Toshkent davlat yuridik Universiteti Jinoyat-protsessual huquqi


Shaxsiy va ashyoviy dalillar



Download 0,94 Mb.
bet87/262
Sana02.06.2022
Hajmi0,94 Mb.
#629978
1   ...   83   84   85   86   87   88   89   90   ...   262
Bog'liq
04.11.17 оконч.ЖПХ дарслик

Shaxsiy va ashyoviy dalillar. Shaxsiy dalillar – xabarlar bo‘lib, bunda insondan olinuvchi ma’lumotlarni aks ettiruvchi dalillar nazarda tutiladi (guvoh, jabrlanuvchi, gumon qilinuvchi va boshqa shaxslardan olingan ko‘rsatuvlar, ekspert xulosasi, hujjatlar).
Xabar deganda, inson sezgi organlari orqali qabul qilgan va ongida qayta ishlangan axborotning uzatilishi tushuniladi. Shu sababli, bunday dalillarda subyektiv elementlar mavjuddir. Shaxsiy dalillar og‘zaki (yozma) xabar shaklida (ayblanuvchi, gumon qilinuvchi, guvohning ko‘rsatuvlari va hokazo) hosil bo‘ladi hamda Jinoyat-protsessual kodeksining 87-moddasida sanab o‘tilgan tergov va sud harakatlarining bayonnomalarida aks ettiriladi. Bu hollarda tergovchi, sud tomonidan tuzilgan bayonnoma protsessning barcha boshqa subyektlari uchun dalillar manbai bo‘lib xizmat qiladi. Jinoyat-protsessual kodeksining 81-204-moddalarida nazarda tutilgan boshqa yozma hujjatlar ham shaxsiy dalillar hisoblanadi.
Ashyoviy dalillar deganda moddiy dunyodagi ashyolardan olinuvchi dalillar tushuniladi. Jinoyat-protsessual kodeksining 203-moddasiga ko‘ra, kelib chiqishi, kimga tegishliligini, ma’lum maqsadlarda foydalanilganligini yoki foydalanishga yaroqliligini, qo‘ldan qo‘lga o‘tganligi yoki turgan joyi o‘zgarganligi, u yoki bu moddalar, narsa, jarayon va hodisalar ta’sir etganligini aniqlash mumkin bo‘lgan fizikaviy alomatlar yoki belgilarga, shuningdek ish holatlarini aniqlashga xizmat qiladigan har qanday boshqa xususiyatlarga ega bo‘lgan narsalar ashyoviy dalil hisoblanadi. Ushbu moddada ko‘rsatilgan alomatlar, belgilar, izlari ega bo‘lgan yozma dalillar ham ashyoviy dalil vazifasini o‘tashi mumkin (Jinoyat-protsessual kodeksining 204-moddasi).
Ashyoviy dalil murakkab tuzilishga ega bo‘lib, uning quyidagi uch tarkibiy qismi mavjud: a) jinoyat hodisasi natijasida vujudga kelgan iz, barmoq izlari, narsaning joylashuvi, holat va boshqa xususiyatlarining o‘zgarishi; b) hodisa joyidan olingan va o‘zgarishlar, xususiyatlar, izlar va hokazolarni o‘zida aks ettiruvchi narsalar; d) hodisa joyidan olingan va ishga qo‘shilgan narsaning xususiyatlarini ifoda etuvchi ma’lumotlar. Bu tarkibiy qismlardan birontasi bo‘lmaganda ashyoviy dalil ham bo‘lishi mumkin emas.
O‘zbekiston Respublikasi Oliy Sudi Plenumining
2012-yil 13-dekabrdagi “Jinoyat ishlari bo‘yicha ashyoviy dalillarga oid qonunchilikni qo‘llashning ayrim masalalari to‘g‘risida”gi 17-sonli qaroriga binoan, ashyoviy dalil sifatida, quyidagilar e’tirof etiladi:
a) jinoyat qurollari – jinoyatga tayyorgarlik ko‘rish yoki jinoyat sodir etish uchun maxsus mo‘ljallangan, tayyorlangan yoki moslashtirilgan narsalar yoxud bevosita jinoyat sodir etish jarayonida jinoiy maqsadga erishish uchun foydalanilgan narsalar (masalan, odam o‘ldirish qurollari, qimmatliklarni talon-toroj qilish yoki egallashda vosita bo‘lgan narsalar, o‘qotar qurol, brakonerlik qurollari – qopqonlar, to‘rlar, soxta hujjat va h.k.);
d) o‘zida jinoyat izlarini saqlab qolgan narsalar (masalan, qon izlari mavjud kiyim, narsalar yoki jinoyat sodir etilishi jarayonida yirtilgan kiyim, narsalar, o‘q otilishi yoki portlash natijasida shikastlangan narsalar, qo‘lning, transportning, buzish qurollarining izlari va h.k.);
e) jinoiy harakatlar obyekti bolgan narsalar (masalan, olib qochilgan avtomobil, talon-toroj qilingan pullar, qimmatli qog‘ozlar, qurol, giyohvandlik vositalari, boshqa moddiy qimmatliklar, buyumlar va h.k.);
f) jinoiy harakatlar sodir etilgandan keyin jinoiy yo‘l bilan topilgan mablag‘lar evaziga topilgan mol-mulk, pullar va boshqa qimmatliklar (masalan, o‘g‘irlangan pullarga sotib olingan qimmatbaho buyumlar, jinoiy faoliyat natijasida, jumladan, qonunga xilof ravishda tadbirkorlik bilan shug‘ullanishdan topilgan naqd pullar, nodir metallar va toshlardan iborat xom ashyo va buyumlar, boshqa qimmatliklar)16.
Shuningdek, Jinoyat-protsessual qonuniga 2016-yil 26-aprelda kiritilgan o‘zgartirish va qo‘shimchalarga binoan endilikda Jinoyat protsessual kodeksiga «2031-modda. Jinoyat quroli» nomli yangi modda kiritilib, unga binoan, ashyoviy dalil deb e'tirof etilgan jinoyatga tayyorgarlik ko‘rish yoki sodir etish uchun maxsus mo‘ljallangan, tayyorlangan yoki moslashtirilgan narsalar, shuningdek jinoiy maqsadlarga erishish uchun jinoyat sodir etish jarayonida bevosita foydalanilgan mol-mulk jinoyat qurolidir.
Shaxsiy dalillarda aks etgan axborot qandaydir shartli belgilar yoxud shifrlar orqali ifodalanishi mumkin (misol uchun, bayonnoma, sxema, fonogramma). Ashyoviy dalilda esa axborot tabiiy holda ifodalanib, ko‘rgazmali tarzda qabul qilinadi. Isbotlash jarayonida faqat shaxsiy dalillardan foydalanilganda, u o‘zining ko‘rgazmalilik ta’sirini yo‘qotadi. Shuning uchun ham mazkur jarayonda ashyoviy dalillardan foydalanishning ahamiyati katta. Ashyoviy dalillarning shaxsiy dalillarni protsessual mustahkamlashdagi o‘rni ham beqiyosdir.
Izlardan olinadigan qoliplar, katta hajmli jismlarning maketlari, fotosuratlari, hujjatlarning nusxalari ashyoviy dalillarga yaqin turadi va ilmiy adabiyotda original – obyektdagi axborotni o‘zgartirgan holda qayta aks ettirgani tufayli ko‘pincha hosila ashyoviy dalillar deb ataladi. Isbotlash jarayonida mumkin qadar birlamchi, asosiy ashyoviy dalillardan foydalanishga intilish mavjud, lekin bu hosila ashyoviy dalillarning ishonchli xulosalarga olib kelmasligini anglatmaydi.
Tekshiruvchi dalillar. Boshqa dalillarning ishonchliligini tasdiqlovchi yoki inkor etuvchi dalillarga tekshiruvchi dalillar deyiladi (masalan, ekspertning vakolatlari to‘g‘risida, guvohning manfaatdorligi to‘g‘risida, uning eshitishi, ko‘rishining ahvoli to‘g‘risida).
Xulosa qilib aytganda, jinoyat protsessidagi isbotlash jarayonida tasnifga ko‘ra dastlabki va hosila dalillar, ayblovchi va oqlovchi dalillar, to‘g‘ri va egri dalillar, shaxsiy va ashyoviy dalillar, hosila ashyoviy dalillar, tekshiruvchi dalillardan foydalaniladi. Har bir dalilni to‘g‘ri tasniflash ham jinoyat protsessining asosiy vazifasi bo‘lgan jinoyatlarni tez va to‘la ochish, aybi bo‘lmagan hech bir shaxs javobgarlikka tortilmasligi va aybdorlarni fosh etishga xizmat qiladi.




Download 0,94 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   83   84   85   86   87   88   89   90   ...   262




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish