Uchinchi bosqichning o‘ziga xos xususiyati shundan iboratki, unda
soliqlarning kamayishi hamda soliqlarni o‘rnatish va undirishga oid
qonun-hujjatlarning kuchayishi yaqqol ko‘zga tashlanadi. XIX asrning
ikkinchi yarmida ko‘p mamlakatlar yangi ilmiy nazariyalarni hayotga
tatbiq etishga uringanlar, lekin faqatgina birinchi jahon urushidan so‘ng
yangi ilmiy qarashlarning samarasi o‘laroq soliq solish tamoyillari hozirgi
mukammal ko‘rinishga ega bo‘lgan. Ayni shu vaqtda zamonaviy soliq
tizimining poydevori qurila boshlandi, to‘g‘ri soliqlarning ahamiyati ilmiy
jihatdan asoslab berildi hamda budjet daromadlari ulushining katta qismini
to‘ldiruvchi jismoniy shaxslarning daromadiga solinadigan soliqlarni
progressiv stavkalari joriy etildi. Shu bilan birga tan olish lozimki, shu
vaqtgacha biror bir davlatda mukammal soliq tizimi amal qilmaydi.
Do'stlaringiz bilan baham: |