“ko‘pchur” solig‘i olingan bo‘lib, uning miqdori har yuz bosh
qoramoldan birga teng edi. Bundan tashqari “Yaso” qonuni bo‘yicha
22
aholidan davlat foydasiga “shulsi” deb atalgan soliq undirilgan. Ushbu
soliq turining miqdori har bir otardan ikki yashar qo‘y va har mingotdan
bir biyani (qimiz uchun) tashkil etgan. Shuningdek, mamlakatdagi savdo
yo‘llarida joylashgan bekat – “yom” (jom) larning xarajatlari ham aholi
zimmasiga yuklatilib, ularning miqdori shu darajada ko‘payib ketar ediki,
ba’zi hollarda har bir “yom” uchun 20 ot-ulov, so‘yish uchun qo‘ylar,
sog‘ish uchun sog‘uvchisi bilan biyalar, aravalar va boshqa sarf-xarajatlar
ajratilgan. Mo‘g‘ullar istilosi davrida dehqonlar va hunarmandlarning
ahvoli yil sayin yomonlashib bordi, chunki yer solig‘ini to‘lashdan tashqari
dehqonlar
turli
xil
majburiyatlar
va
xizmatlarni
bajarishardi.
Hunarmandlar, ayniqsa, qurol tayyorlab berish kabi majburiyatlarni olgan
edi. Feodal va zadogonlarga xonzoda va xon xotinlari yorliq hamda
payzalar tarqatgan, bu unvonlar dehqon va hunarmandlardan turli xizmat
hamda majburiyatlarni bajarishni talab qilish huquqini bergan. Payza
ko‘rsatilganda mahalliy aholi, masalan sayohat qiluvchini ovqatlantirishi
va unga xona, otiga em berishi va boshqa qulayliklar yaratishi shart edi.
Yil sayin aholining yashash sharoiti og‘irlashib borishi mamlakatning ko‘p
joylarida qo‘zg‘olonlar ko‘tarilishiga sabab bo‘ldi. Bu qo‘zg‘olonlar zudlik
bilan bostirilgan bo‘lsada, lekin mo‘g‘ul hukmdori Munnexon
Movaraunnahrda soliq to‘lovchilar amalga oshirayotgan tartibsizliklar va
suiste’molliklarga tegishli farmon chiqardi. Unga ko‘ra boy kishi 10 dinor,
kambag‘allar esa 1 dinor to‘laydigan bo‘ldi. Chorva solig‘i 100 tuyoqdan
bir bosholinishi belgilandi. Musulmon, xristian va butparastlar
ro‘honiylari, shuningdek, keksa va ishlashga noqobil kishilar soliq
to‘lamaydigan bo‘ldilar. Chig‘atoy ulusida yer solig‘i o‘ndan bir hajmda
belgilangan. Soliqlar hatto sharob, guruch, go‘sht hamda ot emishi tarzida
ham har bir xo‘jalikdan undirilgan. Yirik mulkdorlar, savdogarlar, islom
peshvolari mo‘g‘ullar bilan yaqinlashib, katta imtiyozlarga ega bo‘lganlar,
har xil yorliqlar olganlar. Oliy mansabdorlar soliq to‘lamaganlar. Soliq
yig‘ishga mas’ul etilgan Mahmud Yalovoch qo‘zg‘olondan so‘ng o‘z
lavozimidan bo‘shatildi va Movaraunnahrdan haydab yuborildi. Soliq
yig‘uvchi va noib etib uning o‘g‘li Mas’udbek tayinlanib, u bu lavozimda
51 yil xizmat qildi. U mo‘g‘ullarga o‘lpon va soliqlarni o‘z vaqtida to‘lab
turdi.
Natijada
mo‘g‘ullar
Movaraunnahrni
boshqarish
ishiga
aralashmaganlar. Bunday holat Amir Temur hokimiyati o‘rnatilguncha
davom etdi.
3
3
Soliq nazariyasi: O'quv o'llanma / Mual.: Jo'raev A., Meyliev O., Safarov G'. – T.: Toshkent Moliya instituti, 2004. –
166 b.
23
Umuman olganda soliq hamma davrda ham davlat xazinasini
to‘ldirish hamda amaldorlar yoki davlat vazifa va funksiyalarini amalga
oshirish hamda jamiyat ehtiyojlarini ta’minlash maqsadida yig‘ilgan.
Shuningdek, davlat daromadining asosiy manbai bo‘lgan.
Do'stlaringiz bilan baham: |