Toshkent davlat yuridik universtiteti davlat boshqaruvi kafedrasi


 Davlat boshqaruvini demokratlashtirish sharoitida siyosiy partiyalar



Download 435,94 Kb.
Pdf ko'rish
bet22/35
Sana16.06.2021
Hajmi435,94 Kb.
#67749
1   ...   18   19   20   21   22   23   24   25   ...   35
Bog'liq
davlat boshqaruvini demokratlashtirishda siyosiy partiyalarning rolini yanada kuchaytirish masalalari.

1.3. Davlat boshqaruvini demokratlashtirish sharoitida siyosiy partiyalar 

faoliyatiga doir huququiy qarashlar. 

Har  bir  davlat  o‘z  rivojlanish  yo‘lini  unda  mavjud  urf-odatlari,  qadriyatlari, 

o‘z imkoniyatlari va xalqining xohish-irodasiga tayanib belgilaydi. Bugungi kunda 

jahon  hamjamiyati  tan  olgan  haqiqat  shuki,  har  qanday  afzal  deb  baholangan 

demokratiya  namunasi  biron-bir  xalq  hayotiga  taklif  etilishi  yoki  zo‘rma-zo‘raki 

kiritilishi  kutilgan  natijani  bermaydi.  Aksincha,  demokratik  qadriyatlarming 

yillardan  buyon  shakllanib  kelayotgan  o‘ziga  xos  milliy  qadriyatlar  bilan  uyg‘un 

holda, fuqarolar ongi, qarashlari bilan mutanosib ravishda rivojlanib boradi

35

.

 



Hozirda  mamlakatimizda  ko‘ppartiyaviylik  tizimi  to‘la  qaror  topgan.  

Ushbu  partiyalar  respublikamizdagi  siyosiy  jarayonlarda  faol  ishtirok 

etmoqda  va  ularning  tashkil  topishi,  jamiyatda  o‘z  o‘rniga  ega  bo‘lishi  va 

to‘laqonli faoliyat yuritishi uchun huquqiy asoslar mavjud.   

                                                             

35

I. Bekov,  K. Xamidova: O’zbekiston Respublikasi Markaziy saylov komissiyasi, “Saylov va siyosiy partiyalar” 



Toshkent - 2014 


32 

 

Endi  davlat  boshqaruvini  demokratlashtirishda  siyosiy  partiyalar  faoliyatini 



tashkil etish masalalarini turli olimlar fikirlari orqali tahlil qilsak. 

Davlat  boshqaruvini  demokratlashtirish  sohasida  ko’plab  ilmiy  izlanishlar 

olib  brogan  SH.  Mamadalievning    fikricha,    siyosiy    partiyalar    quyidagi  

kontseptualahamiyatga ega masalalarda o‘zlarining mustaqil fikr va maqsadiga ega 

bo‘lishlarizarur: 

–  birinchidan,  hokimiyatga,  davlatga  munosabatda.  Hokimiyatda yetakchi 

mavqega ega bo‘lish uchun kurash siyosiy  partiyalar tarixida sinovdan o‘tgan va 

uzoq  asrlik  hurlik,  demokratiya  uchun  kurashda  sinalgan  faoliyat  turidir.  Bu  

esasiyosiy    partiyalardan    davlat    va    jamiyatni    boshqarish,    demokratik  

taraqqiyotyo‘llarini ko‘ra bilishni taqozo etdi; 

–    ikkinchidan,    siyosiy    partiyalar    o‘tish    davri    talablarini    to‘liq  

ifodaetadigan    «davlat    barcha    islohotlarning    bosh    tashabbuskori»,    degan  

printsipga 

o‘z    munosabatini    bildirib,    nafaqat    davlat,    xuddi    shuningdek,    o‘zi,    ya‘ni  

siyosiybirlashmalar,  jamoat  tashkilotlari,  fuqarolarning  o‘zini  o‘zi   boshqarish  

organlariham    ijtimoiy    o‘zgarishlarning    tashabbuskorlari    bo‘lishi    mumkinligi  

g‘oyasiniilgarisurishlarilozim.  Agar  ular  ushbu  printsipni  himoya  qilolmasalar,  

hechqachon taraqqiyparvar g‘oyalarning tashabbuskori bo‘lolmaydilar; 

–    uchinchidan,    ijtimoiy-siyosiy    hayot    jadal    rivojlanib,    yangi-

yangimuammolarni    hal    etishni    kun    tartibiga    qo‘yayotgan    hozirgi  

paytdasiyosatshunoslikni haqiqiy ilm, fan sifatida rivojlantirishga ehtiyoj mavjud; 

–    to‘rtinchidan,    siyosiy    partiyalarda    ichki    demokratiya    deyarli    yo‘q.  

Bahs-munozara  ular  hayotining  mezoniga  aylanmagan.  Parlamentga  saylangan 

partiya  yetakchilari,    faollari    kelgusi    saylovgacha    partiya    ichki    faoliyatini  

jonlantirishgaemas,    balki    erishgan    mandatini,    lavozimini    saqlab    qolishga  

intiladilar,  xolos.  

Natijada    partiya    hayoti    «amorf»    bo‘lib    qolishga    majbur.    Demak,  

partiyalardaichki  demokratiya  va    hurfikrlilikni,    partiyalararo    bahsni,  




33 

 

munozarani,    o‘zini  o‘zitanqid  qilishni  shakllantirish  mexanizmlarini  yaratish 



zarur;  

–    beshinchidan,  quyi    palataga    saylanadiganlar    uchun    saylovlarda    ochiq-

oshkora    qatnashish,    o‘z    huquqlarini    himoya    qilish,    bahs,  

raqobatlashishimkoniyatlarini  beradigan  mexanizmlarni  yaratish  zarur

36

  degan 


fikirlarni bildirib o’tgan. 

Huquqiy  demokratik  davlat  va  fuqarolik  jamiyatining  shakllanishi  va 

rivojlanishida  siyosiy  partiyalar  muhim  rol  o’ynaydi.  Davlat  boshqaruvini 

demokratlashtirishda ko‘ppartiyaviylik asosida jamiyatdagi barcha siyosiy kuchlar, 

ijtimoiy  tabaqalarning  manfaatlarini  birdek  himoya  qilish  eng  asosiy  vazifalardan 

biri sanaladi.  

Siyosatshunos    olim    M.  Qirg‘izboev    o‘z    ilmiy    tadqiqotlarida    chet  

elolimlarining    fikrlarini    o‘rgangan    holda,    AQSH    siyosatshunosiJ.  La 

Palombaraning    partiyani    tashkil    qilish    borasidagi    to‘rt    belgisi  

borliginiko‘rsatadi:  

1)  uyokibumafkurayoxuddunyoqarashtashuvchisihamdadunyova 

insonni bilish hamda anglashning o‘z yo‘liga ega bo‘lishi; 

2)  siyosatning  barcha  darajalarida,  ya‘ni  mahalliy  darajadan  to  xalqaro 

bosqichlar    bo‘g‘inlarigacha    faoliyat    ko‘rsatayotgan    a‘zolarning  

birlashmasi, tashkiloti ekanligi; 

3)  maqsadi hokimiyatni egallash va uni amalga oshirish ekanligi;  

4)    unga    ovoz    berishdan    tortib,    to    mazkur    partiyaga    faol    a‘zo  

bo‘lishigachabo‘lgan    jarayonlarda    xalq    tomonidan    qo‘llab-quvvatlanishga  

erishish  uchunharakat qilishi.  

Siyosiy jihatdan  yondashganda,  partiyalarning  eng  asosiy   maqsadi davlat 

boshqaruvini demokratlashtirishda kishilarning  bir-birlari  bilan  birlashishi,  ular 

                                                             

36

Mamadaliev SH. Xalq hokimiyatchiligi. — T., 2003. — 33-b.



 


34 

 

manfaat    va    ehtiyojlariningqondirilishi,    shuningdek    inson    huquqlarining    teng  



huquqli  sub‘ekti  sifatidasiyosiy tizimdan o‘ziga munosib joy olishidir

37



 Demak  siyosiy  partiyalar  huquqiy  davlat  va  fuqarolik  jamiyatini  barpo 

etishda aholi  turli qatlamlarining  maqsad-muddaolari  va  manfaatlarini  ifodalovchi 

jamoat  tashkiloti  hisoblanadi.  Chunki  aholining  o‘z  xohish-irodasini  erkin 

bildirishi  hamda  uni  amalga  oshirishida  davlat  va  fuqaro  o‘rtasidagi  vosita 

vazifasini  siyosiy  partiyalar  bajaradilar.  Bu  jarayon    fuqarolik  jamiyatini 

shakllantirishning  muhim  sharti  bo‘lgan  nodavlat  va  jamoat  tashkilotlarining 

jamiyat  hayotidagi  o‘rni  va  ahamiyatini  keskin  kuchaytirish,  yoki  boshqacha 

aytganda,  “Kuchli  davlatdan  kuchli  jamiyat  sari”  degan  tamoyilni  amalda 

hayotga joriy etishni taqozo etadi.   

Bu  xususda  Prezident  I.Karimovning  quyidagi  fikri  o‘rinlidir:          “Har  bir 

partiya o‘z qiyofasiga, jamiyatning o‘zi suyanadigan qatlamlari manfaatlarini ifoda 

qiluvchi aniq dasturiga ega bo‘lishi lozim. U, hozir taomilda bo‘lganidek, o‘zining 

ma'lum  va  doimiy  saylovchilariga  ham  ega  bo‘lishi  lozim.  Ayni  paytda  har  bir 

partiya  obro‘-e'tibor  orttirishga  intilishi,  ko‘proq  ishonch  qozonishga,  binobarin, 

qonun  chiqaruvchi  va  vakillik  organlarida,  keyinchalik  esa  hokimiyatning  ijrochi 

organlarida ham ko‘proq o‘rin olishga harakat qilmog‘i darkor. Xalqqa saylov oldi 

mavsumida  e'lon  qilgan  dasturining  eng  to‘g‘ri  ekanini,  mamlakat  intilayotgan 

maqsad, farovon hayotga aynan mana shu dastur orqali erishish mumkinligini isbot 

qilgan holda, uni izchillik bilan hayotga tatbiq etishi lozim”

38



Jamiyatni  yanada  demokratlashtirish  yo‘lida  ijtimoiy,  iqtisodiy,  siyosiy 

sohalarda  amalga  oshirilayotgan  islohotlarning  jamiyat  hayotida  aks  etayotgan 

samarali  natijalarini  qayd  etib,  shuni  e'tiborga  olish  kerakki,  siyosiy  partiyalar 

faoliyati  modernizatsiyalashgani  sari  faoliyatining    huquqiy  asoslari  yangi 

bosqichga  ko‘tarilishi  ro‘y  beradi.  Mazkur    jarayonlar  to‘g‘risida  Prezidentimiz 

I.A.Karimov  shunday  fikr  bildiradi:  “...jamiyatimiz  rivojlangani,  yuksak 

bosqichlarga ko‘tarilgani sari davlatning ko‘pgina vazifalari, shu jumladan, nazorat 

                                                             

37

Qirg’izboev M. Fuqarolik jamiyati: siyosiy partiyalar, mafkuralar, madaniyatlar. — T., 1998. — 31-b. 



38

 Karimov I.A. Bunyodkorlik yo’lidan. T.4. –T.: “O’zbekiston”, 1996. –B.205-207. 




35 

 

vazifasi ham, uning roli va ahamiyati ham tobora kamayib, u o‘z o‘rnini jamoat va 



nodavlat  tashkilotlariga,  fuqarolar  uyushmalari  va  idoralariga  berishi,  bu  jarayon 

to‘xtovsiz kuchayib borishi zarur”

39



Siyosiy  partiyalar  faoliyati  borasida  Prezident  I.Karimovning  quyidagi  fikri 



ham  o‘rinlidir:  “Har  qaysi  siyosiy  partiyaning  jamiyatimizdagi  kuchi  ularning 

ijtimoiy-siyosiy,  iqtisodiy,  madaniy-ma'naviy  sohalarda  taklif  etgan  va  amalga 

oshirayotgan  dasturlarining  ta'siri  va  ularni  qo‘llab-quvvatlayotgan  tarafdorlari 

soni bilan o‘lchanadi.  

Binobarin, partiyalar o‘zining ijtimoiy-siyosiy faoliyatini aholi orasida qancha 

jonlantirib,  kengaytirib  borsa,  xalqimiz  va  saylovchilarimizning  siyosiy  ongi  va 

faolligi  shuncha  yuksalib,  ularning  islohot  va  o‘zgarishlarga  o‘tkazadigan  ta'siri 

tobora ortib boraveradi”

40



Yuqoridagilardan  kelib  chiqb  aytishimiz  mumkinki  hozirgi  davrda  barcha 



demokratik  mamlakatlar  va  fuqarolik  jamiyatlaridagisiyosiy    partiyalar    mavjud  

konstitutsiyaviy  huquq  me‘yorlarini  saqlagan, shuningdek,  fuqarolarning  huquq  

va    erkinliklariga    daxl    qilmagan    holda    o‘zmamlakatlarida    uzoq    davrlar  

mobaynida  shakllangan  siyosiy  jarayonlar  vamunosabatlar  taomillari  doirasida  

muqobil    siyosiy    yo‘llarni    ifoda    etuvchi    vositasifatida  faoliyat  ko‘rsatib 

kelmoqdalar. 

Yuqoridagi  olimlar  fikrlaridan  kelib  chiqib  aytish  mumkinki,  siyosiy  

partiyalar    va    ijtimoiy    harakatlar    xalq    bilan    hokimiyat    o‘rtasidaasosiy  

bog‘lovchi  bo’lgandagina haqiqiy demokartiya shakillanishi mumkin.  

Shuningdek  bugungi    kunda    mamlakat    siyosiy    hayotining    barcha  

sohalarini,  davlat  vajamiyat  qurilishini  erkinlashtirishda,  fuqarolarning  siyosiy,  

iqtisodiy    faolliginikuchaytirish    va    insonning    o‘z    qobiliyatini    to‘la    ro‘yobga  

chiqarishi    uchuntegishli    shart-sharoit    yaratishda,    odamlarning    o‘z    xohish-

irodasini    erkin    ifodaetish,    o‘z    manfaatlarini    ro‘yobga    chiqarish    va    himoya  

                                                             

39

 Karimov I.A. Havfsizlik va tinchlik uchun kurashmoq kerak. T. 10. – T.: O’zbekiston, 2002. –B. 157-b. 



40

 Karimov I.A. Jamiyatimizni erkinlashtirish, islohotlarni chuqurlashtirish, ma’naviyatimizni yuksaltirish va 

xalqimizning hayot darajasini oshirish – barcha ishlarimizning mezoni va maqsadidir. T. 15. -T.: O’zbekiston. 2007. 

–B. 102-103.  




36 

 

qilish    huquqinirivojlantirish    va    amalda    namoyon    qilishda,    jamiyatimizda  



mavjud    bo‘lgan    turlimanfaatlar,    qarama-qarshi    kuchlar    va    harakatlar  

o‘rtasidagi    muvozanatnita‘minlaydigan    samarali    mexanizmni    shakllantirishda  

siyosiy partiyalar muhim rol o‘ynaydi. 

 

 



 

 

 



 

 

 



 

 

 



 

 

 



 

 

 



 

 

 



 

 

 




37 

 


Download 435,94 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   18   19   20   21   22   23   24   25   ...   35




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish