majburiyligi, ularni joriy etish va undirib olish tartibi, soliqning aniq
miqdorini
hamda
uni
amalga
kiritishning
aniq
muddatini
belgilashdan iborat.
6
4
I.Karimov. Asosiy vazifamiz – Vatanimiz taraqqiyoti va xalqimiz farovonligini yanada yuksaltirish. Ma’ruza. “Soliq
va bojxona xabarlari” gazetasi. 2010 yil 1 fevral 5 (809).
5
A.Li O'zbekiston Respublikasining moliya huquqi. Darslik. / Mas'ul muharrir: M.H.Rustamboev.
– T.: TDYUI, 2004. – 398 b.
6
Химичева Н.И.Финансовое право: учебно-методический комплекс – М. Норма, 2007.
24
Soliq to‘lovlarining beg‘arazliligi shuni anglatadiki, soliqlar shaklida
budjetga kiritiladigan pul mablag‘lari maqsadli yo‘nalishga ega emas. Ular
yuridik va jismoniy shaxslardan davlat mulkiga beg‘araz o‘tkaziladi
hamda davlat tomonidan iqtisodiyot, ijtimoiy-madaniy tadbirlar,
mudofaani moliyalashtirish, davlat apparatini saqlash uchun yo‘naltiriladi.
Davlat soliq to‘lovchilarga ular tomonidan budjetga kiritilgan
mablag‘lar uchun hech qanday bevosita kompensatsiyalarni bermaydi,
ya’ni soliq to‘lovchi davlatga soliq to‘laganda to‘g‘ridan-to‘g‘ri hech
qanday manfaat kutmaydi.
Ammo soliq to‘lovlarining beg‘arazlilik xususiyati davlat soliqlarni
olib, ularni to‘lovchilarga muayyan moddiy ne’matlarni bermaydi, degan
ma’noni anglatmaydi. Soliqlar boshqa shaklda insonlarni o‘zlariga
qaytariladi.
Masalan, bepul ta’lim olish, tibbiy xizmat ko‘rsatish, pensionerlar, nogironlar, ko‘p bolali
oilalarni ijtimoiy ta’minlash va h.k. uchun mablag‘lar asosan davlat budjetining soliqlar hisobidan
shakllantiriladigan daromad qismidan ajratiladi.
Har bir soliq to‘lovchi uchun davlatga to‘lanadigan soliqlar hajmi
bilan undan olinadigan moddiy ne’matlar o‘rtasida to‘g‘ridan-to‘g‘ri,
ko‘zga ko‘rinadigan aloqaning yo‘qligi uning soliqqa go‘yoki zimmasiga
tushadigan bir yuk sifatida qarashi uchun sabab bo‘ladi, zeroki soliq
to‘lovchilar ushbu mablag‘lar hisobidan moliyalanadigan davlat harajatlari
yo‘nalishini ma’qullashlari ham mumkin. Ayrim to‘lovchilarning soliq
to‘lashdan qochishi, o‘z daromadlarini kamaytirib ko‘rsatishga intilishi
mana shundandir.
Soliq yuridik mohiyatining majburiylik xususiyati shundan iboratki,
soliq to‘lovchilar qonun kuchi bilan muayyan shart-sharoitlarda soliqlarni
to‘lashi shart. O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasining 51-moddasiga
muvofiq soliqlarni to‘lash bo‘yicha majburiyat konstitutsiyaviydir.
Soliqlar majburiyati hokimiyat vakolatlariga ega bo‘lgan tegishli
organlar orqali davlat kuchi bilan ta’minlanadi va shu sababli soliqlarni
to‘lash ixtiyoriy emas, balki majburiylik xususiyatiga ega.
Pol Mari Godmening fikriga ko‘ra, “soliq tushunchasida majburiylik
elementi shunchalik buyukki, bu majburiylik xususiyatiga ega bo‘lmagan
tushumlarning soliq sohasidan istisno etilishiga olib keladi”.
Ayrim mamlakatlarning hozirgi zamon soliq tizimida qonun kuchi
bilan majburiy bo‘lmagan soliqlar ham mavjud bo‘lib, bu - cherkov solig‘i
hisoblanadi. Ularni ijro etish diniy me’yorlar bilan ta’minlanadi.
25
Masalan, musulmon davlatlari (Yaman, Saudiya Arabistoni, Pokiston va boshqalar) da
davlat dini yetarlicha rivojlangan bo‘lib, davlat tomonidan sanksiyalangan diniy soliq me’yorlari
umumdavlat me’yorlari bo‘lib qolmoqda. Xususan, bunday to‘lovlardan bo‘lgan islom soliqlari
(zakot, zakot al fitr, ushr) Qur’onga muvofiq ravishda undirib olinadi va ular chet ellardagi
musulmon jamoalarini qo‘llab-quvvatlash, kam ta’minlanganlarga yordam berish va boshqa
maqsadlarga yo‘naltiriladi.
7
Soliqlarning muhim yuridik belgisi ularni belgilash va joriy etish
tartibi hisoblanadi. Soliqlarni belgilash hamda ularni undirib olish
qonunchilik hujjatlarida belgilangan tartib va shartlarda amalga oshiriladi.
Shu munosabat bilan qonunchilikda nazarda tutilmagan har qanday
majburiy to‘lovlar soliq hisoblanishi mumkin emas.
Soliqlarning yuridik mohiyatini tashkil etuvchi yana bir belgisi
shundan iboratki, ularni to‘lash orqali oldindan qonunchilikda belgilangan
tartibda daromadning bir qismi davlat foydasiga undirib olinadi. Davlat
davlatning budjet tizimi daromad qismiga o‘tkaziladigan soliqlar miqdori
va ularni to‘lash muddatlarini belgilaydi, qonunda belgilangan
ko‘rsatmalarni buzgan soliq munosabatlari subyektlariga nisbatan
javobgarlik choralarini qo‘llaydi.
Ko‘pgina mamlakatlar qonunchiligida, shu jumladan O‘zbekiston
Respublikasi qonunchiligida ham, soliqlarni va ularning miqdorlarini
belgilash vakolati faqat yuqori qonunchilik hokimiyatiga tegishli ekanligi
belgilangan. Hech kim qonunda belgilanmagan tartibda o‘z xohishiga
ko‘ra soliqlarni yoki boshqa majburiy to‘lovlarni o‘rnatishi, ularning
miqdorini belgilashi mumkin emas.
Mamalakatimizda soliq siyosatini takomillashtirish zarurligi muhim
ustuvor vazivalardan biri sifatida e’tirof etiladi.Prezidentimiz o’z
ma’ruzalarida soliq to’lovchiga soliqqqa tortish tizimida qo’shimcha
imtiyozlar va preverensiyalar berish, soliqlarni unifikatsiya qilish, soliq
yukini yengillashtirish, soliq qonunchilugini barqarorligini ta’minlash
hamda ushbu yo’nalishda ilg’or mamalakatlar ijobiy tajribalaridan
foydalanish lozimligini ta’kidlab o’tdilar.
8
7
A.Козырин Налоговое право зарубежных стран: вопросы теория и практики.-M.: Манускрипт, 1993.-20- стр.
8
“Bizning bosh maqsadimiz – jamiyatni demokratlashtirish va yangilash, mamlakatni modernizatsiya va isloh etishdir”.
O’zbekiston Respublikasi Prezidenti Islom Karimovning Oliy Majlis Qonunchilik palatasi va Senatining qo’shma
majlisidagi ma’ruzasi. Xalq so’zi. 2005 yil 29 yanvar - №20 (3565)
26
Yuqoridagi xususiyatlardan kelib chiqib, soliq tushunchasiga 2007
yil 25 dekabrda yangi tahrirdagi O‘zbekiston Respublikasi Soliq kodeksida
quyidagicha ta’rif berilgan.
Soliqlar deganda – Soliq kodeksida belgilangan, muayyan
miqdorlarda undiriladigan, muntazam, qaytarib berilmaydigan va
beg‘araz xususiyatga ega bo‘lgan, budjetga yo‘naltiriladigan
majburiy pul to‘lovlari tushuniladi.
Shu bilan bir qatorda Soliq kodeksida boshqa majburiy to‘lovlarning
tushunchasi ham mustahkamlab qo‘yildi:
Boshqa majburiy to‘lovlar deganda esa - Soliq kodeksida
belgilangan davlat maqsadli jamg‘armalariga majburiy pul
to‘lovlari, bojxona to‘lovlari, shuningdek vakolatli organlar hamda
mansabdor
shaxslar
tomonidan
yuridik
ahamiyatga
molik
harakatlarni to‘lovchilarga nisbatan amalga oshirish uchun, shu
jumladan muayyan huquqlarni yoki litsenziyalar va boshqa ruxsat
beruvchi hujjatlarni berish uchun to‘lanishi lozim bo‘lgan yig‘imlar,
davlat boji tushuniladi.
Do'stlaringiz bilan baham: |