Bog'liq Loyiha toshkent davlat yuridik universiteti (1)
miqdoridankelibchiqqanholdaunioziq-ovqat,kiyim-kechakvadori-darmon vositalaribilanta’minlashihamdauniparvarishlashivaboshqayordamlarni koʻrsatishilozimligibelgilanganligini,lekinungaaslidaushbuyordamlarnihozirda umumanboshqaodamlarkoʻrsatibkelishini,javobgaroʻtgandavrmobaynidaunga faqatba’zioziq-ovqatmahsulotlariniolibkelganligini,dori-darmonvakiyim- kechaklarniesaolibkelmaganligini,bundantashqariungaqoʻpollikqilibuyoʻziga tegishliekanliginiaytibuniuydanhaydabyuborishiniaytibqoʻrqitibkelishini,u shartnomakoʻrsatilganbarchayordamlarniberibboʻlganligini,shuningdek,hozirda javobgaruningroziligisizuygaoʻzqizinidoimiyroʻyxatgaqoʻyganligini,javobgar ungauy hujjatlarinibermasliginibayonqilib,suddanumrbodta’minlashshartibilan uy-joyniboshqashaxsgaberishshartnomasinibekorqilishnisoʻragan. Yuqoridagi misolda taraf umid qilgan manfaatdan mahrum
boʻlganligi uni shartnomani bekor qilish masalasini koʻtarishga sabab
boʻlgan.
Shartnoma tuzishda taraflar uchun asos boʻlgan vaziyatning jiddiy
oʻzgarishi, agar boshqacha tartib shartnomada nazarda tutilgan boʻlmasa
yoki uning mohiyatidan anglashilmasa, shartnomani oʻzgartirish yoki
bekor qilish uchun asos boʻladi. Ushbu norma dispozitiv xarakterag ega.
2
96
Vaziyatning taraflar oldindan koʻra bilganlarida shartnomani
umuman tuzmasliklari yoki ancha farq qiladigan shartlar bilan tuzishlari
mumkin boʻlgan darajada oʻzgarishi uning jiddiy oʻzgarishi hisoblanadi.
Binobarin vaziyatni jiddiy oʻzgarishi oʻziga xos favqulodda xarakterga ega
boʻladi.
Agar
taraflar
shartnomani
jiddiy
oʻzgargan
vaziyatga
muvofiqlashtirish yoki uni bekor qilish haqida kelisha olmagan boʻlsalar,
shartnoma manfaatdor tarafning talabi bilan sud tomonidan bekor qilinishi,
yuqorida nazarda tutilgan asoslarga koʻra esa – oʻzgartirilishi mumkin,
agar ayni vaqtda quyidagi shartlar mavjud boʻlsa:
1
) shartnomani tuzish paytida taraflar vaziyatda bunday oʻzgarish
yuz bermaydi, deb hisoblagan boʻlsalar;
) vaziyatning oʻzgarishini keltirib chiqargan sabablarni, ular paydo
2
boʻlganidan keyin manfaatdor taraf shartnomaning xususiyatiga va
muomala shartlariga koʻra oʻzidan talab qilinadigan darajada vijdoniylik
va ehtiyotkorlik qilgan boʻlishiga qaramay, bu sabablarni enga olmagan
boʻlsa;
3
) shartnomani uning shartlarini oʻzgartirmasdan bajarish taraflar
mulkiy manfaatlarining shartnomaga mos keladigan nisbatini buzsa va
manfaatdor tarafga zarar yetkazsa, natijada ular shartnoma tuzishda umid
qilishga haqli boʻlgan narsadan koʻp darajada mahrum boʻlsalar;
4
) ish muomalasi odatlaridan yoki shartnomaning mohiyatidan
vaziyatning oʻzgarishi xavfiga manfaatdor taraf uchrashi kerakligi
anglashilmasa.
Vaziyatning jiddiy oʻzgarishi oqibatida shartnoma bekor qilinganida
sud har qanday taraf talabi bilan shartnomani bekor qilish oqibatlarini
aniqlashda taraflarning ushbu shartnomani bajarish bilan bogʻliq
xarajatlarini ular oʻrtasida adolatli taqsimlash zarurligiga asoslanadi.
Vaziyatning jiddiy oʻzgarishi munosabati bilan shartnomaning
oʻzgartirilishiga shartnomani bekor qilish ijtimoiy manfaatlarga zid
boʻlgan yoki taraflarga shartnomani sud tomonidan oʻzgartirilgan shartlar
asosida bajarish uchun talab qilinadigan xarajatlardan ancha ortiq zarar
keltiradigan favqulodda hollarda sud qarori bilan yoʻl qoʻyiladi.
Vaziyatni jiddiy oʻzgarishi munosabati bilan shartnomani oʻzgartirish
va bekor qilishni ba’zi huquqiy asoslari FKning tegishli normalarida oʻz
ifodasini topgan.
Masalan, FKning 506-moddasiga asosan, agar shartnoma tuzilgandan
soʻng hadya qiluvchining moddiy ahvoli jiddiy yomonlashgan boʻlsa, u
kelajakda hadya oluvchiga ashyoni yoki mulk huquqini berish yo
2
97
boʻlmasa, uni mulkiy majburiyatdan ozod etish va’da qilingan shartnomani
bajarishdan bosh tortishga haqli.
Bundan tashqari FKning 698-moddasida buyurtmachining
majburiyatlari belgilangan boʻlib, ulardan biri kutilayotgan natijalarni olish
mumkin emasligi yoki ishlarni davom ettirish maqsadga muvofiq emasligi
aniqlangan taqdirda, bu haqda buyurtmachini darhol xabardor qilish
hisoblanadi. Buyurtmachi ushbu axborotni olgandan soʻng yo shartnomani
yangi shartlar asosida davom ettirish yoki bekor qilish huquqiga ega
boʻladi.
Shuningdek, FKning 949-moddasida vaziyatni jiddiy oʻzgarishi
munosabati bilan sugʻurta shartnomasini bekor qilish asoslari belgilangan.
Vaziyatni jiddiy oʻzgarishi agar FKning 383-moddasida nazarda
tutilgan holatlarga toʻliq mos kelsa, qonun hujjatlarida nazarda tutilgan
yoki tutilmaganligidan qat’i nazar shartnoma shartlarini oʻzgartirish yoki