Toshkent davlat yuridik universtiteti davlat boshqaruvi kafedrasi


partiyasi – 20 nafar deputatdan iborat tarkibda N.Umarov boshchiligida



Download 435,94 Kb.
Pdf ko'rish
bet26/35
Sana16.06.2021
Hajmi435,94 Kb.
#67749
1   ...   22   23   24   25   26   27   28   29   ...   35
Bog'liq
davlat boshqaruvini demokratlashtirishda siyosiy partiyalarning rolini yanada kuchaytirish masalalari.


partiyasi – 20 nafar deputatdan iborat tarkibda N.Umarov boshchiligida

56

    faoliyat 



yuritmoqdalar. 

                                                             

52

 O’zbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Qonunchilik palatasining “O’zbekiston Respublikasi Oliy Majlisining 



Qonunchilik  palatasiga  O’zbekiston  “Milliytiklanish”  demokratik  partiyasidan  saylangan  deputatlar  fraktsiyasini 

ro’yxatga olish to’g’risida”gi 2008 yil 15-avgustdagi 847-I-sonli Qarori. 

53

O’zbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Qonunchilik palatasining “O’zbekiston Respublikasi Oliy Majlisining 



Qonunchilik  palatasiga  O’zbekiston  Liberal-demokratik  partiyasi”dan  saylangan  deputatlar  fraktsiyasini  ro’yxatga 

olish to’g’risida”gi 2014 yil 22 yanvardagi 11-II –sonli Qarori 

54

O’zbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Qonunchilik palatasining “O’zbekiston Respublikasi Oliy Majlisining 



Qonunchilik  palatasiga  O’zbekiston  “Milliytiklanish”  demokratik  partiyasidan  saylangan  deputatlar  fraktsiyasini 

ro’yxatga olish to’g’risida”gi 2014 yil 22 yanvardagi 13-II-sonli Qarori. 

55

O’zbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Qonunchilik palatasining “O’zbekiston Respublikasi Oliy Majlisining 



Qonunchilik  palatasiga  O’zbekiston  Xalq-demokratik  partiyasidan  saylangan  deputatlar  fraktsiyasini  ro’yxatga 

olishto’g’risida”gi 2014 yil 22 yanvardagi 12-II -sonliQarori 

56

 O’zbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Qonunchilik palatasining “O’zbekiston Respublikasi Oliy Majlisining 



Qonunchilik palatasiga “Adolat” sotsial-demokratik partiyasidan saylangan deputatlar fraktsiyasini ro’yxatgaolish 

to’g’risida”gi 2014 yil 22 yanvardagi 14-II –sonli Qarori

 



49 

 

O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasi faoliyatini o‘ziga 



xos  xususiyati  shundaki,  qo‘mita  raisi,  uning  o‘rinbosari  va  qo‘mita  a'zolari 

lavozimlari  deputatlarning  qaysi  partiyaga  yoki  guruhga  mansubligini  hamda 

saylovda  saylovchilarning  qancha  ovozini  olganligini  inobatga  olgan  holda  yaxlit 

(umumiy)  qarori  bilan  belgilanadi.  Ushbu  qoidaga  asosan  O‘zbekiston  Liberal-

demokratik  partiyasi  fraksiyasi  -  Mudofaa  va  xavfsizlik  masalalari,  Sanoat, 

qurilish,  va  savdo  masalalari,  Agrar  va  suv  xo‘jaligi  masalalari,  Axborot  va 

kommunikatsiya  texnologiyalari  masalalari  qo‘mitalari;  O‘zbekiston  Xalq 

demokratik partiyasi fraksiyasi – Qonunchilik va sud-huquq masalalari, Mehnat va 

ijtimoiy  masalalar, Xalqaro  ishlar  va parlamentlararo aloqalar qo‘mitalari; “Milliy 

tiklanish”  partiyasi  fraksiyasi  –  Fan,  ta'lim,  madaniyat  va  sport  masalalari, 

Demokratik institutlar, nodavlat tashkilotlar va fuqarolarning o‘zini o‘zi boshqarish 

organlari qo‘mitalari; “Adolat” sotsial-demokratik partiyasi fraksiyasi – Byudjet va 

iqtisodiy  islohotlar  qo‘mitasi;  O‘zbekiston  ekologik  harakati  deputatlar  guruhi 

uchun  –  Ekologiya  va  atrof  muhitni  muhofaza  qilish  masalalari  qo‘mitasi  raislari 

lavozimi taqsimlandi

57

.  



Siyosiy partiyalar fraksiyalarining o‘ziga xos xususiyatlari mavjud bo‘lib, ular 

quyidagilardan iborat: 

– 

odatda  siyosiy  partiya  fraksiyalarining  tarkibiga  siyosiy  partiyalarning 



yetakchi vakillari va nisbatan faol bo‘lgan a'zolari kiradi; 

– 

siyosiy  partiya  fraksiyalari  siyosiy  partiya  intizomi  va  faoliyati  bilan 



bevosita bog‘liq bo‘ladi; 

– 

siyosiy partiya fraksiyalariga maxsus organlar boshchilik qiladi; 



– 

o‘ta  muhim  masalalarning  hal  qilinishi  oldidan  siyosiy  partiya 

fraksiyalarining yig‘ilishlari o‘tkazilishi mumkin; 

– 

davlat boshqaruvida ishtirok etadi; 



                                                             

57

O’zbekiston Respublikasi Qonunchilik palatasining “O’zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasi 



qo’mitalari ro’yxatini tasdiqlash, qo’mitalar raislari lavozimlarini siyosiy partiyalar fraktsiyalari va deputtatalar 

guruhi o’rtasida taqsimlash to’g’risida”gi 2014 yil 22 yanvardagi 16-II –sonli Qarori. 




50 

 

– 



siyosiy  partiya  fraksiyalarining  tashkil  etilishi  va  faoliyati  bilan  bog‘liq 

masalalar  parlament  reglamenti  hamda  konstitutsiyaviy  odatlar  bilan  tartibga 

solinadi. 

“Davlat  boshqaruvini  yangilash  va  yanada  demokratlashtirish  hamda 

mamlakatni  modernizatsiya  qilishda  siyosiy  partiyalarning  rolini  kuchaytirish 

to‘g‘risida”gi  Konstitutsiyaviy  qonun  qabul  qilingunga  qadar  “parlament 

ko‘pchiligi”  va  “parlament  ozchiligi”  institutlari  mexanizmi  muayyan  qonunlar 

bilan  tartibga  solinmagan.  O‘zbekiston  Respublikasi  Oliy  Majlisi  Qonunchilik 

palatasining  2005  yil  28  iyulda  qabul  qilingan  102-I-sonli  Qarori  bilan 

tasdiqlangan  “O‘zbekiston  Respublikasi  Oliy  Majlisi  Qonunchilik  palatasining 

Reglamenti

58

”ning  56-moddasida  fraksiyalar  Qonunchilik  palatasida  o‘z  umumiy 



manfaatlarini  ifodalash  va  faoliyatini  muvofiqlashtirish  maqsadida  fraksiyalar 

blokiga  birlashishlari  mumkinligi  belgilangan  bo‘lsada,  shuningdek  57-moddada 

deputatlarning  yarmidan  ko‘pini  birlashtirgan  fraksiya  yoki  fraksiyalar  bloki 

parlament  ko‘pchiligini  tashkil  etishi  belgilangan  bo’lsada,  ushbu  reglamentda 

parlamentdagi  muxolifatning  qanday  huquq  yoki  imtiyozlarga  ega  ekanligi 

ko’rsatilmagan edi.  

“Davlat  boshqaruvini  yangilash  va  yanada  demokratlashtirish  hamda 

mamlakatni  modernizatsiya  qilishda  siyosiy  partiyalarning  rolini  kuchaytirish 

to‘g‘risida”gi  Konstitutsiyaviy  qonunining  qabul  qilinishi  ushbu  “parlamentdagi 

ko‘pchilik”  va  “parlamentdagi  ozchilik”  tushunchalariga  qonuniy  ta'rif  va  aniqlik 

kiritdi.  Unga  ko‘ra,  O‘zbekiston  Respublikasi  Oliy  Majlisining  Qonunchilik 

palatasida  ko‘pchilik  o‘rinni  egallagan  siyosiy  partiya  fraksiyasi  parlamentdagi 

ko‘pchilikni  tashkil  etadi.  Shuningdek,  o‘z  dasturiy  maqsadli  vazifalarining 

yaqinligidan yoki mosligidan kelib chiqqan holda blok tuzadigan bir nechta siyosiy 

partiyalar  fraksiyalari  va  O‘zbekiston  Ekologik  Harakatidan  saylangan  deputatlar 

ham parlamentdagi ko‘pchilikni tashkil etishi mumkin. 

                                                             

58

O’zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi palatalarining Axborotnomasi. –2014 й., 16-сон, 177-модда; 20-сон, 222-



модда. 


51 

 

Yangidan  shakllantirilgan  hukumatning  tutgan  yo‘li  va  dasturiga  yoki  uning 



ayrim  yo‘nalishlariga  qo‘shilmaydigan  siyosiy  partiyalar  fraksiyalari,  shuningdek 

O‘zbekiston  Ekologik  Harakatidan  saylangan  deputatlar  o‘zlarini  parlamentdagi 

muxolifat, deb e'lon qilishi mumkin. 

Muxolifat  (oppozitsiya  –  lotincha  -  qarshi  qo‘ymoq)  ozchilikni  ifoda  etib, 

rasmiy  qarashlarni  tan  olmaslik,  ozchilikning  qarash  va  maqsadlari,  siyosiy 

jarayonlardagi 

ko‘pchilik 

qatnashchilarning 

qarash 

va 


maqsadlaridan 

foydalanishdir

59



Jahon konstitutsiyaviy amaliyotida muxolifatning keng tarqalgan ikki modeli: 



Vestministr (anglosakson)  va kontinental (fransuz)  modellari  mavjud.  Vestministr 

modelida  kim  –  hokimiyat,  kim  –muxolifat  ekanligi  aniq  ajratilgan.  Saylovlarda 

yutib  chiqqan  –  hokimiyat,  yutqazgan-muxolifatni  tashkil  etadi.Ushbu  modeldagi 

mamlakatlar  Konstitutsiyalarida  parlament  muxolifati  maqomiga  alohida  urg‘u 

berilgan

60



Respublikamizdagi  qonunchilikka  ko‘ra,  ko‘pchilikni  tashkil  etuvchi 

fraksiyalar  ham  muxolifat  fraksiya  ham  teng  bo‘lib,  ularga  bir  xil  huquqlar 

berilgan.  Qonunchilikda  ularning  parlamentni  tarkibiy  qismi  ekanligi  inobatga 

olinib,  qator  huquq  va  imtiyozlar  taqdim  etilgan.  O‘zbekiston  Respublikasi 

“Siyosiy  partiyalar  to‘g‘risida”gi  Qonunining  13-moddasida  siyosiy  partiyaning 

O‘zbekiston  Respublikasi  Oliy  Majlisi  Qonunchilik  palatasidagi  fraksiyasi 

quyidagi huquqlarga ega ekanligi mustahkamlangan: 

Qonunchilik palatasi majlisining kun tartibini tuzishda ishtirok etish; 

O‘zbekiston  Respublikasi  Bosh  vazirini  lavozimidan  ozod  etish  to‘g‘risidagi 

tashabbus bilan O‘zbekiston Respublikasi Prezidentiga murojaat qilish; 

Qonunchilik  palatasi  majlisining  kun  tartibidagi  har  bir  masala  bo‘yicha 

muzokaralarda fraksiya vakiliga kafolatlangan so‘z berilishi; 

                                                             

59

 Tinchlik va bag’rikenglik atamalari izohli lug’ati. Mas’ul muharrir.Q.A.Jo’raev. –Toshkent: Jahon iqtisodiyoti va 



diplomatiya universiteti, 2005. – B. 79. 

60

 Исмаилов Б. Генезис правовой регламентации статуса политической оппозиции. // 



www.порталус.ру

 



52 

 

tegishli  ravishda  O‘zbekiston  Respublikasi  Oliy  Majlisining  Qonunchilik 



palatasi  Spikeriga  va  O‘zbekiston  Respublikasi  Hukumatiga,  vazirlarga, 

shuningdek boshqa davlat organlarining rahbarlariga so‘rov bilan murojaat etish; 

Qonunchilik palatasining Spiker o‘rinbosarligiga, qo‘mitalari va komissiyalari 

raisligiga nomzodlar bo‘yicha takliflar kiritish; 

Qonunchilik  palatasining  majlisida  muhokama  qilinayotgan  masala  bo‘yicha 

fraksiya fikrini deputatlar orasida tarqatish kabilar. 

Shu  o‘rinda  ta'kidlab  o‘tish  lozimki,  “Davlat  boshqaruvini  yangilash  va 

yanada  demokratlashtirish,  hamda  mamlakatni  modernizatsiya  qilishda  siyosiy 

partiyalarning  rolini  kuchaytirish  to‘g‘risida”gi  O‘zbekiston  Respublikasining 

Konstitutsiyaviy qonunida o‘zini parlamentdagi muxolifat, deb e'lon qilgan siyosiy 

partiya  fraksiyasi  qonunda  fraksiyalar  uchun  nazarda  tutilgan  vakolatlar  bilan  bir 

qatorda, quyidagi huquqlarga egaligi belgilangan: 

1)  O‘zbekiston  Respublikasi  Oliy  Majlisi  Qonunchilik  palatasi  mas'ul 

qo‘mitasining  tegishli  masala  bo‘yicha  ma'ruzasi  bilan  bir  vaqtda  qonun 

loyihasining muqobil tahririni kiritish; 

2)  muhokama  etilayotgan  masalalar  yuzasidan  o‘zining  alohida  fikrini 

O‘zbekiston  Respublikasi  Oliy  Majlisi  Qonunchilik  palatasining  yalpi  majlisi 

bayonnomasiga kiritish; 

3)  O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Senati tomonidan rad etilgan 

qonun bo‘yicha kelishuv komissiyasida o‘z vakillarining kafolatli ishtirok etishi. 

Parlamentdagi 

muxolifatning 

qonun 

bilan 


kafolatlangan 

huquqlari 

parlamentdagi  ko‘pchilik  tomonidan  kamsitilishi  mumkin  emas.  Bugungi  kunda 

yuqoridagilarga  qo’shimcha  raishda  parlamentdagi  muxolifat  bo’lgan  siyosiy 

partiya fraksiyasi qonun loyihasi birinchi o‘qishda ko‘rib chiqilguniga qadar o‘sha 

masalaga  doir  qonun  loyihasining  shuningdek,  Qonunchilik  palatasi  qarori 

loyihasining muqobil tahririni kiritish 

61

 huquqiga ham ega. 



                                                             

61

“O’zbekiston Respublikasining Oliy Majlisi Qonunchilik palatasi reglamenti to’g’risida”gi Qonuni 2015 yil 29 



dekabr, O’RQ-396 (O’zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi palatalarining Axborotnomasi. –2014 y., 16-son, 177-

modda; 20-son, 222-modda)



 


53 

 


Download 435,94 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   22   23   24   25   26   27   28   29   ...   35




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish