1 Amaliy mashg’ulot Mavzu: Mobil aloqa vositalarining vujudga kelish tarixi. Antonio Meuchchi – dastlabki telefon ixtirochisi



Download 419 Kb.
Sana01.01.2022
Hajmi419 Kb.
#280410
Bog'liq
2 5364328257653051713


1 Amaliy mashg’ulot

Mavzu: Mobil aloqa vositalarining vujudga kelish tarixi.
Antonio Meuchchi – dastlabki telefon ixtirochisi
H ar safar mamlakatimiz “Aloqa tarixi muzeyi” zallarini aylanganimizda muzey mutaxassis-xodimlarining o‘z faoliyatlarini mazmun-mohiyat jihatidan boyituvchi materiallar va eksponatlar bilan to‘ldirib borish hamda aholi, ayniqsa, o‘sib kelayotgan yosh avlodga ma’naviy-madaniy tarbiya berish ishiga o‘z hissalarini qo‘shishdek sharafli vazifalarini faol amalga oshirayotganliklariga guvoh bo‘lamiz.

Muzey zallarida tashrifchilarni jalb etuvchi juda ko‘plab qiziqarli materiallar mavjud. Aloqa sohasining rivojiga samarali hissa qo‘shgan buyuk shaxslar haqidagi tarixiy ma’lumotlar ham shular jumlasidandir. Aloqa tarixini o‘rganishda davom etib, navbatdagi sahifamizni soha tarixi zarvaraqlaridan kech bo‘lsada, o‘z o‘rnini egallagan shunday tarixiy ixtirochi-olim Antonio Meuchchiga bag‘ishladik.



Antonio Meuchchi (ital. Antonio Meucci) — Italiya olimi, telefon qurilmasining asl ixtirochisi bo‘lib hisoblanadi. Aynan u tovush vibratsiyasi elektr impulsiga aylanishi va simlar yordamida tovushni masofalarga uzatish mumkinligi haqidagi g‘oyani ilmiy asoslagan. Biroq mazkur olimning ilmiy izlanishlari yaqin vaqtlargacha juda kamchilikka ma’lum edi. Aslida, Meuchchi ixti­rochi-olim sifatida o‘z davrida texnika mo‘­jizasini yaratgandi.

Antonio Meuchchi Leonardo da Vinchi, Mikelandjelo va Galiley kabi buyuk shaxslar vatani bo‘lmish Florensiyada, 1808-yilda dunyoga kelgan. Bolaligidanoq qushlar qafasi, qopqonlar, baliq tutish anjomlari, qarmoq­lar, eshik qulflari kabi turli predmetlarni qayta yig‘ib, takomillashtirishga harakat qi­lardi. O‘smirlik yoshiga yetgach, Antonioni elektr toki sohasidagi «sirli kuchlar» o‘ziga jalb eta boshladi. 1837-yilda rafiqasi Ester Meuchchi bilan baxt va hayotiga yanada «Yorug‘ nur» izlash niyatida Florensiyadan ko‘chib ketib, maqsadiga Kubada yetadi: bu davrda Gavanada teatr ochilgan bo‘lib, ushbu san’at koshonasiga mutaxassis-mexanik kerak edi. Mazkur teatr sahnasida o‘zining mexanika sohasidagi tajribasini oshirib, ajo­yib ixtirosi uchun zamin tayyorlaydi.


B u yerda kichik elektr generatorini yaratgan Meuchchi to‘satdan elektr toki nafaqat katta kuchga egaligi, balki inson organizmi uchun sog‘lomlashtiruvchi ta’sir etishini se­zib qoldi va tibbiy sohada, o‘z g‘oyalari aso­sida amaliyot bilan shug‘ulana boshladi. Kutilmaganda kunlardan birida, bemor-mijozi bilan amaliyot chog‘ida «mo‘jiza» yuz berdi. Muolaja uchun moslama simini bemor lablari va og‘iz bo‘shlig‘iga yaqinlashtirib joylashtirib, Meuchchining o‘zi boshqa xonada generator bilan ovora bo‘lib turganida, to‘satdan… bemor ovozini aniq eshitdi.

Shu tariqa, Meuchchining hayotida taqdir in’omi — asosiy ilmiy g‘oyasi «sirlari» ochildi — elektr toki ovozni masofalarga uzata olar ekan. Biroq bu borada ixtirochining baxti kulmadi. Kutilmaganda rafiqasi Ester ham olamdan o‘tdi. Qayg‘uga botgan Antonio Kubadan ketishga ahd qildi. Bu vaqt jahonda alg‘ov-dalg‘ovli davr edi. «Western Union» kompaniyasi Atlantika qirg‘oqlaridan Ame­rikadan Tinch okeani osha hududlarni bog‘lovchi telegraf liniyasini qura boshlagandi. Morze alifbosi esa eng tezkor parovoz­lardan ham jadal sur’atda simlar orqali uzatila boshlagandi.

Aynan shu davrda Meuchchi orzusini amalga oshirdi. U 1850-yil 30-iyulda Nyu-Yorkka yetib kelib, bu boradagi faoliyatini davom ettiradi. Nihoyat 1860-yilda o‘zining eng oxirgi jamg‘arma pullari hisobiga orzusidagi qurilmani yaratib, Ita­liya gazetasida ko‘p yillik mehnati evaziga nihoyat o‘z ixtirosi «simlardan yugurib boruvchi ovoz» — telektrofon (Telectro­phon)ni yara­tishga muvaffaq bo‘lganligi haqida xabarni chop ettirdi. Biroq shunga qaramay, «Wes­tern Union» kompaniyasi arzon narx eva­ziga ixtirochidan te­lektrofonning chizmalari, rasmlari va qolgan barcha hujjatlarini olishga muyassar bo‘ldi.

Meuchchiga esa kelgusida u bilan ham­korlikni davom ettirish va’da qilingandi. 1871-yilda Meuchchi o‘z ixtirosi uchun patent olish niyatida ariza beradi va kuta boshlaydi. «Western Union» kompaniyasi esa uning barcha hujjatlari yo‘qolgani haqida ma’lum qiladi. Shu tariqa, ahvol 1876-yilgacha davom etadi va kunlardan birida Meuchchini amerika gazetalaridan birida «Western Union» firmasi patronajligi ostida Aleksandr Bell tomonidan telefon ixtiro qilingani haqidagi xabar sarlavhasi hayratga soladi.

Meuchchi mashhur kompaniya bilan sudlashishga qaror qiladi, biroq mablag‘i kamligi sababli o‘z huquqini himoya qilishga kuchi yetmaydi. Faqatgina 1887-yilga kelib, «Western Union» arxivlaridan o‘z patentini tortib olishga erishadi. Uzoq davom etgan sud majlislaridan so‘ng, nihoyat 1887-yilda Nyu-York sudi uni mazkur ixtironing muallifi sifatida tan oladi, biroq bu vaqtda patent muddati tugaganligi sababli Meuchchi o‘z ixtirosini e’lon qila olmaydi. «Western Union» esa ixtirochini chuv tushirib, xotirjam holda telefon ishlab chiqarishda davom etardi. Ikki yildan so‘ng 1889-yilda Meuchchi kambag‘al holda olamdan o‘tadi. Shu tariqa, zamondoshlari uni o‘sha davrda kommu­nikatsiyalar sohasida buyuk g‘oya bo‘lgan ixtironing mu­allifi ekanligini tan olmaydilar. Tadqiqot­chilarning fikriga ko‘ra, bunga uning kam­bag‘alligi, ingliz tilini yaxshi bilmasligi, o‘z manfaatlarini qat’iy himoya eta olmasligi to‘siq bo‘lgan.

Biroq nihoyat haqiqat qaror topdi va 2002-yil 11-iyunda butun olamga telefonning asl ixtirochisi Antonio Meuchchi ekanligi e’lon qilindi. Nihoyat ixtirochi-olim Meuchchini birinchi telefon ixtirochisi sifa­tida tan olindi, 2002-yilda mazkur ixtiro o‘z egasi — Antonio Meuchchiga tegishli ekani jahon ilm, fan va texnika ahliga ma’lum qilindi. AQSHda dastlabki telefon ixtirochisi Antonio Meuchchi ekanligi tan olindi, Italiyada esa shu munosabat bilan maxsus pochta markasi chiqarildi, deb xabar bergandi «Rossiya ilmiy gazetasi». Shunday qilib, aynan Antonio Meuchchi ovoz signalini masofalarga uzata oladigan birinchi telefonning haqiqiy ixtirochisi ekanligi butun jahonga e’lon qilindi.

Shunisi qiziqki, birinchi telefon g‘oyasini Germaniya fuqarosi bo‘lgan oddiy fizika o‘qituvchisi Filipp Reys 1861-yilda e’lon qilgan. 1871-yilda Antonio Meuchchi o‘z ixtirosi — birinchi telefonga patent olish uchun ariza bergan. Biroq unga erisha olmagan. 1876-yilda esa Aleksandr Bell mazkur ixtiro uchun patent olishga sazovor bo‘lgan. Biz­ning kundalik hayotimizda eng zarur yordamchi va sevimli qurilmamiz telefonning yaratilishi ana shunday qiziq tarixga ega. Bu haqda «Aloqa tarixi muzeyi» eksponatlari orqali ham tanishish mumkin. 



Maqola infoCOM.UZ jurnali va «Aloqa tarixi muzeyi» o‘rtasidagi hamkorlik loyihasi asosida ochiq ensik­lopediya — vikipediya va turli man­ba­lar materiallaridan foydalanib tay­yorlandi.
Download 419 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish