partiyasi – 20 nafar deputatdan iborat tarkibda N.Umarov boshchiligida
56
faoliyat
yuritmoqdalar.
52
O’zbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Qonunchilik palatasining “O’zbekiston Respublikasi Oliy Majlisining
Qonunchilik palatasiga O’zbekiston “Milliytiklanish” demokratik partiyasidan saylangan deputatlar fraktsiyasini
ro’yxatga olish to’g’risida”gi 2008 yil 15-avgustdagi 847-I-sonli Qarori.
53
O’zbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Qonunchilik palatasining “O’zbekiston Respublikasi Oliy Majlisining
Qonunchilik palatasiga O’zbekiston Liberal-demokratik partiyasi”dan saylangan deputatlar fraktsiyasini ro’yxatga
olish to’g’risida”gi 2014 yil 22 yanvardagi 11-II –sonli Qarori
54
O’zbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Qonunchilik palatasining “O’zbekiston Respublikasi Oliy Majlisining
Qonunchilik palatasiga O’zbekiston “Milliytiklanish” demokratik partiyasidan saylangan deputatlar fraktsiyasini
ro’yxatga olish to’g’risida”gi 2014 yil 22 yanvardagi 13-II-sonli Qarori.
55
O’zbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Qonunchilik palatasining “O’zbekiston Respublikasi Oliy Majlisining
Qonunchilik palatasiga O’zbekiston Xalq-demokratik partiyasidan saylangan deputatlar fraktsiyasini ro’yxatga
olishto’g’risida”gi 2014 yil 22 yanvardagi 12-II -sonliQarori
56
O’zbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Qonunchilik palatasining “O’zbekiston Respublikasi Oliy Majlisining
Qonunchilik palatasiga “Adolat” sotsial-demokratik partiyasidan saylangan deputatlar fraktsiyasini ro’yxatgaolish
to’g’risida”gi 2014 yil 22 yanvardagi 14-II –sonli Qarori
49
O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasi faoliyatini o‘ziga
xos xususiyati shundaki, qo‘mita raisi, uning o‘rinbosari va qo‘mita a'zolari
lavozimlari deputatlarning qaysi partiyaga yoki guruhga mansubligini hamda
saylovda saylovchilarning qancha ovozini olganligini inobatga olgan holda yaxlit
(umumiy) qarori bilan belgilanadi. Ushbu qoidaga asosan O‘zbekiston Liberal-
demokratik partiyasi fraksiyasi - Mudofaa va xavfsizlik masalalari, Sanoat,
qurilish, va savdo masalalari, Agrar va suv xo‘jaligi masalalari, Axborot va
kommunikatsiya texnologiyalari masalalari qo‘mitalari; O‘zbekiston Xalq
demokratik partiyasi fraksiyasi – Qonunchilik va sud-huquq masalalari, Mehnat va
ijtimoiy masalalar, Xalqaro ishlar va parlamentlararo aloqalar qo‘mitalari; “Milliy
tiklanish” partiyasi fraksiyasi – Fan, ta'lim, madaniyat va sport masalalari,
Demokratik institutlar, nodavlat tashkilotlar va fuqarolarning o‘zini o‘zi boshqarish
organlari qo‘mitalari; “Adolat” sotsial-demokratik partiyasi fraksiyasi – Byudjet va
iqtisodiy islohotlar qo‘mitasi; O‘zbekiston ekologik harakati deputatlar guruhi
uchun – Ekologiya va atrof muhitni muhofaza qilish masalalari qo‘mitasi raislari
lavozimi taqsimlandi
57
.
Siyosiy partiyalar fraksiyalarining o‘ziga xos xususiyatlari mavjud bo‘lib, ular
quyidagilardan iborat:
–
odatda siyosiy partiya fraksiyalarining tarkibiga siyosiy partiyalarning
yetakchi vakillari va nisbatan faol bo‘lgan a'zolari kiradi;
–
siyosiy partiya fraksiyalari siyosiy partiya intizomi va faoliyati bilan
bevosita bog‘liq bo‘ladi;
–
siyosiy partiya fraksiyalariga maxsus organlar boshchilik qiladi;
–
o‘ta muhim masalalarning hal qilinishi oldidan siyosiy partiya
fraksiyalarining yig‘ilishlari o‘tkazilishi mumkin;
–
davlat boshqaruvida ishtirok etadi;
57
O’zbekiston Respublikasi Qonunchilik palatasining “O’zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasi
qo’mitalari ro’yxatini tasdiqlash, qo’mitalar raislari lavozimlarini siyosiy partiyalar fraktsiyalari va deputtatalar
guruhi o’rtasida taqsimlash to’g’risida”gi 2014 yil 22 yanvardagi 16-II –sonli Qarori.
50
–
siyosiy partiya fraksiyalarining tashkil etilishi va faoliyati bilan bog‘liq
masalalar parlament reglamenti hamda konstitutsiyaviy odatlar bilan tartibga
solinadi.
“Davlat boshqaruvini yangilash va yanada demokratlashtirish hamda
mamlakatni modernizatsiya qilishda siyosiy partiyalarning rolini kuchaytirish
to‘g‘risida”gi Konstitutsiyaviy qonun qabul qilingunga qadar “parlament
ko‘pchiligi” va “parlament ozchiligi” institutlari mexanizmi muayyan qonunlar
bilan tartibga solinmagan. O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik
palatasining 2005 yil 28 iyulda qabul qilingan 102-I-sonli Qarori bilan
tasdiqlangan “O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasining
Reglamenti
58
”ning 56-moddasida fraksiyalar Qonunchilik palatasida o‘z umumiy
manfaatlarini ifodalash va faoliyatini muvofiqlashtirish maqsadida fraksiyalar
blokiga birlashishlari mumkinligi belgilangan bo‘lsada, shuningdek 57-moddada
deputatlarning yarmidan ko‘pini birlashtirgan fraksiya yoki fraksiyalar bloki
parlament ko‘pchiligini tashkil etishi belgilangan bo’lsada, ushbu reglamentda
parlamentdagi muxolifatning qanday huquq yoki imtiyozlarga ega ekanligi
ko’rsatilmagan edi.
“Davlat boshqaruvini yangilash va yanada demokratlashtirish hamda
mamlakatni modernizatsiya qilishda siyosiy partiyalarning rolini kuchaytirish
to‘g‘risida”gi Konstitutsiyaviy qonunining qabul qilinishi ushbu “parlamentdagi
ko‘pchilik” va “parlamentdagi ozchilik” tushunchalariga qonuniy ta'rif va aniqlik
kiritdi. Unga ko‘ra, O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Qonunchilik
palatasida ko‘pchilik o‘rinni egallagan siyosiy partiya fraksiyasi parlamentdagi
ko‘pchilikni tashkil etadi. Shuningdek, o‘z dasturiy maqsadli vazifalarining
yaqinligidan yoki mosligidan kelib chiqqan holda blok tuzadigan bir nechta siyosiy
partiyalar fraksiyalari va O‘zbekiston Ekologik Harakatidan saylangan deputatlar
ham parlamentdagi ko‘pchilikni tashkil etishi mumkin.
58
O’zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi palatalarining Axborotnomasi. –2014 й., 16-сон, 177-модда; 20-сон, 222-
модда.
51
Yangidan shakllantirilgan hukumatning tutgan yo‘li va dasturiga yoki uning
ayrim yo‘nalishlariga qo‘shilmaydigan siyosiy partiyalar fraksiyalari, shuningdek
O‘zbekiston Ekologik Harakatidan saylangan deputatlar o‘zlarini parlamentdagi
muxolifat, deb e'lon qilishi mumkin.
Muxolifat (oppozitsiya – lotincha - qarshi qo‘ymoq) ozchilikni ifoda etib,
rasmiy qarashlarni tan olmaslik, ozchilikning qarash va maqsadlari, siyosiy
jarayonlardagi
ko‘pchilik
qatnashchilarning
qarash
va
maqsadlaridan
foydalanishdir
59
.
Jahon konstitutsiyaviy amaliyotida muxolifatning keng tarqalgan ikki modeli:
Vestministr (anglosakson) va kontinental (fransuz) modellari mavjud. Vestministr
modelida kim – hokimiyat, kim –muxolifat ekanligi aniq ajratilgan. Saylovlarda
yutib chiqqan – hokimiyat, yutqazgan-muxolifatni tashkil etadi.Ushbu modeldagi
mamlakatlar Konstitutsiyalarida parlament muxolifati maqomiga alohida urg‘u
berilgan
60
.
Respublikamizdagi qonunchilikka ko‘ra, ko‘pchilikni tashkil etuvchi
fraksiyalar ham muxolifat fraksiya ham teng bo‘lib, ularga bir xil huquqlar
berilgan. Qonunchilikda ularning parlamentni tarkibiy qismi ekanligi inobatga
olinib, qator huquq va imtiyozlar taqdim etilgan. O‘zbekiston Respublikasi
“Siyosiy partiyalar to‘g‘risida”gi Qonunining 13-moddasida siyosiy partiyaning
O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasidagi fraksiyasi
quyidagi huquqlarga ega ekanligi mustahkamlangan:
Qonunchilik palatasi majlisining kun tartibini tuzishda ishtirok etish;
O‘zbekiston Respublikasi Bosh vazirini lavozimidan ozod etish to‘g‘risidagi
tashabbus bilan O‘zbekiston Respublikasi Prezidentiga murojaat qilish;
Qonunchilik palatasi majlisining kun tartibidagi har bir masala bo‘yicha
muzokaralarda fraksiya vakiliga kafolatlangan so‘z berilishi;
59
Tinchlik va bag’rikenglik atamalari izohli lug’ati. Mas’ul muharrir.Q.A.Jo’raev. –Toshkent: Jahon iqtisodiyoti va
diplomatiya universiteti, 2005. – B. 79.
60
Исмаилов Б. Генезис правовой регламентации статуса политической оппозиции. //
www.порталус.ру
52
tegishli ravishda O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Qonunchilik
palatasi Spikeriga va O‘zbekiston Respublikasi Hukumatiga, vazirlarga,
shuningdek boshqa davlat organlarining rahbarlariga so‘rov bilan murojaat etish;
Qonunchilik palatasining Spiker o‘rinbosarligiga, qo‘mitalari va komissiyalari
raisligiga nomzodlar bo‘yicha takliflar kiritish;
Qonunchilik palatasining majlisida muhokama qilinayotgan masala bo‘yicha
fraksiya fikrini deputatlar orasida tarqatish kabilar.
Shu o‘rinda ta'kidlab o‘tish lozimki, “Davlat boshqaruvini yangilash va
yanada demokratlashtirish, hamda mamlakatni modernizatsiya qilishda siyosiy
partiyalarning rolini kuchaytirish to‘g‘risida”gi O‘zbekiston Respublikasining
Konstitutsiyaviy qonunida o‘zini parlamentdagi muxolifat, deb e'lon qilgan siyosiy
partiya fraksiyasi qonunda fraksiyalar uchun nazarda tutilgan vakolatlar bilan bir
qatorda, quyidagi huquqlarga egaligi belgilangan:
1) O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasi mas'ul
qo‘mitasining tegishli masala bo‘yicha ma'ruzasi bilan bir vaqtda qonun
loyihasining muqobil tahririni kiritish;
2) muhokama etilayotgan masalalar yuzasidan o‘zining alohida fikrini
O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasining yalpi majlisi
bayonnomasiga kiritish;
3) O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Senati tomonidan rad etilgan
qonun bo‘yicha kelishuv komissiyasida o‘z vakillarining kafolatli ishtirok etishi.
Parlamentdagi
muxolifatning
qonun
bilan
kafolatlangan
huquqlari
parlamentdagi ko‘pchilik tomonidan kamsitilishi mumkin emas. Bugungi kunda
yuqoridagilarga qo’shimcha raishda parlamentdagi muxolifat bo’lgan siyosiy
partiya fraksiyasi qonun loyihasi birinchi o‘qishda ko‘rib chiqilguniga qadar o‘sha
masalaga doir qonun loyihasining shuningdek, Qonunchilik palatasi qarori
loyihasining muqobil tahririni kiritish
61
huquqiga ham ega.
61
“O’zbekiston Respublikasining Oliy Majlisi Qonunchilik palatasi reglamenti to’g’risida”gi Qonuni 2015 yil 29
dekabr, O’RQ-396 (O’zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi palatalarining Axborotnomasi. –2014 y., 16-son, 177-
modda; 20-son, 222-modda)
53
Do'stlaringiz bilan baham: |