Toshkent davlat yuridik Universiteti Jinoyat-protsessual huquqi



Download 0,94 Mb.
bet69/262
Sana02.06.2022
Hajmi0,94 Mb.
#629978
1   ...   65   66   67   68   69   70   71   72   ...   262
Bog'liq
04.11.17 оконч.ЖПХ дарслик

Mutaxassis. Jinoyat-protsessual kodeksining 69-moddasida sud muhokamasida mutaxassisning ishtiroki to‘g‘risida to‘xtalib o‘tilgan bo‘lib, shunga ko‘ra mutaxassis sudning chaqiruviga ko‘ra sud muhokamasiga kelishi, sudga dalillar topish, o‘rganish va mustahkamlashda o‘zining maxsus bilimi bilan yordam berishi, sudning diqqatini ish yuzasidan ma’lum bir holatlarni aniqlashga jalb etishi, alohida savollarga tushuntirish berishi kerak. Shuningdek, mutaxassislar raislik qiluvchining ruxsati bilan dalillarni tekshirish maqsadida ishtirokchilarga savollar berish huquqiga ega.
Mutaxassisga to‘g‘ri va aniq tushuntirish berish majburiyati yuklatilgan. Mutaxassis o‘z majburiyatlarini bajarishdan bosh tortgan yoki bo‘yin tovlagan taqdirda unga nisbatan jamoat ta’siri choralari yoki sud tomonidan jarima solinishi mumkin. Sud muhokamasida voyaga yetmagan shaxslarni so‘roq qilish vaqtida pedagog taklif qilinishi mumkin.
Sud muhokamasida mutaxassislarning bergan bayonotlari dalillarga baho berishda katta ahamiyatga ega.
Tarjimon. Jinoyat ishi yurituvi jarayonida tarjimondan foydalanish jinoyat protsessining konstitutsiyaviy kafolatlaridan biri hisoblanadi.

Jinoyat-protsessual kodeksining 20-moddasiga binoan, ish yuritilayotgan tilni bilmaydigan yoki yetarli darajada tushunmaydigan protsess ishtirokchilariga o’z ona tilida yoki o’zi biladigan boshqa tilda og’zaki yoki yozma arz qilish, ko’rsatuv va tushuntirishlar berish, iltimosnoma va shikoyatlar bilan murojaat qilish, sudda so’zlash huquqi ta’minlanadi.


Bunday hollarda, shuningdek ish materiallari bilan tanishish vaqtida protsess ishtirokchilari qonunda belgilangan tartibda tarjimon xizmatidan foydalanishlari mumkin. Tarjimon quyidagi hollarda chaqiriladi:


­ Gumon qilinuvchi, ayblanuvchi, sudlanuvchi yoki jabrlanuvchi, fuqaroviy da’vogar, fuqaroviy javobgar yoxud ularning vakillari, guvoh, ekspert, mutaxassis ish yuritilayotgan tilni bilmasa yoki yetarli darajada bilmasa yoinki kar yoki soqov bo‘lsa;
­ biror matnni boshqa tildan tarjima qilishga zarurat bo‘lsa (Jinoyat-protsessual kodeksining 71-moddasi).
Tarjimonga tegishli qoidalar ish yuritishda ishtirok etish uchun taklif qilingan, kar yoki soqovning imo-ishoralarini tushunadigan shaxsga nisbatan ham qo‘llaniladi.
Tarjimon tarjimani aniqlashtirish maqsadida protsess ishtirokchilariga savollar berish; o‘zi qatnashgan tergov harakatlari bayonnomasi, shuningdek sud majlisi bayonnomasi bilan tanishish hamda bayonnomaga kiritilishi lozim bo‘lgan mulohazalar bildirish; basharti tarjima qilish uchun zarur bilim va malakaga ega bo‘lmasa, ish yuritishda ishtirok etishdan voz kechish; sudning harakatlari hamda qarorlari ustidan shikoyat keltirish huquqiga egadir.
Ayni vaqtda tarjimon sudning chaqiruviga binoan hozir bo‘lishi; o‘ziga topshirilgan tarjimani aniq va to‘liq bajarishi; tarjimaning to‘g‘riligini o‘zining ishtirokida o‘tkazilgan tergov harakati bayonnomasi va sud majlisining bayonnomasiga, shuningdek protsess ishtirokchilariga ularning ona tiliga yoki ular biladigan boshqa tilga tarjima qilib topshiriladigan protsessual hujjatlarga imzo chekish bilan tasdiqlashi; dastlabki tergov materiallarini oshkor qilmasligi; sud majlisi vaqtida tartibga rioya etishi shart.
Tarjimon bila turib noto‘g‘ri tarjima qilgan taqdirda qonunda belgilangan javobgarlikka tortiladi (Jinoyat-protsessual kodeksining 72-moddasi).
Dastlabki tergov bosqichida olib qo‘yish, tintuv, ko‘zdan kechirish, guvohlantirish, eksperiment, tanib olish uchun ko‘rsatish, ko‘rsatuvni hodisa yuz bergan joyda tekshirish, ekspert tekshiruvi uchun namunalar olish, murdani eksgumatsiya qilish kabi tergov harakatlarini o‘tkazishda kamida ikki nafar xolisning ishtirok etishi talab etiladi. (Jinoyat-protsessual kodeksining 352-moddasi).

Tergov harakatlarini yuritishda xolis sifatida ishtirok etish uchun ishning oqibatidan manfaatdor bo‘lmagan, kamida ikki nafar voyaga yetgan fuqaro chaqirilishi lozim.

Fuqaro tergovchining qonuniy talab va takliflarini bajarishdan bosh tortayotganligi yoki tergovchiga qarshilik ko‘rsatayotganligi yoxud dastlabki tergov yuritish tartibiga mos kelmaydigan boshqa huquqqa xilof xatti-harakatlar qilayotganini tasdiqlash uchun ham xolislar taklif qilinadilar. Jinoyat-protsessual kodeksining 93-moddasida nazarda tutilgan hollar bundan mustasno.


Ichki ishlar organlari, Milliy xavfsizlik xizmati, prokuratura, adliya yoki sud xodimlari xolislar sifatida taklif etilishi mumkin emas (Jinoyat-protsessual kodeksining 78-moddasi).
Tergov harakatini boshlashdan oldin surishtiruvchi, tergovchi yoki prokuror xolislarga ularning huquq va majburiyatlarini tushuntiradi.
Xolis: tergov harakatida ishtirok etish; tergov harakati bo‘yicha bayonnomaga kiritilishi lozim bo‘lgan arz va mulohazalar berish; o‘zi ishtirok etgan tergov harakatining bayonnomasi bilan tanishish; surishtiruvchi, tergovchi, prokurorning harakatlari va qarorlari ustidan shikoyat keltirish huquqlariga ega.
Qonunda xolisning: surishtiruvchi, tergovchi, prokurorning chaqiruviga binoan hozir bo‘lish; tergov harakatini yuritishda ishtirok etish; tergov harakati o‘tkazilgani, uni o‘tkazish jarayoni va natijalarini tergov harakati bayonnomasida imzo chekib tasdiqlash; surishtiruvchi, tergovchi, prokurorning ruxsatisiz surishtiruv va dastlabki tergov materiallarini oshkor qilmaslik kabi majburiyatlari mavjud.
Xolis uzrsiz sababga ko‘ra o‘z vazifasini bajarishdan bosh tortganligi uchun qonunda belgilangan javobgarlikka tortiladi. Xolis o‘zi ishtirok etgan tergov harakatini yuritish bilan bog‘liq holatlar bo‘yicha guvoh tariqasida so‘roq qilinishi mumkin. U bunday hollarda guvoh huquqlaridan foydalanadi va majburiyatlarni bajaradi (Jinoyat-protsessual kodeksining 74-moddasi).
Jabrlanuvchi yoki uning vakili, guvoh, ekspert, mutaxassis, tarjimon yoki xolis sifatida chaqirilgan shaxsning ish joyidagi o‘rtacha oylik maoshi uning surishtiruvchi, tergovchi, prokuror va sud huzuriga chaqirilishi munosabati bilan ketgan hamma vaqt uchun saqlanadi. Ishlamaydigan shaxslarga ular kundalik mashg‘ulotlari bilan shug‘ullana olmaganliklari uchun haq to‘lanadi. Bundan tashqari, ko‘rsatilgan hamma shaxslar chaqirilgani munosabati bilan qilgan sarf-xarajatlarini undirish huquqiga egadirlar.

Download 0,94 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   65   66   67   68   69   70   71   72   ...   262




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish