Toshkent davlat yuridik Universiteti Jinoyat-protsessual huquqi



Download 0,94 Mb.
bet70/262
Sana02.06.2022
Hajmi0,94 Mb.
#629978
1   ...   66   67   68   69   70   71   72   73   ...   262
Bog'liq
04.11.17 оконч.ЖПХ дарслик

Sud majlisi kotibi. Sud majlisining kotibi raislik etuvchining topshirig‘iga ko‘ra, jinoyat ishini sud majlisida ko‘rilishi uchun ushbu moddada ko‘rsatilgan vazifalardan tashqari xalq maslahatchilarini taklif etadi, shuningdek jabrlanuvchilarni, guvohlarni, ekspertlarni, tarjimonlarni chaqiradi, prokuror va advokatlarga xabarnoma yuboradi. Sud majlisi kotibining eng asosiy va muhim vazifalaridan biri sud majlisini to‘liq va har bir sud harakatini xolis va aniq ifoda etuvchi bayonnomani yuritish hisoblanadi. Bayonnomaning o‘z vaqtida va sifatli yuritilishi uchun raislik etuvchi bilan birga sud majlisining kotibi ham mas’uldir. Jinoyat-protsessual kodeksining 426-moddasi beshinchi qismiga binoan bayonnomaning mazmuni bo‘yicha raislik qiluvchi bilan o‘rtalarida kelishmovchilik bo‘lgan taqdirda, kotib o‘z mulohazalarini yozma tarzda bayonnomaga ilova qilishi shart. Bu mulohazalar sud tarkibi tomonidan ko‘rib chiqiladi. Mazkur masala yuzasidan ajrim chiqarilib, bayonnomaga ilova qilinadi. Agarda sud majlisi jarayonida bir nechta kotib qatnashgan bo‘lsa, har qaysi kotib o‘zi yuritgan bayonnoma qismini imzolashi shart. Sud majlisi kotibining o‘z protsessual majburiyatini bajarishi, basharti ushbu ish sudda yangidan ko‘rish uchun yuborilgan bo‘lsa, u tomonidan sud majlisi bayonnomasini yana tuzishiga monelik qilmaydi. Sud majlisi kotibini rad qilish haqidagi masala sud tomonidan hal qilinadi.

MAVZU DOIRASIDA MUAMMOLI
SAVOLLAR VA KAZUSLAR

1. Jinoyat protsessining ishtirokchilari - jinoyat protsessual qonun hujjatlarining vazifalari nazarda tutgan maqsadlarni ro‘yobga chiqarish uchun Jinoyat-protsessual kodeksida nazarda tutilgan huquq va majburiyatlarga ega bo‘lgan shaxslardir. Jinoyat-protsessual kodeksida nazarda tutilgan ishtirokchilarning huquq va majburiyatlarini tahlil qiling?


2. Jinoyat protsessining har bir ishtirokchisi o‘ziga xos funksiya, ya’ni o‘z faoliyat yo‘nalishini ifoda etuvchi xizmat burchini o‘taydi. Ushbu funksiyalarning xususiyati protsessning mazkur ishtirokchilari bajaradigan vazifalarga va ularning muhofaza qilinadigan manfaatlariga bog‘liq holda belgilanadi. Jinoyat-protsessual kodeksiga ishtirokchilar borasida kiritilgan so‘nggi o‘zgarishlarni tahlil qiling.
1-kazus
Voyaga yetmagan Rashidov, Tojiyev, Sohibov o‘g‘irlik jinoyatini sodir etganliklari uchun ayblanuvchi tariqasida ishda ishtirok etishga jalb qilinadilar. Sud majlisiga tayyorgarlik ko‘rish davomida sudlanuvchi Tojiyevning himoyachisi himoyadan, Sohibov esa himoyachidan voz kechadi va boshqa himoyachi xizmatidan foydalanishini bildiradi. Sudya sudlanuvchi Sohibovni talabini qondirish va sudlanuvchi Tojiyevni talabini rad etish to‘g‘risida ajrim chiqaradi. Himoyadan voz kechish va himoyachidan voz kechish o‘rtasida qanday farqlar bor?
2-kazus
Mansurov o‘g‘irlik jinoyatini sodir etganligi uchun jinoiy javobgarlikka tortiladi. Uni yashash joyida tintuv o‘tkazilganda, o‘g‘irlangan buyumlardan ayrimlari topiladi. Mansurov so‘roq qilinganda, buyumlardan ayrimlarini tanishi orqali bozorda sottirganligini, tilla buyumlarni esa lombardga topshirganligini ma’lum qiladi. Tekshirish natijasida tilla buyumlarni lombarddan Ravshanov sotib olganligi ma’lum bo‘ladi. Tergovchi tilla buyumlarni Ravshanovdan olib, ashyoviy dalil sifatida ishga qo‘shib qo‘yadi. Ravshanov esa tergovchidan fuqaroviy da’vogar deb topishni talab qiladi.

Download 0,94 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   66   67   68   69   70   71   72   73   ...   262




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish