Toshkent davlat yuridik universiteti xalqaro tashkilotlar huquqi


Xalqaro tashkilotlarni tuzish bosqichlari



Download 1,03 Mb.
Pdf ko'rish
bet34/112
Sana02.03.2022
Hajmi1,03 Mb.
#477594
1   ...   30   31   32   33   34   35   36   37   ...   112
Bog'liq
XALQARO TASHKILOTLAR HUQUQI -

Xalqaro tashkilotlarni tuzish bosqichlari 
Xalqaro tashkilotlarni tuzish bosqichlari masalasi xalqaro 
tashkilotlarni faoliyatini o'rganishda muhim hisoblanadi.
Davlatlar tomonidan tashkil etilayotgan xalqaro tashkilotlar 
muayyan bosqichlarni bosib o'tadi. 
Xalqaro tashkilotlarni yaratish 
bosqichlarini uchga 
bo'lish mumkin:
birinchi bosqich:
ta'sis hujjatini qabul qilish; 
ikkinchi bosqich:
tashkilotning moddiy tuzilmasini tashkil etish; 
uchinchi bosqich:
asosiy organlarni chaqirish. 
Birinchi bosqich
shartnoma matnini ishlab chiqish va qabul qilish 
uchun xalqaro konferensiya chaqirishni nazarda tutadi. U turlicha nom 
bilan atalishi mumkin, masalan, statut (Millatlar Ligasi), ustav (XMT, 
BMT), konvensiya (VOIS).
Ikkinchi bosqich
tashkilotning moddiy tuzilmasini yaratishni 
nazarda tutadi. Mazkur maqsadda, ko'pgina hollarda maxsus 
tayyorlangan organlar faoliyat yuritib, ular tashkilotning bo'lajak 
organlari protseduralari qoidalari loyihalarini tayyorlashadi, qarorgohni 
tashkil etish bilan bog'liq barcha masalalarni ishlab chiqadi va boshqalar.
Uchinchi bosqich
asosiy organlarni chaqirish xalqaro tashkilotni 
tuzish bo’yicha tadbirlarni yakunlaydi.
Xalqaro tashkilotlarning organlari 
Xalqaro tashkilotlar huquqiy maqomi, vakolat va vazifalaridan 
kelib chiqqan holda muayyan tashkiliy
Xalqaro tashkilotlarni 
yaratish bosqichlari
1-BOSQICH 
 
Ta'sis hujjatini 
qabul qilish
2-BOSQICH 
Tashkilotning 
tuzilmasini 
tashkil etish
3-BOSQICH 
 
Tashkilotning 
asosiy 
organlarini 
chaqirish


43 
tuzilmaga, doimiy va yordamchi oranlariga ega bo'ladi. Mazkur organlar 
xalqaro tashkilot faoliyatining uzluksizligini ta'minlashga xizmat qiladi. 
Xalqaro tashkilotlarda odatda quyidagi organlar ta'sis etiladi: 
- oliy (vakillik, yalpi) organ; 
- ijro organi;
- ma'muriy organ; 
- sud organi; 
- maxsus masalalar bo’yicha qo'mita va komissiyalar. 
Mazkur organlarning o'zaro faoliyati, vakolatlari, ichki tuzilishi, 
xalqaro tashkilotlarda turlicha tartibga solinadi. 
Tashkilotning 
oliy 
organida 
barcha 
a'zolarning 
vakillari 
qatnashadi. 
Mazkur 
organ 
turlicha 
nomlanadi: 
assambleya, 
konferensiya, kongress va hokazo.
Universal tashkilotlarda mazkur organlar ko'p sonli bo'lib, faqat 
asosiy masalalar bo’yicha qarorlar qabul qiladilar. Ular davriy 
Yig’ilishlar o'tkazib turadilar. 
BMTning Bosh Assambleyasi har yilli (sentyabr-dekabr) ishlaydi, 
shuningdek favqulodda sessiyalarga chaqirilishi mumkin. Boshqa tashkilotlarda 
yalpi organ har ikki yillda chaqiriladi (YUNESKO), hatto ba'zilari har besh yillda 
ham chaqirilishi mumkin (Xalqaro elektr-aloqa uyushmasi). 
Yalpi organ tashkilot rezolyutsiyalarni tayyorlash uchun umumiy 
tarkibdagi komissiya va qo'mitalar tuzilib, ular oliy organ sessiyasi 
vaqtida ishlaydi. 
Plenar organ cheklangan tarkibli organlarni saylaydi, ular ichida 
ijroiya organi hamda tashkilot faoliyatining asosiy yo'nalishlari bo’yicha 
ishlaydigan organlar farqlanadi. Mazkur organlarni
tashkil etishda ma'lum mezonlar, eng avvalo, asosiy mintaqalar va 
davlatlar guruhlarining vakilligi hisobga olinadi. 
Ko'pgina tashkilotlarda organlar davlatlarning vakillaridan iborat 
bo'ladi. Ba'zi hollarda daxlsizlikni kafolatlash maqsadida davlat vakillari 
emas, aksincha, alohida mutaxassislar tanlab olinadi. Bunga, asosan, sud 
organlari kiradi. 
BMT Xalqaro Sudi Statuti 2-moddasiga muvofiq, “Sud qaysi davlat fuqarosi 
ekanligidan qat'iy nazar, yuksak ma'naviyat fazilatlarga ega shaxslar orasidan 
tanlangan, o'z mamlakatlarida oliy sud lavozimlariga tayinlashda qo’yiladigan 
talablarga javob beradigan yoki xalqaro huquq sohasida tan olinib, katta obro' 
qozongan yuristlardan saylangan mustaqil sud`yalar kollegiyasidan tashkil 
topadi”. 
Ayrimxalqaro tashkilotlarda parlament organlari mavjud. Ular 
bevosita a'zo davlatlarning ovoz berishi natijasida saylanadilar (Yevropa 


44 
Kengashi, Yevropa Ittifoqi) yoki milliy parlament tomonidan 
tayilnlanadilar (YEXHT). Ko'p hollarda mazkur organlar tavsiyalarni 
muhokama qilish hamda tinglash bilan cheklanadilar. Faqat Yevropa 
parlamenti Yevropa Ittifoqi doirasida ba'zi huquqlarga egadir. U ijroiya 
qo'mitasi YI komissiyasini tarqatib yuborishi hamda byudjet qabul 
qilinishida ishtirok etishi mumkin. 
Ba'zi xalqaro tashkilotlarda sud organlari ta'sis etiladi. Ularning 
asosiy faoliyati tashkilotga a'zo bo'lgan subyektlarning nizoli ishlarini 
ko'rib chiqish, qabul qilinayotgan hujjatlarning xalqaro huquqqa 
muvofiqligini tekshirish, xalqaro normalarni qo'llash 
bo’yicha 
tushuntirish berish, xalqaro shartnomalarga sharh berish kabi vazifalarni 
amalga oshiradi. 
Asosiy organlarga xizmat ko'rsatish, a'zo davlatlarga xat-xabarlarni 
jo'natish va shu bilan bog'liq boshqa ishlarni bajarish maqsadida xalqaro 
tashkilotlarda kotibiyat tashkil etiladi
32
.
Qariyb barcha xalqaro tashkilotlarning ta'sis hujjatlarida ushbu 
tashkilot tamoyilllariga qo'shiluvchi barcha davlatlar a'zoligi uchun 
ochiq deb belgilangan. Tashkilot a'zolari ikki toifaga: 

Download 1,03 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   30   31   32   33   34   35   36   37   ...   112




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish