Toshkent davlat yuridik universiteti xalqaro tashkilotlar huquqi


Xalqaro tashkilotlarning javobgarligi



Download 1,03 Mb.
Pdf ko'rish
bet36/112
Sana02.03.2022
Hajmi1,03 Mb.
#477594
1   ...   32   33   34   35   36   37   38   39   ...   112
Bog'liq
XALQARO TASHKILOTLAR HUQUQI -

 
Xalqaro tashkilotlarning javobgarligi 
Har bir xalqaro huquq subyekti xalqaro huquqning umume'tirof 
etilgan norma va prinsplariga, o'z shartnomaviy majburiyatlariga qat'iy 
rioya qilishlari lozim. Ular tomonidan mazkur majburiyatlarning 
bajarilmasligi, xalqaro huquq normalarining buzilishi xalqaro-huquqiy
javobgarlikka olib keladi. 
Xalqaro huquq subyektlarining javobgarligi haqida so'z yuritganda, 
xalqaro tashkilotlarning tashkil etilishi, yuridik maqomidan kelib 
chiqqan holda, mazkur tuzilmalarning xalqaro-huquqiy javobgarligi 
o'ziga xos hisoblanadi
34

BMT Xalqaro sudi o'zining 1949yil 11 apreldagi “BMT xizmatida 
yetkazilgan zararni undirish masalasi bo’yicha” konsultativ xulosasida 
34
Батафсил қаранг: Право международных организаций: учебник /Под ред. И.П.Блищенко, А.Х.Абашидзе. 
– М.: РУДН, 2013. – С. 157-175.
Xalqaro-huquqiy javobgarlik – 
xalqaro huquq subyektlarining 
xalqaro huquqqa xilof qilmishi natijasida kelib chiqadigan yuridik 
oqibatdir
.


47 
takidlaydiki, “xalqaro tashkilotlar xalqaro huquq subyekti bo'lib hisoblanadi va 
shunga muvofiq holda xalqaro huquqga ega bo'ladi, majburiyat bajaradi, huquqiy
layoqatga va xalqaro xarakterdagi e'tiroz bilidirish huquqiga ega”. 
Xalqaro huquqga bag'ishlangan adabiyotlarda davlatlarning 
xalqaro-huquqiy javobgarligining ikki turi farqlanadi: 
siyosiy
va 
moddiy
35
. Siyosiy javobgarlik huquqbuzar davlatga nisbatan majburlov 
choralarini qo'llashda namoyon bo'lsa, moddiy javobgarlik davlatning 
moddiy 
zarar 
yetkazishi 
bilan 
bog'liq 
bo'lgan, 
o'z 
xalqaro 
majbariyatlarini bajarmaganlik natijasida kelib chiqadi. 
Xalqaro-huquqiy 
javobgarlikning 
mazkur 
turlarini 
xalqaro 
tashkilotlarga ham tadbiq etish mumkinmi? 
Xalqaro tashkilotlarning xalqaro huquq subyektliligi, shartnomaviy 
huquqiy layoqati, xalqaro huquqga binoan ega bo'ladigan huquq va 
majburiyatlaridan kelib chiqadigan bo'lsak, xalqaro tashkilotlar xalqaro 
huquqga xilof qilmishi, xususan xalqaro shartnomalar va xalqaro 
huquqning boshqa manbalaridan kelib chiqadigan majburiyatlarni 
bajarmaganligi uchun siyosiy va moddiy javobgar bo'lishi mumkin. 
Xalqaro tashkilotlarning javobgarligi masalalari bir qator 
hujjatlarda o'z aksini topgan.
1972 yilgi Kosmik obyektlarga yetkazilgan zarar uchun xalqaro javobgarlik 
to'g'risidagi konvensiya XXII-moddasiga muvofiq, konvensiyada davlatlarga 
qilingan xavolalar kosmik faoliyatni amalga oshiriruvchi istalgan xalqaro 
hukumatlararo tashkilotga ham taalluqli hisoblanadi, agar ushbu Tashkilot 
Konvensiyada keltirilgan huquq va majburiyatlarni o'z zimmasiga oladigan hamda 
mazkur Tashkilot a'zo-davlatlari ushbu Konvensiya ishtirokchilari bo'ladigan 
bo'lsa. Xalqaro tashkilotlarning javobgarligi 1962 yilgi Yadroviy kemalar 
operatorlarining javobgarligi to'g'risidagi Xalqaro konvensiya, 1963 yilgi 
Yadroviy zarar uchun fuqaroviy javobgarlik to'g'rsidagi Vena konvensiyasida ham 
o'z aksini topgan.
Xalqaro tashkilotlar xalqaro-huquqiy javobgarligining muammoli 
jihati shundaki, mazkur institut yagona kodifikatsiya holiga kelmagan, 
boshqacha qilib yaytganda xalqaro tashkilotlar javobgarligi masalalarini 
tartibga soluvchi yagona xalqaro-huquqiy hujjat mavjud emas. 
Bugungi kunda, 2011 yilda BMT Bosh Assambleyasi tomonidan 
66/100 sonli rezolyutsiyasiga ilova tarzida qabul qilingan “Xalqaro 
tashkilotlarning javobgarligi” moddalar loyihasi
36
xalqaro tashkilotlar 
huquqi manbasi sifatida ham nazariy, ham amaliy jihatdan muhim 
ahamiyat kasb etmoqda. Mazkur hujjat xalqaro tashkilotlarning umumiy 
35
Международное публичное право: учебник /отв. ред. К.А.Бекяшев. – М.: Проспект, 2009. – С. 262.
36
Резолюция 
Генеральной 
Ассамблеи 
от 

декабря 
2011 
года. 
A/RES/66/100
http://www.un.org/ru/ga/66/docs/66res1.shtml
 


48 
javobgarligi uchun emas, balki xalqaro huquqqa xilof qilmishi uchun 
xalqaro javobgarligiga nisbatan qo'llaniladi. 67 moddadan iborat mazkur 
hujjat xalqaro tashkilotlarning xalqaro huquqqa xilof qilmishi, xalqaro 
tashkilotlarning organlari yoki agentlarining xatti-harakati, xalqaro 
huquqiy majburiyatni buzish, huquqqa xiloflilikni istisno etuvchi 
holatlar, xalqaro tashkilotlar xalqaro javobgarligining mazmuni, zararni 
undirish, umumiy xalqaro huquq imperativ normalaridan kelib chiquvchi 
majburiyatlarni jiddiy buzish, xalqaro tashkilotlar xalqaro javobgarligini 
implementatsiya qilish, qarshi choralar, xalqaro tashkilotlarning 
huquqqa xilof xatti-harakatiga aloqador davlatlarning javobgarligi 
masalalarini tartibga soladi.

Download 1,03 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   32   33   34   35   36   37   38   39   ...   112




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish