Toshkent davlat yuridik universiteti



Download 3,56 Mb.
Pdf ko'rish
bet37/256
Sana10.09.2021
Hajmi3,56 Mb.
#170359
1   ...   33   34   35   36   37   38   39   40   ...   256
 
Soliq  funksiyalari.  Har  qanday  davlatda  soliqlarning  roli  ular 
bajaradigan funksiyalar bilan belgilanadi. Soliq funksiyasi deganda, uning 
mohiyatining harakatda namoyon bo‘lishi, uning xususiyatlarini ifodalash 
uslubi tushuniladi.  


27 
 
Funksiya  ushbu  iqtisodiy  kategoriyaning  qiymatni  taqsimlash  va 
daromadlarni  qayta  taqsimlash  vositasi  sifatidagi  ijtimoiy  vazifasi  qay 
tarzda amalga oshirilishini ko‘rsatadi.  
Soliqlarga  fiskal,  rag’batlantirish,  tartibga  solish  va  qayta 
taqsimlash funksiyalari xosdir.  
Soliqlarning  fiskal  funksiyasi  ular  tabiatining  o‘zi  bilan  belgilanadi, 
ular majburiy tartibda va beg‘araz davlat daromadiga kelib tushadi hamda 
davlat  tomonidan  o‘z  xarajatlarini  qoplash  uchun  ishlatiladi.  Fiskal 
funksiya  vositasida  soliqlarning  bosh  ijtimoiy  vazifasi  amalgaoshiriladi  - 
budjet  tizimi  va  budjetdan  tashqari  jamg‘armalarda  to‘planadigan  davlat 
moliyaviy  resurslari  shakllantiriladi  hamda  ular  davlat  o‘z  funksiyalarini 
bajarishi  uchun  foydalaniladi.  Soliqlarning  fiskal  funksiyasi  davlatga 
moliyaviy mablag‘larning asosiy qismini yo‘naltirish uchun imkon beradi.  
Fiskal  funksiya  davlat  budjetini  shakllantirishda  soliqlarni  rolini 
belgilaydi.  Lekin  soliq  siyosatining  vazifasi  faqat  budjetni  to’ldirish 
bo’lishi  kerak  emas.  Prezidentimiz  I.Karimov  ta’kidlaganlaridek,  “Soliq 
siyosatining  vazivasi  –  bir  tomondan,  budjet  daromadining  barqaror 
savarbarligini ta’minlashdan, ikkinchi tomondan – korxonalarni respublika 
uchun  zarur  bo’lgan  mahsulotlar  ishlab  chiqrishni  rag’batlantirishdan 
iborat”.
9
  
Davlat ayrim sohalarni, tarmoqlarni qo’llab-quvvatlash, rivojlantirish 
maqsadida  ma’lum  bir  yengilliklar,  soliq  imtiyozlarini  berish  orqali 
rag’batlantirish funksiyasini amalga oshiradi.  
 
Masalan,  Soliq  kodeksining  158-moddasiga  asosan  yuridik  shaxslarning  quyidagi  foydasi 
yuridik  shaxslardan  olinadigan  foyda  solig'ini  to'lashdan  ozod  qilinadi:  protez-ortopediya 
buyumlari,  nogironlar  uchun  inventarlar  ishlab  chiqarishdan,  shuningdek  nogironlarga  ortopedik 
protezlash  xizmati  ko'rsatishdan,  nogironlar  uchun  mo'ljallangan  protez-ortopediya  buyumlari  va 
inventarlarni  ta'mirlash  hamda  ularga  xizmat  ko'rsatishdan  olingan  foydasi;  shahar  yo'lovchilar 
transportida  (taksidan,  shu  jumladan  yo'nalishli  taksidan  tashqari)  yo'lovchilarni  tashish  bo'yicha 
xizmatlar ko'rsatishdan olingan foydasi; tarix va madaniyat  yodgorliklarini ta'mirlash hamda qayta 
tiklash  ishlarini  amalga  oshirishdan  olingan  foydasi.  Shuningdek  mamlakatimizda  amalga 
oshirilayotgan  islohotlar  jarayonida  tadbirkorlik  subyektlarini  qo’llab-quvvatlash  maqsadida  qator 
chora-tadbirlar amalga oshirilmoqda.
  
Shuningdek oxirgi yillarda mamlakatimizda soliq to’lovchilarga yengillik berish maqsadida 
soliq  ma’muriyatchiligini  soddalashtirishga,  soliqqa  oid  huquqbuzarlik  uchun  javobgarlikni 
liberallashtirishga  hamda  soliq  yukini  kamaytirishga  qaratilgan  chora-tadbirlar  amalga  oshirildi. 
Jumladan,  2015  yil  15  maydagi  O’zbekiston  Respublikasi  Prezidentining  “Xususiy  mulk,  kichik 
biznes  va  xususiy  tadbirkorlikni  ishonchli  himoya  qilishni  ta'minlash,ularni  jadal  rivojlantirish 
yo'lidagi  to'siqlarni  bartaraf  etish  chora-tadbirlari  to'g'risida”gi  farmoniga  asosan  Respublika 
iqtisodiyotida  xususiy  mulkning  o'rni  va  rolini  tubdan  oshirish,  xususiy  mulk  va  xususiy 
tadbirkorlikni  rivojlantirish  yo'lidagi  to'siq  va  cheklovlarni  bartaraf  etish,  iqtisodiyotda  davlat 
ishtirokini  kamaytirish,  yalpi  ichki  mahsulotda  xususiy  mulk,  jumladan,  chet  el  kapitali 
                                                           
9
 Karimov I.A. O’zbekiston buyuk kelajak sari. – T.Ozbekiston.1998.B.65 


28 
 
ishtirokidagi  ulushini  izchil  oshirish  maqsadida  xususiy  mulk,  kichik  biznes  va  xususiy 
tadbirkorlikni  ishonchli  himoya  qilishni  ta'minlash,  ularni  jadal  rivojlantirish  yo'lidagi  to'siqlarni 
bartaraf  etish  bo'yicha  chora-tadbirlar  dasturi  tasdiqlandi.  Unda:      xususiy  mulkni  himoya  qilish 
kafolatini  kuchaytirish,  tadbirkorlik  faoliyatini  tartibga  soladigan  ma'muriy  va  jinoyat 
qonunchiligini liberallashtirish jarayonini davom ettirish; barcha turdagi ro'yxatdan o'tkazish, ruxsat 
berish  va  litsenziyalash;  xususiy  mulk  va  xususiy  tadbirkorlikni  jadal  rivojlantirish  uchun  zarur 
shart-sharoit va imkoniyatlar yaratish (soliq tekshiruvini kamaytirish) va boshqa masalalar inobatga 
olingan.
 
Shundan kelib chiqib, 2015 yil 20 avgustda qabul qilingan “O'zbekiston Respublikasining 
ayrim  qonun  hujjatlariga  xususiy  mulkni,  tadbirkorlik  subyektlarini  ishonchli  himoya  qilishni 
yanada  kuchaytirishga,  ularni  jadal  rivojlantirish  yo'lidagi  to'siqlarni  bartaraf  etishga  qaratilgan 
o'zgartish  va  qo'shimchalar  kiritish  to'g'risida”gi  O’zbekiston  Respublikasining  Qonuniga  asosan 
mazkur subyektlarga bir qator yengilliklar berildi. 
 
 
Soliqlarning  tartibga  solish  funksiyasi  shundan  iboratki,  ular  ijtimoiy 
ishlab  chiqarish,  uning  tuzilmasi  va  dinamikasiga,  fan-texnika 
taraqqiyotini  tezlashtirishga  iqtisodiy  ta’sir  ko‘rsatuvchi  muhim  vosita 
bo‘lib  xizmat  qiladi.  Soliqlar  vositasida  ishchanlik  faolligini 
rag‘batlantirish  yoki,  aksincha,  uni  cheklash  mumkin.  Soliqlar 
yordamida  proteksionistik  iqtisodiy  siyosatni  olib  borish  yoki  tovar 
bozoriga  erkinlikni  ta’minlash  mumkin.  Soliqlarni  tartibga  solish 
funksiyasi  orqali  iqtisodiyot,  ishlab  chiqarish  va  aholining  daromadlari 
tartibga solinadi.  
 
Masalan,  aksiz  solig’ini  belgilash  orqali  ayrim  iste’mol  tovarlarini  ishlab  chiqarish  yoki 
realizatsiya  qilishni  tartibga  solish;  iqtisodiyot  tarmoqlarini  tartibga  solish  maqsadida 
soddalashtirilgan  soliq  tizizmini  joriy  qilsh;  aholining  daromadlarini  tartibga  solish  maqsadida 
jismoniy shaxslarning daromadiga o’sib boruvchi shkala asosida soliq solish (ya’ni eng kam ish 
haqining  bir  baravarigacha  miqdordagi  daromad  summasiga  0  foiz;  eng  kam  ish  haqining  bir 
baravaridan (+1 so’m) besh baravarigacha miqdordagi daromadiga eng kam ish haqi miqdorining 
bir  baravaridan  oshadigan  summaning  7,5  foizi;  eng  kam  ish  haqining  besh  baravaridan  (+1 


29 
 
so’m) o’n baravarigacha miqdordagi  daromadiga  besh  baravar miqdordan soliq + eng kam  ish 
haqi  miqdorining  besh  baravaridan  oshadigan  summaning  17  foizi;  eng  kam  ish  haqining  o’n 
baravaridan (+1 so’m) va undan yuqori miqdordagi daromadiga esa o’n baravar miqdordan soliq 
+  eng  kam  ish  haqi  miqdorining  o’n  baravaridan  oshadigan  summaning  23  foizi  soliq 
stavkalarini belgilanishi) 
 
Tub  iqtisodiy  islohotlar  sharoitida  soliqlarning  tartibga  soluvchilik 
roli  kuchayib  boradi.  Ijtimoiy  yo‘naltirilgan  bozor  iqtisodiyotining  o‘z 
modelini  tashkil  etishning  eng  muhim  elementlaridan  biri  ishlab 
chiqarishga  to‘g‘ridan-to‘g‘ri  davlat  boshqaruvidan  chetga  chiqish,  tovar 
ishlab  chiqaruvchilarning  o‘zlariga,  iqtisodiy  maqsadga  muvofiqlikdan 
kelib  chiqqan  holda,  qanday  faoliyat  bilan  shug‘ullanish  va  qanday 
mahsulot  ishlab  chiqarishni  belgilashda  erkinlik  berish  hisoblanadi.  Shu 
munosabat  bilan  tadbirkorlik  faoliyatining  tartibga  soluvchi  bosh 
dastaklaridan biri soliqlar bo‘lib qoladi.  
Shuni  aytish  kerakki,  soliqlardan  iqtisodiyotni  tartibga  soluvchi 
vosita  sifatida  foydalanish  konsepsiyasi  dastlab  1936  yili  ingliz 
iqtisodchisi  J.Keyns  tomonidan  ishlab  chiqilgan  edi.  Ushbu  konsepsiyaga 
muvofiq  soliqlar  jamiyatda  iqtisodiy  munosabatlarni  faqat  tartibga  solish 
uchun  mavjud.  Biroq  ushbu  konsepsiya  iqtisodiyotni  ma’muriy-
buyruqbozlik uslublariga asoslangan ijtimoiy ishlab chiqarish sharoitlarida 
o‘z  ifodasini  topa  olmas  edi  va  tabiiyki,  u  fanga  qarshi  burjua  nazariyasi 
sifatida keskin tanqidga uchradi.  
Soliqlardan  tadbirkorlikni  tartibga  solishning  samarali  vositasi 
sifatida  foydalanish  qayishqoq  soliq  siyosatini  olib  borishni  talab  qiladi, 
uning  mohiyati,  bir  tomondan,  budjet  daromadlari  to‘ldirilishini 
ta’minlash, 
ikkinchi 
tomondan 
esa, 
ishbilarmonlik 
faoliyatini 
rag‘batlantirish,  korxonalarning  moliyaviy  ahvolini  sog‘lomlashtirish, 
tadbirkorik va investitsion faoliyatni rivojlantirishdan iborat.  
Soliqlarning 
tartibga 
soluvchilik 
funksiyasi 
iqtisodiyotni 
rivojlantirishga  maqsadli  yo‘naltirilgan  ta’sir  ko‘rsatilishi  uchun 
muvaffaqiyatli  qo‘llanmoqda.  Bu  tadbirlar  ijtimoiy  ishlab  chiqarish 
tuzilmasiga va davlat budjeti daromadlari o‘sishiga katta ta’sir ko‘rsatadi. 
Soliq  chora-tadbirlari  investitsion  faoliyatni  rag‘batlantirish  (masalan, 
foydaning  investitsiyalarga  ajratiladigan  qismiga  soliq  solinmaydi), 
mintaqaviy  siyosatni  amalga  oshirishda  keng  qo‘llanadi. 
Jumladan,  soliqlar 
yordamida  ishlab  chiqarish,  masalan  ma’lum  bir  ishlab  chiqaruvchilarga  nisbatan  imtyozlarni 
belgilash,  iste’mol  masalan,  aksiz  solig‘ini  joriy  qilish,  aholining  daromadlari  esa  jismoniy 
shaxslardan  olinadigan  daromad  solig‘iga  nisbatan  o‘zgaruvchan  stavkani,  ya’ni  jismoniy 
shaxslarning  daromadi  oshib  borishi  bilan  soliq  stavkasini  oshib  borishi  orqali  tartibga  solinadi. 
Iste’mol masalan, aksiz solig‘ini joriy qilish orqali tartibga solinishi mumkin.  
 


30 
 
Soliqlarning  qayta  taqsimlash  funksiyasi  mavjudligi  shu  narsa  bilan 
belgilanadiki,  “soliq  tizimi  yalpi  milliy  mahsulotni  qayta  taqsimlashni 
amalga  oshiradi  va  bu  bilan  u  iqtisodiyotni  tuzilmaviy  qayta  qurish, 
aholiga ijtimoiy kafolatlarni ta’minlashda bevosita ishtirok etadi”.
10
  
Soliqlar  yordamida  davlat  yuridik  va  jismoniy  shaxslarning  foydasi 
(daromadi)ni,  iqtisodiyot  va  ijtimoiy  sohani  rivojlantirish  uchun 
yo‘naltirib,  qayta  taqsimlaydi.  Eng  yuqori  daromadlarga  soliq  solishning 
o‘zgaruvchan  shkalasini  belgilab,  ijtimoiy  himoyaga  muhtoj  bo‘lgan 
fuqarolarni soliqlardan qisman yoki to‘liq ozod qilish-soliqlarning ijtimoiy 
yo‘naltirilganligini  anglatadi.  Soliq  solish  orqali  “ayrim  ijtimoiy  guruhlar 
daromadlari  o‘rtasidagi  farqlarni  kamaytirib,  yo‘qotib  borish  maqsadida 
nisbatlarni  o‘zgartirish  yo‘li  bilan  ijtimoiy  tenglikni  qo‘llab-quvvatlashga 
erishiladi”.
11
  
Soliqlar funksiyalari doimiy ravishda rivojlanib boradi va bunda ular 
bir-biriga  juda  bog‘liq  bo‘lib,  bir  vaqtda  amalga  oshiriladi.  Ushbu  holat 
ular  o‘rtasida  muayyan  qarama-qarshiliklarni  ham  yuzaga  keltiradi. 
Davlatning  soliqlarni  oshirish  yo‘li  bilan  keyinchalik  ularni  budjet  orqali 
iqtisodiyotni  va  ijtimoiy  sohani  rivojlantirishga  ta’sir  etish  uchun  o‘z 
qo‘lida  imkon  qadar  ko‘proq  moliyaviy  mablag‘larni  to‘plashga  bo‘lgan 
intilishi  ularning  fiskal  funksiyasini  kuchaytirishga  olib  keladi.  Shu  bilan 
birga,  davlat  tomonidan  soliqlar  yordamida  qancha  ko‘p  mablag‘  olinsa, 
foyda  (daromad)  olish  maqsadidagi  faol  ish-faoliyatga  bo‘lgan  qiziqish 
shunchalik  kamayadi,  ya’ni  tartibga  soluvchi  funksiya  samaradorligi 
pasayadi.  Demak,  soliqlarning  fiskal  va  rag‘batlatlantiruvchi  mohiyati 
o‘rtasida  muvozanat  bo‘lishiga  rioya  qilinishi  shart.  Bir  tomondan,  ular 
budjetga  moliyaviy  mablag‘larning  eng  ko‘p  darajada  kelib  tushishini 
ta’minlashi, ikkinchi tomondan esa tadbirkorlik faoliyatini rivojlantirishga 
yordam berishi lozim.  

Download 3,56 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   33   34   35   36   37   38   39   40   ...   256




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish