Toshkent davlat yuridik Universiteti Jinoyat-protsessual huquqi


Isbotlashning protsessual shakli



Download 0,94 Mb.
bet104/262
Sana02.06.2022
Hajmi0,94 Mb.
#629978
1   ...   100   101   102   103   104   105   106   107   ...   262
Bog'liq
04.11.17 оконч.ЖПХ дарслик

Isbotlashning protsessual shakli – qonun bilan belgilangan qoidalar tizimi hisoblanib, jinoyat protsessining barcha bosqichlarida ularga qat’iy rioya qilish shartdir, ya’ni isbotlash jarayonining huquqiy tartibga solinishi jinoyat ishlari yurituvida haqiqatni aniqlash vositalari va usullarini protsessual normalarda mustahkamlaydi.

Jinoyat-protsessual qonuni jinoyat ishi bo‘yicha to‘planayotgan ma’lumotlarni tasdiqlash va qayd etishning umumiy usullarini o‘rnatadi: bayonnomalar tuzish, dalillarni mustahkamlash va hokazo.


Aynan protsessual shaklga rioya qilish isbotlash jarayonining markaziy sharti hisoblanadi. Mazkur shakldan har qanday chekinish ish yuzasidan to‘plangan ma’lumotning nomaqbulligiga va natijada uning yaroqsizligiga olib keladi.
Xususan, ma’lumotlar va narsalardan, ular tergov harakati bayonnomasi yoki sud majlisi bayonnomasida qayd etilganidan keyingina, dalil sifatida foydalanish mumkin. Bayonnomalar yuritish uchun mas’uliyat surishtiruv va dastlabki tergov bosqichida surishtiruvchi va tergovchi, sudda esa raislik qiluvchi va sud majlisi kotibi zimmasiga yuklatiladi (O‘zbekiston Respublikasi Jinoyat-protsessual kodeksining 90-moddasi).
Bayonnomalarga: tergov yoki sud harakatining ishtirokchilari to‘g‘risidagi ma’lumotlar, bu shaxslarga ularning huquq va majburiyatlari tushuntirilgani; tergov yoki sud harakatining o‘tkazilish joyi va vaqti, shart-sharoitlari, jarayoni va natijalari, bunda topilgan moddiy obyektlar tavsifi va ularning ish uchun ahamiyatli bo‘lgan belgilari; tergov harakatlari yoki sud muhokamasi ishtirokchilari tasdiqlashni so‘ragan faktlar; ularning yuz berayotgan hodisa sabablari xususidagi ko‘rsatmalari; tushuntirishlari, mulohazalari; ular tomonidan berilgan iltimosnomalar, shikoyatlar, rad etishlar; tergov harakatini olib borish yoki sud muhokamasi jarayonidagi tartibbuzarlik hollari, shuningdek bu tartibbuzarliklarni bartaraf etish va oldini olish uchun ko‘rilgan chora-tadbirlar kiritiladi.
Bundan tashqari, dalillarni qayd etish uchun bayonnoma tuzish bilan bir qatorda ovoz yozish, videoyozuv, kinotasvir, fotosuratga tushirish, qoliplar tayyorlash, nusxalar olish, rejalar, chizmalar tayyorlash va axborotni aks ettirishning boshqa usullari qo‘llanilishi mumkin. Surishtiruvchi, tergovchi, sud dalillarni mustahkamlashning bu usullarini qo‘llanishga ko‘maklashish uchun mutaxassislarni jalb etishi mumkin (Jinoyat-protsessual kodeksining 91-moddasi).
Surishtiruvchi, tergovchi, sud tomonidan dalillarni qayd etishning qanday usullari qo‘llangani, foydalanilgan apparatlar, asboblar, uskunalar, materiallarning texnikaviy tavsifi keltirilib, tegishlicha tergov harakati bayonnomasi yoki sud majlisi bayonnomasida aks ettiriladi. Tergov yoki sud harakatining jarayoni va natijalari aks ettirilgan fotosuratlar, fonogrammalar, videoyozuvlar, kinotasvirlar, qoliplar, nusxalar, rejalar, chizmalar va boshqalar bayonnomaga ilova qilinadi. Har qaysi ilovada tergov yoki sud harakatining nomi, o‘tkazilgan joyi, sanasi ko‘rsatilgan izohlovchi matn bo‘lishi lozim. Bu izohlovchi matnni surishtiruv va dastlabki tergov bosqichida surishtiruvchi yoki tergovchi va xolislar, sudda esa, raislik qiluvchi va sud majlisi kotibi o‘z imzolari bilan tasdiqlaydilar.
Tergov harakatlari ishtirokchilarining, shuningdek sud muhokamasidagi taraflarning bu harakatlar jarayoni va natijalari aks ettirilgan bayonnoma bilan tanishish, xuddi shuningdek bayonnomaga qo‘shimcha va tuzatishlar kiritish huquqlari ta’minlanishi kerak.
Surishtiruvchi yoki tergovchi tergov harakatlari tamom bo‘lishi bilanoq bu harakat ishtirokchilariga bayonnomani o‘qib chiqishga imkon beradi yoxud iltimoslariga ko‘ra ularga o‘qib beradi. Shunday tartibda raislik qiluvchi yoki uning topshirig‘iga binoan sud majlisi kotibi sud zalidan tashqarida bajarilgan sud harakati ishtirokchilarini, shuningdek taraflarni sud majlisi bayonnomasidagi ushbu sud harakatiga taalluqli yozuvlar bilan tanishtiradi.
Og‘zaki bildirilgan qo‘shimchalar, tuzatishlar, fikr-mulohazalar, e’tirozlar, iltimoslar va shikoyatlar bayonnomaga kiritiladi, yozma ravishda ifoda etilganlari esa bayonnomaga ilova qilinadi. O‘chirishlar yoki kiritilgan qo‘shimcha so‘zlar yoxud boshqa tuzatishlar xususida bayonnoma oxiridagi imzolar oldidan izoh beriladi (Jinoyat-protsessual kodeksining 92-moddasi).
Tergov harakati bayonnomasi bilan tanishtirilgan shaxslar bayonnomaning har bir sahifasi ostiga va uning oxiriga imzo chekadilar. Surishtiruvchi yoki tergovchi protsess ishtirokchilaridan birontasining yoki boshqa shaxslarning Jinoyat-protsessual kodeksida nazarda tutilgan hollarda tergov harakatlari bayonnomasiga imzo chekishdan bosh tortganligi to‘g‘risida bayonnomaga yozib qo‘yib, uni o‘z imzosi bilan tasdiqlaydi.
Ma’lumki, protsessual shakl bir-birini taqozo etadigan ikkita vazifaga xizmat qiladi:

  • birinchidan, dalillar ishonchliligini taminlashga;

  • ikkinchidan, jinoyat protsessida fuqarolarning huquqlari va qonuniy manfaatlarini himoya qilishga.

Jinoyat ishlari yurituvida inson qadr-qimmati, shaxs huquqlari va qonuniy manfaatlari muhofaza qilinadi. Haqiqatni aniqlash ularni buzish hisobiga amalga oshirilmasligi kerak. Shuning uchun dalilning maqbul emasligini e’tirof etish u nafaqat tegishli bo‘lmagan manbadan olingan taqdirda, balki fuqarolarning huquqlari va qonuniy manfaatlari jiddiy ravishda buzilgan holda olinganda ham vujudga kelishi kerak. Haqiqiy ma’lumotlar noqonuniyligi hamda shaxsning konstitutsiyaviy huquqlarini buzish bilan bog‘liq bo‘lmagan protsessual shakl nuqsonlariga nisbatan boshqacha yondashuv zarur. Axborot olish va uni qayd etish tartibining qoidalari dalillar ishonchliligini taminlashga qaratilgandir, shuning uchun ham ularni baholash ushbu umumiy vazifani hal qilishning tarkibiy qismiga aylanadi. Agar yo‘l qo‘yilgan qoidabuzarliklarni boshqa protsessual harakatlar o‘tkazish yo‘li bilan bartaraf etish mumkin bo‘lsa, ular jiddiy emas, ya’ni har tomonlama, to‘la va xolisona tergov qilishga ta’sir etmagan deb hisoblanishi mumkin, bunday dalillarni esa kelgusida tadqiq etishga va baholashga yo‘l qo‘yilishi mumkin.
Xususan, dalil to‘plash paytida yo‘l qo‘yilgan qonun buzilishi sababli nomaqbul deb topilgan ayrim dalillardan isbot qilishda tegishli protsessual harakatlar belgilangan talablarga amal qilgan holda o‘tkazilgandan so‘ng foydalanish mumkin (masalan, tergov yoki sud harakati o‘tkazish bayonnomalarida ayrim ma’lumotlar yoki bandlarning yo‘qligi, basharti bu kamchilikni xolislar, ushbu harakatning boshqa ishtirokchilarini, zarur hollarda esa, tergovchini so‘roq qilish orqali bartaraf qilish imkoniyati bo‘lsa)23.
Ko‘pincha bu qoida qonun bilan belgilangan dalillarni qayd etadigan protsessual shaklga tegishlidir. Guvoh, garchi u o‘zini so‘roq qilish bayonnomasiga tergovchi aybi bilan imzo chekmagan bo‘lsa, tergov borasida bergan o‘z ko‘rsatmalari to‘g‘ri yozilganligini sudda tasdiqlashi mumkin; xolis ko‘zdan kechirish o‘tkazilishidagi o‘z ishtirokini guvohlantirishi mumkin; uning ko‘rsatmalari tergov harakatini o‘tkazishda ishtirok etgan boshqa shaxslarni so‘roq qilish orqali tasdiqlanishi mumkin va hokazo. Yuqoridagilar protsessual shaklga rioya etish talabini qandaydir ahamiyatini tushurish, uni mensimaslik deb baholanishi kerak emas. Shu o‘rinda aytish mumkinki, protsessual shaklga rioya etmaslik prokuror yoki sud tomonidan ishni qo‘shimcha tergovga qaytarishga sabab bo‘ladi (Jinoyat-protsessual kodeksining 385-moddasi 3-qismi); yuqori instansiya sudi bunda jinoyat-protsessual normalarni jiddiy buzilishi deb e’tirof etib hukmni bekor qilishi mumkin (O‘zbekiston Respublikasi Jinoyat-protsessual kodeksining 487-moddasi).
Shu bilan birga, nomaqbul deb topilgan ayrim dalillarni, ularning yuridik tabiatiga ko‘ra, tiklashning imkoniyati yo‘q (masalan, qonunga muvofiq roziligi olinishi shart bo‘lgan hollarda jabrlanuvchini, guvohni uning roziligini olmay turib takroran so‘roq qilish, shaxsni yoki narsani tanib olish uchun takroran ko‘rsatish v.h.). Bu esa, isbot qiluvchi subyektni muayyan holatni tasdiqlovchi vosita sifatida mazkur dalilga tayanish huquqidan mahrum etadi.
Jinoyat ishi bo‘yicha dalillarning maqbulligi sharti sifatida protsessual shaklga rioya etish masalasini ko‘rib chiqish munosabati bilan (Jinoyat-protsessual kodeksining 95-moddasi 3-qismi) u yoki bu daliliy ma’lumot qayd etiladigan jinoyat-protsessual hujjatlarga qo‘yiladigan talablar haqida aytish joiz. Jinoyat-protsessual hujjatlar huquq normalarini qo‘llashning shaxsiy-huquqiy hujjatlari bo‘lib, doimo qonuniy, asoslangan, sabablari ko‘rsatilgan, ishonch uyg‘otadigan, mantiqiy izchil, savodli, shuningdek yaxlit holda rasmiylashtirilishi kerak.
Bunda qonuniylik shuni anglatadiki, tuzilgan protsessual hujjat qonun normalariga qat’iy muvofiq bo‘lishi, ularning asosida va ularni ijro etish tariqasida qabul qilinishi kerak (Jinoyat-protsessual kodeksining 11-moddasi). Asoslanganlik jinoyat-protsessual hujjatning xususiyati sifatida shuni anglatadiki, jinoyat ishi bo‘yicha xulosalar va qarorlar aniqlangan faktlar yig‘indisiga, u yoki bu protsessual qaror qabul qilish uchun yetarli dalillarga asoslanishi, tegishli jinoyat-huquqiy va protsessual normalarga havola qilinishidan iborat.
Jinoyat-protsessual hujjatning asos va sabablarini ko‘rsatish qabul qilinayotgan qarorda ish yuzasidan mavjud dalillarni keltirish demakdir. Protsessual hujjatning ishonchliligi uning u yoki bu holda qabul qilingan protsessual qaror to‘g‘riligi nuqtayi nazaridan aksiologik baholanishidir. Huquqiy hujjatni baholash chorasi sifatida ishonarlilikning asosi adolat hisoblanadi. Bu barchaning qonun va odil sudlov oldida tengligida namoyon bo‘ladi.
Mantiqiylik talabiga ko‘ra protsessual hujjat matni qat’iy mantiqiy izchillikda bayon etilishi kerak, uning har bir keyingi qismi avvalgisining davomi bo‘lib, undan mantiqiy ravishda kelib chiqishi kerak. Mantiqiylik bayon etilayotgan holatlarning qarama-qarshiligi, izchil emasligi, xulosalar va qabul qilinayotgan qarorlarning noaniqligini istisno etadi.
MAVZU BO‘YICHA XULOSALAR
Mazkur mavzuni o‘rganishda talabalar isbotlash jarayoni, isbot qilish elementlari, isbotlash subyektlari, dalillarga baho berish va ularni protsessual mustahkamlash kabi masalalarda Oliy Sud Plenumining tegishli qarorlari va tarmoq qonunlarni qiyosiy-huquqiy tahlil etib, jinoyat ishlarini yuritishda isbotlashning umumiy shartlari rolini aniqlashlari lozim.



Download 0,94 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   100   101   102   103   104   105   106   107   ...   262




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish