Bitimshakligavauningrekvizitlariganisbatanqo‘shimcha talablar Bitimning yozma shakliga va ularning rekvizitlariga nisbatan
umumiy talablar qonunlar, boshqa huquqiy hujjatlar va taraflarning
kelishuvi bilan to‘ldirilishi mumkin. Masalan, taraflarning imzolarini muhr
bosib tasdiqlanishi to’g’risidagi taraflar bitim ishtirokchilarining kelishuvi
bilan belgilanadi,
qalbakilashtirishidan muhofaza qilish maqsadida
qimmatbaho qog‘ozlar blankalariga qo‘yiladigan talablar qonun
hujjatlarida belgilab qo‘yiladi. Bitimlarning yozma shakliga qo‘yiladigan
qo‘shimcha talablar turli bo‘lishi mumkin, ularning qateiy doirasi belgilab
qo‘yilmagan.
Qonun hujjatlarida, taraflarning kelishuvida qo‘shimcha talablarga
rioya qilmaslik oqibatldari nazarda tutilishi mumkin. Agarda bunday
oqibatlar nazarda tutilgan bo‘lmasa, FKning 109-moddasida belgilangan
bitimning oddiy yozma shakliga rioya qilmaslik oqibatlari qo‘llaniladi.
Nazoratuchunsavollar:
1
.Koʻp hollarda bitim va shartnoma tushunchasi bir xil hisoblanadi
hamda shartnoma tushunchasi oʻrniga bitim va bitim tushunchasi oʻrniga
3
10
bitim tushunchasi qoʻllaniladi. Mazkur holatlarning qaysi bir huquqiy
jihatdan asosli ekanligi muhokama qiling?
2
. Shartnomalar tuzish erkinligi tamoyili va FKning 377-moddasida
belgilangan majburiy tartibda shartnoma tuzish qoidalarining nisbatini
tahlil qiling?
3
. Fuqaro Qodirovdan Maqsudov 900.000 soʻm miqdorida
1
0 kunlik muddat ichida qaytarish sharti bilan qarz oldi. Umumiy qoida
boʻyicha Qodirov Maqsudovga shartnomani yozma ravishda ifodalab
qoʻyishlarini taklif qildi. Shu ondayoq Maqsudov: “ey, ogʻayni, sen nima
deb oʻylayapsan, men aytilgan kundayoq pulni qoʻlingga tutqazaman”, deb
ogʻzaki roziligini olib, taraflar bunga kelishgandek boʻldilar. Belgilangan
kun oʻtdi, ammo puldan darak boʻlmadi. Qodirov Maqsudovdan pulni
talab qilganida, u bunga oʻtaketgan e’tiborsizlik bilan qaradi. Qodirov
ushbu masala yuzasidan sudga murojaat qildi. Sud tergovida Maqsudov
shartnoma tuzilayotganida ogʻzaki kelishishga oʻzi rozi boʻlganligini
xaspoʻshlashga urindi.
Ishboʻyichafikringizqanday?Sukutsaqlashakseptboʻlaoladimi? Shartnomaningyozmashakliuningogʻzakishaklidanqandayafzalliklarga ega?Agarkelishuvyozmashakldaifodalangandajarayonqanday kechardi?
4
. Fuqarolar E. Qurbanov va D. Xayrullaevalar xonadonni oldi-sotdi
shartnomasini imzoladilar. Shartnoma qonunga muvofiq notarius
tomonidan rasmiylashtirildi. Biroq xonadonni sotuvchi D. Xayrullayeva
mulk huquqini E. Qurbanovga oʻtganligini tasdiqlab, Texnik
inventarizastiyalash mahkamasidan roʻyxatga oʻtkazishni ayrim sabablarni
roʻkach qilib kechiktirib kelgan. Sotib oluvchi fuqaro E. Qurbanov uyga
nisbatan mulk huquqini qoʻlga kiritish uchun qanday harakatlarni amalga
oshirishi kerak. Shartnoma bunday vaziyatlarda qachon tuzilgan
hisoblanadi.