Toshkent davlat yuridik Universiteti Jinoyat-protsessual huquqi



Download 0,94 Mb.
bet98/262
Sana02.06.2022
Hajmi0,94 Mb.
#629978
1   ...   94   95   96   97   98   99   100   101   ...   262
Bog'liq
04.11.17 оконч.ЖПХ дарслик

6.3. Dalillarni baholash

Isbotlash jarayonining eng muhim elementi – dalillarni baholashdir. Albatta, jinoyat protsessual isbotlashning barcha tuzilmaviy elementlari o‘rtasida qandaydir u yoki bu darajada aniq chegaralar o‘tkazish qiyin, ko‘pincha esa mumkin ham emas, chunki ularning barchasi o‘zaro murakkab va yaqin o‘zaro bog‘liqlikda bo‘ladi hamda yagona isbotlash jarayonining u yoki bu tomonlarini ifoda etadi.


Dalillarni baholash esa ularning ishonchliligini, kuchini, ish bo‘yicha xulosalar uchun asos bo‘lib xizmat qilishga loyiqligini aniqlash demakdir.

Dalillarni baholash – sudya, prokuror, tergovchi, surishtiruvchining fikrlash, mantiq bilan bog‘liq faoliyati bo‘lib, u shundan iboratki, ular ishdagi barcha holatlarni sinchkovlik bilan, to‘la, har tomonlama va xolisona ko‘rib chiqishga asoslangan holda qonunga va huquqiy ongga amal qilib o‘zlarining ichki ishonchlari negizida isbotlash predmetiga kiradigan holatlarni aniqlash uchun har bir dalilning ishga aloqadorligi, maqbulligi va ishonchliligi hamda ular yig‘indisi yetarliligi haqida ishonch hosil qilishidir.

Jinoyat-protsessual kodeksining 95-moddasiga binoan surishtiruvchi, tergovchi, prokuror va sud ishdagi barcha holatlarni sinchkovlik bilan, to‘la, har tomonlama va xolisona ko‘rib chiqishga asoslangan holda qonunga va huquqiy ongga amal qilib o‘zlarining ichki ishonchlari bo‘yicha dalillarga baho beradilar. Jinoyat protsessual adabiyotda dalillarga baho berish mazmuni turlicha belgilanadi.


Jinoyat-protsessual qonuni matnida protsessual maʼnodagi qarorni qabul qilish uchun, shuningdek jinoyat ishini hal qilish uchun baholanishi lozim bo‘lgan dalillarga qo‘yilgan talablar: aloqadorlik, maqbullik, ishonchlilik va yetarlilik tushunchalari bevosita bayon qilingan.
Dalil jinoyat ishi uchun ahamiyatli bo‘lgan mavjud holatlar haqidagi xulosalarni tasdiqlovchi, rad etuvchi yoki shubha ostiga oluvchi faktlar yoki narsalar to‘g‘risidagi ma’lumotlarni aks ettirgan taqdirdagina ishga aloqador deb e’tirof etiladi.
Dalillarning ishga aloqadorligi xususiyati ularning jinoyat ishi bo‘yicha tadqiq etilayotgan holatlar bilan obyektiv bog‘liqligidan iboratdir. Lekin bu bog‘liqlik ish yuritish boshlanganida o‘tmishda bo‘lganligi sababli isbotlash vazifasi ularni qayta tiklash, yaratishdan iborat bo‘ladi. To‘g‘ridan to‘g‘ri moddiy-huquqiy ahamiyatga ega bo‘lgan faktlar haqidagi ma’lumotlarning ishga aloqadorligi har vaqt ayondir, shu boisdan ham masalaning bu qismda hal etilishi jiddiy qiyinchiliklarga sabab bo‘lmaydi. Shuningdek, bevosita dalillarning ishga aloqadorligi ham oson aniqlanadi, ularning mazmuni tergov qilinayotgan hodisaga va ayblanuvchining aybdorligiga (aybsizligiga) to‘g‘ri keladi (yoki uni istisno etadi).
Dalillar o‘z mazmuniga ko‘ra shundayki, ularning tadqiq etilayotgan ish holatlari bilan aloqalari mavjudligi va xususiyati doim ham aniq emas. Ko‘pincha bu aloqa shunday murakkabki, tergov va sud organlarining u yoki bu protsessual manbada bo‘lgan aniq ma’lumotlarning hamda aniqlanayotgan isbotlash fakti bilan bog‘liqligini, alohida isbotlash faktlari o‘rtasidagi aloqani aniqlashiga, gohida esa maxsus asoslab berishiga to‘g‘ri keladi. Dalil va ishning moddiy-huquqiy holatlari o‘rtasida aloqa mavjudligi xolisona tasdiqlangan hollarda bu haqiqiy ma’lumotlar ishga aloqador deb e’tirof etiladi, mohiyatiga ko‘ra baholanadi hamda ish bo‘yicha tegishli protsessual xulosalar va qarorlar asosini tashkil etadi.
Dalillarning ishga aloqadorligi to‘g‘risidagi qoidaning mohiyati isbotlash chegarasi ishni hal qilish uchun jiddiy holatlar doirasi bilan cheklanganidadir. Jinoyat-protsessual qonuni bu masalani hal qilish uchun asosni yaratib, u umumiy ko‘rinishda jinoyat ishlari bo‘yicha isbotlash predmetini belgilaydi. Ishga taalluqli bo‘lgan barcha dalillar doirasidan, birinchi navbatda, tergov qilinayotgan hodisa bor yoki yo‘qligini, uni sodir etganlikda ayblanayotgan shaxsning aybdorligi yoki aybsizligini ko‘rsatadigan haqiqiy ma’lumotlarni ajratish lozim.
Bu dalillar shaxs tomonidan muayyan harakatlar qasddan, ehtiyotsizlik tufayli yoki tasodifan sodir etilganligi to‘g‘risida jinoyat protsessual isbotlashning markaziy savoliga javob berishga imkon beradi: bu harakatlar jinoiy xususiyatga yoki jinoiy bo‘lmagan xususiyatga egami? Bu harakatlarning, shuningdek ayblanuvchilarning javobgarlik darajasi va xususiyatiga ta’sir etuvchi qator holatlarning mazmuni jinoyat protsessual normalar orqali ochib beriladi.
Dalillar belgilangan tartibda to‘plangan va Jinoyat-protsessual kodeksining 88-,90-,92-,94-moddalarida nazarda tutilgan shartlarga muvofiq bo‘lsagina, ular maqbul deb e’tirof etiladi (Jinoyat-protsessual kodeksining 95-moddasi 3-qismi).


Download 0,94 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   94   95   96   97   98   99   100   101   ...   262




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish