Toshkent davlat yuridik universtiteti davlat boshqaruvi kafedrasi



Download 435,94 Kb.
Pdf ko'rish
bet19/35
Sana16.06.2021
Hajmi435,94 Kb.
#67749
1   ...   15   16   17   18   19   20   21   22   ...   35
Bog'liq
davlat boshqaruvini demokratlashtirishda siyosiy partiyalarning rolini yanada kuchaytirish masalalari.

Birinchi  guruh,  partiyalarni  xususiy  mablag‘lari  ya’ni  partiyaga  kirish  va 

a’zolik badallari, partiya tadbirlaridan ( ko‘rgazmalar, ma’ruzalar  va boshqa mab.) 

olinadigan tushumlar va tadbirkorlik faoliyati va mulkdan keladigan daromadlar. 

Ikkinchi  guruh,  partiyalarni  qisman  moliyalashtirish.  Bunda  davlat    siyosiy 

partiyalarni ayrim faoliyatlarini moliyalashtiradi. 



Uchinchi  guruh,  partiyalarni  davlat  tomonidan  moliyalashtirish.Bu 

moliyalashtirish    siyosiy  partiyalar  to‘g‘risidagi    hozirgi  davr  qonunchiligining 

asosiy tamoyillaridan biriga aylanmoqda.  

Respublikamizda  ham  siyosiy  partiyalarni  moliyaviy 

mustaqilligini 

mustahkamlash 

maqsadida, 

2004-yil 

30-aprelda 

“Siyosiy 

partiyalarni 

moliyalashtirish  to‘g‘risida”gi  qonun  ishlab  chiqildi.  Ushbu  qonunda  partiyalarni 

davlat tomonidan moliyalashtirish, partiyalarning moliyaviy manbalari va ularning 

qanday foydalanishlari to‘g‘risidagi normalalar kiritilgan. Qonunning 2-moddasida 

“Siyosiy  partiyalar,  agar  u  O‘zbekiston  Respublikasi  Oliy  Majlis  Qonunchilik 

palatasiga  saylov  yakunlari  bo‘yicha  O‘zbekiston    Respublikasi  Oliy  Majlisi 

Qonunchilik  palatasi  to‘g‘risidagi    O‘zbekiston  Respublikasi  qonuniniga  muvofiq 

Qonunchilik  palatasida  siyosiy  partiyalar  fraksiyani  tuzish  uchun  zarur  miqdorda 

deputatlik  o‘rinlarini  olgan  bo‘lsa,  o‘zining  ustavida  nazarda  tutilgan  faoliyatni 

moliyalashtirish  uchun  davlat  mablag‘larini  olish  huquqiga  ega  bo‘ladi”

29

  deb 


belgilab  qo‘yilgan.  Demak  mamlakatimizdagi  qonunchiligi  siyosiy  partiyalarni 

davlat  tomonidan  moliyalashtirishni  sharti  sifatida  Oliy  Majlis  Qonunchilik  

                                                             

29 


O’zbekiston Respublikasi “O’zbekiston Respublikasi Oliy Majlis Qonunchilik  palatasi to’g’risida”gi 

Konstitutsiyaviy Qonuni. (O’zbekiston Respublikasi Oliy Majlis axborotnomasi. 2015 й., 52-сон, 645-модда) 

 



25 

 

palatasida fraksiya tuzish uchun zarur bo‘lgan deputatlik o‘rinlarini ( 9 nafar) talab 



etadi.  

Saylov  yakunlariga    ko‘ra  zarur  deputatlik  o‘rinlariga  ega  bo‘lgan  siyosiy 

partiyalar ustavida nazarda tutilgan faoliyatini moliyalashtirish uchun ajratiladigan 

davlat  mablag‘larining  yillik  hajmi  shu  mablag‘lar  olinishi    uchun  mo‘jallangan 

yildan  oldingi  yilning  1  yanvar  holatida  belgilangan  eng  kam  ish  haqining  ikki 

foizini Qonunchilik  palatasiga o‘tkazilgan oxirgi saylovda saylovchilar ro’yxatiga 

kiritilgan  fuqarolar  soniga  ko‘paytmasi  o‘z  deputatlari  soniga  mutanosib 

belgilangan  mablag‘lardir.  Bugunda  mavjud  siyosiy  partiyalarimizning  faoliyatini 

kengayib  turli  yangi  yo‘nalishlar  ochilayotganini  va  bozor  munosabatlariga 

tortilayotgani  sababli  ulaning  yanada  samarali  faoliyati  uchun  ushbu  moddadagi 

miqdorni ko‘paytirish lozim. Siyosiy partiyalarga bugungi kunda fuqarolar orasiga 

yanada  chuqurroq  kirib  borishi  va  boshqa  aniq  maqsadli  vazifalarining  amalga 

oshirish  uchun  davlat  mablag‘larining  yillik  hajmi  shu  mablag‘lar  olinishi    uchun 

mo‘jallangan  yildan  oldingi  yilning  1  yanvar  holatida  belgilangan  eng  kam  ish 

haqining  ikki  foizini  to‘rt  foizga  qadar  oshirilishi  maqsadga  muvofiq  deb 

hisoblayman.    

Shu o‘rinda siyosiy partiyalarning moliyalashtirishga doir ayrim cheklovlarga  

ham  to‘xtalib  o‘tish  lozim.  “Siyosiy  partiyalarni  moliyalashtirish  to‘g‘risida”gi 

qonunning  5-moddasida  siyosiy  partiyalarga  xayriya  yordamini  cheklashga  doir 

normalar ko‘rsatilgan.Unga ko‘ra siyosiy partiyalarga pul va boshqa ko‘rinishdagi 

mablag‘larni: 

- Chet davlatlarning yuridik shaxslari, ularning vakolatxonalari va filiallari, 

- Xalqaro tashkilotlar, ularning vakolatxonalari va filiallari  

- Chet el investitsiyasi asosidagi korxonalar, 

- Chet el fuqarolari, 

- Fuqaroligi bo‘lmagan shaxslar

30 

                                                             



30

 “Siyosiy partiyalarni moliyalashtirish to’g’risida”gi qonun.O’zbekiston Respublikasi Oliy Majlis axborotnomasi 

2004. 5-son, 86- bet 



26 

 

tomonidan  berilishiga  yo‘l  qo‘yilmaydi.  Qonunchilikdagi  bunday  cheklovlarning 



mavjud  bo‘lishi  siyosiy  partiyalarning  ba’zi  xorijiy  “xayrixohlar”dan  halos  etib, 

mamlakat  barqarorligi  va  mavjud  hokimiyatning  samarali  faoliyati  uchun  zaruriy 

jarayondir.  Oxirgi  yillarda  Ukraina,  Gruziya  va  qo‘shni  Qirg‘izistonda  sodir 

bo‘lgan  “rangli  inqiloblar”  da  asosiy  harakatlanuvchi  kuchlar  turli  jamoat 

tashkilotlari,  jumladan,  siyosiy  partiyalar  ekanligi  bu  cheklovlarning  mavjudligi 

ijobiy hol ekanligini isbotladi. 

“Siyosiy  partiyalarni  moliyalashtirish  to‘g‘risida”gi  qonunining  13,  14 

moddalaridagi  O‘zbekiston  Respublikasining  yuridik  va  jismoniy  shaxslarining 

xayriya  yordamlarining  miqdorini  ham  ko‘rib  chiqilishi  lozim.  Qonunda  siyosiy 

partiyaning yil davomida bir yuridik shaxs tomonidan olinadigan xayriya yordami 

yilning  birinchi  yanvardagi  holatiga  ko‘ra  belgilangan  eng  kam  ish  haqining  besh 

ming  barobaridan,  O‘zbekiston  Respublikasining  jismoniy  shaxslarining  xayriya 

yordamlarining  miqdori  besh  yuz  barobaridan  oshmasligi  belgilangan.  Ushbu 

miqdorni siyosiy partiyalar faoliyatini yanada faollashtirishni nazarda tutgan holda 

ikki  barobarga  O‘zbekiston  Respublikasining  yuridik  shaxslari  uchun  o‘n  ming 

barobargacha,  jismoniy  shaxslar  uchun  ming  barobargacha  oshirish  maqsadga 

muvofiqdir. 

Siyosiy  partiyalarning  moliyaviy  jihatdan  barqarorligining  oshishi    ularning 

faoliyatining    jonlanishini,  raqobatdoshligini  oshiradi,  saylovlar  oralig‘idagi 

ishlash  mexanzlarinining  ham  takomillashishiga,  partiyalarning  joylardagi 

bo‘linmalarini  kengayishiga  olib  keladi.  Shu  bilan  birga  partiyalarning  yillik 

hisobotlariga jamoatchilikning e’tibori oshishiga xizmat qiladi. 

Ma’lumki  siyosiy  partiyalar  respublikamizda  jamoat  birlashmalari  sifatida 

ko‘rsatiladi.  Shu  o‘rinda  siyosiy  partiyalarning  jamoat  birlashmalaridan  farqli 

jihatlarini  anglab  olish  zarur.  Nemis  olimi  doktor  Raynxard  Krumm  bu  borada 

qarashlarni  bayon  etib,  “birinchidan  partiyalarni  nodavlat  notijorat  tashkilotlari 

bilan  aralashtirib  yubormaslik,  ikkinchidan  bir  semantik  tushuncha  ostida  siyosiy 



27 

 

partiyalarning  har  xil  turlari  umumlashtirmasligi    uchun  ushbu  tushunchaning 



semantik doiralarini haddan tashqari toraytirib qo‘ymaslik zarur.”

31

 



Mamlakatimiz  mustaqilligining  o‘tgan  davri  mobaynida  fuqarolik  jamiyati 

institutlari,  xususan,  siyosiy  partiyalar  demokratik  jarayonlarda  erkin  va  faol 

ishtirok etishi uchun zarur tashkiliy-huquqiy asoslar yaratildi. 

Ma’lumki,  qonunchilikka  muvofiq,  siyosiy  partiya  O‘zbekiston  Respublikasi 

fuqarolarining  qarashlar,  manfaatlar  va  maqsadlar  mushtarakligi  asosida  tuzilgan, 

davlat  hokimiyati  organlarini  shakllantirishda  jamiyat  muayyan  qismining  siyosiy 

irodasini  ro‘yobga  chiqarishga  intiluvchi  hamda  o‘z  vakillari  orqali  davlat  va 

jamoat ishlarini idora etishda qatnashuvchi ko‘ngilli birlashmadir. 

Siyosiy partiyalar  faoliyatining konstitutsiyaviy kafolatlarini  ta’minlash bilan 

bog‘liq  xalqaro  tajriba  tarixiga  nazar  tashlasak,  o‘tgan  asrning  50-yillariga  kelib 

Germaniya,  Fransiya,  Italiya  va  Yaponiya  kabi  davlatlar  Konstitutsiyalarida 

siyosiy partiyalar to‘g‘risidagi ilk qoidalar o‘z aksini topganini ko‘ramiz. 

Keyinchalik  konstitutsiyalarda  belgilangan  me’yorlarni  mustahkamlaydigan 

va rivojlantiradigan siyosiy partiyalar faoliyati to‘g‘risidagi alohida qonunlar qabul 

qilina boshladi. Xususan, bunday qonunlar Germaniyada (1967 yil), Portugaliyada 

(1974  yil),  Avstriyada  (1975  yil), Ispaniyada (1978  yil)  va  boshqa  mamlakatlarda 

qabul qilindi. 

Taraqqiy topgan  mamlakatlar tajribasidan  kelib chiqib, respublikamizda  ham 

siyosiy  partiyalarning  fuqarolik  jamiyati  instituti  sifatidagi  huquqiy  asoslari 

shakllandi. 

Siyosiy 

partiyalarning 

davlat 

va 


jamiyat 

boshqaruvini 

demokratlashtirishdagi  rolini  kuchaytirish  maqsadida  konstitutsiyaviy  qonun,  bir 

necha qonun va qonunosti hujjatlar qabul qilindi. 

Qonunchilikka  muvofiq,  ikki  palatali  parlamentning  shakllantirilishi  va 

Qonunchilik  palatasi  deputatligiga  nomzodlar  ko‘rsatish  huquqining  siyosiy 

partiyalarga berilishi siyosiy partiyalarning jamiyat va davlat qurilishidagi o‘rni va 

rolini oshirishga sharoit yaratdi. 

                                                             

31

 Germaniyaning siyosiy partiyalar to’g’risida”gi Qonuni.T.: Mas’ul muharrirlar A.Saidov, Raydrad  Krumm Inson 



huquqlari bo’yicha O’zbekiston Respublikasi Milliy markazi.2007.B-5. 


28 

 

O‘tgan  davr  mobaynida  siyosiy  partiyalar  faoliyatiga  aloqador  bir  necha 



qonunosti  hujjatlari  ham  qabul  qilindi.  O‘zbekiston  Respublikasi  Prezidentining 

«Jamiyatni  demokratlashtirish  va  yangilash,  mamlakatni  isloh  qilish  hamda 

modernizatsiyalash  maqsad  va  vazifalarini  amalga  oshirish  Dasturi  to‘g‘risida»gi, 

«O‘zbekistonda  fuqarolik  jamiyati  institutlarini  rivojlantirishga  ko‘maklashish 

chora-tadbirlari  to‘g‘risida»gi  Qarorlari,  shuningdek,  Vazirlar  Mahkamasining 

«Siyosiy  partiyalarning  ustavda  nazarda  tutilgan  faoliyatini  davlat  tomonidan 

moliyalashtirish  tartibi  to‘g‘risidagi  Nizomni  tasdiqlash  haqida»gi  qarori  shular 

jumlasidandir. 

Yuqoridagilardan  kelib  chiqib,  xulosa  qilish  mumkinki,  demokratik 

tamoyillar  asosida  faoliyat  yurituvchi  siyosiy  partiyalarning  jamiyat  hayotidagi 

mavqei  oshib  borishi  mamlakatimizning  rivojlangan  davlatlar  qatoridan  munosib 

o‘rin egallashida muhim omil bo‘lib xizmat qiladi. 

Yuqorida  ta’kidlaganimizdagidek  1996  yil  26  dekabrda  Oliy  Majlis 

tomonidan “Siyosiy  partiyalar to‘g‘risida”gi qonun qabul qilindi. Ushbu qonunda 

siyosiy partiya tushunchasi, siyosiy partiyalarni tuzish va ularni faoliyat ko‘rsatish 

prinsiplari,  ular  faoliyatining  kafolatlari,  siyosiy  partiyalar  ustavi  va  dasturi, 

siyosiy  partiyalarga  a’zolik,  siyosiy  partiyalarni  ro‘yxatga  olish,  siyosiy 

partiyalarning  huquqlari,  siyosiy  partiyalarning  Oliy  Majlis  Qonunchilik 

palatasidagi  fraksiyalari, Qoraqolpog‘iston Respublikasi Jo‘qorg‘i  Kengesi  hamda 

mahalliy  hokimiyat  vakillik  organlarigi  partiyalar  guruxlari,  siyosiy  partiyalar 

mulki,  siyosiy  partiyalarni  mablag‘  bilan  ta’minlashga  oid  qoidalar  belgilangan. 

Qonunning  1-moddasida  siyosiy  partiyaga  ta’rif  berilib,  uni  quyudagicha 

izohlanadi:  “Siyosiy    partiyalar  O‘zbekiston  Respublikasi  fuqarolarini  qarashlar 

manfaatlar va maqsadlar mushtarakligi asosida tuzilgan, davlat hokimiyati vakillik 

organlarini  shakllantirishda  jamiyatning  muayyan  qismining  irodasini  ro‘yobga 



29 

 

chiqarishga  intiluvchi  hamda  o‘z  vakillari  orqali  davlat  va  jamiyat  ishlarini  idora 



etishda qatnashuvchi ko‘ngilli birlashmadir.”

32

 



O‘zbekiston  Respublikasi  “Siyosiy    partiyalar  to‘g‘risida”gi  qonuni    ayrim 

yo‘nalishdagi  siyosiy partiyalarni tuzishni man etadi.  

Ular quyudagilar: 


Download 435,94 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   15   16   17   18   19   20   21   22   ...   35




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish