron tijorat ishtirokchilari bilan
tuzilgan shartnomalarning shartlarida boshqacha qoida nazarda tutilmagan
boʻlsa, elektron hujjatlarning mazmunini yoki ulardan foydalanish tartibini
oʻzgartirishga haqli emas.
Elektron tijoratdagi shartnoma shartlari qonun hujjatlarining
talablariga muvofiq boʻlishi kerak. Bu shartnomalar tovarlar, ishlar va
xizmatlar turlariga qarab FKning tegishli normalariga shuningdek boshqa
fuqarolik qonun hujjati talablariga muvofiq boʻlishi kerak.
Elektron tijoratdagi shartnoma unga hamma erkin foydalanishi
mumkin boʻlgan axborot resursida joylashtirilgan elektron hujjatga havola
qilish yoʻli bilan kiritiladigan alohida shartlarni oʻz ichiga olishi mumkin.
Bu holda elektron hujjatni joylashtirgan elektron tijorat ishtirokchisi qonun
hujjatlarida yoki shartnomada belgilangan muddat mobaynida undan erkin
foydalanish imkoniyatini ta’minlashi, bu muddat oʻtgandan keyin esa
ushbu elektron hujjatning qonun hujjatlarida nazarda tutilgan tartibda
saqlanishini ta’minlashi shart.
Elektron tijoratda shartnoma akseptni (taklif qabul qilinishini) oʻz
ichiga olgan elektron hujjat elektron tijoratni amalga oshiruvchi yuridik
yoki jismoniy shaxs tomonidan qabul qilib olingan paytda yoxud ofertani
oʻz ichiga olgan elektron hujjatda aksept uchun nazarda tutilgan harakatlar
tovarlar (ishlar, xizmatlar) xaridori tomonidan amalga oshirilgan paytda
tuzilgan deb e’tirof etiladi.
Ofertani oʻz ichiga olgan elektron hujjat olinganligini oferta
shartlariga rozilikni koʻrsatmasdan tasdiqlash, xuddi shuningdek tovarlar
(ishlar, xizmatlar) xaridorining harakatsizligi, agar qonun hujjatlarida
boshqacha qoida belgilanmagan boʻlsa, aksept hisoblanmaydi.
Agar qonun hujjatlarida shartnoma boʻyicha tarafning boshqa tarafga
shartnomani tuzish yoki ijro etish bilan bogʻliq hujjatni taqdim etish
majburiyati nazarda tutilgan boʻlsa, koʻrsatilgan majburiyatni bajarish
shartnomani tuzish usulidan qat’i nazar amalga oshiriladi.
Elektron tijoratda shartnoma, agar qonun hujjatlarida boshqacha
qoida nazarda tutilmagan boʻlsa, faqat elektron hujjatlardan foydalanilgan
holda tuzilganligiga asoslanib haqiqiy emas deb topilishi mumkin emas.
3
02
Elektron tijoratda ofertaga taklif etish, shu jumladan taklif
qilinayotgan tovarlar (ishlar, xizmatlar) toʻgʻrisidagi reklama yoki boshqa
ma’lumotlar maxsus bilimga ega boʻlmagan qabul qilib oluvchiga qabul
qilib olingan axborotning elektron tijoratga taalluqliligini aniq belgilash va
oferta joʻnatuvchining huquqiy holati, uning tovarlari (ishlari, xizmatlari),
bu tovarlarning (ishlarning, xizmatlarning) narxlari va ularni olish shartlari
haqida toʻgʻri tasavvur hosil qilish imkoniyatini beradigan shaklda taqdim
etilishi kerak.
Elektron hujjatlardan bitim tuzilganligining disklar va qogʻoz
koʻrinishida dalil sifatida foydalanish mumkin. Taraflar elektron matnni
qogʻoz matnga tegishli tarsza rasmiylashtirish (notarial tasdiqlash va
davlat roʻyxatidan oʻtkazish) istisno etilmaydi.
Elektron shartnomalarni tuzish va ijro etish jarayonida, shuningdek
subyektlar oʻrtasidagi boshqa fuqarolik shartnomalarda elektron hujjatlarni
muomalada boʻlishi Oʻzbekiston Respublikasining “Elektron hujjat
aylanishi toʻgʻrisida”gi Qonuni bilan tartibga solinadi.
Elektron hujjat aylanishi elektron hujjatlarni axborot tizimi orqali
joʻnatish va qabul qilib olish jarayonlari yigʻindisidan iborat boʻladi.
Elektron hujjat aylanishidan bitimlar tuzish (shu jumladan, shartnomalar
tuzish), hisob-kitoblarni, rasmiy va norasmiy yozishmalarni amalga
oshirish hamda boshqa axborotni uzatishda foydalanish mumkin.
Elektron shaklda qayd etilgan, elektron raqamli imzo bilan
tasdiqlangan va elektron hujjatning uni identifikastiya qilish
imkoniyatini beradigan boshqa rekvizitlariga ega boʻlgan axborot
elektron hujjatdir.
Elektron hujjat texnika vositalaridan va axborot tizimlari
xizmatlaridan hamda axborot texnologiyalaridan foydalanilgan holda
yaratiladi, ishlov beriladi va saqlanadi.
Elektron hujjat elektron hujjat aylanishi ishtirokchilarining mazkur
hujjatni idrok etish imkoniyatini inobatga olgan holda yaratilishi kerak.
Elektron hujjatning majburiy rekvizitlari quyidagilardan iborat:
-
-
elektronraqamli imzo;
elektron hujjatni joʻnatuvchi yuridik shaxsning nomi yoki elektron
hujjatni joʻnatuvchi jismoniy shaxsning familiyasi, ismi, otasining ismi;
-
-
elektron hujjatni joʻnatuvchining pochta va elektron manzili;
hujjat yaratilgan sana.