Toshkent davlat yuridik



Download 2,11 Mb.
bet149/157
Sana04.06.2022
Hajmi2,11 Mb.
#636578
1   ...   145   146   147   148   149   150   151   152   ...   157
Bog'liq
Loyiha toshkent davlat yuridik universiteti (1)

Shartnoma tuzish


Shartnomaning tuzilishi FKning 354-moddasida koʻrsatilganidek,
agar taraflar oʻrtasida shartnomaning barcha talab qilinadigan shaklda
kelishuvga erishilgan boʻlsa, shartnoma tuzilgan hisoblanadi.
Shartnomaning umumiy tartibda tuzilishi ikki davr bilan belgilanadi.
Birinchi davr–shartnoma tuzishga taklif qilish davri; bu oferta, shartnoma
tuzishga taklif qiluvchi esa, offerent, deb ataladi.
Ikkinchi davr–shartnoma tuzish toʻgʻrisidagi taklifni qabul qilish
davri; bu aksept, taklifni qabul qiluvchi akseptant deb aytiladi.
Shartnoma tuzishning umumiy tartibiga oid qoidalar FKning 364-


3


81-moddalarida berilgan. Bu qoidalarda aytilishicha, agar shartnoma


tuzish toʻgʻrisidagi taklif (oferta) javob uchun muddat tayinlab qilingan
boʻlsa, bu holda shartnoma ikkinchi taraf (akseptant) tomonidan taklifning
qabul qilinganligi toʻgʻrisidagi javob shu muddat ichida taklif qiluvchi
(offerent) tomonidan olingan holdagina tuzilgan hisoblanadi. Oferta
yoʻllagan shaxs uning akseptini olgan paytdan shartnoma tuzilgan
hisoblanadi.
Shartnoma tuzish haqidagi taklif (oferta) akseptantga bildirilgunicha
chaqirib olinishi mumkin. Biroq u akseptant tomonidan qabul qilib olingan
boʻlsa, akseptlash uchun belgilangan muddat davomida chaqirib olinishi
mumkin emas.


Oferta muayyan shaxsga ham, nomuayyan shaxslarga ham qaratilgan


boʻlishi mumkin. Masalan, mahsulotni reklama qilish, oʻz xizmatini taklif etib
e’lon berish–nomuayyan shaxslar doirasida yoʻllangan oferta hisoblanadi. Bunday
ofertani, odatda, ommaviy oferta deb ham yuritiladi.


Oferta yuborilgan shaxsning uni qabul qilganligi haqidagi javobi


aksept hisoblanadi. Aksept toʻliq va pisandasiz boʻlmogʻi shart. Agar
qonundan, ish muomalasi odatidan yoki taraflarning ish boʻyicha avvalgi
munosabatlaridan boshqacha ma’no kelib chiqmasa, sukut saqlash aksept
boʻlmaydi.
Agar shartnoma toʻgʻrisidagi taklif (oferta) javob uchun muddat
tayinlanmasdan, ogʻzaki ravishda qilingan boʻlsa, ikkinchi taraf


2


94





(akseptant) bu taklifni qabul qilganligini darhol taklif qiluvchiga
(offerentga) bildirgan holdagina shartnoma tuzilgan hisoblanadi.
Agar bunday taklif yozma ravishda qilingan boʻlsa, taklifni qabul
qilganlik (aksept) toʻgʻrisidagi javob uni olish uchun lozim boʻlgan normal
vaqt davomida olingan taqdirdagina, shartnoma tuzilgan hisoblanadi.
Agar shartnoma tuzishga rozi boʻlganlik toʻgʻrisidagi kechiktirilib
olingan javobdan uning oʻz vaqtida yuborilganligi ma’lum boʻlsa, bu holda
taklif qiluvchi shaxs (offerent javobning kechiktirilib olinganligi
toʻgʻrisida ikkinchi taraf (akseptant)ni darhol xabardor qilsagina javob
kechiktirilgan hisoblanadi. Bu holda javob ayni paytda yangi taklif (oferta)
hisoblanadi.
FKning 375-moddasida koʻrsatilganidek, ofertada taklif qilinganidan
boshqacha shartlar asosida shartnoma tuzishga rozilik bildirish
toʻgʻrisidagi javob aksept hisoblanmaydi. Bunday javob akseptdan bosh
tortish va ayni vaqtda yangi oferta hisoblanadi.
Odatda, shartnomada u tuzilgan joy koʻrsatib oʻtilishi kerak. Agar
shartnomada uning tuzilgan joyi koʻrsatilmagan boʻlsa, shartnoma oferta
yoʻllagan fuqaroning yashash joyida yoki yuridik shaxsning joylashgan
yerida tuzilgan hisoblanadi (FK 376-modda).



Download 2,11 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   145   146   147   148   149   150   151   152   ...   157




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish