Toshkent davlat yuridik Universiteti Jinoyat-protsessual huquqi


ISBOT QILISH ISHTIROKCHILARI



Download 0,94 Mb.
bet96/262
Sana02.06.2022
Hajmi0,94 Mb.
#629978
1   ...   92   93   94   95   96   97   98   99   ...   262
Bog'liq
04.11.17 оконч.ЖПХ дарслик

ISBOT QILISH ISHTIROKCHILARI
(JPKning 86-moddasi)





Isbot qilish majburiyati yuklangan shaxslar: surishtiruvchi, tergovchi, prokuror, sud.

Isbotlashda ishtirok etish huquqiga ega bo‘lgan shaxslar: gumon qilinuvchi, ayblanuvchi, sudlanuvchi, himoyachi, jamoat himoyachisi, jabrlanuvchi, fuqaroviy daʼvogar, fuqaroviy javobgar



Isbotlashda ham huquq ham majburiyatga ega bo‘lgan shaxslar: guvoh, ekspert, mutaxassis, tarjimon, xolis fuqarolar, mansabdor shaxslar.



Birinchi guruh zimmasiga jinoyat ishini to‘la, har tomonlama va xolisona tergov qilish va ko‘rib chiqish, nafaqat jinoyat tarkibini, balki barcha boshqa holatlarni aniqlash majburiyati yuklatilgan surishtiruvchi, tergovchi, prokuror va sud kiradi. Sanab o‘tilgan subyektlarning har biri isbotlashni o‘z vakolatlari doirasida amalga oshiradi (Jinoyat-protsessual kodeksining 86-moddasi 1-qismi).

Isbotlash majburiyati deganda tegishli shaxslarning dalillarni to‘plash, tekshirish va baholash bo‘yicha zarur xulq-atvorining nazarda tutilgan hajmi tushuniladi.

Isbotlash majburiyati jinoyat ishlarini sudda yuritish vazifalarini nazarda tutadigan Jinoyat-protsessual kodeksi 2-moddasining hamda jinoyat ishi holatlarini tadqiq etish talablarini belgilaydigan O‘zbekiston Respublikasi Jinoyat-protsessual kodeksining 22-moddasi qoidalaridan kelib chiqadi.


Aynan ana shu mas’ul shaxslar zimmasiga qonun jinoyat yuz berganligini, uning sodir etilishida kim aybdorligini, shuningdek u bilan bog‘liq barcha holatlarni aniqlash majburiyatini yuklaydi. Shuningdek, surishtiruvchi, tergovchi va prokuror jinoyat sodir etilganligi to‘g‘risida sabab va yetarli asoslar mavjud bo‘lgan barcha hollarda jinoyat ishini qo‘zg‘atishi shart (Jinoyat-protsessual kodeksining 15-321-moddasi). Xususan, isbotlash subyektlari tomonidan ish bo‘yicha isbotlanishi lozim bo‘lgan barcha holatlar sinchkovlik bilan, har tomonlama, to‘la va xolisona tekshirib chiqilishi kerak. Ishda yuzaga keladigan har qanday masalani hal qilishda ayblanuvchini yoki sudlanuvchini ham fosh qiladigan, ham oqlaydigan, shuningdek uning javobgarligini ham yengillashtiradigan, ham og‘irlashtiradigan holatlar aniqlanishi va hisobga olinishi lozim (Jinoyat-protsessual kodeksining 22-moddasi).
Isbot qilishda sudning roli qanday, degan o‘rinli savol tug‘iladi. Shunday yondashuv mavjudki, unga ko‘ra sud odil sudlov funksiyasini bajarib, isbotlash subyekti hisoblanmaydi. Sudning faoliyati dalillarni to‘plash tekshirish va baholash bilan bevosita bog‘liq. Xususan, sud muhokamasi mobaynida sudlanuvchi, jabrlanuvchi, guvohlar va ekspert so‘roq qilinadi, hujjatlar ko‘zdan kechiriladi va qonunda ko‘zda tutilgan boshqa sud harakatlari o‘tkaziladi. Shuningdek, sudning mustaqilligi nuqtayi nazaridan sud jarayonida jinoyat hodisasi yuzasidan umuman boshqa versiya (hatto sudlanuvchining aybsizligini ko‘rsatuvchi) o‘z tasdig‘ini topishi mumkin. Sud muhokamasida taraflar tortishuvi shart-sharoitini ta’minlab, xolislikni saqlagan holda sud faol isbotlash subyekti sifatida namoyon bo‘ladi. Ya’ni haqiqatni aniqlash maqsadida adolatli hukm chiqarish uchun zarur bo‘lgan dalillar bazasini shakllantirishda bevosita ishtirok etadi. Jumladan, taqdim etilgan dalillarni maqbulligi va ishonchliligini tekshirib, yakuniy qaror qabul qilish uchun yetarliligiga baho beradi. Demak, sud isbot qilishning faol subyektidir. Bu borada bahsga sabab bo‘luvchi asosiy omil bu isbot qilishda tushunchalarni turli talqin etilishidir. Sud sudlanuvchining aybdorligini isbotlashga emas, balki jinoyat hodisasi bo‘yicha haqiqatni aniqlashga qaratilgan faoliyatni olib boradi. Mazkur faoliyatida sud ish bo‘yicha isbotlanishi lozim bo‘lgan barcha holatlar sinchkovlik bilan, har tomonlama, to‘la va xolisona tekshirib chiqishi, ishda yuzaga keladigan har qanday masalani hal qilishda sudlanuvchini ham fosh qiladigan, ham oqlaydigan, shuningdek uning javobgarligini ham yengillashtiradigan, ham og‘irlashtiradigan holatlar aniqlanishi va hisobga olishi lozim (Jinoyat-protsessual kodeksining 22-moddasi).

Download 0,94 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   92   93   94   95   96   97   98   99   ...   262




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish