partiyalarlarni
yanada
faollashishga
undamoqda.
Mamlakatimizda mustaqillikdan so‘ng “Kuchli davlatdan–kuchli fuqarolik
jamiyati” sari odimlar ekan, albatta bu jarayonda fuqarolik jamiyati institutlaridan
biri bo‘lgan siyosiy partiyalar roli va ahamiyatini oshirish zaruratga aylanadi. Ana
shu zaruratni anglagan holda so‘ngi yillarda mamlakatimizda rivojlangan
mamlakatlar tajribasidan kelib chiqib, siyosiy partiyalarga doir milliy
qonuniligimiz takomillashtirildi. Buning natijasida “siyosiy partiyalarning
mamlakatimiz oliy qonunchilik organi, joylardagi hokimiyat vakillik organlari
faoliyatidagi roli va ta’siri sezilarli darajada oshdi
67
.”
Jamiyatimizni yanada demokratlashtirish va fuqarolik institutlarini
shakllantirish, avvalo, aholi siyosiy faolligining o`sishi, uning siyosiy ijtimoiy va
davlat hayotida nechog`li faol ishtirok etishi bilan uzviy bog`liqdir. Fuqarolik
jamiyatini shakllantirishning muhim sharti-jamiyat hayotida siyosiy partiyalarning
nodavlat va jamoat tashkilotlarining o`rni, ahamiyatini keskin kuchaytirishdan
iborat.
Faol demokratik yangilanishlar va mamlakatni modernizasiya qilish davrida
O`zbekistonda ko`ppartiyaviylik, fuqarolik jamiyatining boshqa institutlarini
shakllantirish va ularining erkin rivojlanishining tashkiliy-huquqiy shart-
sharoitlarini, iqtisodiy va huquqiy kafolatlarini tashkil etish, demokratik qayta
o`zgartirishda va jamiyatni erkinlashtirishda ularning faol ishtirokini ta`minlash
bo`yicha keng ko`lamli ishlar amalga oshirishni taqozo etdi.
Tadqiqotimiz natijalaridan ma`lum bo`ldiki, davlat boshqaruvini siyosiy
partiyalarning ishtirokisiz rivojlantirish juda qiyin. Chunki siyosiy partiyalar
jamiyatda fuqarolarning faolligi, milliy ongi, siyosiy madaniyati va yuksak
ma`naviyatini o`sishiga, ularda o`z qadr-qimmatini his etish, mustaqil fikrlash
uquvi, o`z salohiyatini amalga oshirish, kelajakni o`z qo`li bilan qurish istagini
11
Karimov I.A. Asosiy vazifamiz–Vatanimiz taraqqiyoti va xalqimiz faravonligini yanada yuksaltirishdir. Toshkent:
“O’zbekiston ”, 2010.–B-9.
62
tarbiyalashga
hamda
jamiyat
a`zolarining
demokratik
dunyoqarashini
shakillanishida muhim ahamiyat kasb etadi.
Demak yuqoridagilarga tayanib umumiy xulosa qiladigan bo’lsak, ushbu
bitiruv malakaviy ish natijalari shuni ko’rsatadiki, O`zbekistonda siyosiy
partiyalarning davlat boshqaruvini demokratlashtirishdagi o’rnini quyidagicha
ko’rsatib o’tish mumkin:
- Demokratik davlatda siyosiy partiyalar fikrlar xilma-xilligi ya`ni
plyuralizm shakillantiradi va rivojlantiradi. Bu esa jamiyatda barcha fuqarolarning
shaxsiy fikirlarini bildirish huquqini kafolatlaydi;
- Jamiyatda turli siyosiy partiyalarning o`zaro kurashi, g`oya va
qarashlarning raqobati hamda saylovchilar ovozi uchun kurash bo`lishi haqiqiy
demokratik tamoyillarni mustahkamlaydi;
-
Barcha
siyosiy
partiyalar
fuqarolik
jamiyatini
davlat
bilan
uyg`unlashtirishga hizmat qiladi;
- Demokratik jaiyatda qonun chiqaruvchi va ijro etuvchi hokimiyatlarning
o’zaro bogliq holda faoliyat yuritishida siyosiy partiyalar ijobiy ta`sir ko`rsatadi;
- Bugungi kunda amalaga oshirilgan islohotlar natijasida siyosiy partiyalar
davlat boshqaruvida siyosiy jarayonlarni nazorat qilishda davlatga yordamlashib
davlatni muayyan tizimli faoliyat yuritishi uchun hizmat qilmoqda.
Tadqiqot yuzasidan qilingan izlanishlar natijasida quyidagilarni taklif sifatida
ko’rsatib o’tmoqchiman.
Do'stlaringiz bilan baham: |