Toshkent davlat yuridik universiteti xalqaro tashkilotlar huquqi


IV-BOB  BIRLASHGAN MILLATLAR TASHKILOTINING TIZIMINING



Download 1,03 Mb.
Pdf ko'rish
bet43/112
Sana02.03.2022
Hajmi1,03 Mb.
#477594
1   ...   39   40   41   42   43   44   45   46   ...   112
Bog'liq
XALQARO TASHKILOTLAR HUQUQI -

IV-BOB 
BIRLASHGAN MILLATLAR TASHKILOTINING TIZIMINING 
UMUMIY TAVSIFI VA XUSUSIYATI
BMTning huquqiy maqomi. BMT bosh organlari.
BMTning huquqiy maqomi.
Birlashgan Millatlar Tashkiloti
37
(BMT) — xalqaro tinchlik va 
xavfsizlikni saqlash hamda mustahkamlash, davlatlar o'rtasida 
hamkorlikni rivojlantirish maqsadida tashkil etilgan xalqaro tashkilotdir. 
BMT tashkil etilishining asosiy bosqichlari 1941-1945 yillarga to'g'ri 
keladi
38

BMT Ustavining birlamchi loyihasi 1944 yilning avgust-oktyabr 
oylarida Dumbarton-Oksda (AQSH) bo'lib o'tgan konferensiyada SSSR, 
AQSH, Buyuk Britaniya va Xitoy vakillari tomonidan ishlab chiqildi. 
Ustavning oxirgi matni 1945yil25 apreldan 26 iyunga qadar San-
Frantsiskoda (AQSH) o'tkazilgan Birlashgan Millatlar Konferensiyasida 
50 davlat vakillari tomonidan ko'rib chiqildi va imzolandi. Keyinroq 
Polsha ham ushbu hujjatga imzo chekdi. BMT Ustavi 24 oktyabrda to'la 
kuchga kirdi. Shu munosabat bilan 1948 yildan boshlab, BMT Bosh 
Assambleyasining 1947yil 31 oktyabrda qabul qilgan rezolyutsiyasiga
asosan 24 oktyabr Birlashgan Millatlar Tashkiloti kuni sifatida 
nishonlanib kelinmoqda. 2015 yil 1 noyabr holatiga ko'ra 193 davlat 
tashkilotga a'zodir
39
. BMT Bosh Assambleyasining 2011yil14 iyuldagi 
65/308-sonli rezolyutsiyasiga muvofiq
40
Janubiy Sudan 193chi a'zo-
davlat sifatida BMT tarkibiga kirdi.
BMT faoliyati uning Ustavida bayon etilgan maqsad va prinsplarga 
muvofiq belgilanadi. 
Birlashgan Millatlar Tashkiloti Ustavining kirish qismida “xalqaro 
huquq shartnomalari va boshqa manbalaridan kelib chiqadigan 
adolatlilikka riyao etish va majburiyatlarni hurmat qilish imkonini 
beradigan sharoitlar yaratish” vazifasi qo'yilgan edi. Demak, tashkilot 
37
http://www.un.org/
 - БМТнинг расмий сайти. 
38
БМТ ташкил этилиши ҳақида қаранг: Хакимов Р.Т. Ўзбекистон ва Бирлашган Миллатлар Ташкилоти. – Т., 
2001; Одилқориев Х., Очилов Б. Ҳозирги замон халқаро ҳуқуқи: дарслик. – Т.: ЖИДУ, 2002. – Б. 187-193.
39
http://www.un.org/ru/members/
 - БМТнинг аъзо-давлатлари 
40
http://www.un.org/ru/documents/ods.asp?m=A/RES/65/308
 


60 
tashkil topgan dastlabki kundan xalqaro huquqqa rioya etish va uni 
mustahkamlash masalasi uning faoliyatining muhim qismi hisoblanadi.
BMT Ustavi xalqaro huquq vositasi bo'lib, tashkilotga a'zo barcha 
davlatlar unga rioya etishi shart. BMT Ustavida davlatlarning suveren 
tengligi, xalqaro munosabatlarda kuch qo'llashni taqiqlash kabi xalqaro 
munosabatlarning asosiy prinsplari mustahkamlangan.
Ustavga muvofiq BMT o'z faoliyatida to'rt maqsadni ko'zda tutadi:
- Xalqaro tinchlik va xavfsizlikni saqlash va shu maqsadda 
tinchlikka rahna soladigan xavfning oldini olish hamda uni bartaraf 
etish, tajovvuzkorlik xurujlari yoki tinchlikni buzadigan boshqa 
xavflarga barham berish uchun samarali kollektiv choralar ko'rish; 
- Xalqlarning teng huquqlilik va o'z taqdirini o'zi belgilash 
prinspini 
hurmat 
qilish 
asosida 
millatlar 
o'rtasida 
do'stona 
munosabatlarni rivojlantirish, umumiy tinchlikni mustahkamlash uchun 
tegishli boshqa choralar ko'rish;
- Iqtisodiy, ijtimoiy, madaniya va gumanitar xususiyatga ega 
xalqaro muammolarni hal etish, irqi, jinsi, tili va dinidan qat'i nazar, 
inson 
huquqlari 
hamda 
asosiy 
erkinliklarini 
hurmat 
qilishni 
rag'batlantirish va rivojlantirishda xalqaro hamkorlikni amalga oshirish;
- Ushbu umumiy maqsadlarga erishishda millatlar xatti-
haratkatlarini muvofiqlashtirish markazi bo'lish. 
BMT Ustavi barcha demokratik qadriyatlarni o'zida mujassam 
etgan va bu insonning asosiy huquqlari, qadr-qimmati, erkaklar va 
ayollar tengligi ta'minlangani, katta va mayda millatlar tengligi 
mustahkamlanganiga ishonch hosil qilishda o'z ifodasini topmoqda.
BMT Ustavida qayd etilgan maqsadlarga erishish uchun unga a'zo 
davlatlar quyidagiprinsplarga muvofiq harakat qilishi lozim: 
­ barcha a'zolarning suveren teng huquqliligi; 
­ Ustav bo’yicha qabul qilingan majburiyatlarni vijdonan bajarish; 
­ o'zining xalqaro muammolarini xalqaro tinchlik, xavfsizlik va 
adolatlilikka zarar yetkazmaydigan ravishda tinch yo'l bilan hal etish; 
­ xalqaro munosabatlarda kuch ishlatish xavfi yoki undan har 
qanday davlatning hududiy daxlsizligi yoxud siyosiy mustaqilligiga 
qarshi Birlashgan Millatlar Maqsadlariga mos bo'lmagan boshqa biron-
bir tarzda foydalanishdan voz kechish; 
­ har qanday davlatning ichki vakolatiga kiradigan ishlarga 
aralashmaslik.
BMT MingYilllik deklaratsiyasida e'lon qilingan rivojlanish 
maqsadlariga erishish, shuningdek, 2015 yildan keyingi davrga 


61 
mo'ljallangan kun tartibini ishlab chiqish jarayonlarida BMTga a'zo 
davlatlar tomonidan tashkilotning uzoq muddatli va muhim sakkiz 
vazifasini hal etish uchun qabul qilingan chora-tadbirlar BMT Bosh 
kotibining tashkilot faoliyati to'g'risidagi ma'ruzasida bayon etilgan. 
Xalqaro Tashkilotni tashkil etish bo’yicha San-Fransiskoda bo'lib 
o'tgan Konferensiyada ishtirok etgan yoki Birlashgan Millatlar 
Tashkilotining 1942yil1 yanvardagi Deklaratsiyasiga imzo chekkan, 
shuningdek, BMT Ustavini imzolab ratifikatsiya qilgan davlatlar 
BMTning dastlabki a'zolaridir.
BMT Ustavida qayd etilgan majburiyatlarni o'z zimmasiga olishga 
tayyor va ushbu majburiyatlarni bajarishni istaydigan barcha 
tinchliksevar davlatlar Tashkilotga a'zo bo'lishi mumkin. 
Yangi davlat yoki hukumatni tan olish — bu faqat boshqa davlatlar 
va hukumatlar amalga oshirishi yoxud amalga oshirishni rad etishi 
mumkin bo'lgan harakatdir. Odatda, bu harakat diplomatik munosabatlar 
o'rnatishga rozilikni anglatadi. Birlashgan Millatlar Tashkiloti davlat 
ham, hukumat ham emas va shu bois u yoki bu davlat yoxud hukumatni 
tan olish bo’yicha hech qanday vakolatga ega emas. Mustaqil davlatlarni 
birlashtirgan mazkur tashkilot yangi davlatlarni a'zolikka yoki yangi 
hukumat vakillarining vakolatlarini qabul qilishi mumkin.
Davlat BMT a'zoligiga Xavfsizlik kengashining tavsiyasiga ko'ra 
Bosh assabmleya qarori bilan qabul qilinadi.
Bir yoki undan ko'p ixtisoslashtirilgan muassasalar a'zosi bo'lgan va ayni 
paytda BMT a'zosi bo'lmagan davlatlar Doimiy kuzatuvchi maqomiga 
ega bo'lishi mumkin. Doimiy kuzatuvchi maqomi amaliyot samarasida 
paydo bo'lgan — BMT Ustavida bu haqida hech qanday qoidalar 
mavjud emas. Ushbu amaliyot 1946 yildan, ya'ni Bosh kotib 
Shveytsariya hukumatini ng BMT huzuridagi Doimiy kuzatuvchi etib 
tayinlanganini e'tirof etganidan buyon amalda qo'llanib kelmoqda.
Keyinchalik BMTga a'zo bo'lgan boshqa ayrim davlatlar, masalan, 
Avstriya, Italiya, Finlyandiya, Yaponiya ham o'z kuzatuvchilarini
yubordi. Shveytsariya tashkilotga 2002yil10 sentyabrda a'zo bo'lgan. 
Doimiy kuzatuvchilar ko'plab majlislarda ishtirok etib, deyarli 
barcha tegishli hujjatlardan foydalanishi mumkin. Aksariyat mintaqaviy 
va xalqaro tashkilotlar ham Bosh assambleya ishida va uning yillik 
sessiyalarida kuzatuvchi sifatida ishtirok etmoqda. Bosh assambleya 
2012yil29 noyabrda qabul qilingan 67/19-rezolyutsiyasida BMT a'zosi 
bo'lmagan Falastinga tashkilotda kuzatuvchi-davlat maqomini berish 
haqida qaror qabul qildi.


62 
Afrika ittifoqi, Arab davlatlari ligasi, Yevropa ittifoqi, Dengiz 
huquqi bo’yicha xalqaro tribunal, Xalqaro jinoyat sudi va boshqalar 
Bosh assambleya sessiyalari va faoliyatida kuzatuvchi sifatida taklif 
etilgan va BMT bosh qarorgohida doimiy vakolatxonalariga ega 
hukumatlararo tashkilotlardir.
BMT Bosh assambleyasi Ustavining 105-moddasini kengaytirish 
maqsadida 1946yil13 fevralda BMT imtiyozlari va daxlsizlik huquqlari 
to'g'risidagi konvensiyani qabul qildi. Ushbu hujjatga muvofiq BMT 
unga a'zo davlatlar hududida o'z vazifalarini bajarish va maqsadlariga 
erishish uchun zarur bo'lgan huquqlardan foydalanadi.
Mazkur konvensiyaga ko'ra, Birlashgan Millatlar yuridik shaxs 
hisoblanadi va shartnomalar tuzish, ko'chmas va ko'chadigan mulkga 
ega bo'lish, ularni tasarruf etish, sudda ish qo'zg'atish huquqiga egadir.
Agar Xavfsizlik Kengashi tomonidan Tashkilotning biron-bir 
a'zosiga nisbatan ogohlantiruvchi yoki majburlovchi xususiyatga ega 
choralar ko'rilgan bo'lsa, Bosh assambleya Xavfsizlik Kengashining 
tavsiyasiga binoan bunday a'zo davlatning Tashkilot a'zosi sifatida 
tegishli huquq va imtiyozlaridan foydalanishini bekor qilishga haqlidir. 
BMT Ustavida qayd etilgan prinsplarni muttasil buzayotgan tashkilot 
a'zosi Xavfsizlik Kengashining tavsiyasiga binoan Bosh Assambleya 
tomonidan Tashkilotga a'zolikdan chiqarilishi mumkin.
Ustavda BMT tarkibidan chiqish imkoniyati haqida hech narsa 
qayd etilmagan bo'lsada, BMTning har bir a'zosi suveren davlat sifatida 
bunday huquqqa egadir. 1965 yilning yanvarida Indoneziya BMT 
faoliyatida 
o'z 
ishtirokini 
to'xtatishini 
ma'lum 
qilgan 
bo'lsa, 
1966yilsentyabrda tashkilot faoliyatidagi ishtirokini qayta tikladi. 

Download 1,03 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   39   40   41   42   43   44   45   46   ...   112




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish