partiyalarning roli va siyosiy partiyalarning ayrim tamoyillari haqida qoidalar
partiyalarning mavjud bo‘lishini nazarda tutadi va boshqa partiyalarning faoliyati
22
Mamlakatimiz Konstitutsiyasida siyosiy partiyalarga doir qoidalarning
sezilarli darajada mavjudligi Konstitutsiyamizni ikkinchi guruhga taalluqli
ekanligini ko‘rsatadi va Konstitutsiya belgilab bergan ustuvor yo‘nalishlar asosida
siyosiy partiyalar faoliyatini aniq yo‘nalishlarini tartibga solishga maqsadida qator
qonunlar qabul qilindi.
«O‘zbekiston Respublikasida jamoat birlashmalari to‘g‘risida»gi qonun qabul
qilinishi mamlakatimizda siyosiy partiyalar faoliyati yo‘lga qo‘yilishida muhim
huquqiy asos bo‘ldi. 1996 yil 12 dekabrda bevosita siyosiy partiya tushunchasi,
faoliyatining huquqiy asoslari, faoliyat ko‘rsatish prinsiplari, huquqlari va ular
faoliyatiga
tegishli
boshqa
me’yorlarni
belgilagan
«Siyosiy
partiyalar
to‘g‘risida»gi,
shuningdek,
2004
yil
30
aprelda
siyosiy
partiyalarni
moliyalashtirish sohasidagi munosabatlarni tartibga soluvchi «Siyosiy partiyalarni
moliyalashtirish to‘g‘risida»gi qonunlar qabul qilindi.
Ushbu 1996 yil 26 dekabrda qabul qilingan “Siyosiy partiyalar to‘g‘risida”gi
Qonun O‘zbekistonda ko‘ppartiyaviylik rivojlanishining yangi bosqichini boshlab
berdi va shu bilan birgalikda ushbu qonun avvalgi qonunchilik bilan hal etilmagan
bir qator quyidagi masalalarni ham hal etib berdi: partiyalar faoliyatiga demokratik
tamoyillarni tadbiq etish va avtoritar, millatchilik (shovinistik) tipidagi partiyalarni
tuzish imkonini istisno qilish; joylarda siyosiy partiyalarni faolligini oshirishni
rag‘batlantirish, ya'ni ularni fuqarolarga yaqinlashtirish va fuqarolarning o‘z
siyosiy qarashlarida ma'lum fikrga kelishlariga yordam berish; partiyalar moliyaviy
va iqtisodiy faoliyatining oshkoraligini hamda jamiyatning siyosiy partiyalarni
moliyalashtirish manbalari haqida ma'lumotga ega bo‘lishini ta'minlash
masalalarini ko’rsatildi.
Endi shu o’rinda ushbu qonunga asosan siyosiy partiyalarning tashkil etish
mexanizmi haqida biroz to’xtalsak. Qonunining 6-moddasiga muvofiq siyosiy
partiya tuzish uchun kamida sakkizta hududiy subyektda (viloyatda), shu jumladan,
Qoraqalpog’iston Respublikasi va Toshkent shahrida yashayotgan hamda partiyaga
birlashish istagida bo’lgan kamida yigirma ming fuqaroning imzosi bo’lishi talab
23
etiladi. Siyosiy partiya tuzish tashabbuskorlari kamida ellik kishidan iborat
bo’lishi, ular partiya ta’sis hujjatlarini tayyorlash, a’zolar tarkibini shakllantirish
hamda ta’sis syezdi yoki konferensiyasini chaqirish bo’yicha tashkiliy qo’mitani
tuzishlari lozim.Tashkiliy qo’mita o’zi tuzilgan kundan boshlab yeti kunlik
muddatdan kechiktirmay O’zbekiston Respublikasi Adliya Vazirligiga o’z
tashabbusi, qo’mitaning tarkibi, rahbari (yetakchisi), joylashgan manzili hamda
ta’sis syezdi yoki konferensiyasi chaqiriladigan sanani yozma ravishda xabar
qilishi lozim.Tashkiliy qo’mita tuzilgan kundan boshlab uzog’i bilan uch oy
faoliyat ko’rsatish huquqiga egadir.Siyosiy partiya ta’sis syezdida yoki
konferensiyasida tuziladi. Ta’sis syezdi yoki konferensiyasi partiya Ustavi va
dasturini qabul qiladi, uning saylab qo’yiladigan organlarini tuziladi. Siyosiy
partiyalar O’zbekiston Respublikasi Adliya vazirligi tomonidan ro’yhatga olinadi.
Albatta, shu o’rinda aytish lozimki, partiyalarning ijtimoiy-siyosiy xayotda
faoliyat ko‘rsatishlarining kafolati, bu ularning uzliksiz moliyaviy asoslarga ega
bo‘lishlaridir. “Hozirgi davr qonunchiligi siyosiy partiyalar faoliyatining barcha
yo‘nalishlaridagi moliyaviy mablag‘larini aniqlashtirib, ularning partiyalar
faoliyati turlariga ko‘ra taqsimlanish, partiyalarning aniq manbalardan mablag‘
olish shartlari va ishlatish tartibini huquqiy jihatlarini mustahkamlab bermoqda.
Bu faoliyatdagi turli cheklovlarni, ya’ni xayriya berish me’yorlari xarajatlar
kabilarni muvofiqlashtirishga doir huquqiy asoslar ishlab chiqilgan. Siyosiy
partiyalar
belgilangan
shartlarni
bajarmasliklari
yoki
ularni
buzishlari
huquqbuzarlik sifatida talqin etilib, partiyalarga turlicha to ularni tarqatib
yuborishga qadar sanksiyalar berishning huquqiy amaliyoti ham o‘rnatilgan”
28
.
Bugingi kunda Yevropa, Shimoliy Amerika, Yaponiya, Avstraliya, Janubiy
Koreya va Hindiston kabi demokrat mamlakatlarda siyosiy partiyalar faoliyati
kengayishi va bu sohada ularning sarf-xarajatlari yildan-yilga kengayib borishi
natijasida ularning serqirra faoliyatini davlat tomonidan ta’minlash muommolari
kelib chiqmoqda. Partiyalarning rivojlanish tarixidan ma’lumki, partiyalar uzliksiz
28
M.Qirg’izboyev.Узбекистоннапутигражданскомуобшеству//O’zbekiston fuqorolik jamiyati sari.
Сборникстатей.Отюред.: R.Alimov.- Toshkent.: Sharq . 2003. B-209.
24
keladigan moliyaviy mablag‘larsiz o‘z maqsadlarini to‘liq bajara olmaganlar. Shu
munosabat bilan dunyoning ko‘plab mamlakatlari qonunchiligi partiyalarni davlat
tomonidan moliyalashtirishga ahamiyat bera boshladi. Demokratik huquqiy
mamlakatlar qonunchiligiga e’tibor bersak, siyosiy partiyalarni ta’minlashga
bog‘liq uch xil yondashuvga guvoh bo‘lamiz.
Do'stlaringiz bilan baham: