Toshkent davlat yuridik universiteti xalqaro tashkilotlar huquqi



Download 1,03 Mb.
Pdf ko'rish
bet50/112
Sana02.03.2022
Hajmi1,03 Mb.
#477594
1   ...   46   47   48   49   50   51   52   53   ...   112
Bog'liq
XALQARO TASHKILOTLAR HUQUQI -

BMT Xalqaro sudi
45
Birlashgan Millatlar Tashkilotining asosiy 
sud organi hisoblanadi. U BMTning asosiy maqsadlaridan biri –
“tinchlikning buzilishiga olib kelishi mumkin bo'lgan xalqaro nizo yoki 
vaziyatlarni adolat va xalqaro huquq prinsplariga binoan tinch yo'l bilan 
hal etish yoxud bartaraf qilish”ga erishish uchun 1945 yil 26 iyunda 
San-Frantsiskoda imzolangan Ustaviga muvofiq ta'sis etilgan. 
Sud Ustavning bir qismi bo'lgan Statut va o'z Reglamentiga 
muvofiq faoliyat ko'rsatadi. Xalqaro sud o'z faoliyatini Millatlar ligasi 
shafeligida 1920yilta'sis etilgan Xalqaro odil sudlovning doimiy palatasi 
o'rnida 1946 yilda boshladi. 
Xalqaro sud tortishuvlarni tinch yo'l bilan hal etish bo’yicha BMT 
Ustavi bilan belgilangan tizimda muhim o'rin tutadi. Sud Ustavda ko'zda 
45
БМТ Халқаро суди ҳақида батафсил маълумот билан 
http://www.un.org/ru/icj/
сайти орқали танишиш 
мумкин. 


74 
tutilgan qoida va maqsadlarni hayotga tatbiq etish uchun o'z zimmasiga 
yuklangan vazifalarni bajarishga qodir bo'lishi darkor. 
Sud Statuti BMT Ustavining XIV-bobida bayon etilgan asosiy 
prinsplarni rivojlantiradi. BMT Ustavining ajralmas qismi bo'lgan ushbu 
Statut 
tashkilotga 
a'zo 
bo'lmagan 
davlatlar 
foydalanishini 
yengillashtirish maqsadida uni to'ldiradi. Sud Statuti besh bobdan iborat: 
Sudni tashkil etish (2–33-moddalar), Vakolatlar (34–38), Sud ishlarini 
yuritish (39–64), Maslahatlashuv xulosalari (65–68),Tuzatishlar (69–70-
moddalar). 
Sud o'z vazifalarini bajarish tartibini belgilaydigan Reglamentni 
tuzadi. Sud, xususan, sud ishlarini yuritish tartibini belgilaydi. 
Xalqaro sud BMT tizimining tashkilot va unga a'zo davlatlar 
manfaatlariga xizmat qiladigan ajralmas qismidir.
Xalqaro sud tarkibiga Bosh assambleya va Xavfsizlik kengashi 
tomonidan to'qqizyilmuddatga saylanadigan 15 sud`ya kiradi. 
Statutning 31-moddasiga muvofiq, sud tarkibida o'z fuqarolaridan 
birorta ham sud`ya bo'lmagan tomonlar ularga taalluqli ishni ko'rib 
chiqish maqsadida ad hoc sud`yasini saylashi mumkin.
Statutning 19-moddasida “Sud a'zolari sud majburiyatlarini 
bajarishda diplomatik imtiyozlar va daxlsizlik huquqidan foydalanishi” 
ko'zda tutilgan. 
Shuningdek, sud to'zining ma'muriy vazifalarini bajarishiga 
ko'maklashish uchun Byudjet-ma'muriy qo'mita, Reglament bo’yicha 
qo'mita va Kutubxona qo'mitasini tashkil qildi.
BMT Sudi tashkilotning o'z ma'muriy apparatiga ega yagona 
asosiy organidir (Ustavning 98-moddasi).
Kotibiyat Sudning doimiy xalqaro kotibiyati hisoblanadi. Sud ham 
sud organi, ham xalqaro muassasa bo'lgani bois, Kotibiyat, bir 
tomondan, sudga yordam beradi, ikkinchi tomondan, doimiy ma'muriy 
organ sifatida faoliyat ko'rsatadi. Shu tariqa, Kotibiyat faoliyati 
ma'muriy, sudlash va diplomatik xususiyatga egadir.
Kotibiyat majburiyatlari Kotibiyat tomonidan tuziladigan va Sud 
tomonidan tasdiqlanadigan yo'riqnomalarda batafsil bayon etilgan 
(Qarang: Reglament 28-moddasining 2-3-bandlari). 
2012 Yillning martida Sud Kotibiyat uchun ayni paytda ham 
qo'llanilayotgan yo'riqnoma variantini qabul qildi 
(Qarang: A/67/4, 66-
band). 
BMT Xalqaro sudi tortishuvlarni tinch yo'l bilan hal etish bo’yicha 
BMT Ustavi bilan belgilangan tizimda muhim rol o'ynaydi. Sud umumiy 


75 
yurisdiktsiyaga va universal xususiyatga ega yagona xalqaro sud 
bosqichi hisoblanadi. 
2014yil 31 iyul holatiga ko'ra, 193 davlat Sud Statuti ishtirokchilari 
bo'lgan. Ayni paytda 70 davlat Statut 36-moddasining 2-5
bandlariga muvofiq, Sud yurisdiktsiyasini majburiy deb tan olish 
to'g'risida bayonot (ayrim qo'shimcha shartlar bilan) bergan.
BMT Ustavi va Sud Statuti Sud faoliyatini tartibga soladigan 
asosiy hujjatlar hisoblanadi. Sud Reglamenti va amaliy ko'rsatmalar, 
Sudning ichki sud amaliyotiga taalluqli rezolyutsiyalar ushbu hujjatlarni 
to'ldiradi. 
BMT Xalqaro sudi yurisdiktsiyasi ikki xil xususiyatga ega. 
Birinchidan, Sud davlatlarning o'z suverenitetini amalga oshirish 
tartibida sudga o'z ixtiyori bilan beradigan tortishuvlarni hal etishiga 
to'g'ri keladi. Shu munosabat bilan ta'kidlash kerakki, 2012yil 31 iyul 
holatiga ko'ra, 193 davlat Sud Statuti ishtirokchilari bo'lgan va 67 tasi
Statut 36-moddasining 2-5 bandlariga muvofiq, Sud yurisdiktsiyasini 
majburiy deb tan olish to'g'risidagi arizasini Bosh kotibga saqlash uchun 
topshirgan. 
Ikkinchidan, Sudga Bosh assambleya va Xavfsizlik kengashi ham 
har qanday huquqiy masala, ular faoliyatida yuzaga keladigan huquqiy 
masalalar bo’yicha esa BMTning barcha organlari va Bosh assambleya 
tomonidan vakolat berilgan muassasalar murojaat qilishi mumkin.
Demak, BMT Xalqaro sudi vazifalariga quyidagilar kiradi:
1. Xalqaro tortishuvlarni hal etish.
2. Soni BMT Ustavi bilan belgilanadigan muassasalarning rasmiy 
so'rovi bo’yicha maslahat xulosalarini chiqarish. Bunday so'rovlar yosh 
ravishda taqdim etilishi kerak. Maslahat xulosalari majburiy kuchga ega 
emas. Xalqaro shartnomalarga taalluqli masalalar bundan mustasno.
BMT Xalqaro sudi doimiy faoliyat ko'rsatadigan organdir. Uning 
majlislari, odatda, barcha a'zolari ishtirokida o'tkaziladi.
Garchi, qarorlar qabul qilish uchun to'qqiz sud`ya kvotasi 
yetarlidir. Sud ishlarni hal etishni tezlashtirish maqsadida har yili 
tomonlar iltimosiga binoan ishni soddalashtirilgan tartibda ko'rib 
chiqadigan 3-5 sudyadan iborat kamera tashkil qiladi. Ingliz va fransuz 
tillari Sud rasmiy tili hisoblanadi. Ammo, tomonlarning iltimosiga ko'ra, 
boshqa tillardan foydalanish huquqi ham mavjud.
Faqat davlatlargina BMT Xalqaro sudi tomonlari bo'lishi mumkin. 
Tomonlar sudda vakillari orqali qatnashib, ishonchli vakillar yoki 
advokatlar yordamidan foydalanishi mumkin. 


76 
BMT Xalqaro sudi Statutining 38-moddasiga ko'ra, Sud 
tortishuvlarni madaniyatli millatlar tomonidlan e'tirof etilgan umumiy va 
maxsus konvensiyalar, xalqaro urf-odatlar, umumiy prinsplar, 
shuningdek, qo'shimcha shartlar bilan sud qarorlari, malakali 
mutaxassislar doktrinalari asosida hal etish huquqiga ega. Shuningdek, 
sud, agar tomonlar rozi bo'lsa, ishni ex aequo et bono (adolatli) hal 
etishga haqlidir. Har bir sudya o'z fikrini bildirish huquqiga ega. 
Sud qarori yakuniy hisoblanadi va norozilik shikoyati qabul 
qilinmaydi. Qarorni qayta ko'rib chiqish haqidagi iltimos yangi ochilgan 
holatlar asosida va qaror chiqarilangan paytdan o'nyilo'tguncha 
qanoatlantirilishi mumkin. 
Sud qarorini ishda ishtirok etayotgan tomonlar bajirishi shart. 
Bajarilmagan holda Xavfsizlik kengashi ikki tomon iltimosiga binoan 
qarori ijrosini ta'minlash choralarini ko'rishi mumkin. Hozircha faqat bir 
marta shunday murojaat bo'lgan. 
Bugungi kunda BMT Xalqaro sudi yuzdan ziyod ishni ko'rib 
chiqqan
46
.
BMT asosiy sud organi davlatlararo bahs-munozaralarni hal 
etishda muhim o'rin tutishi bois butun dunyoda katta obro'ga ega. Sud 
rentabelligi nuqtai nazaridan o'ziga xos bo'lib, undan turli bahs-
munozaralarni hal etish uchun tinchlik vosita sifatida foydalanmoqda.
Shunday ekan, Sud muayyan ishni ko'rib chiqish huquqiga ega 
bo'lish imkonini beradigan uchta majburiy shartni ajratib ko'rsatish 
mumkin: 
- tortishuv o'z sababiga ko'ra, Sud o'zining ta'sis akti va tortishuvni 
sudda hal qilish uchun asos bo'lib xizmat qiladigan boshqa hujjatlarga 
muvofiq ko'rib chiqish huquqiga ega bo'lgan ishlar toifasiga taalluqli 
bo'lishi darkor; 
- tortishuv tomonlari shunday subyektlar doirasiga mansub bo'lishi 
kerakki, ularning tortishuvlarini Sud yuqorida qayd etilgan akt va 
hujjatlarga muvofiq ko'rib chiqish vakolatiga ega bo'lishi lozim; 
- tortishuv va bu tortishuv asoslanadigan faktlar paydo bo'lgan payt 
Sudning yuqorida qayd etilgan hujjatlarda mustahkamlangan aqtinchalik 
yurisdiktsiyasi joriy etiladigan davrga taalluqli bo'lishi lozim. 
Sudda ko'rib chiqiladigan ish tomoni bo'lish uchun davlatlar Sudga 
murojaat qilish imkoniyatiga ega bo'lishi va uning yurisdiktsiyasini tan 
olishi darkor. 
46
БМТ Халқаро суди маърузаси (2013 йил 1 август – 2014 йил 31 июль). Бирлашган Миллатлар Ташкилоти. 
Нью-Йорк, 2014. А/69/4. 


77 
Sudga murojaat qilish imkoniyati Sud Statuti ishtirokchisi bo'lgan 
barcha davlatlarga beriladi (Sud Statutining 35-moddasi 1-bandi).
BMTning barcha a'zolari Sud Statutining ishtirokchilaridir. Bugun 
193 davlat BMTga a'zo.Sud Statutining 36-modda 2-bandiga muvofiq: 

Download 1,03 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   46   47   48   49   50   51   52   53   ...   112




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish