Toshkent davlat yuridik universtiteti davlat boshqaruvi kafedrasi



Download 435,94 Kb.
Pdf ko'rish
bet28/35
Sana16.06.2021
Hajmi435,94 Kb.
#67749
1   ...   24   25   26   27   28   29   30   31   ...   35
Bog'liq
davlat boshqaruvini demokratlashtirishda siyosiy partiyalarning rolini yanada kuchaytirish masalalari.

to‘rtinchidan,  ijtimoiy-siyosiy  ahamiyat  kasb  etishi;  beshinchidan,  o‘zining 

demokratikligi,  ochiq  va  oshkoraligi,  partiyalar  va  elektorat  manfaatlarini 

uyg‘unlashtirganligi, jamoatchilik fikri va kuchiga tayanishi bilan ajralib turadi. 

 Bizga  ma’lumki  parlament  nazoratini  amalga  oshirishda  siyosiy  partiyalar 

fraksiyalarining  roli  e’tiborga  molikdir.  Lekin,  shuni  aytish  joizki  bugungi  kunga 

qadar  Qonunchilik  palatasi  tomonidan  amalga  oshirilayotgan  nazorat-tahlil 

faoliyatida  siyosiy  partiyalar  fraksiyalarining  faolligi  faqat  bir  tomonlama 

yo’nalishda  amalga  oshirilganligini  ko’rishimiz  mumkin.  Ya’ni,  siyosiy  partiyalar 

fraksiyalari  jamiyatda  sodir  bo’layotgan  muammoli  masalalar  bo’yicha 

komissiyalar tuzish va voqea-hodisani nazorat qilish yoki tekshirish yuzasidan olib 

borayotgan  ishlari  bilangina  cheklanganlar.  Bugungi  kunda  ham  qo’mitalar 

tomonidan  olib  borilgan  qonunlar  ijrosi  yuzasidan  nazorat-tahlil  ishini  o’rganib 

borish  va  uning  natijalari  yuzasidan  aniqlangan  kamchiliklarni  bartaraf  etish 

bo’yicha  tashabbus  va  takliflar  bilan  chiqish  borasida  siyosiy  partiyalar 

fraksiyalarining  amaliyoti  yetarli  yo’lga  qo’yilmaganligi,  bu  borada  siyosiy 

partiyalarning  o’z  saylovchilari  bilan  o’zaro  aloqalarni  lozim  darajada 

o’rnatmaganliklarini muammo sifatida aytishimiz mumkin. Vaholanki, 1996 yil 26 

dekabrda  qabul  qilingan  “Siyosiy  partiyalar  to’g’risida”gi

63

  O’zbekiston 



Respublikasi  qonunining  siyosiy  partiyalar  fraksiyalari  haqidagi  13-moddasi 

ikkinchi  qismining  uchinchi  bandida:  “tegishli  ravishda  O’zbekiston  Respublikasi 

Oliy  Majlisining  qonunchilik  palatasi  Spikeriga  va  O’zbekiston  Respublikasi 

Hukumatiga,  vazirlarga,  shuningdek  boshqa  davlat  organlarining  rahbarlariga 

so’rov bilan murojaat etish” to’g’risida norma mavjud. Shunga asoslanib, qonunlar 

ijrosini  o’rganish  bo’yicha  fraksiyalar  o’z  faoliyatlarini  olib  borishlari  mumkin, 

lekin  bu  borada  siyosiy  partiyalarning  faoliyati  sust  tashkil  etilganligiga  e’tibor 

qaratib o’tish darkor.  

                                                             

63

 Ўзбекистон Республикасининг “Сиёсий партиялар тў рисида”ги  онуни. // Ўзбекистон Республикаси Олий 



Мажлиси Ахборотномаси. – 1997. – № 2. – 36-модда.  


55 

 

Aytish  joizki,  qonunchilik  palatasining  har  bir  qo’mitasi  tarkibini  siyosiy 



partiyalar  fraksiyalari  a’zolari  tashkil  etadi.  Qo’mita  faoliyatida  bevosita  ularning 

ishtiroki  mavjud,  lekin  qonunlar  ijrosi  nazorati  olib  borilganda  fraksiya 

a’zolarining o’z siyosiy partiyalari manfaatini yoqlash, partiya dasturlari yuzasidan 

tashabbusi kamligi ko’p marotaba tanqid ostiga olinayotganligini inobatga olib Bu 

borada  keng  ko’lamli  islohotlar  amalga  oshirildi.    2014-yil  16-aprelda 

«O‘zbekiston  Respublikasi  Konstitutsiyasining  ayrim  moddalariga  o‘zgartish  va 

qo‘shimchalar  kiritish  to‘g‘risida  (32,  78,  93,  98,  103  va  117-moddalariga)»gi 

Qonunni ushbu islohotlar uchun podevor bo’lib hizmat qildi. Ushbu qonun asosida 

Parlament  nazorati  tog’risidagi  tushunchani  qonunchilikka  kiritilishi  siyosiy 

partiyalar faoliyaini yanada faolroq amalga oshirishlariga turtki bo’lib hizmat qildi. 

 Natijada  ijro  hokimyati  organlarini  ustidan  parlament  nazoratini  o’rnatishda 

siyosiy  partiyalarning  rolini  kuchaytirish  maqsadida  Qonunchilik  palatasida 

faoliyat  yuritayotgan  deputatlarga  quyidagi  huquqlar  taqdim  etildi.  O’zbekiston 

Respublikasining  “O’zbekiston  respublikasi  oliy  majlisi  qonunchilik  palatasining 

reglamenti  to‘g‘risida”gi  2003-yil  29-avgustdagi  Qonuniga  muvofiq  “O‘zbekiston 

Respublikasi  Bosh  vaziri  va  Qonunchilik  palatasi  o‘rtasida  ziddiyatlar  doimiy  tus 

olgan  holda Qonunchilik palatasi deputatlari  umumiy sonining kamida  uchdan bir 

qismi  tomonidan  O‘zbekiston  Respublikasi  Prezidenti  nomiga  rasman  kiritilgan 

taklif  bo‘yicha  O‘zbekiston  Respublikasi  Oliy  Majlisi  palatalarining  qo‘shma 

majlisi  muhokamasiga  Bosh  vazirga  nisbatan  ishonchsizlik  votumi  bildirish 

haqidagi masala kiritiladi”

64



Ijro  hokimyatini  organlari  ustidan  parlament  nazoratini  o’rnatishda  siyosiy 

partiyalarning  rolini  yanada  mustahkamlagan  qonun  sifatida  2016  yil  12  aprelda 

qabul  qilingan  «Parlament  nazorati  to‘g‘risida»gi  O‘zbekiston  Respublikasi 

Qonunini aytishimiz mumkin.  Ushbu qonun uzoqni ko‘zlab amalga oshirilayotgan 

demokratik islohotlarning kata yutiqlaridan desak xato bo’lmaydi. Ushbu qonun 28 

                                                             

64

 (O’zbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Axborotnomasi, 2003 y., 9-10-son, 136-modda; O’zbekiston 



Respublikasi qonun hujjatlari to’plami, 2015 y., 52-son, 645-modda) 


56 

 

moddadan  iborat  bo‘lib,  unda  parlament  nazoratni  amalga  oshirishda  juda  ham 



muhim bo‘lgan parlament  nazorati subyektlari, obyekti, amalga  oshirish shakllari, 

subyektlarning  majburiyatlari,  parlament  nazorati  natijalari  kabi  masalalar  yoritib 

o’tilgan.  Ushbu  qonunni  qabul  qilishdan  ko’zlangan  asosiy  maqsad  Konstitutsiya 

va  qonunlar  talablarining  ijro  etilishi  ustidan  parlament  nazoratini  amalga 

oshirishning  yagona  tizimga  solingan  qonunchilik  bazasini  yaratishdan 

shuningdek, davlat hokimiyati va boshqaruvi organlarining zimmasiga yuklatilgan 

vazifalar  hamda  funksiyalarningamalga  oshirishlari  yuzasidan  ushbu  davlat 

organlarini parlament oldidagi masulyatini yanada kuchaytirishdan iborat.   

Ushbu  qonunga  muvofiq  Oliy  Majlis  palatalari,  palatalar  qo‘mitalari 

komissiyalari,  siyosiy  partiyalar  fraksiyalari,  deputatlar  guruhlari,  deputatlar  va 

senatorlar, shuningdek, O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Inson huquqlari 

bo‘yicha vakili (ombudsman) parlament nazoratini amalga oshiradi

65



Qonunning  eng  muhim  yutuqlaridan  biri  sifatida  partiyalar  fraksiyalarining 



davlat  hokimiyati  va  boshqaruvi  organlari  faoliyati  ustidan  parlament  nazoratini 

amalga  oshirishi,  qabul  qilinayotgan  qonunlar,  muhim  ijtimoiy-siyosiy,  iqtisodiy 

davlat dasturlarining ijrosini so‘zsiz ta’minlash borasidagi faoliyatini sifat jihatidan 

yangi asosda qurilishiga xizmat qiluvchi bir qator normalarni ko’rishimiz mumkin. 

Xususan,  Qonunda  siyosiy  partiya  fraksiyalarining  Davlat  byudjetini  qabul  qilish 

va uning ijrosini borishini ko‘rib chiqishda, Hisob palatasining hisobotini dastlabki 

tarzda  muhokama  qilishdagi  huquqlari  belgilangani,  Hukumat  a’zolarining  o‘z 

faoliyatiga  doir  masalalar  yuzasidan  axborotini  eshitish,  parlament  so‘rovini 

yuborish to‘g‘risida taklif kiritish huquqlari berilganligi buniga yorqin  misol bo’la 

oladi.  Shuningdek,  Qonunning  4-moddasida  parlament  nazoratining  obyekti 

quyidagicha  mustahkamlab  qo’yildi:  «Davlat  hokimiyati  va  boshqaruvi 

organlarining  hamda  ularning  mansabdor  shaxslarining  O‘zbekiston  Respublikasi 

Konstitutsiyasi 

va  qonunlarini,  O‘zbekiston  Respublikasi  Oliy  Majlisi 

palatalarining  va  ular  organlarining  qarorlarini,  davlat  dasturlarini  ijro  etish, 

                                                             

65

2016 yil 12 aprelda qabul qilingan «Parlament nazorati to‘g‘risida»giQonun 3-modda. 




57 

 

shuningdek,  o‘z  zimmalariga  yuklatilgan  vazifalar  hamda  funksiyalarni  amalga 



oshirish  bo‘yicha  faoliyati  parlament  nazorati  obyektidir».  Buning  eng  muhim 

jihati  shundaki  —  parlament  nazorati  faqat  davlat  hokimiyati  va  boshqaruvi 

organlari ustidan amalga oshirilishi belgilanmoqda. 

Qonunning  5-moddasida  belgilangan  davlat  byudjetini  qabul  qilish  va  uning 

ijrosi  borishini  ko‘rib  chiqish,  mamlakatni  ijtimoiy-iqtisodiy  rivojlantirishning 

ayrim  dolzarb  masalalari  yuzasidan  Bosh  vazirning  hisobotini,  hukumat 

a’zolarining  axborotini,  Hisob  palatasi,  Bosh  prokuror,  Tabiatni  muhofaza  qilish 

davlat  qo‘mitasi,  Markaziy  bank  hisobotlarini  eshitish,  parlament  so‘rovi,  deputat 

va  senator  so‘rovi,  Oliy  Majlis  palatalari  qo‘mitalari  tomonidan  qonun  hujjatlari 

ijro  etilayotganligini  o‘rganish  kabi  parlament  nazorati  shakllarining  belgilab 

qo’yilishi  partiyalar  fraksiyalarining  davlat  hokimiyati  va  boshqaruvi  organlari 

faoliyati  ustidan  parlament  nazoratini  amalga  oshirishda  qatnashish  huquqini 

belgilab qo’ymoqda.  

Qonunda ko‘rsatib o‘tilgan nazorat shakllarining barchasi parlamentga va uni 

tarkibida  faoliyat  yuritayotgan  siyosiy  partiya  fraksiyalariga  ham  juda  katta 

imkoniyatlar  beradi.  Birgina  «Davlat  byudjeti  ijro  etilishini  ko‘rib  chiqish» 

shaklining  o‘ziyoq  parlamentga  byudjet  orqali  hayotimizning  barcha  qirralarini 

ko‘rish,  davlat  mablag‘larini  samarali,  maqsadli  sarflanishi  ustidan  baho  berish 

imkoniyatini beradi. Shuning uchun ham Qonunning 7-moddasida Davlat byudjeti 

ijrosining  borishi  to‘g‘risidagi  masalani  dastlabki  tarzda  muhokama  qilish 

davomida fraksiyalar, deputatlar guruhlari va Qonunchilik palatasining qo‘mitalari 

Davlat  byudjetining  daromad  qismi  ijrosi  xususida,  ajratilgan  mablag‘larning 

o‘zlashtirilish  holati  to‘g‘risida  tegishli  organlardan  qo‘shimcha  axborotni, 

shuningdek  ularning  maqsadli  sarflanishi  va  ulardan  samarali  foydalanilishi 

haqidagi ma’lumotlarni talab qilib olishi mumkinligi, bunda fraksiyalar, deputatlar 

guruhlari  joylarda  byudjet  mablag‘larining  maqsadli  sarflanishi  va  ulardan 

samarali  foydalanilishi  masalalarini  Qonunchilik  palatasining  tegishli  qo‘mitalari 



58 

 

tomonidan  o‘rganish  tashabbusi  bilan  chiqishi  mumkinligi  alohida  qayd  etib 



o’tildi. 

Demak,  ushbu qonunni qabul qilinishi orqali Oliy Majlisning  quyi palatasida 

doimiy  asosda  faoliyat  yuritayotgan  siyosiy  partiyalar  fraksiyalari  partiya 

a’zolarining  asoslangan  takliflarini  o’rgangan  holda  fraksiya  tavsiyalarini  ishlab 

chiqib tegishli tashkilotlarga yuborish amaliyoti qaysidir manoda jonlandi.  

Shu  o’rinda  xorij  tajribasiga  nazar  tashlaydigan  bo’lsak,  xorijiy  davlatlarda 

siyosiy  partiyalar  ma’lum  sohalar  bo’yicha  ixtisoslashib,  o’z  faoliyatini  shu 

sohaning  to’liq  rivojiga  qaratadi.  Ular  “manzilli”  maqsadlar  uchun  intiladilar, 

masalan  atrof-muhitni  asrab-avaylash,  himoya  qilishga  qaratilgan  (Germaniya, 

Rossiya,  Ukrainadagi  “Yashillar  partiyasi”)  aniq  xatti-harakatlar  tizimi, 

hukumatga,  tegishli  mas’ul  shaxslar  va  idoralarga  o’zlari  manfaatdor  bo’lgan 

masalalar  yuzasidan  takliflar  kiritish,  mansabdor  shaxslar  bilan  uchrashuvlar, 

muzokaralar,  zarur  hollarda  parlament  so’rovi  orqali  harakat  qilish  chora-

tadbirlarini ko’radi.  

Siyosiy  partiyalar  fraksiyalarining  parlament  nazoratidagi,  aniqroq  aytganda 

O’zbekiston  Respublikasi  Oliy  Majlisi  Qonunchilik  palatasi  tomonidan  parlament 

nazoratini  amalga  oshirishdagi  rolini  yuqoridagilardan  kelib  chiqib,  quyidagicha 

tasniflash mumkin: 

-  partiya  fraksiyalari  a’zolarining  qo’mita  a’zosi  sifatida  nazorat-tahlil 

faoliyatida ishtiroki (partiya dasturini ilgari surish orqali); 

-  fraksiya  rahbarlari  Kengash  a’zosi  sifatidagi  ishtiroki  orqali,  ya’ni 

qo’mitalar  Ish  rejalarini,  xususan  nazorat-tahlil  faoliyatini  belgilashda  partiya 

dasturini singdirish orqali; 

-  qo’mitalar  o’tkazgan  nazorat-tahlil  ishiga  partiya  munosabatini  bildirish 

orqali (OAVda bo’lishi mumkin); 

-  partiya  a’zolari  va  saylovchilar  bilan  ularning  taklif-istaklarini  o’rganish 

maqsadida  yoki  partiya  dasturiga  oid  konferentsiya,  davra  suhbatlari  va  boshqa 



59 

 

tadbirlar  uyushtirish  hamda  tegishli  qaror  qabul  qilish  orqali  (qaror  tavsiyaviy 



tusda bo’ladi). 

Shu  o’rinda  Prezidentimiz  I.A.Karimovning  siyosiy  partiyalarning  parlament 

nazoratidagi  o’rni  haqidagi  quyidagi  fikriga  e’tibor  qaratsak,    “Hech  shubhasiz, 

mening  nazarimda,  deputatlar  korpusi,  siyosiy  partiyalar  va  nodavlat,  nohukumat 

jamoat  tashkilotlarining  jamiyatda  obro’-e’tibori  ortib 

borishi, 

mavqei 

mustahkamlanishi  bilan,  ular  davlat  va  hokimiyat  tuzilmalari  faoliyati  ustidan 

jamoatchilik  nazoratining  asosiy  vositasiga  aylanadi”

66

.    Demak,  siyosiy 



partiyalarni  ijro  hokimyatini  organlari  ustidan  parlament  nazoratini  amalga 

oshirishda  yanada  faolroq  ishtirok  etishini  taminlash  maqsadida  quyidagilarni 

taklif qilamiz:  

-  qo’mitalar  o’tkazayotgan  nazorat-tahlil  faoliyatiga  o’z  saylovchilari  va 

partiya 

a’zolari 

munosabatini 

o’rganish 

va 

ularning 



qonunchilikni 

takomillashtirishga  oid  fikrlarini  parlamentga  yetkazish  ishlarini  qayta  ko’rib 

chiqish va faollashtirish lozim; 

-   partiyalarning  tuman,  shahar  Kengashlaridagi  ishlarini  jamiyat  hayotini 

rivojlantirishdagi tom ma’nodagi quyi organlari sifatida qayta tashkil etish kerak; 

-  siyosiy  partiyalar  faoliyatini  takomillashtirishda  xorijiy  tajribaning 

sinalgan  va  ijobiy  yutuqlarini  milliy  tajribaga  singdirish,  ya’ni  o’z  dasturlaridan 

kelib chiqib aniq “manzilli” maqsadlar sari harakatlarni kengroq joriy etish;  

-  partiya  faoliyati  va  qonunchilikni  takomillashtirishda  jamoatchilik  fikrini 

o’rganish  kabi  usullardan  kengroq  foydalanish  (so’rovlar  o’tkazish,  mushohada 

uchun g’oyalar berish va muhokama qilish va h.k.). 

Ushbu  takliflar  albatta  kelajakda  fuqarolik  jamiyatini  qurish  uchun  hizmat 

qiladi  deb  o’ylayman.  Albatta,  bu  borada  ko’plab  islohotlar  amalga  oshirib 

kelinmoqda. Masalan, so’nggi bor qabul qilingan  parlament nazorati to’g’risidagi 

qonunni  qabul  qilinishi  o’zi  hokimiyatlar  bo‘linishining  konstitutsiyaviy 

                                                             

66

 Karimov I.A. Bizning bosh maqsadimiz – jamiyatni demokratlashtirish va yangilash, mamlakatni modernizatsiya 



va isloh etishdir. - T.: O’zbekiston, 2005. – 41 b.

  



60 

 

prinsiplarini,  ular  o‘rtasida  o‘zaro  tiyib  turish  va  muvozanat  tizimini  yaratishni, 



Oliy  Majlisning  davlat  hokimiyati  organlari  tizimidagi  rolini  kuchaytirish,  qonun 

ustuvorligini,  qonuniylikni,  O‘zbekiston  Respublikasi  Konstitutsiyasi  hamda 

qonunlari ijrosini ta’minlash, davlat hokimiyati va boshqaruvi organlari zimmasiga 

yuklatilgan  vazifalarni  ijro  etish  uchun  ularning  javobgarligini  oshirishga 

shuningek,  davlat  boshqaruvini  demokratlashtirishda  siyosiy  partiyalarning  o’rni 

yanda kuchaytirilishiga sabab bo’ldi. 

 

 

 



 

 

 



 

 

 



 

 

 



 

 

 



 

 

 



 

 

 



XULOSA 


61 

 

  Hozirgi  davrda  fuqarolik  jamiyatini  shakllantirish,  huquqiy  davlat  qurish 



vazifalari 

siyosiy 


Download 435,94 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   24   25   26   27   28   29   30   31   ...   35




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish