Toshkent davlat yuridik universtiteti davlat boshqaruvi kafedrasi


 O’zbekiston  Respublikalasi  Oliy  Majlisi  Qonunchilik  palatasini



Download 435,94 Kb.
Pdf ko'rish
bet25/35
Sana16.06.2021
Hajmi435,94 Kb.
#67749
1   ...   21   22   23   24   25   26   27   28   ...   35
Bog'liq
davlat boshqaruvini demokratlashtirishda siyosiy partiyalarning rolini yanada kuchaytirish masalalari.

2.2. O’zbekiston  Respublikalasi  Oliy  Majlisi  Qonunchilik  palatasini 

shakillantirish tizimida siyosiy partiyalarning o’rni. 

O‘zbekiston  Respublikasi  Oliy  Majlisi  Qonunchilik  palatasi  faoliyatini 

siyosiy  partiyalarsiz tasavvur qilib bo‘lmaydi.  Binobarin, saylovchilarning siyosiy 

partiyalar  va  ular  ko‘rsatgan  nomzodlarga  nisbatan  ishonchi  ortmoqda.  Bu  esa 

mamlakatda  siyosiy  partiyalarning  rolini  oshirishga  qaratilgan  islohotlarning 

huquqiy asoslari yaratilganligidan dalolat beradi. 

Bugungi kunda O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasini 

shakllantirishda  siyosiy  partiyalar  ishtirokining  o‘ziga  xos  xususiyatlari 

quyidagilarda namoyon bo‘ladi:  

– 

siyosiy  partiyalar  -  O‘zbekiston  Respublikasi  Oliy  Majlisi  Qonunchilik 



palatasini shakllantirishda ishtirok etuvchi siyosiy tizimning asosiy elementidir; 

– 

siyosiy  partiyalar  O‘zbekiston  Respublikasi  Oliy  Majlisi  Qonunchilik 



palatasini shakllantirishda bevosita saylovlar orqali ishtirok etadilar; 

– 

siyosiy  partiyalar  O‘zbekiston  Respublikasi  Oliy  Majlisi  Qonunchilik 



palatasini  shakllantirishda  ishtiroki  maxsus  qonunchilik  hujjatlari  bilan  tartibga 

solinadi; 

– 

O‘zbekiston 



Respublikasi 

Oliy 


Majlisi 

Qonunchilik 

palatasiga 

saylovlarda  ishtirok  etish  bu  siyosiy  partiyalarning  nafaqat  huquqi,  balki  ularning 

o‘ziga  xos  belgisi,  ya'ni  o‘zlarining  jamiyat  oldidagi  majburiyatini  saylovlarda 

ishtirok etishi bilan tasdiqlashidir; 




43 

 

– 



siyosiy  partiyalar  O‘zbekiston  Respublikasi  Oliy  Majlisi  Qonunchilik 

palatasini  shakllantirishda  ishtirok  etish  orqali  davlat  hokimiyatini  egallash 

bo‘yicha ko‘zlangan maqsadlariga erishish uchun harakat qiladilar. 

O‘zbekiston  Respublikasi  Oliy  Majlisi  Qonunchilik  palatasi  saylovlarining 

o‘ziga  xosligi  to‘g‘risida,  huquqshunos  olim  A.A.Azizxo‘jaev  quyidagicha  fkir 

bildirib  o’tgan:  “Navbatdagi  saylovlarda  partiya  fraksiyalarining  parlamentdagi 

faoliyati  saylovchilar  uchun  ovoz  berish  mezoni  bo‘lib  xizmat  qiladi.  Boz  ustiga, 

quyi  palataning  ishi  partiya  vakillari  faoliyatiga  bog‘liqligi  partiyalar  ishini 

jonlantirishga xizmat qiladi

42

”. 



Siyosiy  partiyalar  nomzodlarni  ko‘rsatish  va  ularni  ro‘yxatga  olish  hamda 

saylovoldi  tashviqot  bosqichlarida  keng  huquq  va  erkinliklardan  foydalanadilar. 

Bunda  siyosiy  partiyalar  asosan  saylov  jarayonining  ikki  bosqichida,  ya'ni, 

nomzodlarni  ko‘rsatish  va  saylovoldi  targ‘ibot-tashviqot  bosqichlarida  faol 

qatnashadilar.  

Siyosiy  partiyalarning  O‘zbekiston  Respublikasi  Oliy  Majlisi  Qonunchilik 

palatasi  saylovida  ishtirokini  tartibga  soluvchi  milliy  qonunchilik  qoidalaridan 

kelib  chiqib,  siyosiy  partiyalarning  saylov  jarayonidagi  quyidagi  huquqlari 

(vakolatlari)ni quyidagicha ajratib ko‘rsatish maqsadga muvofiq hisoblanadi:  

– 

nomzodlarni ko‘rsatish va ro‘yxatga olish bo‘yicha; 



– 

saylovoldi targ‘ibot-tashviqot faoliyatni amalga oshirish bo‘yicha; 

– 

saylovlarni kuzatib borish bo‘yicha; 



– 

saylov kampaniyasini moliyalashtirish bo‘yicha.  

Siyosiy  partiyalarning  O‘zbekiston  Respublikasi  Oliy  Majlisi  Qonunchilik 

palatasi  saylovlarida  ishtirokiga  oid  vakolatlaridan  eng  asosiysi  ularning 

nomzodlar  ko‘rsatish  huquqiga  egaligidir.  O‘zbekiston  Respublikasida  faoliyat 

yurituvchi  siyosiy  partiyalarga  bunday  huquq  O‘zbekiston  Respublikasining 

“Siyosiy 

partiyalar 

to‘g‘risida”gi

43

 



(12-modda), 

hamda 


O‘zbekiston 

                                                             

42

Azizxo’jaev.A. Chin o’zbek ishi. – Toshkent: Akademiya, 2013. – B.76. 



43

 O’zbekiston Respublikasining “Siyosiy partiyalar to’g’risida”gi Qonuni // (O’zbekiston Respublikasi Oliy 

Majlisining Axborotnomasi. – 2014 й., 4-сон, 45-модда) 



44 

 

Respublikasining “O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisiga saylov to‘g‘risida”gi



44

 

Qonunlarida (20-modda) mustahkamlangan. 



Mamlakatimizda  parlamentning  jamiyat  hayotidagi  rolini  oshirish  va  uning 

faoliyatini  professional  asosda  shakllantirish  yo‘lida  amalga  oshirilgan  islohotlar 

natijasi  o‘laroq,  parlament  quyi  palatasiga  nomzod  ko‘rsatuvchi  sub'ektlar  soni 

qisqartirildi.  Ushbu  holat  bizning  fikrimizcha,  siyosiy  partiyalarning  saylovlarda 

haqiqiy raqobat olib borishlari uchun keng imkoniyatlar tug‘diradi. 

Bu  bobarada  huquqshunos  olimlarning  fkir  mulohazalariga  e’tibor 

qaratadigan 

bo’sak, 


huquqshunos 

olim 


A.A.Azizxo‘jaevning 

fikricha: 

“Parlamentga nomzod ko‘rsatayotgan vaqtda partiyalar nomzodlarning mansabiga, 

ko‘rsatgan  xizmatlariga  qaramay,  ularning  qonunchilikni  qay  darajada 

tushunishiga  e'tibor  qaratishga  majbur  bo‘ladilar.  Demak,  partiyalar  o‘z  saflariga 

imkon  qadar  faol,  bilimli,  fidoyi  kishilarni  jalb  qilishga  harakat  qiladilar.Bu 

partiyalarning  o‘z  dasturiy  maqsadlariga  erishish  imkoniyatlarini  yanada 

oshiradi”

45



Hozirgi  kunda  siyosiy  tizimni  siyosiy  partiyalarsiz,  siyosiy  partiyalarni  esa 



fraksiyalarsiz  tasavvur  qilish  mumkin  emas.  E.Xolova  qayd  etganidek,  siyosiy 

partiyalar  faoliyati  davlat  boshqaruvini  demokratlashtirish  va  mamlakatni 

modernizatsiya qilish jarayonida katta ahamiyat kasb etadi

46

.  



Ta'kidlash  joizki,  siyosiy  partiyalar  fraksiyalarining  parlament  faoliyatidagi 

ahamiyati  yuzasidan  huquqshunos  olimlarning  turlicha  fikrlari  ilgari  suriladi. 

Xususan,  bir  guruh  huquqshunoslar  fraksiya  va  deputatlar  guruhlarini  faqat  depu-

tatlarning  parlamentdagi  faoliyatining  bir  ko‘rinishi  sifatida  tan  olsalar,  boshqalar 

esa  uni  qonunchilik  jarayoniga  ta'sir  etuvchi

47

,  parlament  mexanizmini  harakatga 



                                                             

44

 O’zbekiston Respublikasining “O’zbekiston Respublikasining Oliy Majlisiga saylov to’g’risida”gi Qonuni (yangi 



tahrirda) // (O’zbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Axborotnomasi.– 2015 й., 52-сон, 645-модда) 

45



Azizxo’jaev A. Chin o’zbek ishi. – Toshkent: Akademiya, 2013. – B.76. 

46

 Холова Э. Вклад развитие парламентаризма. Материалы Международного круглого стола. – Ташкент: 



Академия, 2007. – С. 94. 

47

 Совет Государственной Думы 1994-1995. / Под рук. И.П.Рыбкина и др. – М., 1996. – С. 9. 




45 

 

keltiruvchi



48

  hamda  parlamentning  muhim  tarkibiy  tuzilmasi

49

  sifatida  baholay-



dilar.  

Mazkur masalada rossiyalik olim E.Mixaylovaning quyidagi mulohazasi ham 

o‘rinli:  “deputatlarning  u  yoki  bu  fraksiyaga  birlashuvi  “to‘g‘ri”  qonunlar  qabul 

qilishga,  kasbdoshlari  bilan  kelishgan  holda  faoliyat  yuritishga,  siyosiy  qarorlarni 

kelishgan  holda  qabul  qilishda  namoyon  bo‘luvchi  deputat  kasb  mahorati 

rivojlanishiga  salbiy  ta'sir  etuvchi  shaxsiy  pozitsiyalarini  oshkor  etishlarini 

cheklaydi”

50

.  Darhaqiqat,  fraksiyalar  faoliyatining  samarali  tashkil  etilganligi 



parlamentning mo‘tadil barqarorligini ta'minlaydi. 

Deputatlarning  muayyan fraksiyaga birlashishi parlament yalpi  majlislaridagi 

ovozlar  miqdoriga  ta'sir  etmaydi,  biroq  ularga  mustaqil  deputatlarga  nisbatan 

quyidagi ba'zi imtiyozlarni beradi: 

– 

O‘zbekiston  Respublikasi  Oliy  Majlisi  Qonunchilik  palatasi  Spikerining 



o‘rinbosari lavozimlaridan birini egallashda kafolatli huquqqa ega bo‘lish; 

– 

so‘zga chiqishda imtiyozli huquqqa ega bo‘lish; 



– 

O‘zbekiston  Respublikasi  PrezidentigaBosh  vazirni  lavozimidan  ozod 

etish to‘g‘risidagi tashabbus bilan murojaat etish kabilarda ko’rish mumkin.  

Siyosiy  partiya  fraksiyalari  parlament  faoliyatining  muhim  tashkiliy  shakli 

bo‘lib, saylovda e'lon qilgan dasturini amalga oshirishga mo‘ljallanadi.  

O‘zbekiston  Respublikasi  “O‘zbekiston  Respublikasi  Oliy  Majlisining 

Qonunchilik  palatasi  to‘g‘risida”gi  Konstitutsiyaviy  qonunining  “Deputatlar 

birlashmalari  to‘g‘risida”,  deb  nomlangan  23-moddasi  Qonunchilik  palatasi 

deputatlari siyosiy, professional va boshqa asosda fraksiyalar va deputatlar guruh-

lari shaklida deputatlar birlashmalarini tuzishi mumkinligini ko‘zda tutadi.  

                                                             

48

 Павлов А.В. “Депутацкие обoединение в Государственной Думе: статус, проблемы законотворческой 



деятельности” (политологический анализ): Дис. …канд. полит.наук. – М., 1997. – С. 159. 

49

 Гостев Р.Г., Гостева С.Р., Решульский С.Н. Формирование и структурирование Государственной Думы 



Федерального Собрания Российской Федерации второго созыва / Российская цивилизация: история и 

современность. Сб. – Воронеж, 2002. – С.41.; Юдин Ю.А. Политические партии и право современном 

государстве. – М., 1998. – С. 234.  

50

 Михайлова Е. Теневые структуры Думы // “Независимая газета”, 2001. – 13 сентября.  




46 

 

Deputatlar  guruhlarini  Qonunchilik  palatasi  tarkibiga  saylangan,  siyosiy 



partiyadan  ko‘rsatilmagan  deputatlar  tuzishga  haqli  bo‘lib,  bu  haqdagi  qaror 

ularning  majlislarida  qabul  qilinadi.  Qonunchilik  palatasining  deputati  faqat  bir 

fraksiya yoki deputatlar guruhining a'zosi bo‘lishi mumkin.  

Bu borada  fraksiya  va deputatlar  guruhlarini tuzish  va tugatish  masalasi  ham 

dolzarb  ahamiyat  kasb  etadi.  Fraksiyalar  tuzish  tartibi  O‘zbekiston  Respublikasi 

“O‘zbekiston  Respublikasi  Oliy  Majlisining  Qonunchilik  palatasi  to‘g‘risida”gi 

Konstitutsiyaviy  qonunining  24-moddasida  keltirib  o‘tilgan.  Unga  ko‘ra, 

Qonunchilik  palatasining  kamida  to‘qqiz  nafar  deputati  fraksiya  tuzish  huquqiga 

ega.  

Qonunchilik  palatasining  majlisida  fraksiya  rahbari  yoki  boshqa  vakili 



tegishincha  fraksiya  tuzilgani  haqida  palataga  axborot  beradi,  bu  Qonunchilik 

palatasi  majlisining  bayonnomasida  qayd  etiladi.Qonunchilik  palatasi  fraksiya 

to‘g‘risida qaror qabul qiladi. 

Fraksiya  tuzish  uchun:  1)  fraksiyaning  ta'sis  yig‘ilishini  o‘tkazish;  2) 

fraksiyaini  tuzish  to‘g‘risida  ta'sis  bayonnomasini  qabul  qilish;  3)  fraksiyaning 

rahbarini saylash zarur bo‘ladi.  

Fraksiyaning  rahbari  fraksiyani  tuzish  to‘g‘risidagi  ta'sis  bayonnomasini 

Qonunchilik  palatasiga  taqdim  etadi  va  tegishincha  fraksiya  tuzilgani  haqida 

Qonunchilik  palatasiga  axborot  beradi,  bu  Qonunchilik  palatasi  majlisining 

bayonnomasida qayd etiladi. Fraksiyalar hisobga olish ro‘yxatidan o‘tkaziladi. 

Fraksiya  tashkil  etishning  eng  muhim  shartlaridan  biri  muayyan  miqdorda 

deputatlar sonining bo‘lishidir. Bunday talabning belgilanishi texnik ahamiyat kasb 

etmay,  balki  parlament  tuzilmasining  oqilona  tashkil  etilishini  ta'minlashi  bilan 

ham  zarurdir.  Bu  avvalambor,  siyosiy  masala  bo‘lib,  uning  hal  etilishi  alohida 

siyosiy partiyalarning parlament faoliyatidagi ishtirokiga qat'iy ta'sir ko‘rsatadi. Bu 

borada  rivojlangan  davlatlar  parlamentlari  faoliyatini  o‘rganish  natijasida 

parlament  turli  palatalari  uchun  ushbu  me'yor  turli  xil  bo‘lishi  mumkinligini 

ko‘rish  mumkin. Masalan:  Fransiyada Milliy kengashda  fraksiya tuzish  uchun 20, 




47 

 

Senatda  esa  10  nafar  deputat  bo‘lishi  talab  etiladi.  GFR  Bundestagida  esa, 



deputatlarning besh foizi; Avstraliya va Shveytsariyada esa 5 deputat talab etiladi. 

Shu o‘rinda ta'kidlash lozimki, ayrim davlatlarda fraksiya tuzish uchun yuqoridagi 

kabi cheklashlar belgilanmagan. Masalan, Portugaliya va Shvetsiya qonunchiligida 

parlament  fraksiyasi  yoki  guruhlarini  tuzish  uchun  muayyan  talablar 

belgilanmagan,  ya'ni  saylovda  bittadan  ko‘p  mandatga  ega  bo‘lgan  har  qanday 

partiya o‘z fraksiyasini tuzishi mumkin

51

.  


O‘zbekiston  qonunchiligiga  muvofiq  esa,  O‘zbekiston  Respublikasi  Oliy 

Majlisi  Qonunchilik  palatasining  kamida  to‘qqiz  nafar  deputati  fraksiya  tuzish 

huquqiga ega.  

Shu  o’rinda  yuqoridagi  horij  tajribasini  inobatga  olgan  holda  O’zbekiston 

Respublikasi  Oliy  Majlis  Qonunchilik  palatasidagi  deputatlar  sonining  120  tadan 

150  taga  oshganligini  inobatga  olib  ushbu  miqdorni  o‘n  beshta  qilib  belgilash 

maqsadga  muvofiq  bo’ladi  deb  o’ylayman.  Chunki  bu  birinchidan,  siyosiy 

partiyalarning  jamiyatda  faollashuviga  hamda  saylovchilar  bilan  yanada  yaqinroq 

bo‘lishiga  qaysidir  ma'noda  turtki  bo‘lsa,  ikkinchidan,  siyosiy  partiyalarning  o‘z 

oldiga  qo‘ygan  maqsadlarini  parlament  quyi  palatasida  ifoda  etish  jarayonida 

nisbatan ko‘pchilik ovoz va tarafdorlar bo‘lishiga erishishni taminlaydi.  

Yana shuni ham aytish kerakki, saylov natijalariga ko‘ra, Oliy Majlis Qonun-

chilik  palatasidagi  deputatlik  o‘rinlarining  kamida  o‘n  foizini  ololmagan  siyosiy 

partiya siyosiy sahnada ham o‘z o‘rniga va tarafdorlariga ega bo‘lishi qiyin albatta. 

Endi  bevosita  siosiy  partiya  fraksiyalarining  faoliyatini  tugatish  tartibi  va 

xuquqiy  oqibatlariga  keladigan  bo’lsak  “O‘zbekiston  Respublikasi  Oliy 

Majlisining  Qonunchilik  palatasi  to‘g‘risida”gi  Konstitutsiyaviy  qonunining               

26-moddasiga ko’ra:  

1) fraksiyaning o‘z tashabbusi bilan; 

 2) Qonunchilik palatasining vakolat muddati tugaganda;  

                                                             

51

 Конституции государств Европы: В 3 т. Т.3. / Под общ.ред. Л.А. Окунькова. – М., 2001. – С. 669. 




48 

 

3)  fraksiyaga  kiruvchi  deputatlar  soni  ularni  tuzish  uchun  zarur  bo‘lgan 



miqdor chegarasidan kamayib ketganda;  

4)  tegishli  siyosiy  partiyaning  faoliyati  tugatilgan  taqdirda  fraksiyaning 

faoliyati tugatiladi.  

To’rtinchi  asos  bo‘yicha  2008  yil  20  iyunda  O‘zbekiston  Fidokorlar  milliy- 

demokratik  partiyasi  hamda  “Milliy  tiklanish”  demokratik  partiyalarining 

birlashishi  natijasida  siyosiy  partiyalarning  Qonunchilik  palatasidagi  fraksiyalari 

ham  tugatilib  2008  yil  14  avgustda  O‘zbekiston  “Milliy  tiklanish”  demokratik 

partiyasidan  saylangan  29  kishidan  iborat  deputatlar  fraksiyasi  Oliy  Majlis 

Qonunchilik palatasi tomonidan ro‘yxatga olindi

52



Shu o‘rinda  ta'kidlash joizki, bugungi  kunda “O‘zbekiston Respublikasi Oliy 

Majlisi  Qonunchilik  palatasi  to‘g‘risida”gi  Konstitutsiyaviy  qonunning  24-

moddasiga  binoan  Qonunchilik  palatasida  to‘rtta  siyosiy  partiya  fraksiyalari 

faoliyat  yuritmoqda.  2014-yil  21-dekabrda  bo’lib  o’tgan  saylov  natijalariga  ko’ra, 

“O‘zbekiston  Liberal-demokratik  partiyasi”  –  52  nafar  deputatdan  iborat  tarkibda 

S.Turdiyev 

boshchiligida

53



“Milliy 

tiklanish 

partiyasi” 

– 

36 



nafar 

S.Otamurodovboshchiligida

54

, “O‘zbekiston Xalq demokratik partiyasi” – 27 nafar 



deputatdan  iborat  X.Ketmonov  boshchiligida

55

,  “Adolat”  sotsial  demokratik 



Download 435,94 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   21   22   23   24   25   26   27   28   ...   35




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish