KAZUSLAR:
1. Jurnalist CHarlz Duxigning “Odatning qudrati” nomli maqolasida inson taqdirini hal qiluvchi kuchga ega bo`lgan odat va ko`nikmalar, qiziqishlar bo`lishini yozadi. Bu odat nafaqat odamdagi boshqa jihatlarni birlashtiradi, Shuningdek, uni yomon illat va harakatlardan ham tiyadi. Kimdir mehribon, kimdir mulohazali, yana kimdir g`ayratli, boshqa kimdir sabr-toqatli.
Savol: O`qishda va hayotda ko`zlangan maqsadga erishishdagi, hayotingizda tub burilish yasaydigan odatlaringiz mavjudmi hamda ularni rivojlantira olyapsizmi?
MANTIQIY SAVOLLAR:
1. Shifokorlarni aniqlashicha, kishi o`zining shaxsiy kundaligi uchun bir kunda 15 daqiqa ajratsa, bu uning sog`lig`ini yaxshilaydi, immunitetini kuchaytiradi va kayfiyatini ko`taradi.
Savol: Muvaffaqiyatga erishishda kundalik yuritishning qanday ahamiyati bor? Kundalik yuritishning mutaxassis uchun foydali jihatlarini izohlab bering.
2 Bodo Shefer aytganidek, agar maqsad aniq bo`lsa, rejaning bajarilishi ham aniq muddat kasb etadi. Maqsad bizni harakatga jorlaydi. Tilak va tuyg`ularimiz o`rnini endi temir intizom egallaydi.
Savol: Maqsad yo`qligi-chi, u nimaga olib kelishi mumkin? Javoblaringizni misollar bilan izohlab bering.
Kazusga javob :
Avvalambor hayotda har bir insonning o`zini maqsad va vazifalari bo`ladi, shu maqsadni amalga oshirish uchun ma`lum vazifalarni bajarishi kerak. Shu tariqa turli xil odatlar shakllantiriladi, albatta ular yaxshi odatar bo`lishi zarur. Maqsad va odatlar haqida gapirishdan oldin maqsad nima? Odat nima? degan savollarga javob berish kerak.
Maqsad - inson amaliy faoliyatining avvaldan fikran o`ylangan natijasi. Maqsad insonlarga xos bo`lib, uni kelajakning loyihasi, deb ta`riflash mumkin. Maqsad faoliyat yo`nalishini belgilovchi muhim elementdir.
Odat – o`rganish bo`lib qolgan va muayyan vaziyatda bajarish individ uchun ehtiyojga aylangan xatti-harakat. Odat stixiyali tarzda shakllanishi, muayyan tarbiya mahsuli bo`lishi, xarakterning barqaror xususiyatiga aylanishi, avtomatizm belgilariga ega bo`lishi mumkin.
Hayotimizda maqsadlarimizga erishish yo`lida o`zimizga bir odat shakllantirishimiz kerak deb o`ylayman. Qanaqa odat deysizmi? Hayotingizni yanada qiziqarli qiladigan ya`ni o`zingiz yoqtirgan biron-bir ishni qilib borishingiz bu hayotga bo`lgan ishtiyoqingizni oshiradi, hayotdan yashash mazmuningiz shakllanadi. Masalan men o`zimdan misol keltiradigan bo`lsam, universitetga kirishga tayyorlanib, o`qib yurgan vaqtlarim ora-orada do`stlarim bilan futbol o`ynab turardik, mana shu menga motivatsiya berardi, ya`ni futbolga qiziqishim. Chunki dunyo futbol yulduzlari doim katta natijalarga har doim kuchli harakat orqali erishishgan. Demak hamma sohada ham harakat qilsa o`z maqsadingizga erishish mumkin. Hammaning qiziqishi har xil, lekin har kim o`z qiziqishini o`zi uchun foydali harakat qilib olishi mumkin, masalan mening vaqti-vaqti bilan futbol o`ynab turishim mening hayotga qiziqishimni orttiradi, hayotga qiziqishim ortgandan keyin albatta o`zimni sohamda ham sifatli, ishtiyoq bilan harakat qilaman. Birinchi navbatda odatimiz o`zimiz qiziqadigan soha bo`lishi kerak ekan, eng asosiysi esa o`sha qiziqadigan sohamiz yomon yo`nalish bo`lmasligi kerak. Doim ilm olish, kitob o`qishni ham odatga aylantirishimiz kerak. Muntazam kitob o`qigan inson hech qachon kam bo`lmaydi deb ulug` mutafakkirlarimiz ham aytib o`tishgan, lekin hozirgi kunda kitobni muntazam o`qishga qiynalyapsizmi, dangasalik yengib qoyyaptimi, demak siz o`qishdan tashqari yana bir mashg`ulot toping. Ko`p vaqt sarflamasdan, birozgina vaqtingizni ajratib shu ishni bajaring va keyin ko`rasiz natijasini, o`qishingiz yanada sifatli bo`lib boradi. O`zingizni kun bo`yi kitob o`qiydigan aqlli inson deb hisoblamang , kunida qiziqarli odatlari bor inson o`qishida sifat bo`ladi. Ba`zilar o`ylashadi odatim menda o`qish, o`qish, o`qish bo`lishi lozim deb. Aslini olganda odat bu o`qishga va hayotimizga mazmun baxsh etadigan holatlar bo`lishi kerak. Bu hayotimizga qiziqishlarimizni odatga aylantirib olsak hayotda hech qiynalmaymiz, qaysi soha bo`lsa ham u sohada muvaffaqqiyatli va samarali faoliyat olib boramiz , yutuqlarga erishamiz. Nega desangiz hayotga qiziqishingiz doimiy odatlaringiz va qiziqishlaringiz orqali doim yo`qolmaydi, hayotga qiziqishi doim bo`lsa, uni hech kim yo`ldan qaytara olmaydi, o`z maqsadlari sari har doim harakat qiladi.
CHarlz Duxigning “Odatning qudrati” nomli maqolasida inson taqdirini hal qiluvchi kuchga ega bo`lgan odat va ko`nikmalar, qiziqishlar bo`lishini yozgan ekan. Men bu fikrga 100% qo`shilaman va yuqorida ham aytib o`tganimdek ba`zi odatlarimiz va qiziqishlarimiz aynan o`zimizning sohada bo`lmasada, inson taqdirini hal qilishi ham mumkin. Bu odatlarga biz chin dildan qiziqishimiz bo`lsa, kunida yoki haftada bir marta vaqt belgilab shu mashg`ulotga aylantirsak, asosiy sohamizda ham sifatli ishlay boshlaymiz, chunki boshqa, ya`ni insonni chalg`ituvchi omillarga chalg`ib qolmaymiz. Bu esa vaqtmizni samarali, ishimizni sifatli, o`z shaxsiy hayotimizni ham mazmunli tashkil etishimizda yordam beradi.
Xulosa: Xulosa qilib aytadigan bo`lsam odat va qiziqishlar insonda doim bo`lishi kerak. Insonda maqsad bor ekan uni bajarish uchun ma`lum bir vazifalarni belgilab oladi, shu vazifalarni amalga oshirish yo`lida inson ruhan shunga harakat qilish kerak. Eng asosiysi shu maqsad yo`lidagi vazifalarni amalga oshirish uchun xohish bo`lishi zarur. Odat va qiziqishlar ayni shu vazifani bajaradi, misol uchun kimdadir odat va qiziqishlari mavjud bo`lsa, hayotga qiziqishi bo`ladi va maqsadga erishish xohishi kuchli bo`ladi, mana nimaga kerak odat va qiziqishlar, aynan shunga kerak bo`ladi.O`zimni oladigan bo`lsam ilgari universitetga kirish uchun tayorlanib yurgan vaqtlarim futbol o`ynash va futbol yulduzlarini o`yinini kuzatishga qiziqardim va buni kuniga yoki haftasiga ma`lum vaqtga rejalab, odatga aylantirgandim. Bu menga katta yordam berdi deb ham ayta olaman, chunki doimiy o`qish ham miyyani toliqtiradi ham o`zingiz zerikib qolishingiz mumkin. Shu uchun vaqtni to`g`ri taqsimlash kerak. Ayni damda bir odatni shakllantirmoqchiman. Bu odat 4 yilda 4 ta til o`rganish, bu qanaqasiga odat bo`lishi mumkin desangiz, masalan 1 yilda 1 ta til o`rgansangiz keyingi yil yana bitta til o`rganishni davom ettirsangiz bu odatga aylanib qoladi. To`g`ri g`alati tuyulishi mumkin, lekin til qancha ko`p o`rgansangiz shuncha madaniyatingiz va dunyoqarashingiz o`sadi. Buyuk mutafakkir, olimlarimiz 5 ta 6 ta tilni bemalol bilishgan. Hattoki buyuk olimlarimizdan Abu Nasr Farobiy 70 dan ortiq tilni bilganlar, buni tasavvur qilish qiyin, ammo bu fakt axir. Nahot 70 ta tini bilishganu biz atigi 4-5 ta tilni mukammal egallay olmasak. Doim yaxshi odat va qiziqishlarimiz bardavom bo`lsin, shundagina maqsad va orzularimizga yetishga ishtiyoq so`nmaydi.
Do'stlaringiz bilan baham: |