Endi ushbu qonunga tayangan holda bosh vazir lavozimiga tayinlashda
siyosiy partiyaning o’rni masalasiga batafsilroq to’xtalib o’tsak.O‘zbekiston
Respublikasi Bosh vaziri nomzodi O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi
palatalarining mansabdor shaxslari saylanganidan va shakllantirilganidan keyin bir
oy ichida O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti tomonidan O‘zbekiston
Respublikasi Oliy Majlisining Qonunchilik palatasidagi siyosiy partiyalar
fraksiyalarining har biri bilan hamda deputatlik guruhlaridan saylangan deputatlar
bilan maslahatlashuvlar o‘tkazilganidan so‘ng O‘zbekiston Respublikasi Oliy
Majlisining Qonunchilik palatasi va Senatiga ko‘rib chiqish hamda tasdiqlash
uchun taqdim etiladi.
Ushbu Konstitutsiyaviy qonunning qabul qilinishi, hech shubhasiz,
demokratik islohotlarni chuqurlashtirish borasida asosiy va hal etuvchi rol o‘ynadi.
Qonunga asosan, Bosh vazir vakolatlari kengaytirildi va mas'uliyati oshirildi.
Yuqoridagi islohotlarning uzviy davomi sifatida konstitutsiyaga kiritilayotgan
ushbu o‘zgarish va qo‘shimchalarni quyidagicha baholash va izohlash mumkin.
Mazkur qonunga ko‘ra, “Davlat hokimiyati va boshqaruvini demokratlashtirish”
yo‘nalishi bo‘yicha O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasining O‘zbekiston
Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasi va Senatining birgalikdagi
vakolatlari mujassamlangan 78-moddasi 15-bandi “…shuningdek, mamlakat
ijtimoiy-iqtisodiy rivojlanishining dolzarb masalalari yuzasidan Bosh vazirning
hisobotlarini eshitish va muhokama qilish”
41
degan so‘zlar bilan to‘ldirildi. E'tirof
41
O’zbekistonRespublikasiningKonstitutsiyasi. – T.: O’zbekiston, 2014. – 16-b.
39
etish joizki, mazkur yangilik mamlakatimizni demokratlashtirish va yangilash
bo‘yicha olib borilayotgan islohotlarning mantiqiy davomi desak xato b’lmaydi.
O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasining 98-moddasiga kiritilgan
o‘zgartirish va qo‘shimchalar orqali, eng avvalo, ijro etuvchi hokimiyatni amalga
oshiruvchi Vazirlar Mahkamasi faoliyati, uning tashkil etilishi, javobgarligi, Bosh
vazirning tayinlanishi va hukumatning parlament bilan o‘zaro munosabatlari,
Vazirlar Mahkamasiga nisbatan ishonchsizlik votumini bildirish tartibi bilan
bog‘liq huquqiy munosabatlar to‘liq asosda konstitutsiyaviy-huquqiy jihatdan
tartibga solindi, deyish mumkin.
Bosh vazir nomzodining Qonunchilik palatasida eng ko‘p deputatlik o‘rnini
olgan siyosiy partiya yoki teng miqdordagi eng ko‘p deputatlik o‘rinlarini qo‘lga
kiritgan bir necha siyosiy partiyalar tomonidan taklif etilishi, fuqarolik
jamiyatining muhim instituti, muayyan guruh fuqarolarining huquq va
manfaatlarini ifodalovchi siyosiy partiyalarning rolini oshirish hamda Qonunchilik
palatasi va hukumat o‘rtasidagi o‘zaro muvozanatni ta'minlashga qaratilgan yangi
qoida sifatida mustahkamlandi. Qolaversa, mamlakatimizda faoliyat yuritayotgan
siyosiy partiyalarga ham fuqarolik jamiyatining muhim instituti sifatidagi roli
hamda davlat boshqaruvidagi ishtiroki kuchayishiga zamin yaratdi. Bugun, aytish
mumkinki, siyosiy maydonda harakat qilayotgan barcha siyosiy partiyalar mazkur
“Mamlakatimizda demokratik islohotlarni yanada chuqurlashtirish va fuqarolik
jamiyatini rivojlantirish konsepsiyasi”dan kelib chiqadigan vazifalarni amalga
oshirish borasida o‘zlarining muayyan pozitsiyalari aks etgan dasturlariga ega
bo‘ldi.
Bosh vazir va O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasi
o‘rtasida ziddiyatlar doimiy tus olgan holda Qonunchilik palatasi umumiy sonining
kamida uchdan bir qismi tomonidan O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti nomiga
rasman kiritilgan taklif bo‘yicha Oliy Majlis palatalarining qo‘shma majlisi muho-
kamasiga Bosh vazirga nisbatan “ishonchsizlik votumi” bildirish haqidagi masala
rivojlangan demokratik mamlakatlar davlat boshqaruvining konstitutsiyaviy-
40
huquqiy amaliyoti bo‘lib, ushbu qoidaning amalga kiritilishi orqali Bosh vazir va
hukumat a'zolarining jamoatchilik, ya'ni parlament oldidagi mas'uliyati va
javobgarligini oshirishga xizmat qilib, hokimiyatlar “o‘zaro tiyilib turish va
qarama-qarshi ta'sir ko‘rsatish” mexanizmining amalda tatbiq etilishiga keng shart-
sharoitlar yaratib berdi.
Yuqoridagi masalaning parlament qo‘shma majlisida muhokamaga qo‘yilishi
hamda parlament a'zolarining kamida 2/3 qismining ovozi talab etilishi, ushbu
jarayonning parlament a'zolarining aksariyati tomonidan qo‘llab-quvvatlanishi
natijasida yakuniy qarorga asoslanishi bu mexanizmning murakkabligi va
parlament a'zolari oldidagi mas'uliyatli masala ekanligidan dalolat beradi.
Bosh vazirning iste'foga chiqishi natijasida butun hukumat a'zolarining
iste'foga chiqishi kollegial tartibda faoliyat olib boruvchi Vazirlar Mahkamasiga
yanada yuksak mas'uliyat yuklaydi va qonunlar hamda davlat dasturlari ijrosi
yuzasidan bahamjihat yakdil faoliyat yuritishini ta'minlashga xizmat qiladi.
Hukumatning parlament javobgarligi odatda siyosiy javobgarlik sifatida
tavsiflanadi. Parlament javobgarligi – hukumat tomonidan o‘tkaziladigan siyosiy
harakat, boshqaruv faoliyatining bajarilishi uchun yakdil javobgarlikni o‘z
zimmasiga olishni anglatadi.
Yana shuni aytish mumkinki bugungi kunda siyosiy partiyalar mahalliy davlat
hokimyati organlarining xalq deputatlari kengashlarida ham partiya guruhlarini
tuzib faoliayat yuritadilar.
O’zbekiston Respublikasining 1996-yil 26-dekabrda qabul qilinga “Siyosiy
partiyalar to’g’risida”gi qonunining 14-moddasida partiya guruhiga quyidagicha
ta’rif berib o’tilgan. Unga ko’ra “Partiya guruhi — siyosiy partiyadan ko‘rsatilgan
deputatlar tomonidan partiya manfaatlarini Qoraqalpog‘iston Respublikasi Jo‘qori
Kengesida, xalq deputatlari Kengashida ifodalash maqsadida tuziladigan va
belgilangan tartibda ro‘yxatdan o‘tkazilgan deputatlar birlashmasi hisoblanadi.
41
Siyosiy partiyadan ko‘rsatilgan va Qoraqalpog‘iston Respublikasi Jo‘qori
Kengesiga yoki xalq deputatlari Kengashiga saylangan deputat faqat shu
partiyaning partiya guruhi a'zosi bo‘lishi mumkin”.
Endi bevosita “Mahalliy davlat hokimiyati to‘g‘risida”gi 1993 yil 2 sentyabrda
qabul qilinga qonunga etibor qaratadigan bo’lsak, ushbu qonunga muvofiq Viloyat
va Toshkent shahar hokimi nomzodlari O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti
tomonidan tegishli xalq deputatlari Kengashlaridagi partiya guruhlarining har biri
bilan maslahatlashuvlar o‘tkazilganidan so‘ng xalq deputatlari viloyat va Toshkent
shahar Kengashiga tasdiqlash uchun taqdim etilishi belgilab o’tilgan. Ushbu
qonunga ko’ra tegishli xalq deputatlari Kengashi deputatlari umumiy sonining
ko‘pchilik ovozini olgan viloyat va Toshkent shahar hokimi nomzodi tasdiqlangan
hisoblanadi.
Shuningdek, tuman, shahar hokimlari viloyat hokimi tomonidan lavozimiga
tayinlanadi va lavozimidan ozod etiladi hamda tegishli xalq deputatlari Kengashi
tomonidan tasdiqlanadi. Shu o’rinda taklif sifatida aytib o’tmoqchimanki tuman va
shahar hokimlri nomzodlarini ham tegishli xalq deputatlari Kengashlaridagi partiya
guruhlarining har biri bilan maslahatlashuvlar o‘tkazilganidan so‘ng xalq
deputatlari tuman va shahar Kengashiga tasdiqlash uchun taqdim etish lozim deb
o’ylayman. 2014 yilning 20 yanvarida “Siyosiy partiyalar to‘g‘risida”gi
O‘zbekiston Respublikasi Qonuniga kiritilgan qo‘shimcha va o‘zgartirishlar bilan
mahalliy kengashlardagi partiya deputatlik guruhlarining xududiy hokimiyat
tuzilmalari faoliyati ustidan nazoratni amalga oshirish va ularga samarali ta'sir
o‘tkazishini ta'minlashga doir huquqiy normalar mustahkamlangan. Kelgusida
ushbu normalarga yuqoridagi taklif qoshilsa bu tuman va shaxar hokimlarini ham
yanada masuliyat bilan ishlashiga turtki bo’ladi.
Yuqoridagilarga qoshimcha ravishda siyosiy partiyalar O’zbekiston
Respublikasi Prezident saylovlarida shuningdek, O’zbekiston Respublikasi Oliy
Majlisi faoliyatida ham faol ishtirok etib kelmoqdalar. Bu xususida quyida
to’liqroq to’xtalib o’tamiz. Umumiy qilib aytadigan bo’lsak parlament
42
saylovlarining natijasi orqali qo‘lga kiritilgan deputatlik o‘rinlari har bir siyosiy
partiyaning jamiyat va siyosiy sahnadagi real o‘rnini belgilab beradi. O‘zining
saylov oldi dasturi va unda belgilangan maqsad va vazifalarni amalga oshirish
mexanizmining saylovchilar tomonidan qo‘llab-quvvatlanib parlament quyi
palatasida ko‘pchilik o‘rinni egallagan siyosiy partiya, hukumat rahbari nomzodini
taklif etish orqali o’z dasturlari, o’z oldiga qo’ygan maqsadlarini amalga oshirishi
mumkin bo’ladi.
Do'stlaringiz bilan baham: |