Toshkent davlat yuridik universiteti xalqaro tashkilotlar huquqi


III-BOB  XALQARO TASHKILOTLARDA A`ZOLIK VA VAKILLIK



Download 1,03 Mb.
Pdf ko'rish
bet38/112
Sana02.03.2022
Hajmi1,03 Mb.
#477594
1   ...   34   35   36   37   38   39   40   41   ...   112
Bog'liq
XALQARO TASHKILOTLAR HUQUQI -

III-BOB 
XALQARO TASHKILOTLARDA A`ZOLIK VA VAKILLIK
Xalqaro tashkilotlarga a'zolik va ularning turlari. Xalqaro 
tashkilotlarga qo'shilish shartlari va tartibi, Xalqaro tashkilotlarga 
davlatning a'zoligini to'xtatish. Xalqaro tashkilotlarda kuzatuvchilar. 
Xalqaro tashkilotlarga a'zolik va ularning turlari 
 
 
Xalqaro tashkilotlarning faoliyati faqatgina ularga ixtiyoriylik 
tamoyilllari asosida a'zo bo'lish orqali amalga oshiriladi. Davlatni 
tashkilotga qo'shilishga majburlash – bu xalqaro huquq tamoyilllarini 
qo'pol ravishda buzishdir. Barcha xalqaro hukumatlararo tashkilotlar, 
davlatlar va xalqaro huquqning boshqa subyektlarining qat'iy a'zoligi 
asosida 
faoliyat 
yuritadilar. 
Bu 
shuni 
anglatadiki, 
xalqaro 
tashkilotlarning barcha a'zolari tegishli maqomga ega bo'lishdan oldin 
muayyan talablarni bajarishi kerak. Davlatning tashkilotga a'zoligini 
belgilovchi mazkur tartib, shuningdek, bunday a'zolik shartlari 
tashkilotning ta'sis hujjatlarida mustahkamlab qo'yilgan.
Ko'pgina hollarda, ayni tashkilotning a'zolari bir xil huquqiy 
maqomga ega. Bu qoida davlatlarning suveren tengligi tamoyilidan 
kelib chiqadi. Ayrim istisnolar nisbatan kam uchraydi va tashkilot 
faoliyatining o'ziga xos xususiyati (masalan, BMT Xavfsizlik 
Kengashining doimiy a'zolari yoki moliyaviy tashkilotlarga eng kata 
hissa qo'shgan davlatlar maqomi). Biroq, ba'zi hollarda, xalqaro 
tashkilotlar a'zolari davlat suverenitetiga ega bo'lmagan shaxslar:
o'z-o'zini boshqaradigan hududlar, davlatga o'xshash tashkilotlar va 
boshqalar) bo'lishi mumkin. Shu nuqtai nazardan, xalqaro huquq 
doktrinasida xalqaro tashkilotga to'liq a'zolik va cheklangan huquqlarga 
ega bo'lish haqida gapirish odatiy holdir. Tashkilotning to'la huquqli 
a'zolari - davlatlar, to'la huquqli bo'lmagan a'zolar – xalqaro huquqning 
boshqa subyektlaridir. Tashkilotning to'la huquqli bo'lmagan a'zolari 
uning ustaviga muvofiq a'zolikdan kelib chiqadigan barcha huquqlarga 
ega bo'lmasligi mumkin. Shu bilan birga, xalqaro tashkilotlarning ta'sis 
hujjatlari o'z a'zolari maqomlari o'rtasidagi farqlarni nazarda tutmasligi 
mumkin. 
Xalqaro hukumatlararo tashkilotlar a'zolari quyidagi toifalarga 
bo'linadi:


51 
- dastlabki a'zolari (muassislari) - tashkilotning ta'sis hujjatini 
(nizomini) ishlab chiqishda ishtirok etgan davlatlar; 
- tashkilotga o'z faoliyatini boshlaganidan keyin uning ta'sis 
hujjatiga qo'shilish yo'li bilan a'zo bo'lgan davlatlar. Huquqiy jihatdan
ular dastlabki a'zolaridan farq qilmaydi (Yopiq Xalqaro hukumatlararo 
tashkilotlar bundan mustasno); 
- qisman a'zolar – Xalqaro hukumatlararo tashkilotlarning o'ziga 
a`zo bo'lmay, uning alohida organlari tarkibiga kiruvchi davlatlar (bu 
institut FAO, IMO va BMTning boshqa ixtisoslashgan muassasalari 
faoliyatida uchraydi). 
- assotsiatsiyalashgan a'zolar (a'zo-xodimlar) – ayrim xalqaro 
hukumatlararo tashkilotlarning (YUNESKO, Butunjahon pochta ittifoqi) 
tarkibiga kirgan va maxsus maqomga ega bo'lgan o'z-o'zini 
boshqarmaydigan hududlar. Ular Xalqaro hukumatlararo tashkilotlarda 
ovoz berishda ishtirok etmaydi, xalqaro tashkilot organlariga tayinlana 
olmaydi va saylana olmaydi. Xalqaro tashkilotning to'liq a'zosi bo'lish 
uchun 
zarur 
miqdordagi 
ovozni 
ololmagan 
davlat 
ham 
assotsiatsiyalashgan a'zoning maqomiga ega bo'lishi mumkin. Hozirgi 
vaqtda Buyuk Britaniya Virjiniya orollari, Terks va Kaykos orollari 
Karib hamjamiyati va Karib umumiy bozorining assotsialashgan a'zolari 
hisoblanadi. Xalqaro hukumatlararo tashkilotlarninga'zosi bo'lishi 
mumkin bo'lgan avtonom yoki qaram hududlar - Grenlandiya va Aland 
orollari ham Shimoliy Kengashga o'z deputatlarini yuborishlari mumkin.
Grenlandiya deputatlari Daniya delegatsiyasi, Aland orollari deputatlari 
esa Finlyandiya delegatsiyasi tarkibiga kiradi.

Davlatlar, 
davlatsimon 
tuzilmalar,mustaqillik 
uchun 
kurashayotgan xalqlar va boshqa xalqaro tashkilotlar xalqaro 
hukumatlararo tashkilotlarning ish faoliyatida ishtirok etishi mumkin, 
ular a'zo hisoblanmasalarda, ammo BMT ularga kuzatuvchi maqomini 
bergan, masalan, Iqtisodiy hamkorlik va taraqqiyot tashkiloti va Oziq-
ovqat va qishloq xo'jaligi tashkiloti (FAO) ning a'zosi hisoblanadigan 
Lixtenshteyn, Monako, Vatikan, Falastin ozodlik harakati, Islom 
hamkorlik tashliloti, Yevropa Ittifoqi. 

Download 1,03 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   34   35   36   37   38   39   40   41   ...   112




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish