Nazorat uchun savollar:
1. Xalqaro tashkilotlarga a'zolikning qanday turlarini bilasiz?
2. Xalqaro tashkilotlarga a'zo bo'lishning qanday shartlarini
bilasiz?
3. Xalqaro tashkilotlarga a'zo bo'lish tartibini aytib bering?
4. Xalqaro tashkilotlarga davlatning a'zoligini to'xtatishning
qanday qoidalari mavjud?
5. Xalqaro tashkilotlardagi kuzatuvchilarning maqomi?
6. Kuzatuvchilarni qabul qilishning qanday tartibi va protsedura
qoidalari mavjud?
7. BMTda kuzatuvchi maqomiga ega bo'lganlar?
8. Xalqaro tashkilotga a'zo davlatlar tashkilot tomonidan
o'rnatilgan qoidalarga rioya qilishlar lozim. Agarda a'zo-davlat tashkilot
oldidagi majburiyatlarini buzsa, xalqaro tashkilot qanday sanktsiya
choralarini qo'lashi mumkin?
Mavzuga oid kazuslar:
1. Moldova bir necha yil davomida Birlashgan Millatlar
Tashkilotiga a'zolik badallari to'lamaganligi uchun ovozberish
huquqidan mahrum etildi. Matbuot konferensiyasida Moldova Bosh
vaziri Ion Sturza, 1998yilhisobiga 200.000 AQSH dollari miqdorida
qarzdor bo'lib, hozirda 3 million dollardan ortiq umumiy qarz miqdori
mavjud ekanligini tan oldi. U davlat ovoz berish huquqidan mahrum
etilganligidan pushaymon ekanligini aytib, Yillning ikkinchi yarmidan
boshlab Moldova Birlashgan Millatlar Tashkilotiga qarz to'lanishni
boshlashini bildirdi. Bosh vazir ta'kidlashicha, Moldovaning BMTga
58
a'zolik badallaridan tashqari, shuningdek, boshqa xalqaro tashkilotlardan
ham avval katta qarzlar mavjudligini tan oldi.
Savol: Vaziyatga huquqiy baho bering. BMTning qaysi organi
davlatning a'zolik masalasi va protsessual huqularini cheklash haqida
qaror qabul qiladi? BMTga a'zolikka qabul qilish va a'zolikni to'xtatish
protseduralarini tahlil qiling.
2. 1948-1955 yillarda BMT Xavfsizlik Kengashiga yangi a'zo
sifatida Sovet Ittifoqini kiritish haqida ovoz berilganda, davlatlar
BMTgauni Xavfsizlik kengashiga a'zo sifatida qabul qilishdi.BMT Bosh
Assambleyasi
BMT
Xalqaro
Sudidan
BMT
Xavfsizlik
Kengashirezalyutsiyasiz (1949yilnoyabrdagi qarori) yangi a'zolarni
qabul qilish to'g'risida qaror uchun BMT Bosh Assambleyasi
vakolatliligi haqida murojaat qildi. BMT Bosh Assambleya qarori
asosida biror davlat, BMT Nizomining 4-moddasi hamda 2-moddasidan
kelib chiqib BMT Xavfsizlik Kengashiga a'zolikni amalga oshirishi
mumkinmi degan savol tug'iladi. Xavfsizlik Kengashi a'zolikka
kirmoqchi bo'lgan nomzod uchun tavsiya bermasa yoki shu sabab bilan
nomzod yetarli ovoz Yilg'a olmasa yoki Xavfsizlik Kengashi uning
a'zolari qarshi ovoz bersa, nomzod Xavfsizlik Kengashining a'zosi bo'la
olish yoki olmaslik muammosi paydo bo'ladi.
Savol: BMT Ustavining 4-moddasiga muvofiq BMT Bosh Assambleyasi
yoki Xavfsizlik Kengashining alohida fikriga muvofiq,
garchi nomzod talablarga javob bermasa ham Nizomning 4-moddasi 1-
qismiga muvofiq a'zo bo'lishi mumkinmi? Ushbu vaziyatni huquqiy tahlil
eting.
59
Do'stlaringiz bilan baham: |