Toshkent davlat yuridik universiteti xalqaro tashkilotlar huquqi



Download 1,03 Mb.
Pdf ko'rish
bet46/112
Sana02.03.2022
Hajmi1,03 Mb.
#477594
1   ...   42   43   44   45   46   47   48   49   ...   112
Bog'liq
XALQARO TASHKILOTLAR HUQUQI -

BMT Xavfsizlik kengashi –
BMT tizimida tashkilotning barcha 
a'zolari nomidan xalqaro tinchlik va xavfsizlikni saqlash borasida 
choralar ko'radigan yagona organdir 
42

Xavfsizlik kengashi Tashkilotning o'n besh a'zosidan iborat. Xitoy 
Xalq Respublikasi, Fransiya, Rossiya, Buyuk Britaniya va Shimoliy 
Irlandiya Birlashgan Qirolligi va Amerika Qo'shma Shtatlari Xavfsizlik 
kengashining doimiy a'zolaridir.
Bosh assambleya Tashkilotning boshqa o'n a'zosi Xavfsizlik 
kengashining muvaqqat a'zolari sifatida saylaydi va bunda Tashkilot 
a'zolarining xalqaro tinchlik va xavfsizlikni saqlash, Tashkilotning 
boshqa maqsadlariga erishishda ishtirok etish darajasi, shuningdek, 
adolatli geografik taqsimotga alohida e'tibor beradi. BMT Ustavi 
Xavfsizlik kengashi xalqaro tinchlik va xavfsizlikni saqlash bo’yicha o'z 
majburiyatlarini bajaradigan konstitutsiyaviy doiralarni belgilaydi. 
Xavfsizlik kengashining muvaffaqt a'zolari ikkiyilmuddatga 
saylanadi. Muvaqqat a'zolarni birinchi marta saylashda Xavfsizlik 
kengashi a'zolari soni o'n bittadan o'n beshtagacha ko'paytirilgach, 
qo'shimcha to'rt a'zodan ikki nafari biryilmuddatga saylanadi. Xavfsizlik 
Kengashi tarkibidan chiqayotgan a'zosi zudlik bilan qayta saylanishi 
mumkin emas. 
Xavfsizlik kengashining har bir a'zosi bitta vakilga ega. 
Xavfsizlik kengashi ushbu majburiyatlarni bajarishda Birlashgan 
Millatlarning Maqsad va Prinsplariga movofiq ish yuritadi. VI, VII, VIII 
va XII boblarda ushbu majburiyatlarni bajarish uchun Xavfsizlik 
kengashiga berilgan muayyan vakolatlar bayon etilgan.
Xavfsizlik kengashi Bosh Assambleyaga ko'rib chiqish uchun 
yillik ma'ruzalar va zarurat tug'ilganda, maxsus ma'ruzalar taqdim etadi. 
Xavfsizlik kengashining har bir a'zosi bitta ovozga ega. Ustavga 
muvofiq, Xavfsizlik kengashining protsedura masalalari bo’yicha 
qarorlari, agarda Kengashning to'qqiz a'zosi ushbu hujjatlarni yoqlab 
ovoz bergan taqdirdagina qabul qilingan, deb hisoblanadi. Xavfsizlik 
kengashining boshqa masalalar bo’yicha qarorlari ularga Kengashning 
to'qqiz a'zosi ovoz berganda qabul qilingan hisoblanadi.
Xavfsizlik kengashi uzluksiz faoliyat ko'rsata oladigan tarzda 
tashkil etiladi. Shu maqsadda Kengashning har bir a'zosi Birlashgan 
42
БМТ Хавфсизлик Кенгаши ҳақида батафсил маълумот билан 
http://www.un.org/ru/sc/
сайти орқали 
танишиш мумкин. 


68 
Millatlar Tashkiloti joylashgan joyda hamisha o'z vakiliga ega bo'lishi 
darkor. 
Ustavning 30-moddasida Xavfsizlik kengashi o'z protsedura 
qoidalarini belgilashi ko'zda tutilgan. 1946yilKengash o'zining 
vaqtinchalik protsedura qoidalarini qabul qilgan. Keyinchalik ushbu 
qoidalarga bir necha marta o'zgartishlar kiritildi. Bu qoidalar oxirgi 
marta qayta ko'rib chiqilib, ularga Bosh assambleyaning 1980yil17 
dekabrdagi 35-219-rezolyutsiyasiga muvofiq oltinchi rasmiy til sifatida 
arab tili kiritildi. 
Xavfsizlik kengashining majlislari nafaqat Tashkilot joylashgan 
joyda, balki Kengashning fikricha, uning faoliyatiga yordam beradigan 
boshqa joylarda ham o'tkazilishi mumkin. 
BMT Xavfsizlik kengashining majlislari ochiq va yopiq shaklda 
o'tkaziladi. 
Protsedura qoidalariga ko'ra, BMTning Xavfsizlik kengashi a'zosi 
bo'lmagan har qanday azzosi va BMT a'zosi bo'lmagan har qanday 
davlat Xavfsizlik kengashi majlisi yoki majlislariga taklif etilganda, shu 
maqsadda taYilnlangan o'z vakiliga vakolatlar beradi. 
BMT Ustavining 29-moddasiga muvofiq, Xavfsizlik kengashi o'z 
zimmasiga yuklangan vazifalarni bajarishi uchun zarur deb bilgan 
yordamchi organlarni ta'sis etishi mumkin va bu Kengashning Muvaqqat 
protsedura qoidalarining 28-qoidasida ham aks ettirilgan.
Barcha qo'mitalar va ishchi guruhlari tarkibiga Kengashning 15 
a'zosi kiritilgan. Yordamchi organlar, ular qo'mita yoki ishchi guruhlari 
bo'lishidan qat'i nazar, keng ko'lamli vakolatlarga ega (masalan, 
hujjatlashtirish va protseduralar, Markaziy muassasadan tashqarida 
majlislar o'tkazish, sanktsiyalar tartibini belgilash, terrorizmga qarshi 
kurash, tinchlik saqlash operatsiyalarini amalga oshirish va hokazo). 
Sobiq Yugoslaviya bo’yicha Xalqaro jinoyat tribunali va Ruanda 
bo’yicha Xalqaro jinoyat tribunali Ustavning 29-moddasi mohiyatiga 
ko'ra, Xavfsizlik kengashining yordamchi organlari hisoblanadi. Ular 
ma'muriy va moliyaviy masalalar bo’yicha BMTga bo'ysunadi, ammo 
sud organlari sifatida har qanday davlat yoki davlatlar guruhi, shu 
jumladan ularni ta'sis etgan organ — Xavfsizlik kengashidan mustaqil 
hisoblanadi. 
2013-2014 yillarda Kengash ikkita yordamchi organni ta'sis etdi. 
Kengash 2127(2013)-rezolyutsiyasi bilan Markaziy Afrika Respublikasi 
bo’yicha qo'mita ta'sis etib, unga ushbu rezolyutsiya asosida joriy 
qilingan qurol-yarog' embargosi rejimiga rioya etilishini, shuningdek, 


69 
2134(2014)-rezolyutsiyaga binoan joriy etilgan safarlar va aktivlarni 
muzlatib qo’yishni taqiqlashni nazorat qilishni topshirdi. 2014 yilning 
26 fevralida Kengash o'zining 2140 (2014)-rezolyutsiyasi bilan qo'mita 
ta'sis etib, unga ushbu rezolyutsiyaga muvofiq Yamanga nisbatan joriy 
qilingan safarlar va aktivlarning muzlatib qo'Yillishini taqiqlashni 
nazorat etishni topshirdi.
BMT Xavfsizlik kengashining vakolatlari. 24-modda (1) qoidalari
xalqaro tinchlik va xavfsizlikni saqlash borasida asosiy mas'uliyatni 
Xavfsizlik kengashi zimmasiga yuklaydi. Bu qoida ko'pincha Kengash 
tomonidan u yoki vaziyatni yoki mavzuga oid bandni o'z kun tartibiga 
kiritish qonuniyligini muhokama etish chog'ida eslatib o'tiladi. 2000-
2011 yillarda Kengash tomonidan qabul qilingan birorta ham 
rezolyutsiyada Ustavning 24-moddasiga to'g'ridan-to'g'ri tayanish ko'zda 
tutilmagan. Biroq, Ustavning Xavfsizlik kengashi zimmasiga xalqaro 
tinchlik va xavfsizlikni saqlash bo’yicha asosiy mas'uliyatni yuklagan 
qoidasi Kengash tomonidan bilvosita tarzda qabul qilingan qator 
rezolyutsiyalarda 
tilga 
olingan. 
Bosniya 
va 
Gertsegovina 
Respublikasidagi (859 (1993)-rezolyutsiya) va Gaitidagi (862 (1993)-
rezolyutsiya) vaziyat yuzasidan Tinchlik o'rnatish kun tartibiga nisbatan 
uning qarorlari va muhokamalari ham bundan dalolat berpadi. 
Ustavning 33-moddasida davom etishi xalqaro tinchlik va 
xavfsizlikni saqlashga tahdid soladigan har qanday nizoni, avvalo, 
muzokaralar o'tkazish, vositachlik va boshqa tinchlik o'rnatish vositalari 
yordamida hal etish lozimligi belgilangan. BMT Ustavida Xavfsizlik 
kengashi tomonlardan o'z nizolarini shunday vositalar yordamida 
bartaraf etishni talab qilish huquqiga ega ekani ko'zda tutilgan.

Download 1,03 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   42   43   44   45   46   47   48   49   ...   112




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish