Toshkent davlat yuridik Universiteti Jinoyat-protsessual huquqi


Shu o‘rinda amaliyotdan misol



Download 0,94 Mb.
bet101/262
Sana02.06.2022
Hajmi0,94 Mb.
#629978
1   ...   97   98   99   100   101   102   103   104   ...   262
Bog'liq
04.11.17 оконч.ЖПХ дарслик

Shu o‘rinda amaliyotdan misol: Mahkum Sanjarovning himoyachisi shikoyat bilan apellyatsiya tartibida ish qo‘zg‘atib, uning himoyasi ostidagi shaxsning jinoyat ishi yuzasidan dastlabki tergov bir tomonlama olib borilganligini, O‘zbekiston Respublikasi Jinoyat kodeksining 97-moddasi 1-qismi bilan noto‘g‘ri ayblanganligini bayon qiladi. Himoyachi o‘z shikoyatida ish bo‘yicha bir necha shaxs guvoh sifatida ko‘rsatma bergan bo‘lsa ham voqeani to‘g‘ridan to‘g‘ri o‘z ko‘zi bilan ko‘rgan guvohning yo‘qligi, ekspertiza xulosasida o‘limning sababi aniq aytilmaganligi, ya’ni, jabrlanuvchi yetkazilgan jarohat natijasida o‘lganmi yoki yetarli darajada malakali tibbiy yordam ko‘rsatilmaganligidan vafot etganligini ekspertiza xulosasining mazmunidan anglab bo‘lmaydi.
Apellyatsiya instansiyasi himoyachining shikoyati asosida ushbu jinoyat ishini ko‘rib shikoyatda nomlari ko‘rsatilgan guvohlarni chaqirib so‘raydi. Ekspertiza xulosasining qanchalik haqiqatga to‘g‘riligi xususida fikr olish uchun 1-shahar klinik kasalxonasining jarrohlik bo‘limi mudiri Inoyatov chaqirilib, undan og‘zaki ijobiy fikr olinadi.
Jabrlanuvchining xotini himoyachining shikoyatiga qarshi mahkumning salbiy jihatlarini ko‘rsatib yozma arizani taqdim qilib, mahalladoshlari uning axloqsizligi, bezoriligi, doimiy ravishda spirtli ichimlik isteʼmol qilib, yoshlarni tarbiyasiga yomon ta’sir qilganligi xususidagi jamoatchilik fikrini bayon qiladi.
Natijada yuqori instansiya sudi qo‘shimcha taqdim qilingan materiallarini o‘rganib chiqib, hukmni O‘zbekiston Respublikasi Jinoyat kodeksi normalarini noto‘g‘ri qo‘llanilganligi munosabati bilan o‘zgartirdi va jinoyat kvalifikatsiyasini yengilrog‘iga almashtirdi.
Jinoyat ishi bo‘yicha egri (bilvosita) dalillarga baho berish jinoyat hodisasiga taalluqli barcha holatlarni, barcha xususiyat va jihatlarni sinchkovlik bilan, har tomonlama tadqiq etishni va aniqlashni, har bir dalil mohiyatini chuqur anglash va tahlil qilishni, uning boshqa dalillar bilan uzviy bog‘liqligini aniqlashni jiddiy talab etadi. Ayblov to‘g‘ri dalillarga asoslangan hollarda so‘roq qilinayotganning shaxsini o‘rganish, ayniqsa, katta ahamiyat kasb etadi. Guvoh, jabrlanuvchi va ayblanuvchining shaxsini o‘rganish uchun ularning aqliy rivojlanishi umumiy darajasini va ma’naviy qiyofasini nafaqat aniqlash kerak, balki so‘roq qilinayotganning ruhiy holatini, uning xotirasi xususiyatlarini, ya’ni faktlar va holatlarni qabul qilish hamda eslab qolishga qodirligini, fantaziyaga berilish, mubolag‘aga moyilligi va boshqa muhim holatlarni har tomonlama tadqiq etish zarur.

Ish bo‘yicha protsessual qaror qabul qilish uchun dalillar yetarliligini belgilash dalillarni baholashning mustaqil vazifasi hisoblanadi. Isbotlanishi kerak bo‘lgan barcha va har bir holatning haqiqiyligini so‘zsiz tasdiqlovchi ishga oid barcha ishonchli dalillar to‘plangan bo‘lsa, ularning jami ishni hal qilish uchun yetarli deb hisoblanadi (O‘zbekiston Respublikasi Jinoyat-protsessual kodeksining 95-moddasi 5-qismi).

Ish bo‘yicha to‘plangan dalillar o‘z mazmuniga ko‘ra ishga aloqador, maqbul va ishonchli bo‘lishi mumkin, ammo isbotlash yakunida aniqlanganligini e’tirof etish uchun ular yetarli bo‘lmasligi ham mumkin. Shunday holat ham yuzaga kelishi mumkinki, dalillar isbotlash predmetini tashkil etadigan ayrim holatlarga nisbatangina yetarli bo‘lib, boshqa aniqlanayotgan faktlarning mavjudligi borasida ishonchli bo‘lishi uchun yetarli bo‘lmasligi mumkin.


Jinoyat ishi bo‘yicha boshqa faktlar bilan bog‘liqlikdan ajratib olingan dalil shaxs aybdorligi haqida xulosa chiqarish uchun asos bo‘lib xizmat qilishi mumkin emas. Shu munosabat bilan ayblanuvchining o‘z aybini tan olishi faqat mavjud dalillar yig‘indisi bilan tasdiqlangandagina ayblov asosiga olinishi mumkinligi aynan to‘g‘ridir (Jinoyat-protsessual kodeksining 112-moddasi). Dalillar yetarliligi tushunchasi ish bo‘yicha dalillar yig‘indisini nazarda tutadi.

Download 0,94 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   97   98   99   100   101   102   103   104   ...   262




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish