Toshkent davlat yuridik universtiteti davlat boshqaruvi kafedrasi


Endi  ushbu  qonunga  tayangan  holda  bosh  vazir  lavozimiga  tayinlashda



Download 435,94 Kb.
Pdf ko'rish
bet24/35
Sana16.06.2021
Hajmi435,94 Kb.
#67749
1   ...   20   21   22   23   24   25   26   27   ...   35
Bog'liq
davlat boshqaruvini demokratlashtirishda siyosiy partiyalarning rolini yanada kuchaytirish masalalari.

Endi  ushbu  qonunga  tayangan  holda  bosh  vazir  lavozimiga  tayinlashda 

siyosiy  partiyaning  o’rni  masalasiga  batafsilroq  to’xtalib  o’tsak.O‘zbekiston 

Respublikasi  Bosh  vaziri  nomzodi  O‘zbekiston  Respublikasi  Oliy  Majlisi 

palatalarining mansabdor shaxslari saylanganidan va shakllantirilganidan keyin bir 

oy  ichida  O‘zbekiston  Respublikasi  Prezidenti  tomonidan  O‘zbekiston 

Respublikasi  Oliy  Majlisining  Qonunchilik  palatasidagi  siyosiy  partiyalar 

fraksiyalarining  har biri bilan  hamda deputatlik  guruhlaridan saylangan deputatlar 

bilan  maslahatlashuvlar  o‘tkazilganidan  so‘ng  O‘zbekiston  Respublikasi  Oliy 

Majlisining  Qonunchilik  palatasi  va  Senatiga  ko‘rib  chiqish  hamda  tasdiqlash 

uchun taqdim etiladi.  

Ushbu  Konstitutsiyaviy  qonunning  qabul  qilinishi,  hech  shubhasiz, 

demokratik islohotlarni chuqurlashtirish borasida asosiy va hal etuvchi rol o‘ynadi. 

Qonunga  asosan,  Bosh  vazir  vakolatlari  kengaytirildi  va  mas'uliyati  oshirildi. 

Yuqoridagi  islohotlarning  uzviy  davomi  sifatida  konstitutsiyaga  kiritilayotgan 

ushbu  o‘zgarish  va  qo‘shimchalarni  quyidagicha  baholash  va  izohlash  mumkin. 

Mazkur  qonunga  ko‘ra,  “Davlat  hokimiyati  va  boshqaruvini  demokratlashtirish” 

yo‘nalishi  bo‘yicha  O‘zbekiston  Respublikasi  Konstitutsiyasining  O‘zbekiston 

Respublikasi  Oliy  Majlisi  Qonunchilik  palatasi  va  Senatining  birgalikdagi 

vakolatlari  mujassamlangan  78-moddasi  15-bandi  “…shuningdek,  mamlakat 

ijtimoiy-iqtisodiy  rivojlanishining  dolzarb  masalalari  yuzasidan  Bosh  vazirning 

hisobotlarini eshitish  va  muhokama qilish”

41

 degan so‘zlar bilan to‘ldirildi. E'tirof 



                                                             

41

O’zbekistonRespublikasiningKonstitutsiyasi. – T.: O’zbekiston, 2014. – 16-b. 




39 

 

etish  joizki,  mazkur  yangilik  mamlakatimizni  demokratlashtirish  va  yangilash 



bo‘yicha olib borilayotgan islohotlarning mantiqiy davomi desak xato b’lmaydi.  

O‘zbekiston  Respublikasi  Konstitutsiyasining  98-moddasiga  kiritilgan 

o‘zgartirish  va  qo‘shimchalar  orqali,  eng  avvalo,  ijro  etuvchi  hokimiyatni  amalga 

oshiruvchi Vazirlar Mahkamasi  faoliyati, uning tashkil etilishi, javobgarligi,  Bosh 

vazirning  tayinlanishi  va  hukumatning  parlament  bilan  o‘zaro  munosabatlari, 

Vazirlar  Mahkamasiga  nisbatan  ishonchsizlik  votumini  bildirish  tartibi  bilan 

bog‘liq  huquqiy  munosabatlar  to‘liq  asosda  konstitutsiyaviy-huquqiy  jihatdan 

tartibga solindi, deyish mumkin.  

Bosh  vazir  nomzodining  Qonunchilik  palatasida  eng  ko‘p  deputatlik  o‘rnini 

olgan  siyosiy  partiya  yoki  teng  miqdordagi  eng  ko‘p  deputatlik  o‘rinlarini  qo‘lga 

kiritgan  bir  necha  siyosiy  partiyalar  tomonidan  taklif  etilishi,  fuqarolik 

jamiyatining  muhim  instituti,  muayyan  guruh  fuqarolarining  huquq  va 

manfaatlarini ifodalovchi siyosiy partiyalarning rolini oshirish hamda Qonunchilik 

palatasi  va  hukumat  o‘rtasidagi  o‘zaro  muvozanatni  ta'minlashga  qaratilgan  yangi 

qoida  sifatida  mustahkamlandi.  Qolaversa,  mamlakatimizda  faoliyat  yuritayotgan 

siyosiy  partiyalarga  ham  fuqarolik  jamiyatining  muhim  instituti  sifatidagi  roli 

hamda  davlat  boshqaruvidagi  ishtiroki  kuchayishiga  zamin  yaratdi.  Bugun,  aytish 

mumkinki, siyosiy  maydonda  harakat qilayotgan barcha siyosiy partiyalar  mazkur 

“Mamlakatimizda  demokratik  islohotlarni  yanada  chuqurlashtirish  va  fuqarolik 

jamiyatini  rivojlantirish  konsepsiyasi”dan  kelib  chiqadigan  vazifalarni  amalga 

oshirish  borasida  o‘zlarining  muayyan  pozitsiyalari  aks  etgan  dasturlariga  ega 

bo‘ldi. 


Bosh  vazir  va  O‘zbekiston  Respublikasi  Oliy  Majlisi  Qonunchilik  palatasi 

o‘rtasida ziddiyatlar doimiy tus olgan holda Qonunchilik palatasi umumiy sonining 

kamida  uchdan  bir  qismi  tomonidan  O‘zbekiston  Respublikasi  Prezidenti  nomiga 

rasman kiritilgan taklif bo‘yicha Oliy Majlis palatalarining qo‘shma majlisi muho-

kamasiga  Bosh  vazirga  nisbatan  “ishonchsizlik  votumi”  bildirish  haqidagi  masala 

rivojlangan  demokratik  mamlakatlar  davlat  boshqaruvining  konstitutsiyaviy-




40 

 

huquqiy  amaliyoti  bo‘lib,  ushbu  qoidaning  amalga  kiritilishi  orqali  Bosh  vazir  va 



hukumat  a'zolarining  jamoatchilik,  ya'ni  parlament  oldidagi  mas'uliyati  va 

javobgarligini  oshirishga  xizmat  qilib,  hokimiyatlar  “o‘zaro  tiyilib  turish  va 

qarama-qarshi ta'sir ko‘rsatish” mexanizmining amalda tatbiq etilishiga keng shart-

sharoitlar yaratib berdi.  

Yuqoridagi  masalaning parlament qo‘shma  majlisida  muhokamaga qo‘yilishi 

hamda  parlament  a'zolarining  kamida  2/3  qismining  ovozi  talab  etilishi,  ushbu 

jarayonning  parlament  a'zolarining  aksariyati  tomonidan  qo‘llab-quvvatlanishi 

natijasida  yakuniy  qarorga  asoslanishi  bu  mexanizmning  murakkabligi  va 

parlament a'zolari oldidagi mas'uliyatli masala ekanligidan dalolat beradi.  

Bosh  vazirning  iste'foga  chiqishi  natijasida  butun  hukumat  a'zolarining 

iste'foga  chiqishi  kollegial  tartibda  faoliyat  olib  boruvchi  Vazirlar  Mahkamasiga 

yanada  yuksak  mas'uliyat  yuklaydi  va  qonunlar  hamda  davlat  dasturlari  ijrosi 

yuzasidan  bahamjihat  yakdil  faoliyat  yuritishini  ta'minlashga  xizmat  qiladi. 

Hukumatning  parlament  javobgarligi  odatda  siyosiy  javobgarlik  sifatida 

tavsiflanadi.  Parlament  javobgarligi  –  hukumat  tomonidan  o‘tkaziladigan  siyosiy 

harakat,  boshqaruv  faoliyatining  bajarilishi  uchun  yakdil  javobgarlikni  o‘z 

zimmasiga olishni anglatadi. 

Yana shuni aytish mumkinki bugungi kunda siyosiy partiyalar mahalliy davlat 

hokimyati  organlarining  xalq  deputatlari  kengashlarida  ham  partiya  guruhlarini 

tuzib faoliayat yuritadilar.  

O’zbekiston  Respublikasining  1996-yil  26-dekabrda  qabul  qilinga    “Siyosiy  

partiyalar  to’g’risida”gi  qonunining  14-moddasida  partiya  guruhiga  quyidagicha 

ta’rif berib o’tilgan. Unga ko’ra “Partiya guruhi — siyosiy partiyadan ko‘rsatilgan 

deputatlar  tomonidan  partiya  manfaatlarini  Qoraqalpog‘iston  Respublikasi  Jo‘qori 

Kengesida,  xalq  deputatlari  Kengashida  ifodalash  maqsadida  tuziladigan  va 

belgilangan tartibda ro‘yxatdan o‘tkazilgan deputatlar birlashmasi hisoblanadi. 




41 

 

Siyosiy  partiyadan  ko‘rsatilgan  va  Qoraqalpog‘iston  Respublikasi  Jo‘qori 



Kengesiga  yoki  xalq  deputatlari  Kengashiga  saylangan  deputat  faqat  shu 

partiyaning partiya guruhi a'zosi bo‘lishi mumkin”. 

Endi  bevosita  “Mahalliy    davlat    hokimiyati    to‘g‘risida”gi  1993  yil  2  sentyabrda 

qabul qilinga qonunga etibor qaratadigan bo’lsak, ushbu qonunga  muvofiq Viloyat 

va  Toshkent  shahar  hokimi  nomzodlari  O‘zbekiston  Respublikasi  Prezidenti 

tomonidan  tegishli  xalq  deputatlari  Kengashlaridagi  partiya  guruhlarining  har  biri 

bilan maslahatlashuvlar o‘tkazilganidan so‘ng xalq deputatlari viloyat va Toshkent 

shahar  Kengashiga  tasdiqlash  uchun  taqdim  etilishi  belgilab  o’tilgan.  Ushbu 

qonunga  ko’ra  tegishli  xalq  deputatlari  Kengashi  deputatlari  umumiy  sonining 

ko‘pchilik ovozini olgan viloyat va Toshkent shahar hokimi nomzodi tasdiqlangan 

hisoblanadi.  

Shuningdek,  tuman,  shahar  hokimlari  viloyat  hokimi  tomonidan  lavozimiga 

tayinlanadi  va  lavozimidan  ozod  etiladi  hamda  tegishli  xalq  deputatlari  Kengashi 

tomonidan tasdiqlanadi. Shu o’rinda taklif sifatida aytib o’tmoqchimanki tuman va 

shahar hokimlri nomzodlarini ham tegishli xalq deputatlari Kengashlaridagi partiya 

guruhlarining  har  biri  bilan  maslahatlashuvlar  o‘tkazilganidan  so‘ng  xalq 

deputatlari  tuman  va  shahar  Kengashiga  tasdiqlash  uchun  taqdim  etish  lozim  deb 

o’ylayman.  2014  yilning  20  yanvarida  “Siyosiy  partiyalar  to‘g‘risida”gi 

O‘zbekiston  Respublikasi  Qonuniga  kiritilgan  qo‘shimcha  va  o‘zgartirishlar  bilan 

mahalliy  kengashlardagi  partiya  deputatlik  guruhlarining  xududiy  hokimiyat 

tuzilmalari  faoliyati  ustidan  nazoratni  amalga  oshirish  va  ularga  samarali  ta'sir 

o‘tkazishini  ta'minlashga  doir  huquqiy  normalar  mustahkamlangan.  Kelgusida 

ushbu  normalarga  yuqoridagi  taklif qoshilsa bu tuman  va shaxar  hokimlarini  ham 

yanada masuliyat bilan ishlashiga turtki bo’ladi.  

Yuqoridagilarga  qoshimcha  ravishda  siyosiy  partiyalar  O’zbekiston 

Respublikasi  Prezident  saylovlarida  shuningdek,  O’zbekiston  Respublikasi  Oliy 

Majlisi  faoliyatida  ham  faol  ishtirok  etib  kelmoqdalar.  Bu  xususida  quyida 

to’liqroq  to’xtalib  o’tamiz.    Umumiy  qilib  aytadigan  bo’lsak  parlament 




42 

 

saylovlarining  natijasi  orqali  qo‘lga  kiritilgan  deputatlik  o‘rinlari  har  bir  siyosiy 



partiyaning  jamiyat  va  siyosiy  sahnadagi  real  o‘rnini  belgilab  beradi.  O‘zining 

saylov  oldi  dasturi  va  unda  belgilangan  maqsad  va  vazifalarni  amalga  oshirish 

mexanizmining  saylovchilar  tomonidan  qo‘llab-quvvatlanib  parlament  quyi 

palatasida ko‘pchilik o‘rinni egallagan siyosiy partiya, hukumat rahbari nomzodini 

taklif etish orqali o’z dasturlari, o’z oldiga qo’ygan  maqsadlarini amalga oshirishi 

mumkin bo’ladi. 




Download 435,94 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   20   21   22   23   24   25   26   27   ...   35




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish