Elektron shartnomalar mohiyati, tuzish hususiyatlari, mazmuni va
ularni bajarish masalalari. Zamonaviy fan texnika inson imkoniyatlarini
doimiy ravishda kengaytirib bormoqda. Uning uchun barcha sohalarda
qulay shart-sharoitlar vujudga keltirmoqda. Bugungi kunda kishilik
jamiyatini an’anaviy tasavvurlari ham uning ta’sirida oʻzgarib bormoqda.
Jumladan, ilgari makon, moddiy borliq oʻlchami sifatida yagona boʻlsa,
bugungi kunda makonning oʻzi ikki xil koʻrinish kasb etmoqda, ular real
va virtual makondir.
Real makon moddiy, hajmiy makondagi subyektlar joylashuvi, voqea
jarayonlar roʻy beradigan manzil hisoblanadi. Virtual maydon esa elektron
axborot maydoni boʻlib, bunda subyektlarning oʻzi ham voqealar jarayoni
ham muayyan ketma ketlikda, zichlikda joylashish qoidalari
qoʻllanilmaydi. Virtual maydon oʻziga xos cheksiz axborot resurslari,
axborot subyektlari va axborotlarni joylashtirish, tarqatish, ayriboshlash
maydoni hisoblanadi. Ma’lumki har qanday yuridik fakt, shu jumladan
yuridik harakat uni sodir boʻlish jarayoni, amalga oshiruvchi subyektlar va
uni huquqiy oqibatlari boʻyicha (huquqiy munosabatni vujudga
keltiruvchi, oʻzgartiruvchi va bekor qiluvchi oqibatlar boʻyicha) oʻziga xos
tarzda namoyon boʻladi. Shu ma’noda olib qaraganda, virtual maydonda
ham yuridik faktlarni sodir boʻlishi, yuridik harakatlarni amalga oshirilishi
toʻlaqonli ravishda roʻy berishi istisno etilmaydi. Faqat bunda kelib
chiqishi mumkin boʻlgan asosiy muammo yuridik harakatlarni kelib
chiqish manbai, uning oqibatlarini izini barqaror ravishda mavjudligini
ta’minlash hisoblanadi. Bugungi kunda virtual maydonni huquqiy
ta’minlash bu borada muayyan ijobiy natijalarga olib keldi. Virtual
maydonda bitimlar tuzish, shartnomalar tuzish va subyektlarni turli
ehtiyojlarini qanoatlantirishga qaratilgan harakatlarni sodir etishi odatdagi
kundalik holga aylandi. Shuni unutmaslik lozimki, virtual maydondagi
shartnomalar uni real maydon bilan bogʻliqlik darajasiga karab, turlicha
koʻrinishda namoyon boʻlishi mumkin. Masalan, ba’zi shartnomalar
virtual maydonda tuzilib, real maydonda amalga oshiriladi. Misol uchun
internet orqali muayyan tovarga buyurtma berish shartnoma tuzish
jarayoni virtual maydonda boʻlsa shartnomani amalda yetkazib berish real
maydonda amalga oshiriladi. Ba’zi hollarda esa buning aksi. Real
maydonda tuzilgan shartnoma virtual maydonda amalga oshirilishi
mumkin. Ayni paytda muayyan turdagi shartnomalar real maydonga
koʻchmasdan faqat virtual maydonda tuzilishi, amalga oshirilishi mumkin.
Masalan, haq evaziga muayyan axborotni tizimlashtirish va yetkazib
berish. Bunda shartnomani tuzish, amalga oshirish va hatto, unga haq
3
04
toʻlash toʻliq virtual maydonda amalga oshiriladi. Shartnomani amalga
oshirish va tuzish bilan bogʻliq hech qanday harakatlar va tuzish real
maydonga koʻchirish talab etilmaydi.
Hattoki toʻlovlarni amalga oshirish uchun elektron xamyon, elektron
pullar, elektron toʻlovlar tizimi ishlab chiqilgan va amal qilmoqda. Virtual
maydon orqali shartnomalar tuzish bugungi tovarlar, ishlar va xizmatlarni
globallashuvi, dunyoni yagona bozor, yagona huquqiy maydon tarzida
namoyon boʻlishida muhim ahamiyat kasb etadi. Masalan,
Oʻzbekistondagi tadbirkorlik subyekti oʻz uyida oʻtirgan holda dunyoning
istalgan nuqtasida ya’ni Yaponiya, Avstraliya va boshqa joylardagi tegishli
sheriklar bilan shartnomalar tuzib, uni amalga oshirish imkoniyatlariga ega
boʻladi. Boshqacha aytganda, elektron shartnomalarni virtual maydonda
tuzish subyektlarni vaqti va mablagʻlarini tejashga imkon beradigan eng
qulay usullardan biri hisoblanadi.
Mamlakatimizda bugungi kunda elektron shartnomalarni huquqiy
negizlari yaratilgan. Ular ichida eng muhim hujjat bu FK hisoblanadi.
FKning 366-moddasiga asosan, yozma shartnoma taraflar imzolagan
bitta hujjatni tuzish yoʻli bilan, shuningdek pochta, telegraf, teletayp,
telefon, elektron aloqa yoki hujjat shartnomadagi tarafdan chiqqanligini
ishonchli suratda aniqlash imkonini beradigan boshqa aloqa yordamida
hujjatlar almashish yoʻli bilan tuzilishi mumkin.
Bu normadan koʻrinib turibdiki virtual maydonda shartnomalar
tuzishga asosiy talab, taraflarni bir-birlari bilan ishonchli aloqalarni
oʻrnatishi, ushbu maydonga boshqa shaxslarni noqonuniy kirib kelishi va
chalgʻitishini oldini olish hisoblanadi.
Bundan tashqari mazkur sohada maxsus qonunchilik bazasi
yaratilgan. Masalan, Oʻzbekiston Respublikasining “Elektron raqamli
imzo toʻgʻrisida”gi, “Elektron tijorat toʻgʻrisida”gi, “Elektron hujjat
aylanishi toʻgʻrisida”gi qonunlar qabul qilingan.
Virtual shartnomalarni ishonchli tarzda tuzilishini huquqiy kafolati
bu elektron raqamli imzo sanaladi.
Elektron raqamli imzo - elektron hujjatdagi mazkur elektron hujjat
axborotini elektron raqamli imzoning yopiq kalitidan foydalangan holda
maxsus oʻzgartirish natijasida hosil qilingan hamda elektron raqamli
imzoning ochiq kaliti yordamida elektron hujjatdagi axborotda xatolik
yoʻqligini aniqlash va elektron raqamli imzo yopiq kalitining egasini
identifikastiya qilish imkoniyatini beradigan imzo hisoblanadi.
Elektron imzoning ochiq va yopiq kalitlari mavjud. Elektron raqamli
imzoning yopiq kaliti esa elektron raqamli imzo vositalaridan foydalangan
3
05
holda hosil qilingan, faqat imzo qoʻyuvchi shaxsning oʻziga ma’lum
boʻlgan va elektron hujjatda elektron raqamli imzoni yaratish uchun
moʻljallangan belgilar ketma-ketligi boʻlsa, elektron raqamli imzoning
ochiq kaliti elektron raqamli imzo vositalaridan foydalangan holda hosil
qilingan, elektron raqamli imzoning yopiq kalitiga mos keluvchi, axborot
tizimining har qanday foydalanuvchisi foydalana oladigan va elektron
hujjatdagi elektron raqamli imzoning haqiqiyligini tasdiqlash uchun
moʻljallangan belgilar ketma-ketligi hisoblanadi.
Elektron raqamli imzoning haqiqiyligini tasdiqlash elektron raqamli
imzoning elektron raqamli imzo yopiq kalitining egasiga tegishliligi va
elektron hujjatdagi axborotda xatolik yoʻqligi tekshirilgandagi ijobiy natija
bilan bogʻliq.
Roʻyxatga olish markazlari faoliyatining tartibi Oʻzbekiston
Respublikasi Vazirlar Mahkamasi tomonidan belgilanadi.
Qogʻoz hujjat shaklidagi elektron raqamli imzo kalitining sertifikati
ikki nusxada rasmiylashtiriladi. Bunday sertifikatning har bir nusxasi
roʻyxatga olish markazining vakolatli shaxsi tomonidan imzolanishi va
roʻyxatga olish markazining muhri bilan tasdiqlanishi kerak. Elektron
raqamli imzo kaliti sertifikatining bir nusxasi elektron raqamli imzo yopiq
kalitining egasiga beriladi, boshqa nusxasi esa roʻyxatga olish markazida
saqlanadi.
Muhr bilan tasdiqlangan va elektron hujjatga aylantirilgan qogʻoz
hujjatning mazmuni qonun hujjatlariga yoki taraflarning kelishuviga
muvofiq roʻyxatga olish markazi vakolatli shaxsining elektron raqamli
imzosi bilan yoki elektron raqamli imzo yopiq kaliti egasining elektron
raqamli imzosi bilan tasdiqlanishi mumkin.
Virtual maydonda subyektlarni individuallashtirish vositalaridan biri
boʻlib, domen nomlari hisoblanadi. Domen nomlari ham elektron
maydonda firma nomi, tovar belgisi funksiyalarini bajaradi.
Mamlakatimizda domen nomlarini berish va roʻyxatdan oʻtkazishni
huquqiy asoslari mavjud. Ba’zi holatlarda subyektlar domen nomlariga
moʻljal olgan holda shartnoma munosabatlariga kirishishlari ham mumkin.
Elektron tijoratda axborot vositachilari ham ishtirok etishlari
mumkin. Elektron hujjat aylanishi bilan bogʻliq xizmatlar koʻrsatuvchi
yuridik va jismoniy shaxslar axborot vositachilaridir. Elektron tijorat
ishtirokchilari yuqoridagi qonun, boshqa qonun hujjatlarida, shuningdek
tuzgan shartnomalarida nazarda tutilgan huquqlardan foydalanadilar va
majburiyatlarni bajaradilar.
3
06
Elektron tijoratda ishtirok etish, agar qonun hujjatlarida boshqacha
qoida belgilanmagan boʻlsa, uning ishtirokchilariga nisbatan axborot
tizimlaridan foydalanmasdan amalga oshirilayotgan tadbirkorlik
faoliyatiga nisbatan qoʻshimcha talablar yoki cheklashlar belgilanishi
uchun asos boʻla olmaydi.
Elektron tijoratdagi shartnoma shartlari qonun hujjatlarining
talablariga muvofiq boʻlishi kerak. Bu shartnomalar tovarlar, ishlar va
xizmatlar turlariga qarab FKning tegishli normalariga, shuningdek boshqa
fuqarolik qonun hujjati talablariga muvofiq boʻlishi kerak.
Elektron tijoratdagi shartnoma unga hamma erkin foydalanishi
mumkin boʻlgan axborot resursida joylashtirilgan elektron hujjatga havola
qilish yoʻli bilan kiritiladigan alohida shartlarni oʻz ichiga olishi mumkin.
Bu holda elektron hujjatni joylashtirgan elektron tijorat ishtirokchisi qonun
hujjatlarida yoki shartnomada belgilangan muddat mobaynida undan erkin
foydalanish imkoniyatini ta’minlashi, bu muddat oʻtgandan keyin esa
ushbu elektron hujjatning qonun hujjatlarida nazarda tutilgan tartibda
saqlanishini ta’minlashi shart.
Elektron tijoratda shartnoma akseptni (taklif qabul qilinishini) oʻz
ichiga olgan elektron hujjat elektron tijoratni amalga oshiruvchi yuridik
yoki jismoniy shaxs tomonidan qabul qilib olingan paytda yoxud ofertani
oʻz ichiga olgan elektron hujjatda aksept uchun nazarda tutilgan harakatlar
tovarlar (ishlar, xizmatlar) xaridori tomonidan amalga oshirilgan paytda
tuzilgan deb e’tirof etiladi.
Ofertani oʻz ichiga olgan elektron hujjat olinganligini oferta
shartlariga rozilikni koʻrsatmasdan tasdiqlash, xuddi shuningdek tovarlar
(ishlar, xizmatlar) xaridorining harakatsizligi, agar qonun hujjatlarida
boshqacha qoida belgilanmagan boʻlsa, aksept hisoblanmaydi.
Agar qonun hujjatlarida shartnoma boʻyicha tarafning boshqa tarafga
shartnomani tuzish yoki ijro etish bilan bogʻliq hujjatni taqdim etish
majburiyati nazarda tutilgan boʻlsa, koʻrsatilgan majburiyatni bajarish
shartnomani tuzish usulidan qat’i nazar amalga oshiriladi.
Elektron tijoratda shartnoma, agar qonun hujjatlarida boshqacha
qoida nazarda tutilmagan boʻlsa, faqat elektron hujjatlardan foydalanilgan
holda tuzilganligiga asoslanib haqiqiy emas deb topilishi mumkin emas.
Elektron tijoratda ofertaga taklif etish, shu jumladan, taklif
qilinayotgan tovarlar (ishlar, xizmatlar) toʻgʻrisidagi reklama yoki boshqa
ma’lumotlar maxsus bilimga ega boʻlmagan qabul qilib oluvchiga qabul
qilib olingan axborotning elektron tijoratga taalluqliligini aniq belgilash va
3
07
oferta joʻnatuvchining huquqiy holati, uning tovarlari (ishlari, xizmatlari),
bu tovarlarning (ishlarning, xizmatlarning) narxlari va ularni olish shartlari
haqida toʻgʻri tasavvur hosil qilish imkoniyatini beradigan shaklda taqdim
etilishi kerak.
Do'stlaringiz bilan baham: |