Birinchi guruh, partiyalarni xususiy mablag‘lari ya’ni partiyaga kirish va
a’zolik badallari, partiya tadbirlaridan ( ko‘rgazmalar, ma’ruzalar va boshqa mab.)
olinadigan tushumlar va tadbirkorlik faoliyati va mulkdan keladigan daromadlar.
Ikkinchi guruh, partiyalarni qisman moliyalashtirish. Bunda davlat siyosiy
partiyalarni ayrim faoliyatlarini moliyalashtiradi.
Uchinchi guruh, partiyalarni davlat tomonidan moliyalashtirish.Bu
moliyalashtirish siyosiy partiyalar to‘g‘risidagi hozirgi davr qonunchiligining
asosiy tamoyillaridan biriga aylanmoqda.
Respublikamizda ham siyosiy partiyalarni moliyaviy
mustaqilligini
mustahkamlash
maqsadida,
2004-yil
30-aprelda
“Siyosiy
partiyalarni
moliyalashtirish to‘g‘risida”gi qonun ishlab chiqildi. Ushbu qonunda partiyalarni
davlat tomonidan moliyalashtirish, partiyalarning moliyaviy manbalari va ularning
qanday foydalanishlari to‘g‘risidagi normalalar kiritilgan. Qonunning 2-moddasida
“Siyosiy partiyalar, agar u O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlis Qonunchilik
palatasiga saylov yakunlari bo‘yicha O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi
Qonunchilik palatasi to‘g‘risidagi O‘zbekiston Respublikasi qonuniniga muvofiq
Qonunchilik palatasida siyosiy partiyalar fraksiyani tuzish uchun zarur miqdorda
deputatlik o‘rinlarini olgan bo‘lsa, o‘zining ustavida nazarda tutilgan faoliyatni
moliyalashtirish uchun davlat mablag‘larini olish huquqiga ega bo‘ladi”
29
deb
belgilab qo‘yilgan. Demak mamlakatimizdagi qonunchiligi siyosiy partiyalarni
davlat tomonidan moliyalashtirishni sharti sifatida Oliy Majlis Qonunchilik
29
O’zbekiston Respublikasi “O’zbekiston Respublikasi Oliy Majlis Qonunchilik palatasi to’g’risida”gi
Konstitutsiyaviy Qonuni. (O’zbekiston Respublikasi Oliy Majlis axborotnomasi. 2015 й., 52-сон, 645-модда)
25
palatasida fraksiya tuzish uchun zarur bo‘lgan deputatlik o‘rinlarini ( 9 nafar) talab
etadi.
Saylov yakunlariga ko‘ra zarur deputatlik o‘rinlariga ega bo‘lgan siyosiy
partiyalar ustavida nazarda tutilgan faoliyatini moliyalashtirish uchun ajratiladigan
davlat mablag‘larining yillik hajmi shu mablag‘lar olinishi uchun mo‘jallangan
yildan oldingi yilning 1 yanvar holatida belgilangan eng kam ish haqining ikki
foizini Qonunchilik palatasiga o‘tkazilgan oxirgi saylovda saylovchilar ro’yxatiga
kiritilgan fuqarolar soniga ko‘paytmasi o‘z deputatlari soniga mutanosib
belgilangan mablag‘lardir. Bugunda mavjud siyosiy partiyalarimizning faoliyatini
kengayib turli yangi yo‘nalishlar ochilayotganini va bozor munosabatlariga
tortilayotgani sababli ulaning yanada samarali faoliyati uchun ushbu moddadagi
miqdorni ko‘paytirish lozim. Siyosiy partiyalarga bugungi kunda fuqarolar orasiga
yanada chuqurroq kirib borishi va boshqa aniq maqsadli vazifalarining amalga
oshirish uchun davlat mablag‘larining yillik hajmi shu mablag‘lar olinishi uchun
mo‘jallangan yildan oldingi yilning 1 yanvar holatida belgilangan eng kam ish
haqining ikki foizini to‘rt foizga qadar oshirilishi maqsadga muvofiq deb
hisoblayman.
Shu o‘rinda siyosiy partiyalarning moliyalashtirishga doir ayrim cheklovlarga
ham to‘xtalib o‘tish lozim. “Siyosiy partiyalarni moliyalashtirish to‘g‘risida”gi
qonunning 5-moddasida siyosiy partiyalarga xayriya yordamini cheklashga doir
normalar ko‘rsatilgan.Unga ko‘ra siyosiy partiyalarga pul va boshqa ko‘rinishdagi
mablag‘larni:
- Chet davlatlarning yuridik shaxslari, ularning vakolatxonalari va filiallari,
- Xalqaro tashkilotlar, ularning vakolatxonalari va filiallari
- Chet el investitsiyasi asosidagi korxonalar,
- Chet el fuqarolari,
- Fuqaroligi bo‘lmagan shaxslar
30
30
“Siyosiy partiyalarni moliyalashtirish to’g’risida”gi qonun.O’zbekiston Respublikasi Oliy Majlis axborotnomasi
2004. 5-son, 86- bet
26
tomonidan berilishiga yo‘l qo‘yilmaydi. Qonunchilikdagi bunday cheklovlarning
mavjud bo‘lishi siyosiy partiyalarning ba’zi xorijiy “xayrixohlar”dan halos etib,
mamlakat barqarorligi va mavjud hokimiyatning samarali faoliyati uchun zaruriy
jarayondir. Oxirgi yillarda Ukraina, Gruziya va qo‘shni Qirg‘izistonda sodir
bo‘lgan “rangli inqiloblar” da asosiy harakatlanuvchi kuchlar turli jamoat
tashkilotlari, jumladan, siyosiy partiyalar ekanligi bu cheklovlarning mavjudligi
ijobiy hol ekanligini isbotladi.
“Siyosiy partiyalarni moliyalashtirish to‘g‘risida”gi qonunining 13, 14
moddalaridagi O‘zbekiston Respublikasining yuridik va jismoniy shaxslarining
xayriya yordamlarining miqdorini ham ko‘rib chiqilishi lozim. Qonunda siyosiy
partiyaning yil davomida bir yuridik shaxs tomonidan olinadigan xayriya yordami
yilning birinchi yanvardagi holatiga ko‘ra belgilangan eng kam ish haqining besh
ming barobaridan, O‘zbekiston Respublikasining jismoniy shaxslarining xayriya
yordamlarining miqdori besh yuz barobaridan oshmasligi belgilangan. Ushbu
miqdorni siyosiy partiyalar faoliyatini yanada faollashtirishni nazarda tutgan holda
ikki barobarga O‘zbekiston Respublikasining yuridik shaxslari uchun o‘n ming
barobargacha, jismoniy shaxslar uchun ming barobargacha oshirish maqsadga
muvofiqdir.
Siyosiy partiyalarning moliyaviy jihatdan barqarorligining oshishi ularning
faoliyatining jonlanishini, raqobatdoshligini oshiradi, saylovlar oralig‘idagi
ishlash mexanzlarinining ham takomillashishiga, partiyalarning joylardagi
bo‘linmalarini kengayishiga olib keladi. Shu bilan birga partiyalarning yillik
hisobotlariga jamoatchilikning e’tibori oshishiga xizmat qiladi.
Ma’lumki siyosiy partiyalar respublikamizda jamoat birlashmalari sifatida
ko‘rsatiladi. Shu o‘rinda siyosiy partiyalarning jamoat birlashmalaridan farqli
jihatlarini anglab olish zarur. Nemis olimi doktor Raynxard Krumm bu borada
qarashlarni bayon etib, “birinchidan partiyalarni nodavlat notijorat tashkilotlari
bilan aralashtirib yubormaslik, ikkinchidan bir semantik tushuncha ostida siyosiy
27
partiyalarning har xil turlari umumlashtirmasligi uchun ushbu tushunchaning
semantik doiralarini haddan tashqari toraytirib qo‘ymaslik zarur.”
31
Mamlakatimiz mustaqilligining o‘tgan davri mobaynida fuqarolik jamiyati
institutlari, xususan, siyosiy partiyalar demokratik jarayonlarda erkin va faol
ishtirok etishi uchun zarur tashkiliy-huquqiy asoslar yaratildi.
Ma’lumki, qonunchilikka muvofiq, siyosiy partiya O‘zbekiston Respublikasi
fuqarolarining qarashlar, manfaatlar va maqsadlar mushtarakligi asosida tuzilgan,
davlat hokimiyati organlarini shakllantirishda jamiyat muayyan qismining siyosiy
irodasini ro‘yobga chiqarishga intiluvchi hamda o‘z vakillari orqali davlat va
jamoat ishlarini idora etishda qatnashuvchi ko‘ngilli birlashmadir.
Siyosiy partiyalar faoliyatining konstitutsiyaviy kafolatlarini ta’minlash bilan
bog‘liq xalqaro tajriba tarixiga nazar tashlasak, o‘tgan asrning 50-yillariga kelib
Germaniya, Fransiya, Italiya va Yaponiya kabi davlatlar Konstitutsiyalarida
siyosiy partiyalar to‘g‘risidagi ilk qoidalar o‘z aksini topganini ko‘ramiz.
Keyinchalik konstitutsiyalarda belgilangan me’yorlarni mustahkamlaydigan
va rivojlantiradigan siyosiy partiyalar faoliyati to‘g‘risidagi alohida qonunlar qabul
qilina boshladi. Xususan, bunday qonunlar Germaniyada (1967 yil), Portugaliyada
(1974 yil), Avstriyada (1975 yil), Ispaniyada (1978 yil) va boshqa mamlakatlarda
qabul qilindi.
Taraqqiy topgan mamlakatlar tajribasidan kelib chiqib, respublikamizda ham
siyosiy partiyalarning fuqarolik jamiyati instituti sifatidagi huquqiy asoslari
shakllandi.
Siyosiy
partiyalarning
davlat
va
jamiyat
boshqaruvini
demokratlashtirishdagi rolini kuchaytirish maqsadida konstitutsiyaviy qonun, bir
necha qonun va qonunosti hujjatlar qabul qilindi.
Qonunchilikka muvofiq, ikki palatali parlamentning shakllantirilishi va
Qonunchilik palatasi deputatligiga nomzodlar ko‘rsatish huquqining siyosiy
partiyalarga berilishi siyosiy partiyalarning jamiyat va davlat qurilishidagi o‘rni va
rolini oshirishga sharoit yaratdi.
31
Germaniyaning siyosiy partiyalar to’g’risida”gi Qonuni.T.: Mas’ul muharrirlar A.Saidov, Raydrad Krumm Inson
huquqlari bo’yicha O’zbekiston Respublikasi Milliy markazi.2007.B-5.
28
O‘tgan davr mobaynida siyosiy partiyalar faoliyatiga aloqador bir necha
qonunosti hujjatlari ham qabul qilindi. O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining
«Jamiyatni demokratlashtirish va yangilash, mamlakatni isloh qilish hamda
modernizatsiyalash maqsad va vazifalarini amalga oshirish Dasturi to‘g‘risida»gi,
«O‘zbekistonda fuqarolik jamiyati institutlarini rivojlantirishga ko‘maklashish
chora-tadbirlari to‘g‘risida»gi Qarorlari, shuningdek, Vazirlar Mahkamasining
«Siyosiy partiyalarning ustavda nazarda tutilgan faoliyatini davlat tomonidan
moliyalashtirish tartibi to‘g‘risidagi Nizomni tasdiqlash haqida»gi qarori shular
jumlasidandir.
Yuqoridagilardan kelib chiqib, xulosa qilish mumkinki, demokratik
tamoyillar asosida faoliyat yurituvchi siyosiy partiyalarning jamiyat hayotidagi
mavqei oshib borishi mamlakatimizning rivojlangan davlatlar qatoridan munosib
o‘rin egallashida muhim omil bo‘lib xizmat qiladi.
Yuqorida ta’kidlaganimizdagidek 1996 yil 26 dekabrda Oliy Majlis
tomonidan “Siyosiy partiyalar to‘g‘risida”gi qonun qabul qilindi. Ushbu qonunda
siyosiy partiya tushunchasi, siyosiy partiyalarni tuzish va ularni faoliyat ko‘rsatish
prinsiplari, ular faoliyatining kafolatlari, siyosiy partiyalar ustavi va dasturi,
siyosiy partiyalarga a’zolik, siyosiy partiyalarni ro‘yxatga olish, siyosiy
partiyalarning huquqlari, siyosiy partiyalarning Oliy Majlis Qonunchilik
palatasidagi fraksiyalari, Qoraqolpog‘iston Respublikasi Jo‘qorg‘i Kengesi hamda
mahalliy hokimiyat vakillik organlarigi partiyalar guruxlari, siyosiy partiyalar
mulki, siyosiy partiyalarni mablag‘ bilan ta’minlashga oid qoidalar belgilangan.
Qonunning 1-moddasida siyosiy partiyaga ta’rif berilib, uni quyudagicha
izohlanadi: “Siyosiy partiyalar O‘zbekiston Respublikasi fuqarolarini qarashlar
manfaatlar va maqsadlar mushtarakligi asosida tuzilgan, davlat hokimiyati vakillik
organlarini shakllantirishda jamiyatning muayyan qismining irodasini ro‘yobga
29
chiqarishga intiluvchi hamda o‘z vakillari orqali davlat va jamiyat ishlarini idora
etishda qatnashuvchi ko‘ngilli birlashmadir.”
32
O‘zbekiston Respublikasi “Siyosiy partiyalar to‘g‘risida”gi qonuni ayrim
yo‘nalishdagi siyosiy partiyalarni tuzishni man etadi.
Ular quyudagilar:
Do'stlaringiz bilan baham: |