Toshkent davlat yuridik universiteti


munosabatlari  ishtirokchilarining  xulq-atvoriga  ta’sir  ko‘rsatish



Download 3,56 Mb.
Pdf ko'rish
bet42/256
Sana10.09.2021
Hajmi3,56 Mb.
#170359
1   ...   38   39   40   41   42   43   44   45   ...   256
munosabatlari  ishtirokchilarining  xulq-atvoriga  ta’sir  ko‘rsatish 
uslub va vositalari – davlat-hokimiyat ko‘rsatmalari usuli hisoblanadi. 
Ushbu  usulning  qo‘llanishi  jamiyatning  muhim  ijtimoiy  va  iqtisodiy 
vazifalarini  amalga  oshirish  uchun  kerak  bo‘lgan  soliq  tizimini  tashkil 
etish zarurati bilan belgilanadi. 
Soliq  huquqini  huquq  tizizmida  tutgan  o’rni.  Soliq  tizimi 
murakkab  va  ko‘p  qirrali  jarayonlardan  biri  bo‘lganligi  sababli, 
huquqshunos  olimlar  o‘rtasida  uning  qaysi  huquq  sohasi  normalari  bilan 
tartibga  solinishi  bo‘yicha  yagona  fikr  mavjud  emas.  Yuridik 
adabiyotlarda  huquqshunos  olimlarning  ikki  xildagi  qarashlari  mavjud 
bo‘lib,  soliq  solish  jarayonida  yuzaga  keladigan  munosabatlar  –  moliya 
huquqi  yoki  huquqning  mustaqil  sohasi  hisoblangan  –  soliq  huquqi 
tomonidan tartibga solinishi ko‘rsatib o‘tilgan.  
Moliya  huquqi  predmetini  tashkil  etuvchi  ijtimoiy  munosabatlarning 
muayyan  doirasi  soliqlarni  belgilash  va  undirib  olish  bilan  bog`liq.  Ular 
moliya  huquqining  normalari  bilan  tartibga  solinib,  bu  normalar  majmui 
uning institutlaridan biri - soliq huquqini tashkil etadi. Shuni hisobga olgan 
holda,  soliq  huquqi  deganda,  soliqlarni  belgilash  va  undirib  olish 
jarayonida  yuzaga  keladigan  ijtimoiy  munosabatlarni  tartibga  soluvchi 
moliyaviy-huquqiy normalar majmuini tushunish qabul qilingan. 
Hozirgi  vaqtda  iqtisodiy  va  ijtimoiy  jarayonlarni  tartibga  solishda 
soliqlar rolining ortib borishi bilan ko`pgina tadqiqotchilar soliq huquqini 
huquqning mustaqil tarmog`i sifatida ko`rib chiqishga moyildir. Soliqlarni 
belgilash va undirib olish bilan bog`liq bo`lgan ijtimoiy munosabatlarning 
o`ziga  xos  muayyan  xususiyatlari  bo`lishi  tabiiydir,  bunday  o`ziga  xos 
xususiyatlar  budjet,  bank  va  boshqa  moliyaviy  munosabatlarga  ham  xos 
bo`lib, shunga qaramasdan, ular moliya huquqi predmeti doirasidan chetga 


40 
 
chiqmaydi.  Ushbu  barcha  munosabatlar,  oxir-oqibatda  davlatning 
moliyaviy  faoliyati  bilan  bog`liqdir.  Davlat  moliyaviy  faoliyati  sohasi 
huquqning boshqa tarmoqlari normalari ta'siridan ajratilmagan bo`lib, ular 
vositasida  moliya  huquqi  predmeti  bilan  qamrab  olinmaydigan,  unda 
yuzaga keladigan ijtimoiy munosabatlar tartibga solinadi. Shu tariqa huquq 
turli tarmoqlarining o`zaro ta'siri yuzaga keladi. Shu jihatdan soliq huquqi 
moliya  huquqi  bilan  uzviy  bog’liqdir.  Shuningdek,  soliq  huquqi  moliya 
huquqidan  tashqari  konstitutsiyaviy  huquq,  budjet  huquqi  va  ma'muriy 
huquq bilan  ham uzviy bog`langandir. 
Konstitutsiyaviy  huquq  huquqning  barcha  tarmoqlari,  shu  jumladan 
soliq huquqi uchun asosiy negizga ega. Konstitutsiyaviy huquq normalari 
davlatning  soliq  tizimlarining  huquqiy  asoslari,  shuningdek  soliq 
sohasidagi  davlat  vakolatli  organlari  va  ijroiya  hokimiyati  vakolatlarini 
belgilaydi.  Xususan,  mamlakatimizning  ushbu  Asosiy  qonuni  123-
moddasida respublika hududida yagona soliq tizimi amal qilishi, soliqlarni 
joriy  qilish  huquqi  esa,  faqat  O`zbekiston  Respublikasi  Oliy  Majlisiga 
tegishli  ekanligi  nazarda  tutilgan.  Bundan  tashqari,  Konstitutsiyaning  51-
moddasida  fuqarolarning  qonunchilik  bilan  belgilangan  soliqlarni  to`lash 
majburiyati 
mustahkamlab 
berilgan. 
Shuningdek, 
O`zbekiston 
Respublikasi  Oliy  Majlisining  soliqlar  va  boshqa  majburiy  to’lovlarni 
belgilash  huquqini  berish  bo`yicha  alohida  vakolatini  ham  mustahkamlab 
beradi (O`zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi, 78-modda 8-bandi, 100-
modda).  Ushbu  qoidalar  soliq  huquqi  normalarida  aniqlashtirib  berilgan. 
Shunday  qilib,  konstitutsiyaviy  huquq  nafaqat  umuman  soliq  huquqi 
dastlabki asoslarni mustahkamlab beradi.  
Ma'muriy  huquq  davlat  hayotining  barcha  sohalarida,  shu  jumladan 
soliq  sohasida  amalga  oshiriladigan  ijroiya  hokimiyati  sohasida  tarkib 
topadigan ijtimoiy munosabatlarni tartibga soladi.  
Moliya  qonunchiligi  ichida  budjet  huquqi  normalari  ajratiladi, 
ko`pincha  esa,  ular  moliya  huquqining  davlat  budjeti  daromadlari  va 
xarajatlarini  tartibga  soluvchi  boshqa  normalari  bilan  qo`shilib  ketadi. 
Masalan,  soliq  huquqi  normalari  budjet  huquqining  davlat  budjeti 
daromadlari  xususiyati,  tarkibi  va  hajmi,  ularning  kelib  tushish  tartibi 
(belgilangan soliqlarni to`lash tartibi va muddatlari)ni aks ettiruvchi qismi 
tomonidan  qamrab  olsa,  budjet  huquqi    budjet  qurilishi  va  davlat  budjet 
tizimi; budjet tizimi daromadlar va xarajatlar tuzilmasi, ularni budjet tizimi 
bo`g`inlari  o`rtasida  taqsimlash  tartibi;  umuman  davlat  va  uning 
subyektlari  (budjet  sohasidagi  ma'muriy-hududiy  tuzilmalar)  vakolatlari 
(budjet  huquqlari);  budjet  jarayonini  tashkil  etish,  ya'ni  budjetni 


41 
 
shakllantirish  tartibi  hamda  uning  ijrosi  to`g`risidagi  hisobot;  budjet 
nazorati
13

 
Soliq  huquqi  huquqning  ayrim  boshqa  tarmoqlari  (mehnat  huquqi, 
yer,  jinoyat  va  h.k.  huquq)  bilan  muayyan  o`xshashlikka  va  farqqa  ega. 
Ammo barcha hollarda respublika huquq tizimining boshqa tarmoqlaridan 
soliq huquqini ajratishning asosiy mezoni bo`lib uning predmeti va u bilan 
belgilanadigan  huquqiy  tartibga  solish  usulining  o`ziga  xos  xususiyatlari 
xizmat  qiladi.  Soliq  huquqining  o`ziga  xos  xususiyatlarini  aniqlash,  uni 
huquqning  boshqa  tarmoqlaridan  ajrata  bilish  juda  katta  amaliy 
ahamiyatga  egadir,  chunki  bu,  uning  o`ziga  xosligi  va  mazkur  faoliyatga 
xos  bo`lgan  umumiy  prinsiplarini  hisobga  olgan  holda,    soliq  tizizmini 
aniq  tashkil  etishga  imkon  beradi,  soliq  huquqiy  normalarni  to`g`ri 
tushunish va qo`llashga yordam beradi.  

Download 3,56 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   38   39   40   41   42   43   44   45   ...   256




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish